Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

oʻzbekiston respublikasida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini baholashda xalqaro tajribalarning oʻrni va ahamiyati

FATTOYEV F.F., HAMIDOV A.X.

Issue
2-son
Pages
24–33
Published
25.04.2026
Views
2 9

Abstracts

This article analyzes the issues of evaluation and coordination of the activities of technical committees based on international experience. International KPI and audit approaches, as well as the practical experience of the Republic of Uzbekistan in 2025, are examined. Directions for improving the effectiveness of technical committees are substantiated.

Article Content

Kirish. Bugungi kunda standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar faoliyatini samarali tashkil etish va baholash masalasi xalqaro miqyosda dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi [1]. Texnik qo‘mitalar milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqish, ularni uyg‘unlashtirish hamda manfaatdor tomonlar o‘rtasida umumiy kelishuvga erishishni ta’minlovchi asosiy institutsional mexanizm sifatida faoliyat yuritadi [2]. Shu bois texnik qo‘mitalar faoliyatining natijadorligi, sifat darajasi va jarayon intizomini baholash masalasi standartlashtirish sohasida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi [3]. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan standartlashtirish tizimlarida texnik qo‘mitalar faoliyati faqat ishlab chiqilgan standartlar soni bilan emas, balki ularning ishlab chiqilish muddati, mazmuniy sifati, manfaatdor tomonlar ishtiroki va qabul qilinish darajasi bilan ham baholanadi [4–6]. ISO, IEC, CEN–CENELEC va ANSI tashkilotlari doirasida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash uchun KPI, audit va monitoring mexanizmlariga asoslangan yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda [7–9]. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda standartlashtirish tizimini isloh qilish, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish hamda texnik qo‘mitalar faoliyatini faollashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [10]. Biroq texnik qo‘mitalar faoliyatini baholashning yagona, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan metodikasi yetarli darajada shakllanmagan bo‘lib, bu holat ularning samaradorligini obyektiv baholash imkoniyatini cheklaydi [11]. Mazkur maqolada texnik qo‘mitalar faoliyatini baholashda xalqaro tajribaga tayangan holda KPI asosidagi kompleks yondashuv taklif etiladi hamda uning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi [12–14]. Quyida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TK, SC, WG) faoliyatini baholash masalasi xalqaro amaliyot misolida tizimli va izchil tarzda tahlil qilinadi. Zamonaviy standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar nafaqat standartlarni ishlab chiqish bilan cheklanib qolmay, balki innovatsion rivojlanish, texnologik uyg‘unlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim institutsional mexanizm sifatida faoliyat yuritadi. Shu sababli texnik qo‘mitalar faoliyatini samaradorlik, sifat, jarayon intizomi va institutsional ta’sir nuqtai nazaridan baholash masalasi xalqaro standartlashtirish tashkilotlari kun tartibidagi dolzarb masalaga aylangan. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash uchun alohida universal standart mavjud emas, biroq baholash amaliyoti ISO/IEC Directives, ichki “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 22 Technique, technology and equipment reglamentlar, KPI tizimlari, audit mexanizmlari va monitoring vositalari orqali de-fakto shakllangan. Xususan, ISO amaliyotida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash jarayon ma’lumotlarini avtomatik yig‘ish, loyihaviy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish hamda maqsadli ko‘rsatkichlar bilan real natijalarni taqqoslashga asoslangan. ISO Texnik boshqaruv kengashi (TMB) tomonidan shakllantiriladigan “dashboard”lar texnik qo‘mitalar ishining holatini muntazam kuzatish, muammoli nuqtalarni aniqlash va strategik qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu yondashuvda standart ishlab chiqish muddati, loyiha intizomi, ovoz berish faolligi, yig‘ilishlar statistikasi hamda tahririy sifat kabi ko‘rsatkichlar asosiy baholash mezonlari sifatida qaraladi. Yevropa standartlashtirish tizimida esa CEN va CENELEC tashkilotlari texnik qo‘mitalar faoliyatini baholashda o‘lchash va baholash ramkasi hamda sifat nazorati mexanizmlariga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, harmonizatsiyalangan standartlar uchun joriy etilgan Quality Check (QC) jarayonlari standart loyihalarida normativ havolalar, tuzilma va tahririy muvofiqlikni oldindan tekshirish orqali texnik qo‘mitalar ishining sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv baholashni faqat miqdoriy natijalar bilan cheklamasdan, sifat va muvofiqlikni asosiy mezon sifatida ilgari suradi. AQSh amaliyotida esa texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash mustaqil audit va belgilangan protsessual adolatlilik tamoyiliga rioya etilishi bilan chambarchas bog‘langan. ANSI tomonidan ishlab chiqilgan audit siyosatiga ko‘ra, standartlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar faoliyati muntazam ravishda tekshiriladi va ushbu auditlar jarayon shaffofligi, umumiy kelishuvga erishish, apellyatsiya mexanizmlarining mavjudligi hamda hujjatlashtirish darajasini baholashga qaratiladi. Bu modelda baholashning markaziy savoli texnik qo‘mita qanchalik ko‘p standart chiqarganida emas, balki jarayonning adolatli va ishonchli tashkil etilganida namoyon bo‘ladi. IEC tajribasi esa texnik qo‘mitalar faoliyatini baholashda KPI portfeli yondashuvini namoyon etadi, bunda standart ishlab chiqish samaradorligi bilan bir qatorda a’zolik faolligi, geografik va gender diversifikatsiyasi hamda moliyaviy barqarorlik kabi institutsional ko‘rsatkichlar ham inobatga olinadi. Ushbu xalqaro tajribalar tahlili asosida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholashda eng samarali yondashuv KPI-dashbordlar, strategiyaga bog‘langan ko‘rsatkichlar, sifat nazorati mexanizmlari, mustaqil audit, manfaatdor tomonlar qoniqish darajasi hamda ishtirok va inklyuzivlik indikatorlarini kompleks qo‘llashdan iborat ekani aniqlanadi. Amaliy jihatdan bunday baholash tizimi samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, jarayon intizomini kuchaytirish va standartlar sifatini barqaror ta’minlash imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, xalqaro standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash alohida standart orqali emas, balki ISO/IEC Directives talablariga asoslangan KPI, audit va hisobot mexanizmlarining integratsiyalashgan modeli orqali amalga oshiriladi. Ushbu yondashuvni milliy standartlashtirish tizimiga moslashtirish texnik qo‘mitalar faoliyatining shaffofligi, samaradorligi va xalqaro talablar bilan uyg‘unligini ta’minlashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur xalqaro yondashuvlar va baholash mexanizmlari fonida O‘zbekiston Respublikasida ham texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda O‘zbekiston standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borildi. O‘zbekiston Standartlar instituti huzurida faoliyat yuritayotgan 36 ta texnik qo‘mita tomonidan 16 ta yangi texnik qo‘mita tashkil etilib, ularning institutsional salohiyati sezilarli darajada mustahkamlandi. Texnik qo‘mitalar tarkibida jami 899 nafar mutaxassis faoliyat yuritib, shundan 365 nafari davlat idoralari, 294 nafari xususiy biznes hamda 240 nafari ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillaridan iborat bo‘lib, bu texnik qo‘mitalar ishida manfaatdor tomonlarning keng qamrovli ishtirokini ta’minlaganini ko‘rsatadi. Ushbu jarayonlar O‘zbekistonning xalqaro standartlashtirish tizimidagi ishtirokini ham sezilarli darajada faollashtirdi. Jumladan, hisobot yilida O‘zbekistonning ISO texnik qo‘mitalaridagi ishtiroki kengayib, 44 ta P-member (to‘laqonli a’zo) va 265 ta O-member (kuzatuvchi) maqomlariga ega bo‘lindi, bu esa milliy manfaatlarni xalqaro standartlar ishlab chiqish jarayonlarida ilgari surish Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 23 Texnika, texnologiya va jihozlar imkoniyatlarini kuchaytirdi. Davlatlararo texnik qo‘mitalar (MTK) faoliyatida ham O‘zbekistonning ishtiroki faollashib, mazkur qo‘mitalarda 102 nafar vakil jalb etildi, shundan 55 nafari kuzatuvchi, 15 nafari ekspert sifatida faoliyat yuritdi. MTKlar tarkibida O‘zbekiston tomonidan 172 nafar mutaxassis ishtirok etib, ular orasida davlat vakillari – 72 nafar, xususiy biznes vakillari – 76 nafar va oliy ta’lim muasassalari – 24 nafarni tashkil etdi. Hisobot davrida ISO texnik qo‘mitalari doirasida jami 200 dan ortiq loyiha ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi, shu jumladan 148 ta loyiha bo‘yicha ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etildi. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) texnik qo‘mitalari faoliyatida ham 4 nafar mutaxassis to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etib, 98 ta xalqaro standart loyihalari bo‘yicha fikr-mulohazalar kiritildi. Milliy darajada texnik qo‘mitalar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida vazirlik va idoralar qo‘shma tashabbuslari amalga oshirilib, 2025-yilda O‘zbekiston Standartlar instituti tomonidan 55-sonli STQ “Statistik usullarni qo‘llash”, 76-sonli STQ “O‘zbekipakmahsulot”, 14sonli STQ “Idishlar va uskunalar”, 16-sonli STQ “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi”, 28-sonli STQ “Putur yetkazmasdan tekshirish” hamda 34-sonli STQ “Energiya samaradorligi” yo‘nalishlarida yangi texnik qo‘mitalar tashkil etildi. Ushbu texnik qo‘mitalar tomonidan hisobot yilida jami 18 225 ta standart loyihasi ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalarga nisbatan 100 foiz bajarilish darajasi ta’minlandi. 2025-yilda texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasida mazkur yo‘nalish O‘zbekiston standartlashtirish tizimining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi va texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar doirasida samaradorlikni yanada oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, MTK 227 “Ip-kalibrlash mashinalari”, MTK 292 “Paxta” va MTK 565 “Bazalt va undan tayyorlangan buyumlar” bo‘yicha davlatlararo texnik qo‘mitalar tomonidan ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan standartlar loyihalarini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, qabul qilingan rejalar asosida ushbu standartlarni davlatlararo standartlar dasturiga kiritish hamda ularning ishlab chiqilish jarayonini muntazam monitoring qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda tahlillar o‘tkazish va Agentlikka belgilangan tartibda axborot taqdim etish mexanizmlari joriy etilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2026-yil yanvar–dekabr oylarini qamrab olgan yillik reja jami 12 ta banddan iborat bo‘lib, uning 6 tasi birinchi yarim yillikda, qolgan 6 tasi esa ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Natijada, 2025-yilda olingan tahliliy xulosalar asosida 2026-yilda xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish maqsadida shakllantirilgan 742 ta xalqaro standart bo‘yicha standartlashtirish rejasini texnik qo‘mitalar tomonidan tasdiqlash masalasi ham belgilangan vazifalar qatoriga kiritilgan. Texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash uchun ishlab chiqilgan KPI tizimi natijaga yo‘naltirilgan, o‘lchanadigan va solishtiriladigan ko‘rsatkichlar majmuasiga asoslanadi. Mazkur tadqiqotda KPIlar xalqaro standartlashtirish amaliyotida, xususan ISO, IEC, CEN–CENELEC va ANSI tashkilotlarida qo‘llaniladigan yondashuvlar asosida tizimlashtirildi hamda funksional guruhlarga ajratildi. KPIlar texnik qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan holda ilmiy formulalar orqali ifodalandi va ularning har biri texnik qo‘mita faoliyatining muayyan funksional jihatini aks ettiradi. KPI tizimining birinchi va asosiy guruhi normativ natijalarga (Output KPIs) bag‘ishlangan bo‘lib, u texnik qo‘mitaning bevosita ishlab chiqarish faoliyatini, ya’ni standartlar va normativ hujjatlar bilan bog‘liq yakuniy natijalarni tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar texnik qo‘mitaning funksional yuklamasi va ishlab chiqarish hajmini aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqilgan, qayta ko‘rib chiqilgan hamda bekor qilingan standartlar soni mos ravishda quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi: ∑𝑆𝑛𝑒𝑤+ 𝑆𝑟𝑒𝑣+ 𝑆𝑤𝑑 (1) “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 24 Technique, technology and equipment Bu yerda: 𝑆𝑛𝑒𝑤 – ishlab chiqilgan standartlar soni; 𝑆𝑟𝑒𝑣 – qayta ko‘rib chiqilgan standartlar soni; 𝑆𝑤𝑑 – bekor qilingan standartlar soni. Mazkur ko‘rsatkichlar texnik qo‘mitalar faoliyatini miqdoriy baholash uchun boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq xalqaro amaliyotda texnik qo‘mitalar faoliyati faqat ishlab chiqarilgan hujjatlar soni bilan emas, balki ularning qanday tezlikda, qanday sifatda va qanday tartibda ishlab chiqilgani bilan ham baholanadi. Shu sababli KPI tizimining keyingi muhim guruhi – samaradorlik ko‘rsatkichlari (Efficiency KPIs) joriy etiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar texnik qo‘mitalar tomonidan ishlarning belgilangan muddatlarda va resurslardan oqilona foydalangan holda bajarilishini baholashga xizmat qiladi. Xalqaro amaliyotda (ISO KPI) aynan vaqtga bog‘liq ko‘rsatkichlar samaradorlikni baholashning asosiy mezonlari sifatida qaraladi. Standart ishlab chiqishning o‘rtacha davomiyligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 𝑇𝑎𝑣𝑔= ∑ 𝑇𝑖 𝑛 𝑖=1 𝑛 (2) Bu yerda: 𝑇𝑎𝑣𝑔– standart ishlab chiqishning o‘rtacha davomiyligi; 𝑇𝑖– i-standartni ishlab chiqish muddati; 𝑛 – ko‘rib chiqilgan standartlar soni. Shuningdek, belgilangan muddatlarda yakunlangan loyihalar ulushi texnik qo‘mitaning ish intizomi va rejalashtirish sifati darajasini ifodalaydi: 𝑃𝑜𝑛−𝑡𝑖𝑚𝑒= 𝑁𝑜𝑛−𝑡𝑖𝑚𝑒 𝑁𝑡𝑜𝑡𝑎𝑙 ∙100% (3) Bu yerda: 𝑃𝑜𝑛−𝑡𝑖𝑚𝑒 – belgilangan muddatda yakunlangan loyihalar ulushi; 𝑁𝑜𝑛−𝑡𝑖𝑚𝑒 – muddatida yakunlangan loyihalar soni; 𝑁𝑡𝑜𝑡𝑎𝑙 – umumiy loyihalar soni. Samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ natijalarni vaqt va resurslar nuqtai nazaridan baholash imkonini bersa, KPI tizimining navbatdagi guruhi – sifat ko‘rsatkichlari (Quality KPIs) texnik qo‘mitalar faoliyatining mazmuniy va tahririy jihatlarini aniqlaydi. Sifat KPIlari xalqaro baholash tizimlarida (ANSI, ISO, CEN–CENELEC) asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Xususan, umumiy kelishuv asosida qabul qilingan hujjatlar ulushi texnik qo‘mitada manfaatdor tomonlar fikrining inobatga olinganlik darajasini ifodalaydi. 𝑁𝑐𝑜𝑛𝑠𝑒𝑛𝑠𝑢𝑠 𝑁𝑡𝑜𝑡𝑎𝑙 ∙100% (4) Bu yerda: 𝑁𝑐𝑜𝑛𝑠𝑒𝑛𝑠𝑢𝑠 – kelishuv asosida qabul qilingan hujjatlar soni; 𝑁𝑡𝑜𝑡𝑎𝑙 – qabul qilingan normativ hujjatlarning umumiy soni. 1-rasm. Texnik qo‘mitalarni baholashda KPI tizimi Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 25 Texnika, texnologiya va jihozlar Bundan tashqari, redaksion xatolar zichligi hujjatlarning tahririy sifati va ekspertiza darajasini ko‘rsatadi: 𝐷𝑒𝑟𝑟𝑜𝑟𝑠= 𝑁𝑒𝑟𝑟𝑜𝑟𝑠 𝑆𝑝𝑎𝑔𝑒𝑠 (5) Bu yerda: 𝐷𝑒𝑟𝑟𝑜𝑟𝑠 – tahririy xatolar zichligi; 𝑁𝑒𝑟𝑟𝑜𝑟𝑠 – aniqlangan tahririy xatolar soni; 𝑆𝑝𝑎𝑔𝑒𝑠 – hujjatning umumiy betlar soni. Natijada, normativ natijalar texnik qo‘mitaning nima ishlab chiqarganini, samaradorlik ko‘rsatkichlari qanchalik tez va intizomli ishlaganini, sifat ko‘rsatkichlari esa ishlab chiqilgan hujjatlarning mazmuniy darajasini baholash imkonini beradi. Ushbu uchala KPI guruhi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, texnik qo‘mitalar faoliyatini kompleks va xolis baholashning metodik asosini shakllantiradi. Texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash va monitoring qilish bilan bir qatorda, ularning o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda ishlash mexanizmlarini shakllantirish zamonaviy standartlashtirish tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, texnik qo‘mitalar samaradorligi nafaqat ishlab chiqilgan standartlar soni bilan, balki ushbu jarayonlarning qanday tashkiliy va institutsional asosda olib borilishi bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, texnik qo‘mitalar, ishchi guruhlar va markaziy boshqaruv organlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar faoliyati ko‘p pog‘onali qaror qabul qilish mexanizmi asosida tashkil etiladi. Ushbu mexanizmda strategik yo‘nalishlar yuqori darajadagi texnik boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi, texnik qo‘mitalar esa ushbu yo‘nalishlarni aniq normativ hujjatlarga aylantirish uchun mas’ul bo‘ladi. Bunday yondashuv texnik qo‘mitalar faoliyatida markazlashgan boshqaruv bilan mutaxassislikka asoslangan mustaqil ish yuritish o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydi. Natijada, texnik qarorlar umumiy standartlashtirish siyosatiga mos holda, lekin sohaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi. Texnik qo‘mitalarni muvofiqlashtirishda ularning tarkibiy tuzilmasi va rollar taqsimoti alohida ahamiyatga ega. Amaliyotda qo‘mita rahbariyati muhokamalarni olib borish, konsensusga erishish va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, tashkiliy masalalar, hujjatlar aylanishi va belgilangan muddatlarga rioya etilishini ta’minlash sekretariat zimmasiga yuklatiladi. Bunday funksional ajratish texnik qo‘mitalar ishining uzluksizligini va tashkiliy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Texnik qo‘mitalar faoliyatining muhim elementi sifatida ishchi guruhlar faoliyati ham muvofiqlashtirilgan holda olib boriladi. Ishchi guruhlar ma’lum bir normativ hujjat yoki texnik masala doirasida faoliyat yuritadi va ularning ishlari bevosita texnik qo‘mita tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Ushbu tuzilma texnik masalalarni chuqur ekspertiza qilish imkonini berishi bilan birga, yakuniy qarorlar yagona texnik siyosat doirasida qabul qilinishini ta’minlaydi. Bu holat standartlashtirish jarayonida takrorlanishlar va ziddiyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirishda baholash mexanizmlarining mavjudligi ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, GOST tizimida texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholash uchun integrallashgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar texnik qo‘mitaning normativ hujjatlar fondi sifati, milliy, mintaqaviy va xalqaro standartlashtirish ishlaridagi faolligi, shuningdek, tashkiliy ochiqlik va shaffoflik darajasini qamrab oladi. Bunday yondashuv texnik qo‘mitalar faoliyatini faqat natija asosida emas, balki jarayon va boshqaruv sifati nuqtai nazaridan ham tahlil qilish imkonini beradi. Rossiya Federatsiyasida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash tizimi standartlashtirish sohasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u normativhuquqiy hujjatlar bilan qat’iy reglamentlangan. Ushbu tizimda texnik qo‘mitalar faoliyatining samaradorligi integral ko‘rsatkich orqali baholanadi va baholash natijalari davlat miqyosida standartlashtirish siyosatini shakllantirishda qo‘llaniladi.Texnik qo‘mitalar faoliyatini umumiy baholash integral samaradorlik ko‘rsatkichi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ko‘rsatkich texnik qo‘mitaning standartlar fondi sifati, milliy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirishdagi faolligi “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 26 Technique, technology and equipment hamda tashkiliy ochiqligi kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 𝑃𝐼= 25 ∙𝑃𝐹+ 20 ∙𝑃𝑁+ 25 ∙𝑃𝐺+ 10 ∙𝑃𝑀+ 20 ∙𝑃𝑂 (6) Bu yerda: 𝑃𝐼 – texnik qo‘mita faoliyatining integral (umumiy) samaradorlik ko‘rsatkichi, ballarda ifodalanadi; 𝑃𝐹 – texnik qo‘mitaga biriktirilgan standartlar fondi sifati ko‘rsatkichi; 𝑃𝑁 – texnik qo‘mitaning milliy standartlashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi; 𝑃𝐺 – texnik qo‘mitaning davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi; 𝑃𝑀 – texnik qo‘mitaning xalqaro standartlashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi; 𝑃𝑂 – texnik qo‘mita faoliyatining tashkiliy darajasi va ochiqligi (shaffofligi) ko‘rsatkichi. Integral baholash tizimining joriy etilishi texnik qo‘mitalar faoliyatini monitoring qilish, ularning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash hamda standartlashtirish sohasida ustuvor vazifalarni belgilashda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda baholash jarayoni faqat ishlab chiqilgan standartlar soni bilan cheklanmay, balki standartlar fondining sifati, ularning yangilanish darajasi, xalqaro va mintaqaviy standartlar bilan uyg‘unligi hamda qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligi kabi mezonlarni ham qamrab oladi. 2-rasm. Texnik qo‘mita faoliyatining integral samaradorlik ko‘rsatkichi Bu yerda baholash vazn koeffitsientlari orqali ustuvor yo‘nalishlar aniqlanadi. Xususan, davlatlararo va standartlar fondi sifati eng katta ulushga ega bo‘lib, Rossiyada standartlashtirishning integratsiyalashgan va muvofiqlashtirilgan xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi.Standartlar fondi sifatini baholash texnik qo‘mitaga biriktirilgan standartlarning dolzarbligi va yangilanish darajasini aniqlashga qaratilgan. Ushbu ko‘rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi: 𝑃𝐹= 0,8 ∙𝐹1 𝐹0 + 0,2 ∙𝑀1 𝐹0 −0,6 ∙𝑀2 𝑀1 (7) Bu yerda: 𝐹1 – oxirgi 10 yil ichida ishlab chiqilgan yoki yangilangan hamda baholash vaqtida amal qilayotgan milliy va davlatlararo standartlar soni; 𝐹0 – texnik qo‘mitaga biriktirilgan va baholash vaqtida amal qilayotgan barcha milliy va davlatlararo standartlarning umumiy soni; 𝑀1 – xalqaro va mintaqaviy standartlar asosida ishlab chiqilgan milliy va davlatlararo standartlar soni; Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 27 Texnika, texnologiya va jihozlar 𝑀2 – xalqaro va mintaqaviy standartlarning yangi tahrirlari qabul qilinganiga qaramay, hali ham eski versiyalari amal qilib turgan milliy va davlatlararo standartlar soni. Mazkur baholash yondashuvi Rossiyada texnik qo‘mitalar faoliyati faqat standartlar soni bilan emas, balki ularning xalqaro va mintaqaviy standartlar bilan uyg‘unligi hamda eskirgan hujjatlarni o‘z vaqtida almashtirish qobiliyati bilan baholanishini ko‘rsatadi.Milliy standartlashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi texnik qo‘mitaning davlat dasturlari doirasida olib borgan ishlarini aks ettiradi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 𝑃𝑁= 0,4 ∙𝑁2 𝑁1 + 0,6 ∙𝑁3 𝑁1 (8) Bu yerda: 𝑁1 – hisobot yilida milliy standartlashtirish dasturiga kiritilgan milliy standartlar va ularga o‘zgartirishlar loyihalarining umumiy soni; 𝑁2 – federal byudjet mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilgan va texnik qo‘mitada ekspertizadan o‘tgan milliy standartlar loyihalari soni; 𝑁3 – byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalari hisobidan ishlab chiqilgan va texnik qo‘mitada ekspertizadan o‘tgan milliy standartlar loyihalari soni. Bu yondashuv Rossiyada texnik qo‘mitalar faoliyati byudjet mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari samaradorligini hisobga olgan holda baholanishini anglatadi. Ya’ni, faqat rejalashtirilgan ishlar emas, balki real ekspertizadan o‘tgan va amalda natija bergan loyihalar ustuvor hisoblanadi.Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyati alohida baholanadi, chunki Rossiya ushbu yo‘nalishda MDH doirasida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu faoliyat quyidagi formula orqali baholanadi: 𝑃𝐺= 0,2 ∙𝐺1 𝐺2 + 0,3 ∙𝐺3 𝐺1 + 0,3 ∙𝐺4 𝐺1 + 𝐴𝐺 (9) Bu yerda: 𝐺1 – hisobot yilida davlatlararo standartlashtirish dasturiga kiritilgan barcha loyihalar soni; 𝐺2 – Rossiya Federatsiyasi byudjeti hisobidan ishlab chiqilgan va ekspertizadan o‘tgan davlatlararo standartlar loyihalari soni; 𝐺3 – byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalari hisobidan ishlab chiqilgan davlatlararo standartlar loyihalari soni; 𝐺4 – boshqa davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan va Rossiya texnik qo‘mitasi ishtirokida ekspertizadan o‘tgan davlatlararo standartlar loyihalari soni; 𝐴𝐺 – texnik qo‘mitaning analog davlatlararo texnik qo‘mitalar faoliyatidagi ishtirok faolligi ko‘rsatkichi. Mazkur qo‘shimcha ko‘rsatkich sifatida texnik qo‘mitaning analog davlatlararo texnik qo‘mitalardagi faolligi hisobga olinadi. Bu holat Rossiyada texnik qo‘mitalar faqat milliy darajada emas, balki mintaqaviy integratsiya vositasi sifatida ham qaralishini ko‘rsatadi.Xalqaro standartlashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi esa texnik qo‘mitalarning ISO va IEC kabi xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 𝑃𝑀= 0,6 ∙𝐴𝑀+ 0,4 ∙𝐴𝑁 (10) Bu yerda: 𝐴𝑀 – texnik qo‘mitaning ISO yoki IEC tizimidagi analog (“ko‘zgu”) texnik qo‘mita ishlaridagi faolligi ko‘rsatkichi; 𝐴𝑁 – milliy standartlarning xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun asos sifatida taklif etilish faolligi ko‘rsatkichi. Ushbu ko‘rsatkich Rossiyada xalqaro standartlashtirishda kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lish strategiyasining ustuvor ekanini ko‘rsatadi.Texnik qo‘mitalar faoliyatining tashkiliy ochiqligi va shaffofligi alohida baholanadi. Ushbu ko‘rsatkich texnik qo‘mita ishining rejaliligi, axborot ochiqligi, hisobot intizomi, professionallik darajasi va nizolarsiz faoliyat yuritish qobiliyatini qamrab oladi: 𝑃𝑂= 𝑃𝑂1 + 𝑃𝑂2 + 𝑃𝑂3 + 𝑃𝑂4 + 𝑃𝑂5 −𝑃𝑂6 (11) Bu yerda: 𝑃𝑂1 – texnik qo‘mitaning istiqbolli ish dasturini amalga oshirish darajasi; 𝑃𝑂2 – texnik qo‘mita ishining tashkiliy ta’minlanganlik darajasi (majlislar o‘tkazilishi); 𝑃𝑂3 – texnik qo‘mita faoliyatining ochiqligi va axborot shaffofligi darajasi; 𝑃𝑂4 – Rosstandartga yillik hisobotni o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish darajasi; 𝑃𝑂5 – texnik qo‘mita a’zolari va rahbariyatining professionallik darajasi; 𝑃𝑂6 – texnik qo‘mita faoliyatidagi nizolilik va apellyatsiyalar mavjudligi ko‘rsatkichi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 28 Technique, technology and equipment Mazkur yondashuv Rossiyada texnik qo‘mitalar faoliyati faqat texnik natijalar emas, balki boshqaruv madaniyati va institutsional ishonchlilik nuqtai nazaridan ham baholanishini ko‘rsatadi.Integral baholash natijalariga ko‘ra texnik qo‘mitalar to‘rt toifaga ajratiladi: yuqori samarador, yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz. Bu tasniflash Rossiyada texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiladi.Xulosa qilib aytganda, Rossiya Federatsiyasida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash tizimi qat’iy normativ asosga ega bo‘lib, u natija, jarayon va institutsional barqarorlikni birgalikda hisobga oladi. Ushbu model texnik qo‘mitalarni davlat standartlashtirish siyosatining faol boshqariladigan subyekti sifatida shakllantiradi va ularning milliy hamda xalqaro darajadagi muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi. Yevropa standartlashtirish tizimida esa texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonlarga asoslangan boshqaruv modeli orqali amalga oshiriladi. Standart ishlab chiqish bosqichlarining aniq belgilanishi, har bir bosqich uchun mas’ul tuzilmalar va vaqt chegaralarining mavjudligi texnik qo‘mitalar ishini rejalashtirilgan va nazorat qilinadigan jarayonga aylantiradi. Ushbu model texnik qo‘mitalarning ish yuklamasini muvozanatlash, resurslardan oqilona foydalanish va standartlarni belgilangan muddatlarda ishlab chiqish imkonini yaratadi.Yuqoridagi yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, texnik qo‘mitalarni muvofiqlashtirish masalasi faqat tashkiliy chora-tadbirlar bilan cheklanib qolmaydi, balki baholash, rejalashtirish va nazorat mexanizmlarini yagona tizimga birlashtirishni talab etadi. ISO va CENELEC amaliyotida texnik qo‘mitalar faoliyatining shaffofligi, konsensusga asoslangan qaror qabul qilish va manfaatdor tomonlar ishtirokining ta’minlanishi muvofiqlashtirish samaradorligini oshiruvchi asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash texnik qo‘mitalar faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirish imkonini beradi. Xususan, texnik qo‘mitalar ishini rejalashtirish va monitoring qilish mexanizmlarini kuchaytirish, ishchi guruhlar faoliyatini aniq vazifalar asosida tashkil etish hamda baholash ko‘rsatkichlarini joriy etish orqali milliy standartlashtirish tizimining samaradorligini oshirish mumkin. Bu esa milliy standartlarning xalqaro va mintaqaviy standartlar bilan uyg‘unlashuvini ta’minlab, texnik qo‘mitalarni mamlakatning innovatsion va sanoat rivojlanishida muhim institut sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 3-rasm. Yevropa va O‘zbekistonda standartlashtirish yondashuvlari Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 29 Texnika, texnologiya va jihozlar Mazkur tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash va muvofiqlashtirishga oid KPI asosidagi yondashuv amaliy va institutsional jihatdan keng qo‘llanish imkoniyatiga ega. Xususan, taklif etilgan ko‘rsatkichlar tizimi texnik qo‘mitalar faoliyatini faqat yakuniy normativ hujjatlar soni bilan emas, balki jarayon samaradorligi, sifat darajasi hamda tashkiliy barqarorlik nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi. Ushbu yondashuv standartlashtirish tizimida qaror qabul qilish jarayonlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Natijalar, avvalo, milliy standartlashtirish tizimida texnik qo‘mitalar faoliyatini monitoring qilish va rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llanishi mumkin. KPI ko‘rsatkichlari asosida texnik qo‘mitalarning ish yuklamasi, standartlarni ishlab chiqish tezligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda sifat ko‘rsatkichlari muntazam tahlil qilinishi orqali resurslardan oqilona foydalanish imkoniyati yuzaga keladi. KPI tizimi yordamida turli texnik qo‘mitalarning faoliyati solishtirilishi, ustuvor va muammoli yo‘nalishlar aniqlanishi hamda strategik qarorlar qabul qilinishi mumkin. Bu yondashuv texnik qo‘mitalar faoliyatini markazlashgan boshqaruv bilan mutaxassislikka asoslangan mustaqil ish yuritish o‘rtasida muvozanatlashtirish imkonini beradi. Amaliy jihatdan mazkur model O‘zbekiston Respublikasida xalqaro va mintaqaviy standartlarni milliy amaliyotga joriy etish jarayonlarida ham samarali qo‘llanishi mumkin. Xususan, ISO, IEC hamda CEN–CENELEC doirasida olib borilayotgan ishlarda texnik qo‘mitalarning faolligini oshirish, konsensusga asoslangan qarorlar qabul qilish va manfaatdor tomonlar ishtirokini kengaytirish orqali milliy manfaatlarni ilgari surish imkoniyatlari kuchayadi. Natijada texnik qo‘mitalar nafaqat normativ hujjatlar ishlab chiquvchi tuzilma, balki innovatsion rivojlanish va sanoat siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi muhim institutsional mexanizm sifatida shakllanadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatadiki, texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash va muvofiqlashtirish masalasi zamonaviy standartlashtirish tizimida kompleks va tizimli yondashuvni talab etadi. Xalqaro amaliyot tahlili ISO, IEC, CEN–CENELEC va ANSI tizimlarida texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash alohida yagona standart asosida emas, balki KPI, audit, monitoring va jarayonlarga asoslangan boshqaruv mexanizmlarining integratsiyasi orqali amalga oshirilishini ko‘rsatdi. Mazkur maqolada taklif etilgan KPI asosidagi baholash modeli texnik qo‘mitalar faoliyatini uch asosiy yo‘nalish — normativ natijalar (Output KPIlar), jarayon samaradorligi (Efficiency KPIlar) va sifat ko‘rsatkichlari (Quality KPIlar) asosida kompleks baholash imkonini beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar texnik qo‘mitalarning nima ishlab chiqarganini, qanchalik tez va intizomli ishlaganini hamda ishlab chiqilgan hujjatlarning mazmuniy va tahririy sifatini obyektiv baholashga xizmat qiladi. Rossiya Federatsiyasi tajribasi misolida ko‘rib chiqilgan integral baholash modeli texnik qo‘mitalar faoliyatini natija, jarayon va institutsional barqarorlik nuqtai nazaridan birgalikda baholashning samarali mexanizmini namoyon etdi. Yevropa standartlashtirish tizimida esa jarayonlarga asoslangan boshqaruv modeli texnik qo‘mitalar ishini rejalashtirilgan, nazorat qilinadigan va shaffof tizimga aylantirish imkonini berishi aniqlandi. Mazkur yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish texnik qo‘mitalar faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirish, ularning samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda xalqaro talablar bilan uyg‘unligini ta’minlash uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, KPI tizimini joriy etish orqali texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash natijalariga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash va milliy standartlashtirish tizimini innovatsion rivojlanish ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish mumkin. Umuman olganda, texnik qo‘mitalar faoliyatini baholash va muvofiqlashtirishning KPI asosidagi modeli O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlikni kuchaytirish hamda texnik qo‘mitalarni milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim institut sifatida shakllantirishga zamin yaratadi. Foydalanilingan adabiyotlar 1. ISO/IEC Directives. Part 1. Procedures for the technical work // International Organization for Standardization, International Electrotechnical Commission. – Geneva. – Amaldagi nashr. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 30 Technique, technology and equipment 2. ISO/IEC Directives. Part 2. Principles and rules for the structure and drafting of ISO and IEC documents // ISO, IEC. – Geneva. – Amaldagi nashr. 3. CEN–CENELEC Guide 25. The concept of Partnership with European organisations and other stakeholders // CEN–CENELEC Management Centre. – Brussels. – 2014. 4. Understanding the European Standardization System. Training for newly appointed Technical Body Officers // CEN–CENELEC. – Brussels. – 2022. 5. European Standardisation System: Structure, processes and stakeholders // CEN & CENELEC official publication. – Brussels. – 2021. 6. PR 1323565.1.003–2019. Pravila otsenki effektivnosti deyatel’nosti tekhnicheskikh komitetov po standartizatsii // Rosstandart. – Moskva. – 2019. 7. GOST R 1.1–2013. Standartizatsiya v Rossiyskoy Federatsii. Tekhnicheskie komitety po standartizatsii. Obshchie polozheniya // Standartinform. – Moskva. – 2013. 8. GOST R 1.2–2018. Standartizatsiya v Rossiyskoy Federatsii. Pravila razrabotki, utverzhdeniya, obnovleniya i otmeny standartov // Standartinform. – Moskva. – 2018. 9. GOST R 57584–2017. Organizatsiya i provedenie rabot po mezhdunarodnoy standartizatsii v Rossiyskoy Federatsii // Standartinform. – Moskva. – 2017. 10. IEC Directives. Procedures for the technical work // International Electrotechnical Commission. – Geneva. – Amaldagi nashr. 11. ANSI Essential Requirements. Due process requirements for American National Standards // American National Standards Institute. – Washington, DC. – Amaldagi nashr. 12. ISO Guide 21-1. Regional or national adoption of International Standards. Part 1: Adoption of International Standards // International Organization for Standardization. – Geneva. 13. Blind K. The Economics of Standards: Theory, Evidence, Policy. – Cheltenham: Edward Elgar Publishing, 2004. – 366 p. 14. Swann G.M.P. The Economics of Standardization: An Update. – Manchester: Manchester Business School, 2010. – 48 p. 15. de Vries H.J. Standardization – A Business Approach to the Role of National Standardization Organizations. – Boston: Kluwer Academic Publishers, 1999. – 230 p. 16. ISO/IEC Directives. Part 1: Procedures for the Technical Work. – Geneva: International Organization for Standardization; International Electrotechnical Commission, amaldagi nashr. 17. ISO/IEC Directives. Part 2: Principles and Rules for the Structure and Drafting of International Standards. – Geneva: ISO/IEC, amaldagi nashr. 18. CEN–CENELEC Guide 25. The Concept of Partnership with European Organisations and Other Stakeholders. – Brussels: CEN & CENELEC, 2014. 19. ANSI. Essential Requirements: Due Process Requirements for American National Standards. – Washington, DC: American National Standards Institute, amaldagi nashr. 20. IEC. ISO and IEC Procedures for Technical Work. – Geneva: International Electrotechnical Commission, amaldagi nashr. 21. PR 1323565.1.003–2019. Pravila otsenki effektivnosti deyatel’nosti tekhnicheskikh komitetov po standartizatsii. – Moskva: Rosstandart, 2019. 22. GOST R 1.1–2013. Standartizatsiya v Rossiyskoy Federatsii. Tekhnicheskie komitety po standartizatsii. – Moskva: Standartinform, 2013. 23. GOST R 57584–2017. Organizatsiya i provedenie rabot po mezhdunarodnoy standartizatsii v Rossiyskoy Federatsii. – Moskva: Standartinform, 2017. 24. David P.A., Greenstein S. The Economics of Compatibility Standards: An Introduction to Recent Research. // Economics of Innovation and New Technology. – 1990. – Vol. 1. – P. 3– 41. 25. Egyedi T.M. Standards and Innovation: Rationale and Consequences. – Delft: Delft University Press, 2001. – 198 p. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 31