Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Pilla losini qo‘shimchalardan va seritsindan tozalashda tabiiy komponentlarni qo‘llash texnologiyasi
Аннотации
Ushbu maqolada pilla losini mexanik, kimyoviy hamda tabiiy komponentlar orqali tozalash texnologiyalari o‘rganilganilib, pillaning tashqi iflosliklarini ipak tolasi sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Mexanik tozalash usullarining konstruktiv va texnologik xususiyatlari, shuningdek, kimyoviy moddalar o‘rnida tabiiy komponentlar bilan tozalash jarayonlarining mohiyati ham yoritilgan. Ikkala usulning samaradorligi, energiya sarfi va ekologik jihatlari taqqoslab baholangan. Tadqiqot natijalari pillani qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
В статье представлен комплексный анализ белых износостойких чугунов с акцентом на сравнительную оценку их химического состава и формируемой микроструктуры. Исследование включает металлографический анализ, направленный на установление взаимосвязи между легирующими элементами и структурными характеристиками сплавов. В работе определено количественное соотношение фаз, выявлены особенности распределения карбидных составляющих и металлической матрицы. Показано влияние легирующих элементов на процессы кристаллизации и формирование микроструктуры. Полученные результаты позволяют оценить эволюцию фазового состава и структурные изменения в сплавах, что способствует более глубокому пониманию механизмов формирования износостойкости и механических свойств белых чугунов.
This article investigates technologies for cleaning silkworm cocoons using mechanical, chemical, and natural components, and analyzes the effect of external contaminants on the quality of silk fiber. The structural and technological characteristics of mechanical cleaning methods are examined, along with the essence of cleaning processes that employ natural components instead of chemical agents. The efficiency, energy consumption, and environmental aspects of both methods are comparatively evaluated. The research results demonstrate the potential for optimizing cocoon processing technologies.
Содержание статьи
Kirish. Respublikamiz agrar siyosatining qo‘ygan navbatdagi vazifalarini yеchishning asosiy yo‘nalishlaridan biri, sohani markazlashtirish va mexanizatsiyalash yo‘li bilan sanoat asosiga o‘tkazishdir. Sohani yangi texnik vositalar va texnologiyalar bilan kompleks mexanizatsiyalash, ipakchilikning barcha bosqichlarida qo‘l mehnatini bartaraf qilishdan tashqari, yuqori sifatli mahsulot olishga ham imkon yaratish kerakligidadir. Ipakchilik sanoatida pilla sifati tayyor ipak tolasining fizik-mexanik, texnologik va iste’mol xususiyatlarini belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Pilla tashqi qatlamida uchraydigan los (iflosliklar, tabiiy yopishqoq moddalar, qum, chang, mikroqoldiqlar) ipak tolasining ajralishi, chuvish jarayonining barqarorligi, pilla momig‘ini ko‘rpa, ko‘rpacha, qishki issiqlik saqlovchi kiyimlar ichki qatlamlarida ishlatilganida va tayyor mahsulot oqartirilgan momiq sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Amalda pilla losini tozalashda mexanik, kimyoviy hamda tabiiy komponentlar usullardan keng foydalaniladi. Mazkur maqolada ushbu usullarning nazariy asoslari, texnologik jarayonlari, afzallik va kamchiliklari hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil qilinadi. Shu bois, pilla losini samarali tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [1, 2].
Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Pilla losining tarkibi va xususiyatlari. Pilla losi – bu pilla yuzasida va qatlamlararo qismida to‘plangan turli xil moddalar majmuasidir. Uning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi: tabiiy yopishqoq moddalar (seritsin qoldiqlari); chang va qum zarrachalari; o‘simlik tolalari va biologik qoldiqlar; mikroorganizmlar va organik iflosliklardir. Pilla losining yuqori miqdori pillani chuvishda tolaning uzilishi, chuvish tezligining pasayishi va chiqindilarning ortishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli pilla losini mexanik tozalash, kimyoviy oqartirish o‘rnida tabiiy komponentlar orqali qaynatib oqartirish hamda tozalangan
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 44
Technique, technology and equipment
momiq olishda еngil sanoat va kelgusida to‘qimachilik sohalarida yigirilgan to‘qimachilik iplarini olish uchun ishlatishda ham keng qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi [3, 4]. 1-jadval. Pilla losining turlari va xususiyatlari № Los turi Manbai Ipak tolasiga ta’siri 1 Chang va qum Yig‘ish, saqlash, tashish Tolaning uzilishi, chiqindi ortishi 2 Seritsin qoldiqlari Tabiiy biopolimer Chuvish qiyinlashadi 3 O‘simlik tolalari Muhit ta’siri Tolaning tashqi ko‘rinishi yomonlashadi 4 Organik qoldiqlar Biologik iflosliklar Sifat va gigiyenik ko‘rsatkichlar pasayadi Pilla losini mexanik usulda tozalash texnologiyasi. Mexanik tozalash usuli pilla yuzasidagi iflosliklarni fizik ta’sir orqali ajratib olishga asoslangan. Bu usul asosan quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: pillani silkish; aylanuvchi barabanlarda ishlov berish; havo oqimi yordamida changni ajratish; ishqalanish va urish ta’siridan iboratdir. Pilla losini mexanik tozalash uchun barabanli, vibratsion va havo-separatsiyali mashinalar qo‘llaniladi. Ushbu uskunalarda pilla tashqi qatlamidagi losning 60–70 % gacha qismi tozalanadi. Pilla losini kimyoviy tozalashda texnologik jarayonlar. Kimyoviy tozalash odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Pillani namlash; 2. Kimyoviy eritmada ishlov berish; 3. Yuvish; 4. Quritish. Pilla losini kimyoviy usulda oqartirib tozalashdagi jarayon natijasida pilla losining 85–95 % gacha qismi tozalanadi. Ushbu usulning afzalliklari yuqori tozalash samaradorligini oshiradi va ipak tolasining bir xilligini ta’minlaydi.
Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Pilla losini tabiiy komponentlarni qo‘llab tozalash texnologiyasida pilla losini tabiiy komponentlar orqali oqartirib tozalash usulida pilla losini maxsus reaktivlar yordamida eritish va ajratishga asoslanadi. Bu usul asosan seritsin qoldiqlari va organik iflosliklarni yo‘qotishda samarali usul hisoblanadi. Ammo kimyoviy moddalar qimmatligi va ekologiklik jihatidan ham zararli ekanligini inobatga olib, biz tabiiy komponentlar orqali pilla losini qaynatib, tozalash usulini amalga oshirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarimizni olib bormoqdamiz. Ilmiy tadqiqot ishlarimiz natijalari asosida bir qator ekologik muammolarni, energiya sarfini ham samarali darajada kamaytirishga erishdik. Olingan tadqiqot natijalari asosida pilla losini kimyoviy hamda tabiiy komponentlar orqali tozalashdagi farqlarini qo‘rib o‘tishimiz mumkin [5].
Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. Pilla ipagini oqartirishda qo‘llaniladigan kimyoviy modda kaustik soda o‘rniga, qattiq yoqilg‘ilar yonganida shakllanadigan kulni tabiiy komponent sifatida almashtirilganligi, vodorod pereks sarfining kamaytirilganligi va issiqlik bilan ishlov berish vaqtining, issiqlik energiyasi sarfining pasayganligini ko‘rishimiz mumkin [6, 7]. 2-jadval. Pilla losini mexanik, kimyoviy va tabiiy komponentlarni qo‘llab tozalab oqartirish usullarning sifat ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich Mexanik usul Kimyoviy usul Tabiiy komponentlar Tozalash darajasi 60–70 % 85–95 % 90–95 % Ekologik ta’sir Past O‘rta Kam Energiya sarfi Kam Yuqori Kam Tolani shikastlash Kam Nazorat talab qiladi Nazorat talab qiladi
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 45
Texnika, texnologiya va jihozlar
Pilla losini qaynatib oqartirib tozalashda kompleks (mexanik, kimyoviy hamda tabiiy komponentlar) yondashuvlarda zamonaviy ipakchilikda eng samarali usul sifatida mexanik, kimyoviy tozalash o‘rnida hamda tabiiy komponentlar orqali tozalashni ketma-ket qo‘llash tavsiya etiladi. Bu yondashuv asosida kimyoviy moddalar sarfini kamaytiradi, ekologik ta’sirni pasaytiradi, yuqori sifatli ipak tolasi olishni ta’minlashdan iboratdir [6, 7]. Pillani qayta ishlashda shakllanadigan chiqindi, pilla losini qо‘shimchalardan dastlabki mexanik tozalash va energiya tejamkor, tabiiy komponentlardan foydalanib oqartirilgan momiq olish va tо‘qimachilik iplarini olish uchun xomashyo tayyorlash usulini ishlab chiqishdan iboratdir. Chiqindi mahsulot hisoblangan pilla losini mexanik tozalash, mahalliy komponentlardan foydalanib kimyoviy usulda oqartirish, oqartirish jarayoni davomiyligini qisqartirish orqali energiya sarfini kamaytirish, iste’mol bozori uchun mahsulotlari ishlab chiqarishda kerak bо‘ladigan tozalangan pilla momig‘i va tо‘qimachilik iplarini olish uchun xomashyo tayyorlada ishlatiladigan momiq olishda ishlatiladigan xom-ashyo olinadi. Xom pilla losi ↓ Mexanik tozalash ↓ Qisman tozalangan pilla losi ↓ tabiiy komponentlar yordamida pilla losi tolasini seritsindan tozalash ↓ Toza suvda yuvish Quritish Yuqori sifatli tozalangan pilla losi momig‘i 1-rasm. Pilla losini tozalashning taklif qilinayotgan texnologik sxemasi 3-jadval. Tabiiy tabiiy komponentlar bilan tozalashda pilla losini sifat ko‘rsatgichlarini olingan natijalar asosida tahlili №
Taklif qilinayotgan usulda oqartirilgan pilla losi ko‘rsatkichlari 1 Ifloslik darajasi % 2 2 2 Yog‘lilik darajasi (seritsin fibroin moddalari miqdori) %
Ishlov berish ko‘rsatkichlari nomlanishi
Mavjud usulda oqartirilgan pilla losi ko‘rsatkichlari
0,2 0,2
3 Energiya sarfi (KV/soat) 21,7 10,85 4 Ishlov berish vaqti (daqiqa) 180 30 5 Rangi Sarg‘ish Oq yaltiroq Taklif etilayotgan usulida xom ipak chiqindisi ikki bosqichli qaynatish bilan amalga oshiriladi, qaynatish sifatini oshirish va har xil kimyoviy moddalarni almashtirish maqsadida yuvuvchi vosita sifatida kimyoviy aralashmadan foydalaniladi va birinchi bosqichda rimyoviy undensilenat, natriy karbonat konsentratsiyalarida qaynatiladi, ikkinchi bosqichda kimyoviy undensilenat, natriy karbonat konsentratsiyalarida qaynatilib olib boriladi. Har bir bosqichda qaynatish jarayoni davomiyligi 30 daqiqani tashkil qilishi hamda ikkinchi bosqich qaynatishdan keyin ipak chiqindisi 94-970 C li yumshoq suv bilan 30 daqiqa davomida yuvilishi maqsadga muvofiqdir [5, 6].
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 46
Technique, technology and equipment
Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari pilla losini qaynatib oqartirish jarayonini amalga oshirishda qattiq yog‘och va о‘simlik yonganda hosil bo‘ladigan kuldan (tarixiy ishqorlarni olinish usuli) ishqoriy muhit hosil qilishdir. Ushbu muhitda los yuzasidagi siritsin va yog‘larni eritmada erishini tezlashtirishi, buning hisobidan ishlov berish vaqtini qisqartirishga erishilgani hamda birta tayyorlangan eritmada uch baravar ko‘p losni oqartirish hisoblanadi. Ushbu qo‘yilgan texnik vazifa pilla losini qayta ishlash usulida hal etiladi, xususan, pilla losini chiqindilaridan mexanik tozalash, oqartirish va qaynatish eritmasini tayyorlash, eritmada tozalangan pilla losini qaynatib oqartirish, oqartirilgan losni uksusli suv eritmasida va so‘ngra toza suvda yuvish, losni suvsizlantirish va quritishdan iborat. Agar ipak tolasini ishqoriy muhitda yumshatish jarayoni amalga oshirilsa, seritsin aminokislotalari ishqorlar bilan tuz hosil qilish hisobiga eruvchanligi oshishi hisobiga jarayon 2-2,5 marta tezlashadi [6, 7]. R(NH2)COOH+KOH→ R(NH2)COOK+HOH Shuningdek, tolaga aminokislotalarning adgeziyasi va sо‘rilishi kamaytirishi hisobidan paxta losining tozalanishi va oqartirish jarayoni nisbatan past haroratda, qisqa muddatda amalga oshiriladi. Jarayonda oksidlovchilar ishtirokida ishqoriy muhitda sust koagulyatsiya amalga oshishi hisobiga losning tozalanishi tezlashadi. Agar kuchli kislota yoki kuchli ishqoriy muhitda bo‘lsa, oqsilning koagulyatsiyasi kuchayishi hisobiga tolaga oqsilning qavat hosil qilishi sababli tozalanish samarasiz bo‘ladi. Aminokislotalar aralashmasining metallar bilan hosil qilgan tuzlari qutbli erituvchi muhitida aminokislotaga nisbatan eruvchanligi 4,0-4,8 martagacha kattaligi sababli tolaga ishlov berish osonlashadi. Shuningdek, Nernest tenglamasiga asosan oksidlovchi ishqoriy yoki kislotali muhitda potensiali 2-3 marta kattaligi sababli jarayonning to‘liq amalga oshishini ta’minlaydi. Ushbu keltirilgan usul bo‘yicha olingan oqartirilgan pilla losini sifat ko‘rsatgichlarini pilla tolasini sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash GOSTi asosida aniqlandi, olingan natijalar jadvalda keltirilgan [5,6]. 4-jadval. Mavjud va taklif etilayongan usullarda oqartirilgan pilla loslari sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslash natijalari №
Taklif qilinayotgan usulda oqartirilgan pilla losi ko‘rsatkichlari 1 Ifloslik darajasi % 2 2
Ishlov berish ko‘rsatkichlari nomlanishi
Mavjud usulda oqartirilgan pilla losi ko‘rsatkichlari
2 Yog‘lilik darajasi (seritsin fibroin moddalari miqdori) %
0,2 0,2
3 Energiya sarfi (KV/soat) 21,7 10,85 4 Ishlov berish vaqti (daqiqa) 180 30 5 Rangi Sarg‘ish Oq yaltiroq Bunda tolaning uzilishi sodir bо‘ladi. Ishqoriy muhitda esa harorat nisbatan past va qо‘shimchalarning eruvchanligi ortishi hisobiga samaradorlik ortishi kuzatildi. Taklif etiladigan usul orqali vaqt, unum va sifat oshishiga erishiladi. Olingan tadqiqot natijalaridan pilla losini oqartirishda qattiq yonilg‘i yonganda hosil bo‘ladigan kuldan ishqoriy muhit hosil qilib, jarayonni amalga oshirganda energiya sarfi ikki baravarga, ishlov berish vaqti olti martaga kamayishi ayta olamiz. Taklif etilgan usul bo‘yicha qaynatib olingan tayyor mahsulot oqartirilgan pilla losi tolalardan iborat momiq ko‘rinishida bo‘ladi va rangi oq rangda bo‘ladi. Olingan oqartirilgan pilla losi kimyoviy tarkibi jihatidan pilla tolasiga juda yaqin xomashyo hisoblanadi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 47
Texnika, texnologiya va jihozlar
Ushbu usulning texnik natijasi pillani qayta ishlashda chiqindi sifatida shakllanadigan pilla losidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tolalardan iborat oqartirilgan momiqni ishqorli muhit hosil qilish uchun ishlatiladigan kalsiyli sodani, qattiq yonilg‘i yonganda hosil bo‘ladigan kulga almashtirilishi hisobidan kam sarf-xarajatlar bilan ishlab chiqarish hisoblanadi [6, 7]. Xulosa. Pilla losini mexanik, kimyoviy va tabiiy komponentlar usullari orqali tozalashda ipak ishlab chiqarish texnologiyasining muhim bosqichi hisoblanadi. Mexanik usul ekologik va iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lsa, kimyoviy usul yuqori tozalash samaradorligi bilan ajralib turishiga qaramasdan, kimyoviy moddalar qimmatligi, energiya sarfi ko‘pligi asoslanadi. Biz taklif qilayotgan tabiiy komponentlarning suvli eritmasi bilan ishlov berilganida, ishlov berish vaqtining kamayishi, ekologik muammolarning bartaraf etilishi bilan pilla losi tolasining sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Литература (7)
- 1. T.A.Ochilov va boshqalar.“To‘qimachilik materialshunosligi”//darslik. Toshkent-2017 y. 320 bet
- 2. К.М.Рождественский “Заготовка и первичная обработка коконов”//Ташкент-1974 г. 420 с.
- 3. Э.Б.Рубинов “Технология шелка”//Москва-1981 г. 390 с.
- 4. Э.Б.Рубинов, А.А.ТумаянЗаготовка и первичная обработка коконов”//Москва-1982 г. 390 с.
- 5. I.R.Mavlonova, M.S.Narziev, M.M.Qodirov “Pillani qayta ishlash korxonalarida chiqindi suvlarni qayta ishlash istiqbollari”//Mexanika va muhandislik geometryasini amaliy muammolari va еchimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani. Buxoro-2025 y. 2-32 b.
- 6. I.R.Mavlonova, M.S.Narziev, J.Fazlitdinov. “Pilla losidan sanoatbop xomashyolar ishlab chivarish”//Mexanika va muhandislik geometryasini amaliy muammolari va еchimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani. Buxoro-2025 y. 32-35 b.
- 7. М.С.Нарзиев, И.Р.Мавлонова “Анализ состава и переспективы переработки шёлкового лоса”//Цифровизатсия текстильной промышленности. Материалы международного форума “Научное сотрудничество в Евроазийском пространстве цифровазатсия и модернизатсия промышленности с применением искусственного интеллакта”, посвящённого 35-летию Технологигеского университета Таджикистана. Душанбе-2025 г. 110-114 б. Narziyev Mirzo Saidovich-texnika fanlari nomzodi professor, Buxoro davlat texnika universiteti “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi professori, Tel: +998973001377, E-mail: narziev_61@mail.ru Tel: +998973001377 Mavlonova Iroda Rajabboyevna-PhD, Buxoro davlat texnika universiteti “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi dotsenti, Tel: +998977988855, E-mail: mavlonova.2017@mail.ru УДК 669.131.2 РЕЗУЛЬТАТЫ ИССЛЕДОВАНИЯ СТРУКТУРНОГО СОСТОЯНИЯ ИЗНОСОСТОЙКИХ БЕЛЫХ ЧУГУНОВ Мусурмонов И.М., Рахматова С.Ф., Жумаев А.А., Жумаева Н.К. Навоийский государственный горный и технологический университет. Аннотация. В статье представлен комплексный анализ белых износостойких чугунов с акцентом на сравнительную оценку их химического состава и формируемой микроструктуры. Исследование включает металлографический анализ, направленный на установление взаимосвязи между легирующими элементами и структурными характеристиками сплавов. В работе определено количественное соотношение фаз, выявлены особенности распределения карбидных составляющих и металлической матрицы. Показано влияние легирующих элементов на процессы кристаллизации и формирование микроструктуры. Полученные результаты позволяют оценить эволюцию фазового состава и структурные изменения в сплавах, что способствует более глубокому пониманию механизмов формирования износостойкости и механических свойств белых чугунов. Ключевые слова: карбидная фаза, абразивное изнашивание, высокохромистый чугун, химический состав, микроструктура, износостойкость, твердость, кристаллизация. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 48