Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Asinxron motorlarning elektromagnit holatini aniqlash va monitoring qilish usullari

BOIXANOV Z.U.

Выпуск
2-son
Страницы
137–142
Опубликовано
25.04.2026
Просмотры
2 8

Аннотации

Maqolada asinxron motorlarning ishchi holatini baholashning yangi usuli taklif etiladi. Usul stator pazlarida hosil bo‘ladigan sochilma magnit maydonni mustaqil axborot manbayi sifatida qo‘llashga asoslangan. Stator pazlariga joylashtirilgan o‘lchov chulg‘amlari yordamida sochilma magnit oqimlar qabul qilinadi va Faradey qonuniga muvofiq induksiyalangan kuchlanish signallari olinadi. Natijada baholash aniqligi va ishonchliligi oshadi, past tezlik va o‘zgaruvchan yuklama rejimlarida ham barqaror diagnostika ta’minlanadi. Taklif etilgan usul sanoat elektr yuritmalarida asinxron motorlarni monitoring qilish va diagnostika qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tayanch so‘zlar: asinxron motor, elektromagnit holat, diagnostika, monitoring, rotor sirpanishi, sochilma magnit maydon, spektral tahlil; METHODS FOR DETERMINING AND MONITORING THE ELECTROMAGNETIC CONDITION OF INDUCTION MOTORS Boikhanov Z.U. Andijan state technical institute.

Литература (9)

  1. 1. S.Wallaure. Magnetic Field Compensation in Measurement Systems. US 8.598,869. 03.12.2013. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
  2. Mashinasozlik va energetika Boixanov Zailobiddin Urazali o‘g‘li – Andijon davlat texnika instituti “Elektr muhandisligi” kafedrasi dotsenti Tel:(+998932551811). УДК 697.329 (575.2) O‘ZBEKISTON IQLIM SHAROITLARI UCHUN FOKUSLOVCHI QUYOSH KOLLEKTORLARINI ISHLAB CHIQISH Juraqulov A.X. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada jahonda va O‘zbekistonda quyosh energetikasining rivojlanish tendensiyalari hamda fokuslovchi quyosh texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Scheffler reflektori, bir o‘qli chiziqli Fresnel reflektori va minorali tipdagi quyosh kollektorlarining ishlash prinsiplari, samaradorligi hamda qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu texnologiyalarning O‘zbekiston iqlim sharoitidagi afzallik va cheklovlari baholanib, quyosh issiqlik texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari yoritilgan. O‘zbekiston iqlim sharoitlari uchun yangi turdagi fokuslovchi quyosh kollektor qurilmasi konstruksiyasi loyihalangan va tadqiq qilingan. Kalit so‘zlar: quyosh energetikasi, fokuslovchi quyosh texnologiyalari, quyosh kollektorları, Scheffler reflektori, chiziqli Fresnel reflektori (LFR), minorali quyosh kollektori, katta quyosh pechi. DEVELOPMENT OF FOCUSING SOLAR COLLECTORS FOR THE CLIMATIC CONDITIONS OF UZBEKISTAN Jurakulov A.X. Bukhara state technical university. Abstract. The article examines global and national trends in the development of solar energy, with particular emphasis on Uzbekistan, as well as issues related to the implementation of focusing solar technologies. The operating principles, efficiency, and application potential of the Scheffler reflector, linear single-axis Fresnel reflector, and tower-type solar collectors are analyzed. The advantages and limitations of these technologies under the climatic conditions of Uzbekistan are evaluated, and prospects for the development of solar thermal technologies are discussed. A new type of focusing solar collector device has been designed and investigated specifically for the climatic conditions of Uzbekistan. Keywords: solar energy, focusing solar technologies, solar collectors, Scheffler reflector, linear Fresnel reflector (LFR), solar tower collector, large solar furnace. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  3. Mechanical engineering and energy Kirish. 2024-yilda quyosh energetikasi global miqyosda eng tez rivojlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri bo‘ldi. Jahonda o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyalari quvvati 2,2 TVtga yetib, yil davomida
  4. 600 GVt yangi quvvat ishga tushirildi. Quyosh energiyasining global elektr ishlab chiqarishdagi ulushi 10 foizdan oshdi
  5. [1]. Mazkur tendensiyalar O‘zbekiston Respublikasida ham izchil davom etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq, 2024-yilda mamlakatda qariyb
  6. 1 GVt yangi quyosh elektr quvvatlari ishga tushirildi
  7. [2]. Natijada 4,8 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi hamda 2 mln tonnadan ortiq zararli gaz chiqindilari kamaytirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston sharoitida fokuslovchi quyosh texnologiyalarining yuqori xarajatlari, suv resurslariga bog‘liqligi va changli iqlim sharoitlari ularning keng joriy etilishini cheklovchi omillar bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbeksiton iqlim sharoitlari uchun fokuslovchi quyosh kollektorlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish. Jahonda va O‘zbeksitonda fokuslovchi quyosh kollektorlarini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqoq ishlari tahlil qilindi. Avstriyalik olim Wolfgang Scheffler tomonidan 1990 yilda Hindiston qishloqlarida suvni isitish maqsadida reflektor qurilmasini ishlab chiqdi (1-rasm)
  8. [3]. Qurilma quyosh nurlarini bir nuqtaga (fokus) jamlaydigan parabolik, lekin o‘zgarmas fokusga ega bo‘lgan maxsus reflektor konstruksiyasidan iborat. Qurilma fokus masofasi o‘zgarmas bo‘lgan quyosh nurlanishi konsentratori bo‘lib, qabul qilgich haroratini 200 °C gacha oshirish imkonini beradi. U pishirish, quyosh issiqlik elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish va boshqa issiqlik jarayonlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qurilmaning turli o‘lchamdagi foydali ish koeffitsiyenti 5560 % tashkil etadi. Shuningdek, konstruksiya soddaligi, arzon materiallardan ishlab chiqarish imkoniyati, yuqori issiqlik quvvati va quyoshni aniq kuzatish qobiliyati bilan ajralib tursa-da, katta maydon talab etishi, optik yuzalarning ifloslanishga sezgirligi, shamol ta’siriga moyillik hamda sovuq iqlimda samaradorlikning pasayishi kabi kamchiliklari mavjud. a) b) 1-rasm. Scheffler reflektorining ko‘rinishi (a), Scheffler reflektorining sxemasi (b) Italiyalik olim Giovanni Francia tomonidan 1960-yilda quyosh nurlanishidan energiya olishning samaradorligini oshirish maqsadida bir o‘qli chiziqli Fresnel reflektori (Linear Fresnel Reflector — LFR) texnologiyasi taklif etilgan (2-rasm)
  9. [4]. Bir o‘qli Fresnel reflektori quyosh energiyasini konsentratsiyalashga mo‘ljallangan optik tizim bo‘lib, u bir qator tekis yoki deyarli tekis reflektiv oynalardan tashkil topgan. Mazkur oynalar ma’lum geometrik burchaklar ostida joylashtirilgan bo‘lib, tushayotgan quyosh nurlarini yagona fokus chizig‘iga yo‘naltiradi. Ushbu tizimda issiqlik tashuvchi muhitning harorati taxminan 600 °C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bir o‘qli Fresnel reflektorlari asosan sanoat issiqligi ishlab chiqarish (bug‘ va issiq suv hosil qilish) hamda elektr energiyasi generatsiyasi uchun qo‘llaniladi. Mazkur texnologiyaning foydali ish koeffitsiyenti Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 140