Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Konlardagi qatlam suvlarini tozolashda adsorbentlar olish texnologiyasi
Аннотации
Ushbu maqolada neft va gaz konlarida hosil bo‘ladigan qatlam suvlarini tozalash jarayonida qo‘llaniladigan adsorbentlarni olish texnologiyasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Qatlam suvlarining fizik-kimyoviy tarkibi tahlil qilinib, ulardagi neft mahsulotlari, og‘ir metall ionlari, mexanik aralashmalar va erigan tuzlarni kamaytirishda adsorbsiya jarayonining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Adsorbentlarni olishning termik, kimyoviy bosqichlari tahlil qilinib, ularning samaradorligi tajriba asosida baholangan. Neft va gaz sanoati miqyosida ishlatiladigan faollashtirilgan uglerodli adsorbentlardan foydalanilgan, karbonizatsiya va oksidlovchi gazlar yordamida faollashtirish jarayoni natijasida g‘ovakli tuzilma, faollashgan uglerodning tuzilishi va xossalari biokimyoviy tarkibi piroliz jarayonining dinamikasini, unumdorligini, ishqalanishini va kul miqdorini belgilaydigan prekursorning tabiatiga bog‘liqligi yoritilgan. Tayanch so‘zlar: o‘simlik xomashyosi, faollantirilgan uglerodlar, oksidlovchi gazlar, sellyuloza biopolimerlari, sintezi, noorganik birikmalar, biomassa, piroliz, biokimyoviy xossalari, zaharli gazlar, fotodegradatsiya. TECHNOLOGY FOR OBTAINING ADSORBENTS WHEN CLEANING LAYER WATERS IN MINES Bokiyeva Sh.K. Bukhara state technical university.
This article scientifically substantiates the technology of obtaining adsorbents, which is used in the process of purification of Stratum water formed in oil and gas fields. The physico-chemical composition of the solid Waters was analyzed, showing the importance of the adsorption process in reducing petroleum products, heavy metal ions, mechanical impurities and dissolved salts in them. The thermal, chemical stages of obtaining adsorbents were analyzed and their effectiveness was assessed experimentally. activated carbon adsorbents used on the scale of the oil and gas industry, porous structure as a result of the process of activation by carbonization and oxidizing gases, the structure and properties of activated carbon biochemical composition depends on the nature of the precursor, which determines the dynamics, productivity, friction and ash content of the pyrolysis process.
vegetable raw materialsactivated carbonoxidizing gasescellulose biopolymerssynthesisinorganic compoundsbiomasspyrolysisbiochemical propertiestoxic gasesphotodegradation. Jahonda neft va gaz konlari qatlam suvlarini talab darajasida tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qator ilmiy yechimlarni asoslashgajumladan: neft va gaz konlari qatlam suvlarini uglevodorod qoldiqlaridan tozalash texnologiyasini takomi
Содержание статьи
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 118
Chemistry and chemical technologies
adsorbsiya jarayoni ham samarali tozalash texnologiyalaridan biri hisoblanadi. Adsorbsiya jarayonining afzalligi — yuqori selektivlik, nisbatan past energiya sarfi va regeneratsiya imkoniyatidir. Mazkur tadqiqotning maqsadi — qatlam suvlarini tozalash uchun samarali adsorbentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholashdir. 1-jadval. Kruk konidan NTQ qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari tahlili. Kategory 7Li 9Be 11B 23Na 24Mg 27Al 31P 39K 44Ca O‘rtacha konst-ya Konsentrat siya
19 457,95 мг/л 19 457,95 мг/л
10,69 мг/л 10,69 мг/л
0,012 мг/л 0,012 мг/л
28.53 мг/л 28.53 мг/л
527,88 мг/л 527,88 мг/л
0,465 мг/л 0,465 мг/л
1,316 мг/л 1,316 мг/л
494,31 мг/л 494,31 мг/л
2531,9 6 мг/л 2531,96 мг/л
%SKO konst-ya
N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D
Kategory 51V 52Cr 55Mn 57Fe 59Co 60Ni 63Cu 66Zn 71Ga O‘rtacha konst-ya Konsentrat siya
0,023 мг/л 0,023 мг/л
0.072 мг/л 0.072 мг/л
0,004 мг/л 0,004 мг/л
0,017 мг/л 0,017 мг/л
0,027 мг/л 0,027 мг/л %SKO konst-ya
0,049 мг/л 0,049 мг/л
57,554 мг/л 57,554 мг/л
0,013 мг/л 0,013 мг/л
0,064 мг/л 0,064 мг/л
N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D
Kategory 77Se 85Rb 88Sr 79Br 127I 115ln 133Cs 137Ba 139La O‘rtacha konst-ya Konsentrat siya
0,008 мг/л 0,008 мг/л %SKO konst-ya
0,189 мг/л 0,189 мг/л
181,93 мг/л 181,93 мг/л
0,401 мг/л 0,401 мг/л
17,551 мг/л 17,551 мг/л
0,001 мг/л 0,001 мг/л
0,037 мг/л 0,037 мг/л
0,138 мг/л 0,138 мг/л
0,54 мг/л 0,54 мг/л
N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D
Kategory 141Pr 146Nd 147Sm 153Eiu 157Gg d
159Tb 163Dy 165Ho 166Er
O‘rtacha konst-ya Konsentrat siya
0,003м г/л 0,003м г/л %SKO konst-ya
0,007м г/л 0,007м г/л
0,005м г/л 0,005 мг/л
0,004м г/л 0,004м г/л
0,002м г/л 0,002м г/л
0,004м г/л 0,004м г/л
0,001м г/л 0,001м г/л
0,003м г/л 0,003м г/л
0,004 мг/л 0,004 мг/л
N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D
Kategory 172Yb 175Lu 185Re 205Ti 208Pb 209Bi 232Th O‘rtacha konst-ya Konsentrat siya
0,005м г/л 0,005м г/л
0,003м г/л 0,003м г/л
0,002мг/л 0,002мг/л
0,001м г/л 0,001м г/л
0,001м г/л 0,001м г/л
0,010м г/л 0,010м г/л
0,000мг/л 0,000мг/л
%SKO konst-ya
N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D N/D
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 119
Kimyo va kimyoviy texnologiyalar
Qatlam suvlarining xususiyatlari. Qatlam suvlari tarkibida quyidagi asosiy komponentlar uchraydi: • neft mahsulotlari (50–500 mg/l); • mexanik aralashmalar (100–1000 mg/l); • erigan tuzlar (20–200 g/l); • og‘ir metall ionlari (Fe²⁺, Mn²⁺, Pb²⁺); • organik moddalar. Ushbu komponentlarni samarali ajratish uchun yuqori sirt maydoniga ega, g‘ovak strukturalangan va kimyoviy barqaror adsorbentlar zarur. Hozirgi kunda adsorbent sifatida turli xil tabiiy materiallardan foydalanish mumkin: seolitlar, gillar; sun’iy noorganik moddalar; uglerodli materiallar: faollashtirilgan ko‘mir, tolali uglerodli materiallar, shuningdek, sintetik polimer asosli molekulyar sorbentlar. Sanoatda adsorbentlar sifatida yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lgan mikrog‘ovakliklardan tashkil topgan qattiq jismlardan foydalaniladi. Sanoatda adsorbentlar granula yoki kukunsimon ko‘rinishlarda ishlatiladi. Oqova suvni adsorbsion usul bilan tozalashda, adsorbentlar regeneratsiya qilinish mumkinligi va shu holatda ularni ko‘p marta takror-takror foydalanish imkoniyati borligidir. Adsorbentlardan foydalanishda uning asosiy xususiyatlarini bilish, uning samaradorligiga suvlarni yoki gazlarni tozalash tannarxiga muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli adsorbentlarning asosiy xususiyatlarini tahlil qilib chiqdik. Daraxt poyalari tarkibida organik birikmalarning yuqori miqdori (99%) va kullik miqdorining kamligi, mustahkamligi yuqori bo‘lishi, shuningdek, gidrofob xossaga ega bo‘lishi, ularni juda yuqori adsorbsion faollikka ega adsorbentlar olish uchun ideal material sifatida ko‘rsatadi. Shu sababli, mahalliy daraxt poyalari chiqindilaridan termik va bug‘-gaz faollantirilgan ko‘mir adsorbentlarini ishlab chiqarish mamlakatimiz uchun valyuta mablag‘larini tejash imkoniyatini yaratadi va ushbu adsorbentlarni sanoatning turli sohalarida qo‘llash orqali ekologik muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ob’ekti sifatida Respublikamiz hududida uchraydigan o‘simlik chiqindilari — tut, saksovul va yulg‘iun tanlab olindi. Ushbu uglerodli ikkilamchi xomashyolar asosida fizik faollantirish usuli yordamida ko‘mir adsorbentlar tayyorlandi. Tadqiqotimning maqsadi — mahalliy o‘simlik chiqindilaridan foydalanib, yuqori sifatli faollashtirilgan uglerodli adsorbentlarni ishlab olish va ularning sorbsion xossalarini tahlil qilishdan iborat. Tanlangan o‘simlik chiqindilari (tut, saksovul va yulg‘un) ekologik jihatdan toza va qayta tiklanadigan resurslar bo‘lib, ularning fizik faollantirish jarayoni orqali adsorbentlarning yuqori adsorbsion faoliyatini ta’minlash mumkin. Piroliz jarayonida tanlab olingan tadqiqot ob’ektlarida 100 g miqdordagi quritilgan namunalar olindi va laboratoriya sharoitida tayyorlangan piroliz qurilmasida termik ishlov berildi (3.1-rasm). Piroliz jarayoni natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning tarkibida to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar (masalan, CH4, C2H6, C2H4, C2H2 va boshqalar) mavjud bo‘ladi. Ushbu gazlar boshqa ko‘plab organik sintezlar uchun yoki piroliz jarayoni uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin. Maydalagichdan so‘ng ko‘mir adsorbentlarni elaklar orqali ma’lum o‘lchamga keltirib fraksiyalarga ajratilganda hosil bo‘lgan kukinsimon ko‘mirlarni granula ko‘rinishidagi ko‘mir adsorbentlar yoki ekologik jihatdan toza ko‘mir briketlar olish uchun ishlatish mumkin. Yog‘och ko‘mirlari tarkibida anorganik moddalarning miqdori kamligi tufayli ular asosida olinadigan ko‘mir adsorbentlar kullik miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Faollantirish harorati ortishi bilan namunalarning kul miqdori ortishi kuzatildi. Piroliz harorati ortgan sari, namunalar tarkibidagi organik moddalarning miqdori kamayishi natijasida anorganik birikmalar va organik birikmalar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat o‘zgaradi. Shu sababli, kullik miqdori ortishi kuzatiladi. Suv bug‘idan foydalangan holda faollantirishning asosiy afzalliklaridan biri — hosil bo‘lgan uglerod materialining tozaligini oshirishdir. Suv bug‘i bilan faollashtirish jarayonida organik va noorganik aralashmalar yonib ketadi, bu esa ko‘mir materialida kul va boshqa ifloslantiruvchi moddalar miqdorining kamayishiga olib keladi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 120
Chemistry and chemical technologies
1-rasm. O‘simlik xomashyosini pirolizlash laboratoriya qurilmasi: 1) argon trubkasi; 2) argon va suv bug‘i aralashmasini uzatish trubkasi; 3) bug‘ generatori; 4) elektr isitgich; 5) reaktor; 6) mustahkamlovchi halqa; 7) tubi teshilgan reaksiya stakani; 8) xomashyo; 9) gaz chiqarish trubkasi; 10) termopara; 11) KS–2 jihozi; 12) manometr; 13) gaz analizatori; 14, 15, 16) ventillar; 17) sarf o‘lchagich. Bu jarayon uglerod materialining sifatini oshirib, uning adsorbsion xossalarini yaxshilaydi. Bu, ayniqsa, ko‘mir materialining yuqori tozaligi va o‘ziga xos xususiyatlari talab qilinadigan sohalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Тут дарахти Саксовул Юлғун
Adsorbentlarning mustahkamligi, MPa
400 500 600 700 800 900 800+Н2О
Faollantirish harorati, оС
2-rasm. Ko‘mir adsorbentlarning mustahkamligining faollantirish haroratiga bog‘liqligi Adsorbentga adsorbtiv zarralari yutilgandan so‘ng, adsorbent sirtida adsorbent va adsorbat molekulalarining joylashishi natijasida adsorbentning sirt tarangligi kamayadi. Bu holat, o‘z navbatida, adsorbentning mustahkamligini ham kamaytiradi. Mustahkamlikning pasayishi, adsorbentning fizik va kimyoviy barqarorligiga, shuningdek, uning uzoq muddatli foydalanish imkoniyatlariga ta’sir qiladi. Shuning uchun, adsorbentlarning mustahkamligini saqlab qolish va oshirish, adsorbsion jarayonlarning samaradorligini ta’minlash uchun muhimdir. Texnologik jarayonlarda adsorbentlarni ishlatib bo‘lingandan so‘ng ularni sistemalardan ajratib olishda mustahkamligi muhim o‘rin tutadi.
Qatlam suvlarini tozalashda adsorbsiya usuli yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Mahalliy xomashyo asosida tayyorlangan kompozit adsorbentlar neft mahsulotlari va og‘ir metall
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 121
Kimyo va kimyoviy texnologiyalar
ionlarini samarali kamaytiradi. Ishlab chiqilgan texnologiya bosimni saqlash tizimlarida qayta foydalaniladigan suv sifatini yaxshilashga xizmat qiladi
Литература (5)
- 2. Ghorbani F., Kamari S., Zamani S., Akbari S., Salehi M. Optimization and modeling of aqueous Cr(VI) adsorption onto activated carbon prepared from sugar beet bagasse agricultural waste by application of response surface methodology. Surf. Interfaces. 2020;18:100444. doi:10.1016/j.surfin.2020.100444
- 3. Bokiyeva Sh.K., Sharipov Q.Q., Ochilov A.A., Sattorov M.O. Mahalliy neft konlari oqova suvlarini tozalash usullari. Monografiya. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2021. 100 b.
- 4. Бокиева, Ш.К., & Адизов, Б. З. (2023). Разработка сорбентов для применения в качестве очистки сточных вод нефтяных месторождений. Universum: технические науки, (11-5 (116)), 17-19.
- 5. Бокиева, Ш.К., & Адизов, Б. З. (2024). Анализ содержания азота в сточных водах нефтяных месторождений. Universum: технические науки, 6(2 (119)), 18-20.
- 6. Бокиева, Ш.К., Адизов, Б.З., Халбаев, Х.Н., & Обидов, Ш.Ш. (2024). Адсорбенты, активируемые на основе растительных отходов, полученных в лабораторном оборудовании. Universum: технические науки, 3(9 (126)), 32-35. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 122