Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Beda urug‘ligini elektr maydonida ekishga tayyorlashning ayrim tadqiqot natijalari

YUSUBALIYEV А., SHARIPOV SH.N.

Выпуск
2-son
Страницы
56–59
Опубликовано
25.04.2026
Просмотры
4 7

Аннотации

Maqolada beda urug‘ini bir vaqtda tozalash va saralash uchunishlab chiqilgan kritik kuchlanganlik usuliga asoslangan elektr qurilmaning texnologik sxemasi, unda tayyorlangan urug‘likning fraksiyalarga ajralishining, achchiqmiya urug‘i bilan ifloslanishining hamda laboratoriya unuvchanligining ishchi organga berilayotgan kuchlanishga bog‘liq holda o‘zgarishi keltirilgan.

Содержание статьи

Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishda yuqori samarali saralash qurilmalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki yuqori sifatli urug‘lik o‘z navbatida yetishtirilayotgan mahsulotlarning hajmini ko‘paytirish imkonini beradi. Beda urug‘ining sifatini yaxshilash esa mamlakitimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ammo, hozirda mavjud beda urug‘ligini ekishga ikki bosqichli tozalash texnologiyasi energiya, moddiy xarajatlarni ko‘p talab qiluvchi bo‘lib, texnologik vositalaridan foydalanish murakkabligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ushbu texnologiyani mamlakat qishloq xo‘jaligi tuzilmalarining zamonaviy holatini hisobga olgan holda o‘zgartirish muhim ahamiyatga ega. Beda va uning begona o‘tlari urug‘larining o‘lchamlari, zichligi kabi xossalarini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatdiki [1,2], urug‘larning birorta xususiyatiga asoslangan mexanik, pnevmatik va boshqa qurilmalar ularni o‘zaro ajratishning kerakli aniqligini ta’minlamaydi. Qurilmalarning qiyosiy tahlili beda urug‘ini begona o‘tlar urug‘laridan tozalash va saralash sifatini oshirish uchun elektrotexnologik usuldan foydalanish zarurligini ko‘rsatdi [3,4]. Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida beda urug‘ini bir vaqtda tozalash va saralash uchun bir jinsli bo‘lmagan elektr maydonidagi kritik kuchlanganlik usuliga asoslangan qurilma ishlab chiqildi [5, 6]. Tadqiqot qurilmasi. Beda urug‘larini saralash va tozalash uchun ishlab chiqilgan laboratoriya qurilmasining asosiy ishchi organi dielektrik baraban 2 (1-rasm) bo‘lib, uning yuzasi o‘zaro ma’lum masofada joylashgan elektrodlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular o‘z navbatida halqasimon 3 va qo‘zg‘almas 4 kontaktlari orqali yerga va potensial elektrod 5 esa yuqori voltli to‘g‘rilagich 6 ning qutblaridan biriga ulanadi. Beda urug‘ini saralash va tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshirildi. Dastlabki aralashma bunker 1 ning pastki qismidan dielektrik materialdan yasalgan tekis taxta bo‘ylab aylanuvchi ishchi organi 2 ning yuzasiga bir urug‘li qatlam shaklida beri-ladi. Ishchi organning ustida aylanish yo‘nalishi bo‘yicha kamayib boruvchi masofada joylashtirilgan potensial elektrod urug‘ aralashmasining harakati bo‘yicha intensivligi ortib boruvchi bir jinsli bo‘lmagan elektrostatik maydon hosil qiliadi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 54 Technique, technology and equipment 1-rasm. Laboratoriya qurilmasining texnologik sxemasi: 1-urug‘li bunker; 2-barabanli ishchi organ; 3- halqasimon kontakt; 4-qo‘zg‘almas kontakt; 5- potensial elektrod; 6- yuqori kuchlanishli to‘g‘rilagich; 7- yuqori kuchlanish manbai; 8- urug‘ qabul qiluvchi; 9 - tozalash cho‘tkasi. Urug‘, barabanning yuzasidagi elektrodlar bilan kontaktlashgandan so‘ng ma’lum miqdorda ortiqcha zaryad oladi. Ishchi organning yuzasida aylanish yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotganda ortib boruvchi elektr maydonining kuchlanganligi uning kritik kattaligiga tenglashganda urug‘ elektr va markazdan qochma kuchlar ta’sirida barabandan ajralib, yuqori silindrsimon potensial elektrod 5 tomon harakatlana boshlaydi. Achchiqmiya urug‘lari beda urug‘iga qaraganda uzunroq bo‘lganligi sababli ular kattaroq elektr maydon kuchining momenti va markazdan qochma kuch ta’sirida bo‘ladi. Shu sababli, g‘umay, achchiqmiya urug‘lari va boshqa cho‘zinchoq aralashmalar aylanayotgan ishchi organdan vaqtliroq kichik burchak ostida ajralib chiqadi va ular kattaroq masofaga og‘ishi natijasida III fraksiyaga kelib tushadi. Beda urug‘lari esa baraban yuzasida qoladi va u bilan birga harakatlanishda davom etib maydonning kattaroq kuchlanganligiga mos keluvchi kattaroq burchak ostida barabandan ajraladi va asosan I va II fraksiyalarga kelib tushadi. Ushbu holat beda va begona o‘tlar urug‘larining elektrodlar oralig‘ida turlicha trayektoriyalar bo‘ylab harakatlanishiga va shuning oqibatida urug‘ qabul qiluvchi 8 ning turli bo‘linmalariga tushib, bir-biridan ajralishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Kuchlanishning 16 dan 20 kV gacha oshishi bilan beda urug‘lari uchinchi fraktsiyaga ajralib tushmadi. 22 kV dan boshlab, asosan mayda va pishmagan urug‘larning ozgina chiqishi, 24 kV kuchlanishdan boshlab esa ushbu fraksiyaga dastlabki urug‘larning 5-6% ga yaqini ajraldi(2-rasmga qarang). Kuchlanishniing 28 kV gacha ko‘tarilishi bu fraksiyadagi beda urug‘lari miqdorining biroz oshishiga olib keladi. Buni biologik turli sifatlilik bilan izohlash mumkin. Urug‘lik chiqishi miqdorining eng kichik o‘zgarishi ikkinchi fraktsiyada kuzatiladi, bu kuchlanish o‘zgarishlarining oralig‘ida 20-35% ni tashkil qiladi. 2- va 3- fraktsiyalarda urug‘lar ajralish miqdorining bunday o‘zgarishi 1- fraktsiyalar uchun bu ko‘rsatkichning pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, eng og‘ir va biologik jihatdan to‘la pishgan urug‘lar 1-fraksiyaga ajratiladi. Ushbu holat tajribada muntazam ravishda kuzatildi. Bu beda va achchiqmiya urug‘larining kritik kuchlanganlikka ko‘ra taqsimlanish qonuniyatlari bilan yaxshi mos keladi. Kuchlanishning 28 kV gacha ko‘tarilishi bu fraksiyadagi beda urug‘lari miqdorining biroz oshishiga olib keladi. Buni biologik turli sifatlilik bilan izohlash mumkin. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 55 Texnika, texnologiya va jihozlar Eng kam urug‘lik chiqish miqdorining o‘zgarishi ikkinchi fraktsiyada kuzatiladi, bu kuchlanish o‘zgarishlarining oralig‘ida 20-35% ni tashkil qiladi. 2- va 3- fraktsiyalarda urug‘lar ajralish miqdorining bunday o‘zgarishi 1- fraktsiyalar uchun bu ko‘rsatkichning pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, eng og‘ir va biologik jihatdan to‘la pishgan urug‘lar 1-fraksiyaga ajratiladi.Tajribada birinchi fraktsiyaga yuqori sifatli beda urug‘larining ajralishi muntazam ravishda kuzatildi. Bu beda va achchiqmiya urug‘larining kritik kuchlanganlikka ko‘ra taqsimlanish qonuniyatlari bilan yaxshi mos keladi. 2 3 f,% dona/kg 16 18 20 22 24 26 28 0 16 18 20 22 24 26 28 0 U,[kV] U,[kV] 3-rasm. Fraktsiyalardagi beda urug‘larining achchiqmiya urug‘lari bilan ifloslanishining o‘zgarishi: 1-I fraksiya; 2-II fraksiya; 3-nazorat. Fraksiyalardagi beda urug‘liklarining begona o‘tlar urug‘lari bilan ifloslanishi (3-rasm) dastlabki(nazorat) urug‘larda 1 kg beda urug‘iga 836 donani tashkil etadi. Elektrodlarning kuchlanishi (ya’ni, elektrostatik maydonning intensivligi) 16 kV dan 28 kV gacha ortishi bilan ikkinchi fraktsiyadagi achchiqmiya urug‘larining miqdori 370 dona/kg dan 1180 dona / kg gacha ko‘tariladi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, maydon kuchlanganligining ortishi bilan ko‘proq achchiqmiya urug‘lari pastki elektroddan ajralib chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, 1-fraktsiyaning ifloslanishi 750 dona / kg dan 160 dona / kg gacha kamayadi, ya’ni. 1-fraksiyaning ifloslanishi 5martadan ko‘proq kamayadi. Shunday qilib, elektrostatik maydonda urug‘larni kritik kuchlanganlik usuli beda urug‘ining begona o‘tlari bilan ifloslanishini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Uchinchi fraktsiyaga dastlabki urug‘lik massaning 10-15% gacha bo‘lgan qismi ajratilishi va uning tarkibida 70-80% gacha achchiqmiya urug‘lari mavjudligi aniqlandi. Achchiqmiya urug‘larining ajratilgan fraktsiyalar bo‘yicha taqsimlanishi tahlili va bu fraktsiyalar uchun beda urug‘ining ajralish miqdori o‘rnatishning yetarli darajada ajratish qobiliyatini ko‘rsatadi. Dastlabki (nazorat) beda urug‘ining laboratoriyada unib chiqishi 76,2% ni tashkil etgani holda elektr qurilmada saralab tozalangan barcha variantlarda urug‘larning birinchi va ikkinchi fraktsiyalarida bu ko‘rsatkichlar yuqoriroq bo‘ldi, lekin u elektrodlar kuchlanishining o‘zgari-shiga qarab turli qonuniyatlarga ko‘ra o‘zgardi. Agartadqiqot o‘tkazilayotgan hududda 2-fraksiya urug‘larining unib chiqishi 80,0-83,5% oralig‘ida bo‘lib, har 2-rasm. Beda urug‘ining fraksiyalarga ajralishining kuchlanishga qarab o‘zga-rishi: 1-I fraksiya; 2-II fraksiya; 3-III fraksiya. f,% 1 2 16 18 20 22 24 26 28 70 U,[kV] 4-rasm. Beda urug‘larining laboratoriya unib chiqishining fraksiyalarda o‘zgari-shi: 1-I fraksiya; 2-II fraksiya; 3-kontrol. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 56 Technique, technology and equipment doim nazorat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lsa, 1-fraksiyada u 16 kV kuchlanishdagi 78,5% dan 28 kV kuchlanishda 90,0% gacha o‘sgan. Xulosalar 1. Dielektrik qurilmada achchiqmiya va beda urug‘lari massasiga qarab fraksiyalarga bo‘linadi. Ba’zi fraksiyalarda beda urug‘larining achchiqmiya bilan ifloslanishi 2-3 barobar kamayadi, bu esa konstruktiv parametrlarni o‘zgartirganda yoki boshqa ta’sirlar bilan qo‘shilganda, ularning yanada aniqroq ajratilishini ta’minlaydi. 2. Beda urug‘ini bir vaqtda tozalash va saralash uchun bir jinsli bo‘lmagan elektr maydonidagi kritik kuchlanganlik usulidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Ushbu qurilmadan foydalanish beda urug‘ligining achchiqmiya bilan ifloslanishni 5 baravardan ko‘proq kamaytirishga yordam beradiki, bu uning texnologik samaradorligini tasdiqlaydi. 3. Eksperimental qurilmani ishlatish jarayonida beda urug‘ining eng katta sifatli qisminingaylanuvchi elektrodga yaqin (I) fraktsiyaga ajrashi, achchiqmiya urug‘larining ko‘p qismi esa uzoq va yuqori kuchlanishli og‘ish elektrodga yaqin joylashgan (III) fraksiyaga ajrashi aniq kuzatiladi. 4. Urug‘larning massa ko‘rsatkichlariga ko‘ra fraktsiyalarga bo‘linishi aniq kuzatiladi: I dan III fraktsiyaga qarab urug‘larning massasi kamayadi, bu esa fraktsiyaning ekish sifatlariga ta’sir qiladi. I va II fraksiyalarda laboratoriya o‘sishi saralash rejimiga qarab dastlabki urg‘likka nisbatan 5-15% ga oshadi. 5. Beda urug‘ini begona o‘t urug‘laridan tozalash texnologiyasini ishlab chiqishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida bir jinsli bo‘lmagan elektr maydonidagi kritik kuchlanganlik usulidan foydalanish hisoblanadi

Литература (7)

  1. 1. А.Юсубалиев, Д.Рахматов, Ш.Н.Шарипов. Анализ известных технологий и устройств для подготовки семян люцерны // Развитие науки и технологий.-2021, №6.- С.22-29.
  2. 2. Юсубалиев А., Шарипов Ш.Н. Влияние некоторых свойств семян на технологию очистки люцерны от засорителей// Проблемы современной науки и образования.- 2021, № 11(168) – С.18-21
  3. 3. Юсубалиев А., Шарипов Ш.Н. К очистке семян люцерны в электрическом устройстве // НамМТИ халқаро илмий-амалий анжумани (2021й. 24-25 июн) материаллари. - Наманган, 2021,807-809 б.
  4. 4. Yusubaliev A., Sharipov Sh.N. Selection of electric alfalfa cleaner techno-logy from seeds of quarantine plants// International bulletin of applied science and technology.-Volume
  5. 19 June 2023. с1152-1156. (doi.org/ 10.5281/ zenodo. 7984113).
  6. 5. Юсубалиев А.,Шарипов Ш.Н. Выбор конструктивной схемы элек-трического очистителя люцерны от семян карантинных растений// Процве-тание науки.- 2021, №5(5). -С.10-15.
  7. 6. Юсубалиев А.,Шарипов Ш.Н. Некоторые результаты разработки устройства электротехнологической очистки семян люцерны: “Инновацион техника ва технологияларнинг қишлоқ хўжалиги, озиқ-овқат тармоғидаги муаммо ва истиқ-боллари” // ТДТУ 2-халқаро илмий-техник конфмаърузалар тўплами.-Тошкент, 22-23 апрел 2022 й. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 57