Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Pilla losi va sannohidan momiq olish hamda qayta ishlash istiqbollari
Аннотации
Ushbu maqolada pilla losi va sannohdan momiq olish hamda uni qayta ishlash texnologiyalari o‘rganilgan. Pilla losi va sannohning mexanik va kimyoviy usullarda tozalanishi, shuningdek ulardan yuqori sifatli ipak va suvda erigan seritsindan turli xildagi sanoat tovarlari mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilingan. Joriy texnologiyalar va takomillashtirilgan uskunalarni qo‘llash orqali pilla losi va sannohidan samarali foydalanilishi va ekologik muammolarni hal qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
This article examines the technologies for obtaining silk waste and the inner shell of the cocoon, as well as their processing. Mechanical and chemical methods for cleaning silk waste and the inner cocoon shell are considered, along with the possibilities of producing high-quality fluff and various industrial products from watersoluble sericin. It is shown that the application of modern technologies and improved equipment enables the efficient utilization of silk waste and the inner cocoon shell and contributes to solving environmental problems.
Содержание статьи
Kirish. Pilla (ya’ni ipak loslari) sanoatida pilla losi va sannohi asosiy xomashyo sifatida katta ahamiyatga ega. Pilla losi-bu pillalarning tashqi qismini tashkil qiluvchi ipak qatlamidir. Odatda pilla losi mexanik va kimyoviy usullarda tozalanadi va keyinchalik ipak ipining sifatini belgilaydi. Sannoh esa pilla ichidagi ichki qoplama bo‘lib, uni ham alohida ishlab chiqarish yo‘llari mavjudir. Xozirgi kunda pilla sanoatida nafaqat ipak iplari, balki pilla losi va sannohdan olinadigan mahsulotlar ham muhim iqtisodiy va ilmiy ahamiyat kasb etmoqda. Ulardan oq yoki rangsiz ipak, seritsin moddasidan esa, kosmetik va farmasevtik mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Shu bilan birga pilla losi va sannohni qayta ishlash texnologiyalari rivojlanishi ekologik jihatdan ham ahamiyatli, chunki xomashyoning samarali foydalanishini ta’minlaydi va chiqindilarni kamaytiradi [1, 2]. Pilla losi va sannohdan momiq olish jarayonida mexanik, fizik va kimyoviy usullar qo‘llaniladi. Ushbu mahsulotlar ipak tolasi sifatiga, uning teksturasi va sifat indeksiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois pilla losi va sannohni qayta ishlashda yangi texnologiyalar va takomillashtirilgan uskunalar joriy etish imkoniyatlari katta istiqbolga ega. Xulosa qilib aytganda, pilla losi va sannohdan momiq olish hamda qayta ishlash sohasi nafaqat ipak sanoatining yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishini ta’minlaydi, balki iqtisodiy va ekologik jihatdan ham ahamiyatli bo‘lib, kelajakda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi [3].
Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Pilla-ipak qurtining iplaridan olinadigan tabiiy elastik tola hisoblanadi.
Pillani qayta ishlash korxonalarida chiqindi mahsulot hisoblangan pilla losi, sannohi, qo‘sh pillar, dog‘li pillalar, qayta ishlashga yaroqsiz pillalar hisoblanadi. Ushbu chiqindi 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 30,1 ming tonna pilla xomashyosi yig‘ilganligini inobatga olsak, ilmiy-amaliy hisob-kitoblarga tayanilganda, pilla losi (pillaning tashqi momiq qatlami hisoblangan los) odatda umumiy pilla xomashyosining 5–8 % atrofini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich pillaning sifati, navlari va dastlabki ishlov berish usuliga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin [4]. 1-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bir mavsumda tayyorlanadigan pilla va losi miqdori
№ Ko‘rsatkich Hisoblash ulushi Hisob-kitob Natija
1 Pilla xomashyosi miqdori — — 30,1 ming tonna 2 Pilla losi chiqimi (minimal) 5 % 30,1 × 0,05 1,505 ming tonna 3 Pilla losi chiqimi (maksimal) 8 % 30,1 × 0,08 2,408 ming tonna 2 Sannoh chiqimi (minimal) 2 % 30,1 × 0,02 0,602 ming tonna 3 Sannoh chiqimi (o‘rtacha) 3 % 30,1 × 0,03 0,903 ming tonna 4 Sannoh chiqimi (maksimal) 4 % 30,1 × 0,04 1,204 ming tonna 2-jadval. 2025-yil yarim yillik pilla yetishtirish hajmiga nisbatan qayta ishlashga yaroqsiz pillalar hisob-kitobi
№ Pilla turi Ulushi, % Hisob-kitob Miqdori, ming tonna
1 Qo‘sh pillalar 3 % 30,1 × 0,03 0,903 5 % 30,1 × 0,05 1,505 2 Dog‘li pillalar 4 % 30,1 × 0,04 1,204
6 % 30,1 × 0,06 1,806 1,5 % 30,1 × 0,015 0,452 3 % 30,1 × 0,03 0,903
3 Qayta ishlashga yaroqsiz pillalar
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 39
Texnika, texnologiya va jihozlar
2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasida еtishtirilgan 30,1 ming tonna pilla xomashyosi tarkibida qo‘sh pillalar miqdori taxminan 0,9-1,5 ming tonnani, dog‘li pillalar 1,21,8 ming tonnani, qayta ishlashga yaroqsiz pillalar esa 0,45-0,9 ming tonnani tashkil etishi mumkin. Ipak chiqindisi hisoblangan sannoh pillani qayta ishlash korxonalaridagi ikkinchi bosqichi seritsindan va yog‘sizlantirishdan iborat [5]. 3-jadval.Pilla sannohi tarkibiy komponentlari miqdorlari, xususiyatlari va vazifalari Tarkibiy qism
Tarkibiy qism
Miqdori (%) Vazifasi va xususiyati
Pilla sannohida seritsin miqdori ko‘p bo‘ladi. U pilla tolalarini yopishtirib turadi va tashqi qatlamni qattiq qiladi.
Seritsin (Sericin)
Seritsin (Sericin) 25-30%
Asosiy oqsil modda. U ipakning asosiy tolasini hosil qiladi, lekin sannohida u qisman iflos va seritsin bilan qoplangan bo‘ladi. Suv (Namlik)
Fibroin (Fibroin)
Fibroin (Fibroin) 65-70%
Suv (Namlik) 2-5% Tabiiy namlik moddalar moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Pillaning tashqi qismida oz miqdorda mumsimon va mineral moddalar bo‘ladi-ular pillani tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Ipak chiqindisi hisoblangan sannoh tarkibida 20-30% seritsin mavjud bo‘lib, u tolani qattiqlashtiradi va uni xomashyoda ipga qayta ishlashni imkonsiz qiladi. Bundan tashqari, deyarli barcha turdagi pilla chiqindilarida ba’zi yog‘li moddalar ham mavjud. Yog‘li tolalar yopishqoq bo‘lib qoladi va bo‘shashganda, taralganda va tortilganda ajratish qiyin bo‘ladi. Qaynatish jarayonida ipak tolasi seritsinni to‘liq yoki qisman yo‘qotadi va yog'sizlanadi. U yumshoq bo‘ladi va osongina ajratiladi. Bu tolaga keyingi barcha mexanik ishlov berishni osonlashtiradi va ipak ipning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Pilla chiqindisini seritsindan tozalashning asosiy usullari quyidagilardan iborat: kimyoviy, seritsinning ishqorlar va kislotalarning issiq suvli eritmalarida, yog‘larni esa ipak chiqindilarini tegishli qayta ishlash jarayonida emulsiyalash qobiliyatiga asoslangan; biologik, mikroorganizmlar tomonidan ajratilgan fermentlar ta’sirida seritsin va yog‘larning parchalanish qobiliyatiga asoslangan; Yelimdan tozalash va yog‘sizlantirishdan so‘ng, ipak chiqindilari toza suv bilan yuviladi. Yuvilgandan so‘ng, tolalar o‘z vaznining 500% dan ortig‘ini suv o‘z ichiga oladi. Tozalangan pilla chiqindisi suvsizlantiriladi, bunda namlik miqdorini 55-70% gacha kamaytiradi. Tozalangan ipak chiqindisi quritiladi. Quritish uchun konveyerli quritgichlardan yoki ochiq tabiiy usullardan foydalaniladi. Yuqoridagi keltirilgan pilla losi 2,408 ming tonna, sannohi 1,204 ming tonna, qayta ishlashga yaroqsiz pilla 1 808,4 ming tonna miqdordagi qayta ishlashga yaroqsiz pillalardan sanoatbop xomashyolar olish imkoniyati mavjud. Ushbu sanoatbop xomashyolar ishlab chiqarishning mavjud texnologiyalarida energiya sarfini kamaytirish, qo‘llaniladigan kimyoviy komponentlarni mahalliylashtirish va ekologik muammolarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi [6].
Mum va mineral moddalar
Mum va mineral moddalar
1-2%
Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Tabiiy xom ipakni oqartirish uchun qaynatish usulida, 2,5x1,5 kattalikdagi vannaga 700 litr suv solinadi. Suv ichiga uzunligi 70 sm, kengligi 40 sm bo‘lgan bo‘z qopchalarga og‘irligi 700-800 gr bo‘lgan pilla tolasi solingan qopchalardan 35-40 dona tashlab qo‘yiladi va suvning qizish harorati 700 C gacha yеtganidan keyin 8 litr 60% vodorod pereks kislotasi, 4 kg kaustik soda, 0,5 kg xo‘jalik geli solinib, uch soat davomida qaynatiladi, so‘ngra 60% li uksus kislotasidan 0,5 kg aralashtirilgan suvda 500 S
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 40
Technique, technology and equipment
haroratda yuvish va oqartirilgan pilla tolasini konvektiv usulida quritiladi. Qaynatish jarayonida har yarim soatda solingan qopchalar ag‘darilib, suv ichida aralashtirilib turiladi. Ushbu pilla losi va sannohini oqartirish jarayonida muhit ishqoriyligi 11-12 Ph bo‘lishi, tolalar yuzasini qoplab turgan seritsin moddasini suvda erishini ta’minlashdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan kimyoviy komponentlar asosida suvli eritma tayyorlanganda jarayon davomiligi 3,5 soatgacha davom etishi, shu vaqt davomida 2-2,5 kgk/sm2 bosimli o‘tkir suv bug‘i berilib turilishi jarayon energiya sarfini oshiradi va mahsulot tan narxining qimmatlashishiga olib keladi. Bundan tashqari ushbu ishlatilgan suvli eritma chiqindi suv sifatida chiqariladi va bu o‘z o‘rnida zararli chiqindi suvlar miqdorini oshirib, ekologik muammoni keltirib chiqaradi. Quyida ushbu jarayon texnologik sxemasi keltirilgan [4, 5, 6, 7].
1-rasm. Pilla saknnohini qaynatib oqartirish texnologik sxemasi. Ushbu muammolarning yеchimi sifatida kimyoviy komponentlarni mahalliylashtirish bilan energiya sarfi kamayishi, jarayon davomiyligining qisqarishi hamda hosil bo‘lgan chiqindi suvdan seritsin ajratib olinib, ushbu tozalangan suvni ishlab chiqarishda qayta foydalanib, zararli chiqindi suvlarning kamayishiga erishilgan.
Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. Pilla losi va momig‘ini qayta ishlash va undan sanoatbob mahsulotlar olish texnologiyasi ishlab chiqilishi, pilla losi va sannohi yuza qismidagi seritsindan olinadigan mahsulotlar quyidagilardan iborat: seritsin konsentrati; seritsin kukuni; seritsin gidrolizati. Pilla losi va sannohini oqartirishdan chiqqan chiqindi suv tarkibidan olingan seritsindan kosmetika sanoatida teri va soch parvarishi mahsulotlari, farmasevtika sohasida biosovutuvchi va biopolimer materiallar, hamda to‘qimachilik sanoati uchun ipak tolasining fizik-mexanik xossalarini yaxshilashda qo‘llaniladi. Pilla losi va sannohini qaynatib oqartirishda hosil bo‘ladigan chiqindi suv tarkibidagi seritsindan yana texnik maqsadlarda ham qo‘llanilib, kley va bog‘lovchi moddalar, ya’ni seritsinning yuqori yopishqoqlik xususiyatidan foydalanib, qog‘oz-karton sanoati uchun tabiiy kleylar, yеngil yog‘och konstruksiyalari uchun bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari biostimulyator va organik o‘g‘itlar ham pilla losi tarkibidagi azotli va organik moddalar asosida, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi bioqo‘shimchalar, qishloq xo‘jaligi uchun organik o‘g‘itlar, sorbsiya va filtrlovchi materiallardan esa, quritilgan va maydalangan sannoh, sanoat oqova suvlarini tozalash, havo filtrlari tayyorlash uchun sorbent sifatida qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda sanoatbop mahsulotlar olishning texnologik tartibi asosida oqartirilgan pilla losi va sannohi momig‘idan tola ishlab chiqarish, ko‘rpa yostiq qoplash, qishki kiyimlar ichki issiqlik saqlovchi qatlam sifatida tabiiy momiq sifatida ham foydalanish mumkin [4, 5, 6, 7].
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 41
Texnika, texnologiya va jihozlar
2-rasm. Pilla losi, momig‘i va olinadigan sanoatbop mahsulotlar Oqartirilgan pilla losi va sannohidan olinadigan momiq yuqori sifatli, yеngil va issiqlikni saqlovchi xomashyo hisoblanadi. Pilla losi va sannohidan olingan momiq turli xildagi sanoatbop mahsulotlarda ishlatish uning tozaligi, elastikligi va uzluksizligi bilan ajralib turadi. Pilla losi va sannohidan tozalab olingan momiqning asosiy xususiyatlari iqlim va mahsulot turiga qarab elastiklik darajasi paxta yoki boshqa turdagi tabiiy mahsulotlarga qaraganda 30% ni tashkil etishi, yеngil bosimda kengayishi, tozalikligi 95% ni, organik qoldiqlarsiz toza mahsulotligi, sifat belgisi oqartirilgan bir xil turdagi tabiiy mahsulotligi bilan ajralib turadi [4, 5, 6, 7]. 4-jadval. Mahsulot turi bo‘yicha ishlatish texnologiyasi Mahsulot turi
Momiqning olinishi Texnologik jarayon Qo‘llanilishi
1. Momiq ilgari suv va bug‘da elastiklashtiriladi 2. Birxil qatlamga tarqatiladi 3. Qolipga solib, mahsulotning ichki qatlamiga joylashtiriladi 4. Qatlamning sig‘ishi va bir xilligini ta’minlash uchun yumshoq pressdan o‘tkaziladi
Oqartirilgan pilla losi va sannohdan mexanik hamda qaynatib tozalash orqali olinadi
Ichki qattiqligi va garmligini ta’minlash, yеngil va sifatli ichki qatlam
Ko‘rpa, ko‘rpacha, yostiq
1. Momiq rejaga muvofiq yuqori elastiklikda tarqatiladi 2. Mahsulotning ichki qismiga katta va bir xil qatlam shaklida joylashtiriladi 3. Izolyatsiya va garmlikni ta’minlash uchun mato bilan bog‘lanadi
Qishki kiyimlar uchun ichki isituvchi qatlam
Shuningdek oqartirilgan pilla losidan olinadi
Qishki kiyimlarda isituvchi yеngil va yaltiroq qatlam
1. Tolalar mayda tozalash va uzunligini saqlash jarayonidan o‘tadi 2. Spinning mashinasida ipga aylantiriladi 3. Ipka uzluksizlik va bir xillik beriladi
Oqartirilgan pilla losidan ajratilgan uzun tola
To‘qimachilik sanoatida ip yigirish
To‘qima sanoatda ip yigirish va mato ishlab chiqarish
Qaynatishdan chiqqan suvni tozalab, yana texnologik jarayonga qaytarish bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. Mexanik filtratsiya (tolalar va cho‘kmalardan tozalash) 2. Membranali filtratsiya (ultrafiltratsiya) 3. pH ni normallashtirish 4. Qayta ishlatish Biologik tozalash usullarini joriy etishda seritsin va organik moddalarni mikroorganizmlar yordamida parchalashlanishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida aerob bioreaktorlar, biofiltrlar, kimyoviy reagent talab etilmaydigan ekologik xavfsiz tozalangan suvning ekologik me’yorlarga javob berishi ta’minlanadi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 42
Technique, technology and equipment
Ushbu kompleks yondashuv, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi, korxona iqtisodiy samaradorligini oshiradi, “Yashil texnologiya” talablariga javob beradi. Pilla losi va sannohini qaynatib oqartirilganda, tola yuzasini qoplagan seritsin ishqoriy muhit va harorat ta’sirida suvga erib o‘tadi. Shakllanadigan chiqindi suv tarkibidagi seritsinni fizikkimyoviy usullar bilan ajratib olish imkoniyati mavjud bo‘lib, natijada suvdagi organik moddalar kamayishi, olingan seritsin esa kosmetika, tibbiyotda, to‘qimachilik sanoatlarida ishlatilаdi. Seritsinli suvdan qo‘shimcha mahsulotlar olish jarayonida esa, chiqindi suvdan organik o‘g‘itlar, biostimulyatorlar, texnik qo‘shimchalar tayyorlash mumkin. Bu holda chiqindi suv ikkillamchi resursga aylanadi [4, 5, 6, 7]. Xulosa. Ushbu maqolada pilla losi va sannohi ipak sanoatida ikkillamchi xomashyo hisoblanishiga qaramasdan, ularni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoatbop mahsulotlar olish imkoniyati ilmiy-amaliy jihatdan asoslandi . O‘zbekiston Respublikasida bir mavsumda еtishtirilgan 30,1 ming tonna pilla xomashyosi misolida olib borilgan hisob-kitoblar pilla losi 1,5–2,4 ming tonna, sannoh esa 0,6–1,2 ming tonna atrofida hosil bo‘lishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida pilla losi va sannohni mexanik, kimyoviy va biologik usullar asosida tozalash hamda momiq olish jarayonlari tahlil qilinib, qaynatib oqartirish jarayonida seritsinning samarali ajralishi aniqlandi. Shu bilan birga, mavjud texnologiyalarda yuqori energiya sarfi va chiqindi suv hosil bo‘lishi ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgani asoslab berildi. Muammolar yеchimi sifatida seritsinli chiqindi suvdan, seritsinni fizik-kimyoviy va biologik usullar orqali ajratib olish hamda tozalangan suvni yopiq aylanmada qayta ishlatish taklif etildi. Bu yondashuv chiqindi suv tarkibidagi organik moddalarni mikroorganizmlar tomonidan parchalash uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkich (BPK) va suvdagi organik moddalarni kimyoviy oksidlash uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorini belgilovchi ko‘rsatkich (XPK) ko‘rsatkichlarini 40–60 % gacha kamaytirish, resurs tejamkorlikni ta’minlash va ekologik barqaror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Olingan momiq va seritsin mahsulotlari to‘qimachilik, kosmetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘llash uchun istiqbolli xomashyo hisoblanadi
Литература (7)
- 1. T.A.Ochilov va boshqalar.“To‘qimachilik materialshunosligi”//darslik. Toshkent-2017 y. 320 bet
- 2. К.М.Рождественский “Заготовка и первичная обработка коконов”//Ташкент-1974 г. 420 с.
- 3. Э.Б.Рубинов “Технология шелка”//Москва-1981 г. 390 с.
- 4. Э.Б.Рубинов, А.А.Тумаян“Заготовка и первичная обработка коконов”//Москва-1982, 390 с.
- 5. I.R.Mavlonova, M.S.Narziev, M.M.Qodirov “Pillani qayta ishlash korxonalarida chiqindi suvlarni qayta ishlash istiqbollari”//Mexanika va muhandislik geometryasini amaliy muammolari va yеchimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani. Buxoro-2025 y. 2-32 b.
- 6. I.R.Mavlonova, M.S.Narziev, J.Fazlitdinov. “Pilla losidan sanoatbop xomashyolar ishlab chivarish”//Mexanika va muhandislik geometryasini amaliy muammolari va yеchimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani. Buxoro-2025 y. 32-35 b.
- 7. М.С.Нарзиев, И.Р.Мавлонова “Анализ состава и переспективы переработки шёлкового лоса”//Цифровизатсия текстильной промышленности. Материалы международного форума “Научное сотрудничество в Евроазийском пространстве цифровазатсия и модернизатсия промышленности с применением искусственного интеллакта”, посвящённого 35-летию Технологигеского университета Таджикистана. Душанбе-2025 г. 110-114 б. Mavlonova Iroda Rajabboyevna-PhD, Buxoro davlat texnika universiteti “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi dotsenti, Tel: +998977988855 E-mail: mavlonova.2017@mail.ru Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 43