Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Konchilik sanoatida qo‘llaniladigan markazdan qochma nasoslarning ekspluatatsiyasining xususiyatlari
Annotatsiyalar
Konchilik sanoati korxonalarida nasos stansiyalari texnologik jarayonlarning uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim infratuzilma elementi hisoblanadi. Ularning samarali faoliyati foydali qazilmalar, jumladan uran xomashyosi va mahsulotlarini qazib olish uchastkalaridan qayta ishlash va iste’mol punktlariga barqaror yetkazib berishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlar yuqori darajadagi energiya talab etishi bilan tavsiflanadi hamda korxonaning umumiy elektr energiya sarfida asosiy ulushni egallaydi. Mazkur ishda konchilik ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan nasos stansiyalarining funksional tuzilmasi, asosiy va yordamchi tizimlarining ishlash xususiyatlari, nasos agregatlari turlari hamda ularning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
Pump stations at mining industry enterprises represent a critical infrastructure component that ensures the continuous and reliable operation of technological processes. Their efficient performance plays a decisive role in the stable transportation of mineral resources, including uranium raw materials and processed products, from extraction sites to processing and consumption points. These processes are characterized by high energy intensity and account for a significant share of the total electrical energy consumption of the enterprise. This study analyzes the functional structure of pump stations employed in mining production, the operational characteristics of their main and auxiliary systems, the types of pump units, as well as their performance and operational indicators.
Maqola Mazmuni
Kirish. Konchilik ishlab chiqarish korxonalarining eng muhim tarkibiy qismi nasos stansiyasi bo‘lib, uning ishonchli ishlashi natijasida foydali qazilma va uran mahsulotlarni qazib olish maydonlaridan iste’molchilarga yetkazib berishi mumkin. Nasos stansiyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash munosabati bilan asosiy va yordamchi tizimlarning ishlashini, nasos turlarini, nasos stansiyalarida qo‘llaniladigan o‘lchov nazorat uskunalarning turlarini hamda texnologik ish rejimlarini bilish talab etiladi. Konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan nasos qurilmalari foydali qazilmalarni tashish va qayta ishlash texnologik jarayonining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Foydali qazilmalarni tashish va qayta ishlash ko‘p elektr energiya iste’molining asosiy manbalaridir. Suv chiqarish qurilmalari elektr energiya iste’molining 17% ni tashkil qiluvchi asosiy eng katta manba hisoblanadi. Konchilik ishlab chiqarish sanoatida energiya iste’molining taqsimlanishini ko‘rsatadigan diagramma 1rasmda keltirilgan [1].
1-rasm. Konchilik ishlab chiqarish sanoatida energiyadan foydalanish bo‘limlari.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 5
Texnika, texnologiya va jihozlar
Konchilik sanoati korxonalarida suv chiqarish qurilmalari uchun mavjud tizimlarning tasnifini 2-rasmda ko‘rsatilgan sxemada tasvirlash mumkin.
2-rasm. Gidrotransport tizimlarining texnologik xususiyatlariga ko‘ra tasnifi. Umuman olganda, nasoslarning har xil turlarini qo‘llash sohalari va ishlash prinsiplari 3-, 4rasmlarda keltirilgan. Bundan kelib chiqadiki, markazdan qochma nasoslar turli xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklarni so‘rish uchun ishlatilishi mumkin.
3-rasm. Har xil turdagi nasoslarni qo‘llanilish sohalari.
4-rasm. Markazdan qochma nasos turi. Markazdan qochma nasoslar suyuqliklarni so‘rish uchun qo‘llaniladigan eng keng tarqalgan turdagi uskunalardan biridir. Ularning yordami bilan shaxtalardan suvni, boyitish va qayta ishlash korxonalardagi yuqori abrazivli gidravlik aralashma (qum, shag‘al, shlak) larni so‘rish, uni sezilarli balandlikka chiqarish hamda quvurlar orqali uzoq masofalarga yetkazib beriladi. Markazdan qochma nasoslarning bir necha turlari kon – boyitish va kon – metallurgiya korxonalarida, issiqlik elektr stansiyalarida, sement ishlab chiqarish korxonalarida va oltin qazib olish korxonalarida, foydali qazilmalarni boyitishda keng qo‘llanilib kelmoqda. Markazdan qochma nasoslarning asosiy turlari quyidagi 5-rasmda tasnifi keltirilgan.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 6
Technique, technology and equipment
5-rasm. Markazdan qochma nasoslarning tasniflanishi. Markazdan qochma nasosining ishlash prinsipi: Ushbu turdagi nasosning ishlash prinsipi quyidagicha. So‘rilanadigan suyuqlik hamda suyuqlik aralashmalari silindrisimon bo‘yin orqali so‘rilib ishchi g‘ildirakka uzatiladi. Bundan so‘ng, ishchi g‘ildirakning harakatlanishi natijasida gidravlik aralashma ishchi g‘ildirak kurakchalarida hosil qilingan markazdan qochma kuchlar ta'sirida suyuqlik aralashmasini chiqarish quvuri orqali chiqaradi (6-rasmga qarang).
6-rasm. Markazdan qochma nasosning ishlash prinsipi. Asosiy qism. Markazdan qochma nasoslar kuchli bosim elementlari bilan jihozlanganligi sababli, ular asosan suyuqlik aralashmani nafaqat so‘rib olishda, balki uzoq masofaga tashishda ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilgan afzalliklardan ko‘rinib turibdiki suyuqlik aralashmalarini so‘rish uchun markazdan qochma nasoslar juda kuchli va foydali qurilma ekanligini ko‘rish mumkin. Markazdan qochma nasoslari odatda nasos va yuritmadan iborat bo‘lib, yuritma elektrdvigateldan yoki ichki yonuv dvigateldan iborat bo‘ladi (6-rasmga qarang). Ushbu markazdan qochma nasos qurilmalari juda yuqori samaradorlikka ega, bu taxminan yetmish besh foizgacha yetadi. Ushbu nasos qurilmalari uchun yuqori quvvatli dvigatellar qo‘llaniladi, ularning o‘rtacha quvvati 650 kVt ga yetadi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 7
Texnika, texnologiya va jihozlar
7-rasm. Markazdan qochma nasos agregati. Markazdan qochma nasoslarining konstruksiyasi asosiy korpusdan hamda uni ichida joylashgan ishchi elementlardan iborat. Ushbu ish elementlariga ishchi g‘ildirak 3, halqalar 2, salnikli zichlagichlar 5 hamda val 9 kiradi (8-rasmga qarang). Barcha markazdan qochma nasoslari, tiqilib qolishning oldini olish uchun tozalash ishlarini bajaradigan tizimlar bilan jihozlangan.
8-rasm. Bir pog‘onali markazdan qochma nasoslarning konstruksiyalari. 1 – nasos korpusi, 2 – halqalar, 3 – ishchi g‘ildirak, 4 – mufti, 5 – salnikli zichlagichlar, 6 – zichlagichlar kamerasi, 7 – moylash tizimini amalga oshiruvchi halqa, 8 – salnikli zichlagichlar kamerasi, 9 – val, 10 – podshipniklar qopqog‘i, 11 – podshipniklar, 12 – quyma kronshteyn. Nasos oqim qismlarining materiallari ya’ni ishchi g‘ildiraklari, nasos korpusi, himoyalovchi disklari yedirilishga bardoshli ИЧХ28Н2 qotishmasidan qilingan bo‘ladi. Markazdan qochma nasosning oqim qismi ichki va tashqi korpusdan iborat bo‘lib, unda yopiq markazdan qochma ishchi g‘ildirak joylashtirilgan. Harakatlanish qismi val hisoblanib, u dumalanuvchi podshipniklarga o‘rnatilgan bo‘ladi. Valning konsolli qismiga ishchi g‘ildirak o‘rnatiladi hamda aylanma gayka yordamida valga mahkamlanadi. Salnikli tugunlari korpusning orqa qopqog‘ida joylashgan bo‘lib, ular valni abrazivli yedirilishdan himoya qiladi. Markazdan qochma nasoslaridagi oqim qismining tarkibiy elementlaridan foydalanishning o‘ziga xosligi bosim, oqim tezligi, aylanish tezligi, foydali ish koeffitsiyenti va quvvat kabi texnik parametrlarga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Suyuqlikni chiqarish qismi imkon qadar ishchi g‘ildirakdan so‘ng oqim tezligini hamda bosimini minimal yo‘qotishlar bilan o‘zgartirishi kerak.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 8
Technique, technology and equipment
Oqim bosimi va spektrogramma bo‘yicha markazdan qochma nasos ish rejimlarining barcha diapazoni uchun shovqin va tebranish darajalarining xususiyatlariga asoslanib, mexanik va gidrodinamik kuchlarining xususiyatlarini hamda keyinchalik ularni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash mumkin. Markazdan qochma nasoslar uchun mexanik kuchlarga quyidagilar: aylanadigan rotor qismlarining nomutanosibligi bilan belgilanadigan markazdan qochma kuchlar; o‘zaro ta’sir qiluvchi yuzalarining ya’ni birinchi navbatda podshipniklardagi ishqalanish yuzalari hamda drossel va salnikli zichlagichlardagi yuzalarining notekisligi bilan belgilanadigan kinematik kuchlar; markazdan qochma nasos vallarining nuqsonlari tufayli mustahkamligining o‘zgaruvchan komponenti bilan belgilanadigan parametrik kuchlar; alohida ishqalanish elementlarining o‘zaro ta’siridan kelib chiqadigan, elastik deformatsiya bilan birga keladigan zarb kuchlari va boshqalar kiradi. Gidrodinamik kuchlarning kelib chiqishi suyuqlik oqimida harakatlanuvchi ishchi g‘ildiraklarning kurakchalariga yoki chiqish kanallarining devorlariga ta’sir qiluvchi bosim kuchlariga asoslangan [2, 3, 4, 5]. Markazdan qochma nasoslarining 𝑛𝑠 tezlik koeffitsiyentini o‘zgartirish uchun nasos qurilmasining ishchi g‘ildirak konstruksiyalarining shaklini sezilarli darajada o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Nasos uskunasidagi suyuqlikni chiqarish elementlarining geometrik parametrlarini o‘zgartirish natijasida ham nasosning texnik ko‘rsatkichi bo‘lgan oqim hajmiy tezligini oshirishimiz mumkin. Harakatga ega bo‘lmagan oqim elementlari ishchi g‘ildirakdan keyin joylashgan bo‘lib, u quyidagi ketma – ketlikdan ya’ni halqali diffuzor, yo‘naltiruvchi apparat, spiralli kamera va konussimon apparatdan tashkil topgan [6]. Natijalar va muhokamalar. Ushbu elementlarning har biri ma’lum darajada suyuqlik oqimining kinetik energiyasini bosim energiyasiga aylantirish funksiyalarini bajaradi, oqimning bir xilligini ta’minlaydi shuningdek unga suyuqlik zarrachalari harakat tezligining kerakli yo‘nalishini ta’minlaydigan bo‘shliqni yaratib beradi. Ushbu butun jarayon nasos oqim elementlarining ichki bo‘shliqlari bo‘ylab harakatlanadigan suyuqlik oqim bosimining minimal yo‘qotilishini ta’minlashi zarur. Suyuqlik oqimining uyurma hosil qilish omili ham nasos uskunalarining texnologik ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Suyuqlik oqimdagi uyurmalar suyuqlik oqimining tezligi va yo‘nalishi notek taqsimlanishi tufayli hosil bo‘ladi. Odatda suyuqlik oqimining aylanasimon uyurmalari nasos atrofida ya’ni nasosning kirish joyidagi eng tor nuqtalarida kuzatiladi. Uyurmaning yo‘nalishi asosan ishchi g‘ildiraklarning aylanish yo‘nalishiga to‘g‘ri yoki unga qarama – qarshi bo‘lishi mumkin. Oqim uyurmasining yo‘nalishi nasos uskunasidagi ishchi g‘ildiragining aylanish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelsa u holda nasos ish rejimining foydali ish koeffitsiyentini kamaytiradi. Agar oqim uyurmasining yo‘nalishi ish g‘ildirakning aylanish yo‘nalishiga qarama – qarshi yo‘nalishda bo‘lib qolsa u holda nasos uskunasining nominal ko‘rsatkichlarini ya’ni iste’mol quvvatining oshib ketishiga hamda kavitatsiya zaxira qiymatini tushishiga olib keladi. Oqimning uyurma hosil qilish omili asos nasos uskunalaridagi harakatlanuvchi mexanizmlarining yedirilishiga, tebranishga hamda oqim bosimini kamayishiga olib keladi. O‘qiy va radial yuklamalar ham nasos uskunasining optimal va ishonchli ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nasos uskunalari suyuqlikni so‘rish vaqtida suyuqlik ishchi g‘ildiraklari orqali o‘tganda, suyuqlikning so‘rilish hamda chiqish qisimlaridagi bosim farqi tufayli o‘qiy kuchlar paydo bo‘ladi. O‘qiy kuchning miqdori ishchi g‘ildirakning bosimiga, turiga va hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Nasos bosimi qanchalik oshib borsa, o‘qiy kuch shunchalik oshib boradi. Markazdan qochma nasos uskunalardagi ishchi g‘ildirakka qo‘shimcha ravishda radial yuklamalar ham ta’sir qiladi. Bosimning o‘zgarishi va nasos korpusidagi spiral kanalchalarining nosemmetrik taqsimlanishi tufayli radial kuchlar yuzaga keladi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 9
Texnika, texnologiya va jihozlar
Bundan tashqari, nasos uskunalarining aylanuvchi qismlarida muvozanat keskin buziladi, bu esa uskunaning mexanik qismlarini buzilishga ya’ni yorilish, valning egilishi, podshipniklar va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Markazdan qochma nasos uskunalarining val va podshipniklariga quyidagi kuchlar ta’sir qiladi: Dvigateldan ishchi g‘ildirakka uzatiladigan aylantiruvchi moment; Ishchi g‘ildirakning o‘z og‘irligidan kelib chiqadigan nasos o‘qiga ta’sir qiluvchi ko‘ndalang va normal kuchlar; Oqim natijasida ishchi g‘ildirakning tashqarisidagi o‘qiy simmetriyasi buzilganda paydo bo‘ladigan ko‘ndalang kuchlar; Markazdan qochma nasos uskunalarining ishchi g‘ildirak va uning bo‘shliqlari orqali oqib o‘tadigan suyuqlik oqimidan kelib chiqadigan o‘qiy kuchlar. Ishchi g‘ildirakning o‘z og‘irligi va uning markazdan qochma kuchidan kelib chiqadigan egilish momenti, ishchi g‘ildirakning og‘irlik markazi va valning geometrik o‘qi o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli aylanganda paydo bo‘ladi (8-rasmga qarang).
9-rasm. Valning egilishini hisoblash sxemasi. Ishchi g‘ildirakning notekis yedirilishi natijasida yuzaga keladigan og‘irlik ekssentrikligi miqdori quyidagicha aniqlanadi: 𝑒𝑜𝑔′𝑖𝑟≈(0,005 ⋯0,01) ∙𝐷2 Ishchi g‘ildirak o‘rnatilgan valning oxirgi qismini egilishining ruxsat etilgan qiymatini quyidagi tengsizlik bilan aniqlash mumkin: 𝑦≤0,001 ∙𝑙к bu yerda: 𝑙к – val konsolining uzunligi, ya’ni ischi g‘ildirakning tortishish markazidan 1 – podshipnikning markazigacha bo‘lgan masofa. Umumiy ekssentriklik: 𝑒= 𝑒𝑜𝑔′𝑖𝑟+ 𝑦 Markazdan qochma kuch quyidagicha aniqlanadi:
𝐹𝑚.𝑞.𝑘= 𝐺∙𝑒∙𝑛2
bu yerda: 𝐺 – ishchi g‘ildirakning og‘irligi, N. 8 – rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlaydigan valning oxirgi qismini egilishini quyidagi ifoda bilan aniqlashimiz mumkin.
𝑦= (𝐺+ 𝐹𝑚.𝑞.𝑘) ∙(𝑙+ 𝑙к) ∙𝑙к 2
3 ∙𝐸∙𝐼
bu yerda: 𝐸 – val materialining elastik moduli, Pa; 𝐼 – valning inersiya momenti, 𝑘𝑔∙𝑚2. Ushbu formulalar yordamida hisoblash biroz bo‘rttirilgan egilish qiymatini beradi. Ushbu uslub orqali biz shuni aniqladikki ishchi elementlar yedirilganda valda yuzaga keladigan dastlabki nomutanosiblikni taxminiy baholashga imkon beradi [7, 9, 10].
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 10
Technique, technology and equipment
10-rasm. Markazdan qochma nasos uskunalarining valini tahlil qilish. 10-rasmdan ko‘rinib turibdiki eng katta yuklama podshipnik tayanchlari ostida sodir bo‘ladi, shuning uchun xizmat muddatini aniqlash hamda nasos validagi tebranishlarning kuchayishi bilan ishlashini oldinini olish uchun diagnostika choralarini ishlab chiqish kerak. Nasos agregatlarining gidroabrazivli yedirilishi oshishi bilan tebranishi sezilarli darajada oshadi. Xulosa. Markazdan qochma nasos uskunalarining ishlash muddatining asosiy bog‘liqliklarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan nazariy va tajribaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, markazdan qochma nasos uskunalari ishchi g‘ildiraklarining gidroabrazivli yedirilishi uning ishdan chiqishining asosiy sababidir. Ishchi g‘ildiraklarining yedirilishlari standart va ruxsat etilgan ko‘rsatkichlaridan oshib ketganda nasos agregatlarining tebranishiga olib keladi. Shuning uchun, markazdan qochma nasos uskunalarining tebranish ko‘rsatkichlari nasos agregatlarining texnik holati va ishlash muddati parametrlari sifatida qabul qilinishi mumkin. Nasos uskunasidagi suyuqlikni chiqarish elementlari konstruksiyasining loyihasi yuqorida ko‘rsatilgan barcha elementlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda suyuqlikni chiqarish elementlarinining geometriyasi oqim bosimining yo‘qotilishini kamaytirish hamda nasos uskunasining texnik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun uch o‘lchovli modellashtirish orqali aniqlanadi
Adabiyotlar (11)
- 1. Eskom, “The Energy Efficiency series: Towords an energy efficient mining sector,” Megawatt Park, Sandton, South Africa, 2010.
- 2. Барков А.В., Баркова Н.А. Интеллектуальные системы мониторинга и диагностики машин по вибрatsiи и диагностика роторных машин по вибрatsiи Тр.С. – Петербургского энергетического института повышения квалификatsiи. Выпуск 9, СПб., 1999. 201 с.
- 3. Барков А.В., Баркова Н.А., Азовцев А.Ю. Мониторинг и диагностика роторных машин по вибрatsiи. СПб.: Изд. Центр СПб ГМТУ, 2000. 160 с.
- 4. Справочник по технической акустике: Пер. с нем./Под ред. М. Хекла и Х.А. Мюллера. – Л: Судостроение. 1980. 440 с.
- 5. Швиндин А.И., Берестовский В.А. Пути повышения надежности насосного оборудования нефтеперерабатывающих производств // ХIII Международная научно-техническая конференция «ГЕРВИКОН – 2011». Семинар «ЭККОН-11». Сумский государственный университет, 2011. 27 с
- 6. Боровский Б.И. Энергетические параметры и характеристики высокооборотных лопастных насосов. Москва.: Машиноотрение,1989. 184 с. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
- Texnika, texnologiya va jihozlar
- 7. Mironov E.P. Ispol'zovanie sistem avtomatizirovannogo rascheta pri provedenii inzhenernykh raschetov [The use of automated calculation systems when carrying out engineering calculations]. Kiev: Nauka, 2007. 277 p
- 8. Istamov, M. F., Xamzayev, A. A., Kayumov, U. E., & Fayziyev, A. I. O. G. L. (2023). Nasos agregatlari vallarining o’qiy nomutanosibligini bartaraf etish. Academic research in educational sciences, 4(4), 134-139.
- 9. Atakulov, L. N., Kayumov, U. E., & Pardayeva, S. S. (2023). Nasos uskunasining ishchi g’ildiraklaridagi kurakchalarining eng muqobil burilish burchagining parametrlarini modellashtirish. Academic research in educational sciences, 4(2), 274-284.
- 10. Атакулов, Л. Н., & Каюмов, У. Э. (2020). Исследование оптимальных параметров лопасти рабочего колеса насосного оборудования. Вопросы науки и образования, (26 (110)), 4-12. Kayumov Umidjon Erkinovich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Tel.: +998977960112, (c), E – mail: kayumov_umidjon@mail.ru Pardayeva Shahlo Saxibjonovna – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, “Hahot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi v.b. dotsenti, Tel: +998942598887 Istamov Muhammad Farxodovich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi assistenti, Tel.:+998973774417. YAKKA ISTE’MOLCHILARGA MO‘LJALLANGAN BIOGAZ QURILMASINING TAJRIBA TADQIQOTLARI 1Majitov J.A., 2Narzullayev M.N. 1Buxoro davlat texnika universiteti, 2Buxoro davlat pedagogika instituti. Annotatsiya. Ushbu maqolada yakka iste’molchilar uchun moʻljallangan biogaz qurilmasining tajribatadqiqotlari bayon etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – organik chiqindilarni qayta ishlovchi kichik quvvatli biogaz qurilmasining dizayni va texnik parametrlarini asoslash hamda bunday qurilmalardan olinadigan biogazning miqdori va sifati hamda biooʻgʻitni optimallashtirishdan iborat. Maqolada tajriba-sinov qurilmasining tavsifi, uni oʻtkazish metodikasi, olib borilgan tajribalar natijalari va ularning tahlili keltirilgan. Chiqindilarni biogazga aylantirish jarayonida pH, harorat va biomassani aralashtirish kabi omillarning ta’siri oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, organik chiqindilarni qayta ishlashda optimal sharoitlarni yaratish orqali yuqori sifatli biogaz va biooʻgʻit olish mumkin. Olingan natijalarga asoslanib, qurilmaning ishchi hajmini va texnologik parametrlarni optimallashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Kalit soʻzlar: biogaz, organik chiqindilar, qayta tiklanuvchi energiya, bioreaktor, metanogenlar, anaerob jarayon, pH, harorat, biomassa, biooʻgʻit, dozator, tajriba-tadqiqot. EXPERIMENTAL STUDIES OF A BIOGAS PLANT INTENDED FOR INDIVIDUAL CONSUMERS 1Majitov J.A., 2Narzullayev M.N. 1Bukhara state technical university, 2Bukhara state pedagogical institute. Abstract. This article presents experimental studies of a biogas plant intended for individual consumers. The main objective of the research is to substantiate the design and technical parameters of a low-capacity biogas plant for processing organic waste, as well as to optimize the quantity and quality of the produced biogas and biofertilizer. The article describes the experimental test setup, the research methodology, the results of the conducted experiments, and their analysis. During the process of converting waste into biogas, the influence of factors such as pH, temperature, and biomass mixing was studied. The research results showed that by creating optimal conditions for the processing of organic waste, it is possible to obtain high-quality biogas and biofertilizer. Based on the obtained results, recommendations are provided for optimizing the working volume of the plant and its technological parameters. Keywords: biogas, organic waste, renewable energy, bioreactor, methanogens, anaerobic process, pH, temperature, biomass, biofertilizer, doser, experimental research. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 12