Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Navoiy shahar transformator podstansiyalarida faza balanslashni joriy etish bo‘yicha ustuvorlashtirish modeli
Аннотации
Ushbu maqolada Navoiy shahar 0,4 kV kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlaridagi transformator podstansiya (TP) larida faza balanslashni joriy etish uchun ustuvorlashtirish modeli ishlab chiqildi va baholandi. Monitoring ma’lumotlari asosida 365 ta transformator podstansiyasidan 362 tasi tahlil qilindi. Yuklama notekisligi tokning nosimmetriya indeksi KI hamda kuchlanish tarqalishi indeksi KU orqali, texnik isroflarni kamaytirish salohiyati esa I²R ga tayangan holda soddalashtirilgan ΔP modeli bilan baholandi.
This article examines the technologies for obtaining silk waste and the inner shell of the cocoon, as well as their processing. Mechanical and chemical methods for cleaning silk waste and the inner cocoon shell are considered, along with the possibilities of producing high-quality fluff and various industrial products from watersoluble sericin. It is shown that the application of modern technologies and improved equipment enables the efficient utilization of silk waste and the inner cocoon shell and contributes to solving environmental problems. Keywords: silk waste, inner cocoon shell, cocoon, processing, technology, silk industry, environmental problems, sericin, process, technology. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 38
Содержание статьи
Kirish. Shahar elektr ta’minotining eng og‘ir va ayni paytda eng ko‘p ko‘zga tashlanmaydigan muammolaridan biri – past kuchlanishli (0,4 kV) taqsimlovchi elektr tarmoqlaridagi texnik isroflar va iste’molchi nuqtalarida kuchlanish sifatining barqaror emasligidir. Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlar radial tuzilishga ega bo‘lgani yuklamalar esa kun davomida keskin o‘zgarib turishi sababli toklar ko‘pincha yuqori bo‘ladi. Bunday isroflar energiya samaradorligini pasaytiradi, tarmoq elementlarining qizishi va eskirishini tezlashtiradi hamda ekspluatatsiya xarajatlarini oshiradi. Past kuchlanishli shahar tarmoqlarida isroflar va kuchlanish sifatining yomonlashishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri – fazalar bo‘yicha yuklamaning notekis taqsimlanishi ya’ni uch fazali tizimning nomutanosibligidir [1].
Amaliyotda uy – joy sektori va kichik biznes iste’molchilarining katta qismi bir fazali ulangan bo‘lib, ulanishlar tasodifiy shakllangani yoki hudud bo‘yicha rivojlanish notekis bo‘lgani sababli ayrim fazalarda tok ortib ketadi, boshqa fazalarda esa nisbatan kichik bo‘lib qoladi. Bu holat quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi:
faza o‘tkazgichlarida qo‘shimcha I2R isroflar hosil bo‘ladi; nol o‘tkazgichda toki ortishi, kontaktlar qizishi va ishonchlilik pasayishi kuzatiladi; iste’molchi tomonida fazalar bo‘yicha kuchlanishlar farqlarining ortishi va kuchlanish
nosimmetriyasi kuchayishi yuzaga keladi; asinxron dvigatellar, kompressorlar, payvandlash agregatlari, elektron quvvat manbalari kabi
qurilmalarda qo‘shimcha qizish, vibratsiya va nosozlik xavfining ortishi vujudga keladi [2].
Kuchlanish sifatini baholash va me’yorlash masalasi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Xususan GOST 32144–2013 talablariga ko‘ra elektr energiyasini uzatish nuqtasida kuchlanishning musbat va manfiy og‘ishi bir haftalik kuzatuv intervalida 100% vaqt davomida nominal yoki kelishilgan qiymatning 10% dan oshmasligi kerak. Shu standartda uch fazali tizim uchun kuchlanish nosimmetriyasi ko‘rsatkichlari – teskari ketma-ketlik bo‘yicha K2i va nol ketmaketlik bo‘yicha K0i koeffitsiyentlari 10 minutlik o‘rtacha qiymatlarda haftaning 95% vaqtida 2% dan, 100% vaqtida esa 4% dan oshmasligi belgilangan. Mazkur me’yorlarga mos monitoring va baholashda o‘lchash usullari ham standartlashtirilgan bo‘lib, GOST 32144–2013 hujjatida
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 32
Technique, technology and equipment
ko‘rsatkichlarni o‘lchash metodikasi sifatida GOST 30804.4.30 (IEC 61000-4-30) ga tayangan holda o‘lchash talablari keltiriladi [3, 4].
Tarmoqlarni modernizatsiya qilish kabel kesimini oshirish, transformatorni almashtirish, avtomatika va qayta konfiguratsiya, reaktiv quvvat kompensatsiyasi odatda sezilarli investitsiya talab qiladi. Shu nuqtai nazardan faza balanslash – ya’ni bir fazali iste’molchilar ulanishini qayta taqsimlash orqali faza toklarini yaqinlashtirish – kam xarajatli, tez joriy etiladigan va ko‘pincha katta amaliy samara beruvchi chora hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda ham faza balanslash energiya isroflarini kamaytirishi va kuchlanish sifatini yaxshilashi qayd etilgan. Biroq shahar miqyosida TP lar soni ko‘p bo‘lgani sababli hammasidan bir vaqtda boshlash amalda mumkin emas chunki resurs, brigada va vaqt cheklangan. Shuning uchun qaysi TP larda faza balanslashni birinchi navbatda bajarish masalasi paydo bo‘ladi. Demak faqat texnik yechim emas balki ustuvorlashtirish modeli ham zarur [5].
Asosiy qism. Tadqiqot obyekti sifatida Navoiy shahar hududidagi 0,4 kV past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarda ishlayotgan transformator podstansiyalari tanlandi. Hisob-kitoblar va tahlillar TP lar bo‘yicha yig‘ilgan yuklama monitoringi ma’lumotlari asosida bajarildi. Mazkur baza har bir TP uchun identifikatsiya ma’lumotlari podstansiya, fider nomi, TP raqami, transformatorning nominal to‘la quvvati Snom (kVA), elektr energiyasi rejim ko‘rsatkichlari bo‘lgan faza toklarining o‘rtacha qiymatlari Ia, Ib, Ic hamda faza kuchlanishlarining o‘rtacha qiymatlari Ua, Ub, Uc, shuningdek quvvat omili ya’ni garmonikalar sababli kamayish koeffitsiyenti, o‘rtacha sutkalik elektr energiya iste’moli (kWh/kun) va boshqa yordamchi parametrlarni o‘z ichiga oladi [6]. Tadqiqot tanlanmasida jami 365 ta TP qayd etildi. Ma’lumotlar sifatini tekshirish natijasida 362 ta TP bo‘yicha faza toklarining Ia, Ib, Ic va faza kuchlanishlarining Ua, Ub, Uc qiymatlari to‘liq ekani aniqlandi. Shu sababli keyingi barcha hisob – kitoblar hamda statistik tahlillar 362 ta TP bo‘yicha amalga oshirildi [7]. TP chiqishida fazalar bo‘yicha yuklama notekisligini baholash uchun faza toklarining o‘rtacha qiymati hamda ularning tarqalish darajasiga asoslangan indeks qo‘llanildi. Dastlab faza toklarining o‘rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi [8]:
, 3 . ' c b a rt o I I I I (1)
bu yerda: c b a I I I – mos ravishda A, B va C fazalardagi o‘rtacha tok qiymatlari (A). Toklarning fazalar bo‘yicha nomutanosibligini ifodalash uchun tok notekisligi indeksi KI kiritildi:
, 100 % min max
avg I I I I K (%) (2)
bu yerda: , , , max max c b a I I I I fazalar bo‘yicha o‘lchangan toklar ichidan maksimal qiymat, , , , min min c b a I I I I fazalar bo‘yicha o‘lchangan toklar ichidan minimal qiymat. Mazkur indeksning fizik mazmuni shundan iboratki, KI qiymati qancha katta bo‘lsa, fazalar bo‘yicha toklarning farqlanishi shuncha yuqori bo‘ladi va demak, TP chiqishidagi yuklama taqsimoti shuncha notekis hisoblanadi. KI≈0% holat esa fazalar bo‘yicha toklar deyarli teng ekanini ya’ni yuklama balanslanganligini bildiradi [9]. GOST 32144–2013 talablariga ko‘ra uch fazali tizimda kuchlanish nosimmetriyasi odatda ketma-ketlik komponentlari teskari va nol ketma-ketlik asosida baholanadi. Biroq amaliy tezkor saralash uchun ya’ni faqat fazalar bo‘yicha o‘rtacha kuchlanish qiymatlari mavjud bo‘lgan holatlarda faza kuchlanishlarining tarqalishini ifodalovchi soddalashtirilgan indeks qo‘llanildi. Dastlab faza kuchlanishlarining o‘rtacha qiymati aniqlanadi [10]:
, 3 . ' c b a rt o U U U U (3)
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 33
Texnika, texnologiya va jihozlar
bu yerda: c b a U U U – mos ravishda A, B va C fazalardagi o‘rtacha kuchlanish qiymatlari (V). Fazalar bo‘yicha kuchlanishlarning orasidagi farq kattalashishi darajasini baholash uchun kuchlanish tarqalishi indeksi KU kiritildi:
min max
rt o U U U U K (%) (4)
, 100 %
. '
bu yerda: , , , max max c b a U U U U faza kuchlanishlarining eng katta qiymati , , , min min c b a U U U U faza kuchlanishlarining eng kichik qiymati Mazkur indeksning fizik mazmuni shundan iboratki, KU katta bo‘lganda fazalar bo‘yicha kuchlanishlar orasidagi farq sezilarli bo‘ladi, bu esa iste’molchilarga beriladigan kuchlanishning fazalar kesimidagi notekisligini bildiradi. KU≈0% holat esa faza kuchlanishlari deyarli teng ekanini bildiradi [11]. Past kuchlanishli (0,4 kV) tarmoqlarda TP chiqish qismidagi faza o‘tkazgichlarida texnik isroflarning asosiy ulushi o‘tkazgichning aktiv qarshiligi hisobiga yuzaga keladigan isroflardan iborat bo‘lib u tokning kvadratiga proporsionaldir. Fazalar bo‘yicha tokning o‘rtacha qiymatlari ma’lum bo‘lganda TP chiqishidagi isroflar quyidagicha ifodalanadi [12]:
, 2 2 2 c b a I I I R P (5) bu yerda: R– TP chiqishidan keyingi mos uchastkadagi faza o‘tkazgichning ekvivalent aktiv qarshiligi (Ω), c b a I I I , , – fazalar bo‘yicha o‘rtacha toklar (A). Amaliy tahlilda R qiymati barcha TP lar uchun bir xil yoki ma’lum diapazonda deb qabul qilinsa isroflarni taqqoslashda R omili qisqaradi va isroflar toklar kvadrati yig‘indisi bilan baholanadi [13,14]. Agar fazalar bo‘yicha yuklama ideal balanslangan bo‘lsa, ya’ni
, 'rt o c b a I I I I , 3 ' c b a rt o I I I I (6)
u holda o‘tkazgichlardagi isroflar quyidagicha bo‘ladi:
2 ' 3 rt oI R P (7) Demak faza toklarining notekisligi sababli yuzaga keladigan ortiqcha isroflar ulushi ya’ni faza balanslash amalga oshirilganda kamayishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning qismi quyidagicha aniqlanadi [15, 16]:
% 100 3
2 ' 2 2 2
rt o c b a I I I I I I I P (8)
2 2 2
c b a
Ushbu ifodaning fizik mazmuni shundan iboratki fazalar bo‘yicha toklar qanchalik notekis bo‘lsa
2 2 2 c b a I I I qiymati 2 ' 3 rt oI dan shunchalik katta bo‘ladi va natijada P ortadi. Shunday qilib P ko‘rsatkichi TP darajasida faza balanslashdan kutiladigan texnik yo‘qotish qisqarishini foizlarda baholash imkonini beradi hamda ustuvorlashtirish modelida energetik ta’sir mezoni sifatida ishlatiladi. Shahar miqyosida TP soni katta bo‘lgani sababli faza balanslash ishlarini bir vaqtning o‘zida barcha TP larda amalga oshirish amaliy jihatdan imkoniyatsiz. Shu bois mavjud resurslar, brigada, vaqt va texnik imkoniyatlar cheklangan sharoitda faza balanslashni eng katta samara beradigan TP lardan boshlash uchun ustuvorlashtirish zarur. Mazkur ishda ustuvorlashtirish modeli texnik isroflar va kuchlanish sifati ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga oluvchi multi-mezonli reyting yondashuviga asoslandi. Ustuvorlikni shakllantirishda quyidagi indikatorlar tanlandi: KI – faza toklarining notekisligi indeksi; KU – faza kuchlanishlarining tarqalish indeksi; P – faza balanslashdan kutiladigan isrofning qisqarishi ulushi; Io‘rt. – tok bo‘yicha TP yuklamasining umumiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich chunki bir xil notekislik darajasida yuklamasi katta TP da absolyut yo‘qotish ham odatda yuqori bo‘ladi [17, 18].
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 34
Technique, technology and equipment
Ko‘rsatkichlar o‘lchov birliklari turlicha bo‘lgani sababli ularni integrallash uchun avval 0…1 oralig‘ida normallashtirish (min–max usuli) bajarildi:
min x x x x x i i (9)
, ~
min max
bu yerda: ix – mos TP uchun tanlangan ko‘rsatkich qiymati, min x va max x esa tanlanmadagi minimal va maksimal qiymatlar. Shundan so‘ng TP uchun umumiy ustuvorlik quyidagi vazn koeffitsiyentlari yig‘indi ko‘rinishida aniqlanadi:
. ' 4 3 2 1 . rt o U I ust I P K K S (10)
1 k k sharti bajariladi.
bu yerda: 4 3 2 1 , , , – vazn koeffitsiyentlari bo‘lib, 1
Vazn koeffitsiyentlari ekspluatatsiya maqsadiga qarab sozlanadi: masalan agar asosiy maqsad kuchlanish sifatini yaxshilash bo‘lsa 2 oshiriladi; agar isroflarni kamaytirish ustuvor bo‘lsa 3 hamda yuklama kattaligini aks ettiruvchi 4 oshiriladi. Ushbu ish doirasida amaliy tavsiya sifatida quyidagi vazn koeffitsiyentlari qabul qilindi:
35 ,0 1 , 25 ,0 2 , 25 ,0 3 . 15 ,0 4 362 ta TP bo‘yicha KI o‘rtadagi qiymati 34,03% bo‘ldi. KI qiymatlarining 90% i 79,17% dan oshmadi ya’ni faqat 10% holatda KI 79,17% dan yuqori. KI > 20% holatlar ulushi 77,6%, KI > 60% holatlar ulushi esa 19,6% ni tashkil etdi. Kuchlanish tarqalishi KU o‘rtadagi qiymati 1,77% bo‘lib, KU qiymatlarining 90% i 6,14% dan oshmadi faqat 10% holatda KU 6,14% dan yuqori. KU > 3% holatlar ulushi 31,5% bo‘ldi. KI va KU o‘rtasida bog‘liqlik musbati kuzatildi (rkor. = 0,376).
1-rasm. Tok notekisligi indeksi KI taqsimoti (Navoiy shahar TP lari). 1-rasmda KI ning interval bo‘yicha taqsimoti keltirilgan bo‘lib, TP larning asosiy qismi past– o‘rta darajadagi nomutanosiblik oralig‘ida jamlangani va maksimum chastotalar o‘rta interval atrofida to‘planganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, taqsimot katta KI qiymatlar tomonga asimmetrik cho‘zilgan bo‘lib, ayrim TP larda nomutanosiblik keskin yuqori darajaga yetishini bildiradi. Mazkur ko‘rinish amaliy jihatdan shuni anglatadiki- faza balanslash chorasi ko‘plab TP larda standart ekspluatatsion tadbir sifatida sezilarli texnik foyda beradi, KI yuqori segmentdagi TP lar esa ustuvor saralash va dala ishlarini rejalashtirishda birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi lozim. Hisoblangan qiymatiga ko‘ra TP lar kamayish tartibida saralanib faza balanslashni joriy etish uchun ustuvor ro‘yxat shakllantiriladi. Natijada notekis yuklangan kuchlanish tarqalishi yuqori va isroflar tejalishi salohiyati katta TP lar birinchi navbatda tanlanadi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 35
Texnika, texnologiya va jihozlar
Taklif etilgan ustivorlashtirish modeli natijalarini amaliyotga tatbiq etish faza balanslash ishlarini tizimli va xavfsiz amalga oshirishni talab etadi. Shu maqsadda quyidagi uch bosqichli joriy etish tartibi tavsiya etiladi. 2-rasm. Ustuvor TP lar: integrallashgan ball (Top-10). 2-rasmda ustuvorlikning integrallashgan balli Sust. bo‘yicha eng yuqori Top-10 TP lar (129, 569, 431, 187, 98-3, 624, 39, 75-3, 345, 969-3) keltirilgan va ular Sust. kamayish tartibida joylashtirilgan. Diagrammadan ko‘rinishicha, Sust. qiymatlari taxminan 0,37–0,66 diapazonda bo‘lib, 129, 569, 431 va 187 TP lar Sust.>0,5 bilan yaqqol ajralib turadi; bu obyektlarda ustuvor mezonlar kombinatsiyasi bo‘yicha eng yuqori kutiladigan samara mavjudligini bildiradi va dala ishlarida “birinchi navbat” sifatida ko‘rib chiqiladi. Qolgan TP larda ballar bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun ularni keyingi bosqichda resurs, brigada, hududiy yaqinlik va ish hajmi mezonlari asosida guruhlab rejalashtirish maqsadga muvofiq. Diagnostika va skrining asosida har bir TP bo‘yicha faza toklarining notekisligi indeksi KI, kuchlanish tarqalishi indeksi KU hamda faza balanslashdan kutiladigan yo‘qotish qisqarishi ulushi ΔP hisoblanadi. Muammoli TP lar “qizil zona” sifatida ajratiladi bunda odatda KI va KU yuqori bo‘lishi bilan birga umumiy yuklama darajasi katta bo‘ladi. Yuklama darajasi Io‘rt. yoki transformator nominal quvvati Str orqali baholanadi. Mazkur bosqichning natijasi – faza balanslash uchun ustuvor TP lar ro‘yxati tuziladi. Faza qayta taqsimlash rejasini ishlab chiqish bilan faza balanslashning amaliy mazmuni – eng yuklangan fazadan nisbatan yengil fazaga bir fazali iste’molchilar ulanishining bir qismini ko‘chirish orqali faza toklarini yaqinlashtirishdir. Ushbu bosqichda maqsad funksiyasi sifatida faza toklarining kvadratik yig‘indisini kamaytirish qabul qilinadi: min, 2 2 2 c b a I I I chunki bu qiymat kamayishi TP chiqishidagi I2R isroflarining pasayishiga olib keladi. Reja tuzishda ekspluatatsion cheklovlar ham hisobga olinadi natijada faza toki ruxsat etilgan qiymatlardan oshmasligi, kuchlanish tarqalishi yoki nosimmetriya belgilari kamayishi hamda qayta ulash ishlari minimal hajmda bajarilishini ta’minlaydi. Verifikatsiya va monitoring qilish jarayoni faza balanslash bajarilgach, TP bo‘yicha qayta monitoring o‘tkazilib, KI, KU hamda energetik ko‘rsatkichlarning dinamikasi solishtiriladi. Amaliy baholashda iste’molchilardan tushadigan shikoyatlar, avariyaviy holatlar va kuchlanish sifatiga oid kuzatuvlar ham inobatga olinadi. Zarurat tug‘ilganda kuchlanish sifati ko‘rsatkichlarini normativ hujjatlar talablariga muvofiq baholash GОST 32144–2013 hamda o‘lchash metodikasi bo‘yicha GОST 30804.4.30–2013 (IEC 61000-4-30) asosida amalga oshiriladi. Ushbu tadqiqotda fazalar bo‘yicha o‘rtacha tok va o‘rtacha kuchlanish qiymatlaridan foydalanilgani sababli olingan natijalar, avvalo skrining va rejalashtirish orqali muammoli TP larni tez aniqlash va ustuvorlashtirish uchun yuqori samarador hisoblanadi. Xulosa. Ushbu tadqiqotda Navoiy shahar 0,4 kV taqsimlovchi elektr tarmoqlaridagi 362 ta TP bo‘yicha fazalar kesimida tok notekisligi indeksi KI va kuchlanish tarqalishi indeksi KU tahlil qilindi hamda faza balanslashni joriy etishni rejalashtirish uchun multi-mezonli ustuvorlashtirish modeli taklif etildi. Natijalar TP larning katta qismida faza yuklamasi nomutanosibligi mavjudligini KI o‘rtadagi qiymati 34,03%, KI > 20% holatlar ulushi 77,62% va ushbu holat
Sust.
TP lar raqami
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 36
Technique, technology and equipment
kuchlanish tarqalishi bilan musbat bog‘liqligini rkor.(KI,KU)=0,376; KU > 3% holatlar ulushi 31,49%) ko‘rsatdi. I²R modeli asosida faza balanslash hisobiga texnik isroflarni kamaytirish potensiali o‘rtadagi qiymat bo‘yicha 2,01% ni tashkil etishi, shuningdek TP larning 90% ida bu ko‘rsatkich 10,01% dan oshmasligi baholandi. Shunday qilib, KI, KU, ΔP va yuklama darajasiga tayangan ustuvorlashtirish yondashuvi resurslar cheklangan sharoitda faza balanslash ishlarini eng katta samara beradigan TP lardan boshlash, texnik isroflarni kamaytirish hamda kuchlanish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Аdabiyotlar 1. ГОСТ 32144–2013. Электрическая энергия. Совместимость технических средств электромагнитная. Нормы качества электрической энергии в системах электроснабжения общего назначения. – Москва: Стандартинформ, 2014. – 19 с. 2. ГОСТ 30804.4.30–2013 (IEC 61000-4-30:2008). Электрическая энергия. Совместимость технических средств электромагнитная. Методы измерений показателей качества электрической энергии. – Москва: Стандартинформ, 2014. – 58 с. 3. Jimenez, V.A.; Will, A.L.E.; Lizondo, D.F. Phase reassignment for load balance in low-voltage distribution networks. // International Journal of Electrical Power & Energy Systems, Vol. 137, May 2022, 107691. DOI: 10.1016/j.ijepes.2021.107691. 4. Khoshnodi, J.; Alizadeh, M.-H.; Haghifam, M.-R. Loss reduction of low voltage distribution network by considering of load balancing impact // International Journal of Smart Electrical Engineering. – 2023. – Vol. 12, No. 4. – P. 237–243. – (Issue published: 2023-12-29). – doi:10.30495/ijsee.2023.1987405.1265. 5. Fang L.; Ma K.; Zhang W. A Statistical Approach to Estimate Imbalance-Induced Energy Losses for Data-Scarce Low Voltage Networks // IEEE Transactions on Power Systems. 2019. Vol. 34(4). P. 2825–2835. DOI: 10.1109/TPWRS.2019.2891963. 6. Zeng B.; Dong H.; Xu S.; et al. A system optimization method for mitigating three-phase imbalance in distribution network // International Journal of Electrical Power & Energy Systems. 2019. Vol. 113. P. 618–633. DOI: 10.1016/j.ijepes.2019.05.038. 7. Cao L.; Feng G.; Cheng X.; Wang L. Configuration of smart phase-swapping switches in lowvoltage distribution systems based on sequenced participation indices // Measurement and Control.2020. Vol. 53(7–8). P. 1159–1170. DOI: 10.1177/0020294020920899. 8. Homaee O.; Najafi A.; Dehghanian M.; et al. A practical approach for distribution network load balancing by optimal re-phasing of single phase customers using discrete genetic algorithm // International Transactions on Electrical Energy Systems. 2019. Vol. 29(5). e2834. DOI: 10.1002/2050-7038.2834. 9. Jimenez V. A.; Will A. L. E. Optimal allocation of phase-switching devices for dynamic load balancing // Electrical Engineering (Springer). 2023. Vol. 105. P. 163–173. DOI: 10.1007/s00202-022-01656-8. 10. Andrade J. P. G.; Coelho F. C. R.; Silva I. C. da (Junior). Multiobjective heuristic algorithm for phase swapping in unbalanced distribution networks // Swarm and Evolutionary Computation. 2025. Vol. 99. Art. 102189. DOI: 10.1016/j.swevo.2025.102189. 11. Ma, K.; Liang, J.; Lee, W.-J.; Ding, Y. Scale, Causes, Consequences, Solutions, and Future Research Directions of the Unbalance Problem in Distribution Networks: A Review // CSEE Journal of Power and Energy Systems. – 2020. – Vol. 6, No. 3. – P. 479–488. – DOI: 10.17775/CSEEJPES.2019.03280. 12. Shahnia, F.; Wolfs, P.; Ghosh, A. Voltage Unbalance Reduction in Low Voltage Feeders by Dynamic Switching of Residential Customers Among Three Phases // IEEE Transactions on Smart Grid. – 2014. – Vol. 5, No. 3. – P. 1318–1327. – DOI: 10.1109/TSG.2014.2305752. 13. Hadjidemetriou, L.; Kyriakides, E.; Ortega-Vazquez, M.A. Phase balancing in low voltage distribution grids using smart meter measurements // 2019 International Conference on Smart Energy Systems and Technologies (SEST). – 2019. – DOI: 10.1109/SEST.2019.8849069.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 37
Texnika, texnologiya va jihozlar
14. Grigoras, G.; Neagu, B.C. Improvements of Energy Losses Computation in Low Voltage Electrical Networks // Mathematics. – 2020. – Vol. 8, No. 4. – Art. 549. – DOI: 10.3390/math8040549. 15. Emrani-Rahaghi, P.; Hashemi-Dezaki, H.; Ketabi, A. Efficient voltage control of low voltage distribution networks using integrated optimized energy management of networked residential multi-energy microgrids // Applied Energy. – 2023. – Vol. 349. – Art. 121391. – DOI: 10.1016/j.apenergy.2023.121391. 16. Khan, H.; Ullah, M.F.; Ali, M.S.; Shah, M.S.; Khan, M.A.; Waseem, M.; Saleh, A.M. Energy loss calculation and voltage profile improvement for the rehabilitation of 0.4 kV low voltage distribution network (LVDN) // Measurement: Energy. – 2024. – Vol. 4. – Art. 100029. – DOI: 10.1016/j.meaene.2024.100029. 17. Huangfu, C.; Wang, E.; Yi, T.; Qin, L. Low-Voltage Distribution Network Loss-Reduction Method Based on Load-Timing Characteristics and Adjustment Capabilities // Energies. – 2024. – Vol. 17, No. 5. – Art. 1115. – DOI: 10.3390/en17051115. 18. Rohouma, W.; Balog, R.S.; Peerzada, A.A.; Begovic, M.M. D-STATCOM for harmonic mitigation in low voltage distribution network with high penetration of nonlinear loads // Renewable Energy. – 2020. – Vol. 145. – P. 1449–1464. – DOI: 10.1016/j.renene.2019.05.134. Taslimov Abduraxim Dexkanovich – texnika fanlari doktori, professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Energetika fakulteti “Elektr ta’minoti” kafedrasi professori.Tel: +99893 183 6232 (c) E-mail: ataslimov@mail.ru
Raximov Farrux Movlidinovich – Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Energo-mexanika fakulteti “Elektr energetikasi” kafedrasi dotsenti Tel: .+998 93 316 08 10 (c) E-mail: raximov-farrux@list.ru
Norqulov Asliddin Olimovich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Energomexanika fakulteti “Elektr energetikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tel: +998 93 150 70 06 (c) E-mail: asliddin.norqulov.91@mail.ru UDK 677.11/12 PILLA LOSI VA SANNOHIDAN MOMIQ OLISH HAMDA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI Mavlonova I.R. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada pilla losi va sannohdan momiq olish hamda uni qayta ishlash texnologiyalari o‘rganilgan. Pilla losi va sannohning mexanik va kimyoviy usullarda tozalanishi, shuningdek ulardan yuqori sifatli ipak va suvda erigan seritsindan turli xildagi sanoat tovarlari mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilingan. Joriy texnologiyalar va takomillashtirilgan uskunalarni qo‘llash orqali pilla losi va sannohidan samarali foydalanilishi va ekologik muammolarni hal qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: pilla losi, sannoh, momiq, qayta ishlash, texnologiya, ipak sanoati, ekologik muammmo, seritsin, jarayon, texnologiya. TECHNOLOGY FOR USING NATURAL COMPONENTS IN CLEANING COCOONS FROM IMPURITIES AND SERICIN Mavlonova I.R. Bukhara state technical university. Abstract. This article examines the technologies for obtaining silk waste and the inner shell of the cocoon, as well as their processing. Mechanical and chemical methods for cleaning silk waste and the inner cocoon shell are considered, along with the possibilities of producing high-quality fluff and various industrial products from watersoluble sericin. It is shown that the application of modern technologies and improved equipment enables the efficient utilization of silk waste and the inner cocoon shell and contributes to solving environmental problems. Keywords: silk waste, inner cocoon shell, cocoon, processing, technology, silk industry, environmental problems, sericin, process, technology.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 38