Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Turli xomashyoli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘ratkichlarini kompleks baholash
Аннотации
Respublika to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratilmoqda. Olib borilgan ilmiy ishda xomashyo turi va to‘qima tuzilishining o‘zgarishi, ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri kompleks diagramma orqali aniqlandi. Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalari LONG XING 252SC rusumli 12 klass yassi ignadonli mashinada, xom - ashyo sifatida old qatlam uchun chiziqiy zichligi 60 teks bo‘lgan PAN ipidan va orqa qatlam uchun 20 teks × 4 chiziqli zichlikka ega bo‘lgan yigirilgan paxta ipidan foydalanilgan. Olingan namunalarning fizik-mexanik xususiyatlari va texnologik ko‘rsatkichlari “KOR-UZ” texnoparki sinov laboratoriyasida standart uslubda aniqlandi va natijalar tahlil qilindi. Trikotaj to‘qimalari bir-biridan to‘qima tuzilishining o‘zgarishi bilan farq qiladi. Taklif etilayotgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini bolalar va kattalar ustki kiyimlarini tayyorlashda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Conditions are being created in the republic to further increase the investment attractiveness and competitiveness of the textile and garment-knitting industry, expand the export potential of the sector, and ensure wider access of domestic textile products to foreign markets. In the conducted scientific research, the influence of changes in raw material type and fabric structure on the physical and mechanical properties of double-layer knitted fabrics was determined using complex diagrams. Double-layer knitted fabrics of a new structure were produced on a LONG XING 252SC flat knitting machine of the 12th gauge. As raw materials, PAN yarn with a linear density of 60 tex was used for the front layer, while twisted cotton yarn with a linear density of 20 tex × 4 was used for the back layer. The physical and mechanical properties of the obtained samples were determined using standard methods in the testing laboratory of the “KOR-UZ” technopark, and the results were analyzed. It was found that the knitted fabrics differ from each other due to changes in the fabric structure. The proposed double-layer knitted fabric can be successfully used in the production of outerwear for children and adults.
Содержание статьи
Kirish. O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati iqtisodiyotining real sektorida yuqori ulushga ega bo‘lgan va ishlab chiqarish zanjirini to‘liq qamrab olgan yagona sanoat sohasi hisoblanadi. To‘qimachilik sanoati O‘zbekiston sanoatining eng rivojlangan va yuqori rentabelli tarmoqlaridan biridir. Tarmoq korxonalarida yigirilgan ip kalava, xom va tayyor matolar, trikotaj va tikuvchilik korxonalarida - kiyim-kechak va maishiy buyumlar ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, tashqi va ichki bozor
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 354
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
talablariga mos keladigan, xomashyo sarfi kam, shuningdek mahalliy xomashyolar bilan bir qatorda, sintetik iplardan foydalangan holda aralash tarkibli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish ehtijoyijini ortishiga olib keladi. Aralash tarkibli iplardan foydalangan holda trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish, mahsulotlar assortimentini kengayishiga zamin yaratadi. Trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasi 2027 yil yakunigacha bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqish rejalashtirilgan. Respublikani “to‘qimachilik xabi”ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustidagi ishlar manzilli tashkil etiladi [1]. Trikotaj yangi tuzilishdagi assortimentini ishlab chiqishda birinchi navbatda O‘zbekiston iqlim sharoiti va xalq ehtiyojini o‘rganib chiqish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda trikotaj matolarining shakl saqlash xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammolardan biridir. Nazariy tadqiqotlar. Hozirgi kunda jahonda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini tuzilishi, deformatsion xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha bir qator xorijiy olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. A.S. Dalidovich, I.I. Shalov, L.A. Kudryavin, V.M. Lazarenko, V.A. Zinoveva, Ye.P. Pospelov, A.Ν. Kosigin, L.V. Shkunova, N.A. Grechuxina, L.P. Rovinskaya, I.G. Sitovich, V.A. Zavaruev, L.V. Shengeliya, Z.N. Shlyaxova, G.A. Boruxov va boshqalar. Trikotaj to‘qimalari va mahsulotlari assortimentini kengaytirish, naqsh samarasini oshirish hamda ularning texnologik parametrlarini va fizik-mexanik xususiyatlarini tadqiq etish boʻyicha, O‘zbekistonning taniqli olimlari ilmiy ishlar olib borishmoqda. Jumladan M.M. Muqimov, X.A. Alimova, N.R. Xanxadjayeva, A.Y. Rahimov, B. Mirusmanov, Q.M. Xoliqov, K.Z. Yunusov, X.A.Xazratqulov, M.M. Musayeva, G.X.Gulyayeva, T.K. Allamuratova, N.M. Musayev, E.B. Xolboyev, J.Z. Borotovlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan [2]. Butun dunyoda - mahsulot ishlab chiqarishda tabiiy xom ashyolar bilan bir qatorda kimyoviy va sintetik iplar aralashmasidan oqilona foydalanib, ulardan foydalanish chegarasini kengaytirish, trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentlarini ishlab chiqishda yangi texnika va texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda [3]. Trikotaj ishlab chiqarish sanoatida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalari ishlab chiqarish tendensiyasi keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlarini tadqiqotlash yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining yangi turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu borada bir qator olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan [47]
[4] ishda pressli biriktirish usulida qo‘shimcha ip yordamida ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasi yaratilgan.
[5] ishda qatlamlari yangi usulda biriktirilgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarini o‘zgarishi tadqiq etilgan.
Ustki trikotaj mahsulotlarining shakl saqlash xususiyatlarini oshirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot [6] ishida hosilali lastik to‘qimasi asosida ustki trikotaj to‘qimasini olish usuli keltirilgan. Olingan to‘qimaning ikkala tomoni uzaytirilgan protyajkali old tomon halqalariga ega bo‘lib, ikkitadan kam bo‘lmagan ip yordamida bog‘langan.
Ustki trikotaj mahsulotlarini xom - ashyo sarfini kamaytirish, trikotaj to‘qimasining issiqlik saqlash xususiyatini va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida tahlil qilinayotgan 7 ishlarda arqoqli trikotaj to‘qimasining tuzilishi va ishlab chiqarish usuli ishlab chiqilgan.
[8] ishda fiziologik va issiqliq komfortini hisobga olgan holda sport mahsulotlari tayyorlash uchun mo‘ljallangan xomashyo sarfi kam bo‘lgan, yangi tuzilishga ega bo‘lgan ustki trikotaj to‘qimasini olish usuli taqdim etilgan. Tadqiqot jarayonida belgilab qo‘yildiki, bunda trikotaj to‘qimasining tolaviy tarkibi, va halqa ipi uzunligi, chiziqli zichligi va uning havo oʻtkazuvchanlik xususiyatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Trikotaj to‘qimalarining suv bug‘i oʻtkazuvchanlik xususiyatiga, xususan, kapillyarlik xususiyatlariga asosan qo‘llanilayotgan xomashyo turi sezilarli darajada ta’sir etadi. Mahsulot birligiga nisbatan xomashyo sarfini kamaytirish va trikotaj
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 355
Textile and light industry technologies
to‘qimasining shakl va issiqlik saqlash xususiyatlarini oshirish maqsadida hosilali lastik to‘qimasi asosida ustki trikotaj to‘qimasi taklif etilgan.
Yuqori o‘rganilgan ilmiy tadqiqot ishlari va izlanishlardan ma’lum bo‘ldiki, bugungi kunda ustki trikotaj to‘qimalarini olish usullari, yangi tuzilishlari va ularni xom - ashyo sarfini kamaytirish bo‘yicha ilmiy ishlar bajarib kelinmoqda. Tajribaviy izlanishlar. Trikotaj to‘qimalari assortimentini kengaytirish va xomashyo turining o‘zgarishini trikotajning shakl saqlash, mustahkamlik oshishi va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etish maqsadida tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining 6 ta varianti ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi namunalari LONG XING 252SC rusumli yassi ignadonli mashinada ishlab chiqarildi. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining ikkita mustaqil qatlamini shakllantirish uchun xom - ashyo sifatida old qatlam chiziqiy zichligi 60 teks PAN ipidan va 20 teks x 4 chiziqiy zichlikka ega bo‘lgan yigirilgan paxta ipidan foydalanilgan. Ishlab chiqarilgan ikki qatlamli trikotaj to‘qima namunalarining fizikmexanik xususiyatlari “KOR-UZ” texnoparki sinov laboratoriyasida standart uslubda sinovdan o‘tkazildi va olingan natijalar jadvalda keltirildi. Trikotaj to‘qimalardan maqsadli foydalanish sharoiti va vazifasiga ko‘ra, trikotaj to‘qimalarining tuzilishi, fizik-mexanik xusuyatlarini tavsiflash orqali amalga oshiriladi 1-jadval. 1-jadval Ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Variantlar Iplarning turi, chiziqiy zichligi, teks
Old qatlam PAN 60 teks
VI Orqa qatlam paxta 20 teks x 4 Havo o‘tkazuvchanlik, Vr sm3/sm2s 96,5 86 72 76 73 78 82
I
II
III
IV
V
Trikotajning yuza zichligi,Ms,g/m 513 401.5 472.3 492 474.2 428.4 431.4
Trikotajning qalinligi, T mm 1,5 1.5 1.85 1.85 1.8 1.65 1.6
Ishqalanishga chidamlilik, ming. sikl 22000 26000 30500 30000 30500 30000 29000
Bo‘yi bo‘yicha 409,5 510,4 527,9 525,6 597,3 535,3 518,4 Eni bo‘yicha 301,5 408,8 482,2 454,7 360,7 430,7 411,8 Uzilishdagi uzayishi, L, %
Uzilish kuchi, Rr, N
Bo‘yi bo‘yicha 96,5 92,8 89,0 90,0 81,0 83,0 91,0 Eni bo‘yicha 136,5 121,0 96,2 106,6 84,0 88,0 102,3
Bo‘yi bo‘yicha 13 11 8 10 8 9,5 10
Qaytmas deformatsiya, εn,%
Eni bo‘yicha 22 18 13 18 15 13 15 Qaytar deformatsi, εo, %
Bo‘yi bo‘yicha 87 89 92 90 92 91,5 90
Eni bo‘yicha 78 82 87 88 85 87 85 Kirishish , U % Bo‘yi bo‘yicha 10,1 7 2 6 6 5 4 Eni bo‘yicha -5,1 4 -2 -4 3 3 2 Sifatni belgilovchi xususiyatlar, iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda, standartlarda belgilangan. Eng sifatli variantlarni aniqlash maqsadida trikotaj matolarini tuzilishi va xususiyatlarini shakllantiruvchi ko‘pgina omillar hisobga olingan. Shuning uchun, statistik ma’lumotlarga ishlov berish uchun, sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash diagrammasini qurish usuli qo‘llanilgan. Bu usul orqali qurilgan ko‘p burchaklarni umumiy yuzalarini taqqoslash eng sifatli variantni aniqlash imkonini berdi 9-10. Natijalar tahlili. O‘tkazilgan sinov tajribalaridan shular ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqarilgan namunalarning sifat ko‘rsatkichlari turli variantlarda ustuvorlikka ega bo‘ldi. Natijada namunalar orasidan xomashyo sarfi kam va eng yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan optimal variantni
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 356
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
aniqlash zarurati yuzaga keldi. Trikotaj to‘qimalarining eng yaxshi variantlarini aniqlash uchun to‘qimaning tuzilishi va xususiyatini shakllantiruvchi bir qator omillarni hisobga olish hamda baholash usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shu bois statistik ma’lumotlar hamda olingan tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslash maqsadida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash usulidan foydalanildi. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining ikkita mustaqil qatlamini shakllantirish uchun xom - ashyo sifatida old qatlam chiziqiy zichligi 60 teks PAN ipidan va 20 teks x 4 chiziqiy zichlikka ega bo‘lgan yigirilgan paxta ipidan foydalanib to‘qilgan trikotaj to‘qimalari ichida eng yaxshi variantlarini aniqlash maqsadida trikotaj sifatini kompleks baholash diagrammasi (1-rasm) va gistogrammasi (2-rasm) qurildi.
1-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash diogrammasi.
11102,2
9664,7 10509,2 9149,6 8860,9
Koʻpburchak maydoni S, mm²
7131,4 8060,2
0 I II III IV V VI
Variantlar
2-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholashning qiyosiy gistogrammasi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 357
Textile and light industry technologies
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 358
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
11. Tashpulatova, S., Mukimov, M., Musayev, N., Gulyaeva, G., & Musayeva, M. (2023, June). Device for testing the strength of fixing the plush thread in the ground stitch. In AIP Conference Proceyedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing. 12. Musaev N. et al. Research of pattern cotton-silk knitting fabrics //AIP Conference Proceyedings. – AIP Publishing, 2024. – T. 3045. – №. 1, 030079. 13. Candan C., Önal L. Dimensional, Pilling And Abrasion Properties of Weft Knits Made From Open-End and Ring Spun Yarns. // Textile Res. J. -2002. -№72 (2). - pp. 164-169. 14. Kavuturan Y. The Effects of Some Knit Structures on the Fabric Properties in Acrylic Weft Knitted Outerwear Fabrics. // Tekstil Maraton. -2002. -pp. 40-46. 15. Karba, M., Gersak, J., Stjepanovic Z. The Influence of Knitting Parameters on Dimensional Changes of Knitted Fabricsin the Process of Relaxation. // Proc. 2nd International Textile Clothing & Design Conference. -2004. -pp. 200-205.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 359