Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Kitobxonlik madaniyatini oshirishning ayrim masalalari
Annotatsiyalar
Maqolada kitob va kutubxona haqidagi fikrlar, davlatimiz tomonidan kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor, amalga oshirilayotgan ishlar, kitobxonlik madaniyatini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlar haqida so‘z yuritiladi.
The article discusses ideas about books and libraries, the attention paid to reading by our state, the work being done, and the specific features of improving reading culture.
Maqola Mazmuni
kirish, jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo‘lib yetishishi, munosib kasb egasi bo‘lishi uchun kutubxonachilar bor imkoniyatlarini ishga solishlari zarur. Buning uchun yoshlarda kitob o‘qish madaniyatini tarbiyalash, birinchi galda badiiy adabiyotlarni, keyinchalik sohalar bo‘yicha kitoblarni tavsiya etish muhim omil hisoblanadi. 3. Kitob o‘qish madaniyatini tarbiyalash. Kutubxonachi kitobxon o‘qishiga rahbarlik qilar ekan avvalo, birinchi kundanoq o‘smirning ma’naviy dunyosi, oilaviy sharoiti, tarbiya muhiti,
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 361
Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olgan holda, kitobxon bilan ishlash kerak. Kitobxonga kutubxonadan mustaqil foydalanish, kutubxona katologlaridan foydalanib kitob qidirish, erkin fikrlash, kitob tanlash va mustaqil harakat qilishga yordamlashish kerak. 4. Kitob o‘qishni tahlil qilish. Kutubxonachi kitobxonni o‘qishini doimo nazorat qilishi, tahlil qilishi lozim. Buning uchun kitobxon bilan uzviy muloqat qilishi, kitobxonni o‘qish madaniyatini kuzatib borishi, kitobxon formulyarini tahlil qilishi, qiziqishi orqali kasbga yo‘llantirishi, kitobxonning o‘qishini monitoringini olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Monitoring, kitobxonlik kechalari, muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiyamaliy anjumanlar, suhbatlar, sosiologik tadqiqotlar va analitik tekshiruvlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Kitob tanlashda faqat mumtoz o‘zbek adabiyotlarigina emas, balki qardosh va chet el adabiyoti vakillarining adabiyotlarini ham kitobxonga tavsiya etish zarur. Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg‘otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Azaldan xalqimiz “kitob” har narsadan aziz, uni avaylab asrash, o‘qish orqali orzu-umidlariga erishganliklarini farzandlariga tushintirishlari, kitobga bo‘lgan mehrni singdirib borishlari muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Buyuk adiblarimiz hayoti va ijodi, yaratgan nodir adabiyot durdonalari, kitoblarni qanday avaylab-asraganlari, juda ko‘p o‘qiganlarini qiziqarli bahslar orqali yetkazish lozim. Kitob mutolaasi bilan xulq-atvorning shakllanishi, dunyo go‘zalligiga oshno bo‘lishi, madaniy boyliklardan huzur qilishi, jamiyatda o‘z-o‘rnini topishiga erishish kitobxonlikning muhim jihatidir. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, barkamol avlodni tarbiyalashda kitobxonlik muhim masala ekanligi, yoshlarda kitob o‘qish madaniyatini oshirishimiz bugungi kun davr talabi ekanligini unutmasligimiz lozim. Buning uchun kutubxonachilar, oila, tarbiya maskanlari birdek ma’suldirlar. Shundagina Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti talablarini amalga oshirishimiz, har tomonlama yetuk mutaxassislar, ziyoli yoshlarni jamiyatimizda o‘z o‘rnini egallashiga betakror hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz
Adabiyotlar (1)
- 1. Mannonov,Yu.O. Kutubxonachilik ishi tarixi: о‘quv qo‘llanma /Yu.O. Mannonov, “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 362