Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Materiallar sirtida ko‘p elementli qoplamalar hosil qilish
Abstracts
Qoplamalarning yuqori ishlatish xossalarini ta’minlaydigan elementli, fazaviy tarkibli va tuzilishga ega sirt qatlamlarini shakllantirish materialshunoslikning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Maqolada ushbu jarayonni amalga oshirish uchun ion-plazmali qoplamalarini qo‘llash uchun ko‘p elementli tizimlarni tanlab olish; ko‘p elementli qoplamalarning struktura hosil bo‘lish xususiyatlarini tahlil qilish; tanlangan ko‘p elementli qoplamalarning tuzilishini, tribologik va ekspluatatsion xossalarini tadqiq qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tayanch iboralar: ion-plazmali qoplamalar, xromnikelli po‘lat, ko‘p elementli qoplama, kompozitsion, anizotropiya, qoplamalar tuzilishi, mikroqattiqlik, nanoqattiqlik, korroziyabardoshlik. FORMATION OF MULTI-ELEMENT COATINGS ON THE SURFACE OF MATERIALS Bafoev D.Kh. Bukhara state technical university.
The formation of surface layers with an elemental, phase composition, and structure that provide enhanced coating performance is a priority area of materials science. This article examines the selection of multi-element systems for applying ion-plasma coatings; analyzes the structure formation characteristics of multi-element coatings; establishes the role of surface energy in shaping the properties of such coatings; and examines the structure, tribological, and performance properties of selected multielement coatings.
Article Content
Kirish. Zamonaviy mashinasozlikning rivojlanishi mexanizmlar va uzellarning, ayniqsa, turli xil ishqalanish va yuqori haroratlarning ekstremal sharoitlarida ishlaydigan mexanizmlarning xizmat muddatini oshiradigan yangi materiallar va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Ko‘pincha, sirt qatlamining kimyoviy tarkibi va tuzilishini o‘zgartirish orqali turli xildagi mashinalarning detallari va asboblarining ishonchliligi va umrboqiyligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Qoplamalarning yuqori ishlatish xossalarini ta’minlaydigan elementli, fazaviy tarkibli va tuzilishga ega sirt qatlamlarini shakllantirish materialshunoslikning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu muammoning istiqbolli texnologik yechimi vakuumli ion-plazmali purkash usullaridan foydalangan holda nanoo‘lchamli qoplamalarni yaratishga asoslangan sirt muhandisligi (surface engineering) yondashuvlaridan foydalanishdir. Ishlab chiqarishning ekologik tozaligi va hosil bo‘lgan himoya plyonkalarining yuqori sifati tufayli bu usullardan keng foydalaniladi. Bunday qoplamalar yengil va yuqori darajada ishqalanishga chidamli konstruksiyalar yaratish imkonini beradi. Vakuumli ion-plazmali texnologiyasi detalning dastlabki shaklini deyarli o‘zgartirmasligi va mahalliy issiqlik ta’siri uning asosiy materialining mikro tuzilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi tufayli samara yanada kuchayadi. Bu qoplamani qo‘llash paytida yuqori aniqlikni saqlash imkonini beradi. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Yuqori fizik va mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan, qiyin eriydigan metall nitridlariga asoslangan bir qatlamli nanokompozit qoplamalar zamonaviy materiallardir. Shu bilan bir vaqtda, bir qatlamli qoplamalarda ishlash xususiyatlarini to‘liq joriy qilinmaydi. Ti, Cr, Al, Si va boshqa materiallardan vakuumda purkash natijasida hosil bo‘ladigan zamonaviy qattiq plyonkalar bir vaqtning o‘zida yuqori qattiqlikka va mustahkamlikka ega. Biroq ular mashinasozlik uzellarida ishlatiladigan asosiy materiallar bilan tutashganda dinamik ishqalanish koeffitsiyentlarining yuqori qiymatlari kuzatiladi. Ko‘p elementli kompozit nitrid tizimlaridan foydalanish orqali qoplamalarning past antifriksion xususiyatlarini yaxshilash bilan birga yeyilishga chidamliligini oshirishi mumkin. Shu bilan bog‘liq ravishda, so‘nggi yillarda ko‘p elementli (yuqori entropiyali) qoplamalarni hosil qilish keng tarqaldi [1]. Bunday qoplamalarning har xil turlarini hosil qilish uchun metallarni tanlash metallarning nitridlarni hosil qilishdagi turli reaksiya qobiliyati va ularning bir-birida eruvchanligi bilan belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan, ko‘pincha sirpanish ishqalanishini yaxshilash uchun
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 160
Mashinasozlik va energetika
ishlatiladigan xromnikelli po‘lat va Ti, Zr va Zn, Cu va Al kabi metallarning kompozitsiyasidan foydalanish istiqbollidir. Shu bilan birga, bunday qoplamalardagi struktura va faza hosil bo‘lish jarayonlari, shuningdek, atomlarning diffuziya harakatchanligi, mexanik xossalarni shakllantirish mexanizmlari va issiqlik barqarorligi an’anaviy qoplamalardagi o‘xshash jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi va qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi. Ko‘p elementli ion-plazmali qoplamalarini hosil qilish paytida jarayon parametrlarining ularning sifatiga ta’siri ham o‘rganilmagan. Bunday qoplamalarning xossalarini shakllantirishda ularning sirt energiyasi muhim rol o‘ynaydi. Biroq ko‘p elementli qoplamalarning sirt energiyasini baholash va uning ularning xossalari bilan bog‘liqligi o‘rganilmagan. Bunday jarayonlar uchun nazariyaning yo‘qligi va bu sohada olib borilgan tadqiqotlarning yetarli emasligi yangi sintezlangan qoplamalarning xususiyatlarini oldindan aytib berishga imkon bermaydi. Shuning uchun sanoat muhandisligida ko‘p elementli (yuqori entropiyali) qoplamalar va ularning xossalarini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. Yuqorida bayon qilinganlar bizga ko‘p elementli legirlashdan foydalanish hisobiga xromnikelli po‘lat asosidagi ion-plazmali qoplamalarining fizik, mexanik va ekspluatatsion xossalarining oshishini taxmin qilish imkonini beradi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun ion-plazmali qoplamalarini qo‘llash uchun ko‘p elementli tizimlarni tanlab olish; ko‘p elementli qoplamalarning struktura hosil bo‘lish xususiyatlarini tahlil qilish; bunday qoplamalarning xossalarini aniqlashda sirt energiyasining rolini aniqlash; tanlangan ko‘p elementli qoplamalarning tuzilishini, tribologik va ekspluatatsion xossalarini tadqiq qilish; olingan natijalar asosida qoplamalarning muayyan tarikblarini taklif qilish va ularni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish zarur. Ionli bombardimon qilish zarralarni o‘sishini to‘xtatishi va yagona xossalarga ega zich qoplamalarni hosil qilishi imkonini beradi. Biroq ionli bombardimon qilish natijasida hosil bo‘lgan qoplamalar bir qator sinergetik samaralar, ya’ni dislokatsiya zichligining oshishi, siqiuvchi kuchlanishlarning oshishi va boshqalar tufayli termik nobarqaror bo‘ladi [2]. Qo‘shimcha elementlarni legirlash bir fazaning boshqa fazaning zarralari chegaralari bo‘ylab ajralib chiqishiga olib keladi. Bu kristallit o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi. Qo‘shimcha elementlarni legirlash bu elementlarni eritish paytida katodga (nishonga) kiritish yoki o‘sayotgan qoplamani ion oqimi bilan bombardimon qilish orqali amalga oshiriladi. Ko‘pincha kombinatsiyalangan usullar qo‘llaniladi. Bu jarayonni boshqarish uchun har safar tegishli qoplama qo‘llash rejimlarini tanlash zarur. Qoplamalarning funksional xossalari ularning haqiqiy tuzilishiga (zarracha o‘lchami, faza tarkibi, ichki kuchlanish darajasi va boshqalar) bog‘liq, shuning uchun tadqiqotchilar asosan ularni ishlab chiqarish usullari va shartlariga bog‘liq ravishda, qoplamalarning strukturaviy-fazaviy holati va ishlash xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va o‘rganishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Turli mualliflar tomonidan ilmiy va texnik nashrlarda taqdim etilgan zamonaviy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘rib chiqilayotgan qoplamalarning tuzilishi va xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlarga ularni Si, B, Al, Y, Ni va boshqa elementlar bilan legirlash orqali erishish mumkin. Ushbu elementlar bilan legirlashning yuqori samaradorligi ularning muvozanat sharoitida erimasligi va TiN nanozarralarining chegaralari bo‘ylab d≤10÷15 nm darajasida zarraning o‘sishini cheklovchi zarrani cheklash fazasining shakllanishi bilan ajralib chiqishning termodinamik boshqarilishi bilan bog‘liq. Bugungi kunga qadar turli xil kimyoviy tarkibdagi qattiq nanokompozitlarni ishlab chiqarish qayd etilgan [3]. Vakuum-yoyli purkash nanokristal qoplamalarni yaratishning samarali usuli hisoblanadi. Bu usul yoy razryadi yordamida yuqori darajada ionlangan plazma oqimlarini hosil qilish va katod materialidan ionlarni detal yuzasida kondensatsiya qilishga asoslangan. Katod kerakli metall, qotishma yoki metall asosidagi kompozitdan tayyorlanadi. Metall nitridlari, oksidlari yoki karbidlari katod metalli va plazma hosil qiluvchi gaz o‘rtasidagi kimyoviy bog‘lanish orqali hosil bo‘ladi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 161
Mechanical engineering and energy
Ushbu turdagi plazma yuqori darajadagi ionlanish (100% gacha) bilan tavsiflanadi. Ushbu usul bilan ishlab chiqarilgan qoplamalar yuqori qattiqlik (≥40 GPa), ishqalanishga chidamlilik va korroziyabardoshlilik bilan tavsiflanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ko‘p elementli legirlash yordamida xromnikelli po‘lat asosidagi ion-plazmali qoplamalarining fizik, mexanik va ekspluatatsion xossalarini oshirishdir. Ion-plazma qoplamalarini hosil qilish uchun ko‘p elementli tizimlarning tarkibini tanlash; ko‘p elementli qoplamalarning struktura hosil bo‘lish xususiyatlarini tahlil qilish; qoplama xossalarini shakllantirishda sirt energiyasining rolini aniqlash; tadqiq qilinayotgan ko‘p elementli qoplamalarning strukturaviy, dyurometrik, tribologik va ekspluatatsion xossalarini tadqiq qilish; qoplamaning muayyan tarkiblarini taklif qilish va ularni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish zarur. Ko‘p elementli qoplamalar hosil qilish uchun biz bir vaqtning o‘zida turli xil kimyoviy tarkibdagi katodlarni purkash kerak. Buning uchun katod 12X18N10T markali po‘latdan tayyorlangan katoddan, sof metallar – titan (Ti), sirkoniy (Zr), mis (Cu), aluminiy (Al) katodidan va Fe-Al, Zn-Al kompozit katodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Metall va qotishmalarni issiqlik bilan ishlov berish sanoatning turli sohalarida va birinchi navbatda mashinasozlikda ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismidir. Kuydirib yumshatish jarayonida yuzaga keladigan strukturaviy o‘zgarishlar juda chuqur tahlil qilingan. Po‘latlar uchun polimorfik o‘zgarishlarsiz toblashda kechadigan strukturaviy o‘zgarishlar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Qoplamali detallarga termik ishlov berishni tadqiq qilish yuqori haroratlarda sanoat sharoitlarida ishlaydigan detallardagi qoplamalarning tuzilishi va tarkibini aniqlash uchun zarur. Issiqlikka chidamlilikni aniqlash usuli DavSt 6130-71 “Metallar. Issiqlikka chidamlilikni aniqlash usullari” ga asoslangan va gazotermik qoplamalarining issiqlikka chidamliligini aniqlashga qo‘llaniladi. Issiqlikka chidamlilik qoplangan namunalarni (va qoplamagan nazorat namunalarini) havo pechida ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas haroratda ushlab turish, so‘ngra tortish, tekshirish va metallografik tadqiq qilish orqali aniqlanadi. Tezlashtirilgan siklik sinovlar pechni (10-50) soatdan keyin o‘chirilgan holda o‘tkaziladi. Qoplama hosil qilingandan so‘ng namunalar o‘lchanadi va tortiladi. Qoplangan namunalar sinovdan o‘tkazilgunga qadar yopiq, toza idishda (eksikatorda) saqlanadi. Sinovdan oldin, qoplangan namunalar va qoplanmagan nazorat namunalari doimiy og‘irlikka qadar toblangan tigellarga joylashtiriladi va analitik tarozida tortiladi. Issiqlikka chidamlilik sinovlari G-30 elektr qarshilik pechlarida havoda o‘tkaziladi. Pech ±10 °C gacha aniqlikdagi avtomatik haroratni boshqarish tizimiga ega bo‘lishi va namunalar joylashgan maydondagi pechdagi harorat og‘ishi belgilangan haroratdan ±10 °C dan oshmasligini ta’minlashi kerak. Issiqlikka chidamlilikni aniqlashda maydalanayotgan oksidlarni saqlab qolishni ta’minlovchi keramik tigellardan foydalaniladi. Namunalar solingan tigel pechdagi tagliklarga (keramik yoki metall) joylashtiriladi. Tigellar pechga (1000–1200) °C haroratga ega bo‘lgan pechga yuklanadi. Namunalarni sovuq pechga ham yuklash mumkin. Pechning ishchi zonasi berilgan haroratga yetgandan so‘ng sinov boshlanadi. Sinov yakunlangandan so‘ng naunalar pechdan tushiriladi. Sinovlarning harorati va davomiyligi mahsulotning xizmat muddatiga bog‘liq ravishda belgilanadi. Tigellarning namunalar bilan va namunalarning tigellarsiz oksidlanishini aniqlash uchun 1150 °C haroratda 50 soat va 1200 °C haroratda 20 soat vaqt oralig‘i bilan tortiladi. Har bir namuna qoplamasining qalinligi va massasi hisoblanadi, qiymatlar jurnalda yoziladi. Issiqlikbardoshligini baholash og‘irligi, tashqi ko‘rinishi, metallografik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Og‘irlik bo‘yicha baholash uchun har bir vaqt oralig‘ida sinashdan oldin (𝑃0) va sinashdan keyin (𝑃𝑖) tigelda va tigelsiz namunalarni tortish natijalaridagi farq namunaning dastlabki og‘irligi yoki uning sirt maydoni S bilan bog‘liq. Ortgan og‘irlik % va mg/sm2 birliklarda quyidagicha aniqlanadi:
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 162
Mashinasozlik va energetika
𝑃= 𝑃𝑖−𝑃0 𝑃0
100% ,
𝑃 𝑆= 𝑃𝑖−𝑃0 𝑃0
𝑆
bu yerda: 𝑃𝑖= 50, 100, 150 va hokazo (150 °C da); 𝑃0 − namunaning boshlang‘ich vazni. Titan bilan legirlangan po‘lat qoplamaning mikrotuzilmasi 1-rasmda ko‘rsatilgan (14600 marta kattalashtirilgan). Bu yerda, titan karbidida bo‘lgani kabi, qoplamani cho‘ktirish paytida yuzaga keladigan yuqori ichki kuchlanishlarni ko‘rsatadigan sezilarli dislokatsiya tuzilishi kuzatiladi. Qoplamaning turli nuqtalaridagi mikroqattiqlik o‘lchovlari qoplamani cho‘ktirish paytida yuzaga keladigan sezilarli kuchlanishlarni ko‘rsatadi [3]. Qoplama hosil bo‘lish jarayonida yuqori haroratgacha qizdirilgan harakatlanuvchi zarrachalar yoki boshqa, allaqachon sovigan zarrachalar asta-sekin asos sirtiga yopishadi. Purkash jarayonida asos haroratining sezilarli darajada oshishi kuzatilmaydi, shuning uchun zarbadan keyin sovigan zarrachalar metall asoslarga qaraganda ko‘proq siqiladi. Natijada, normal haroratlarda purkalgan qoplamada qoldiq siqilish yoki cho‘zilish kuchlanishlari paydo bo‘ladi. Qoplama qalinligining ortishi “qoplama – asos” tizimidagi ichki kuchlanishlarning ortishi bilan birga keladi, bu esa ilashish mustahkamligining pasayishiga olib keladi. Bu holda yemirilish odatda yopishqoqlik bilan bog‘liq. Demak, plazma qoplamalarining ishlash qobiliyati va umrboqiyligi qoldiq kuchlanishlarning kattaligi va taqsimlanish xarakteriga bog‘liq.
1-rasm. Namunaning ikki xil nuqtasida azotli gaz muhitida 12X18H10T+Ti qoplamalarining mikrotuzilishi
Yuqori qoldiq kuchlanishlar mikro darzlar paydo bo‘lishi yoki qoplamaning qatlam bo‘lib ko‘chishiga olib keladi. Qoplama hosil qilish paytida purkash joyida taglikning mahalliy qizishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, issiqlik ta’siri natijasida har bir zarracha ostida uning zarba va deformatsiya zonasida haddan tashqari mahalliy qizish amalga oshadi, natijada kesimdagi turli nuqtalarda harorat har xil bo‘ladi. Buning natijasida, normal haroratlarda, qoplamaning purkalgan geterogen qatlamida qoldiq kuchlanishlari paydo bo‘ladi, ular bir qator omillarga bog‘liq ravishda cho‘zililuvchi, siqiluvchi yoki hatto belgilar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Ion-plazmali purkash jarayonida qoplamaning hosil bo‘lgan tuzilishiga va uning fizikmexanik xossalariga ishchi kamerasidagi reaksiya gazining bosimi, taglik potensiali, yoy oqimi, katod materialining xossalari va taglik harorati katta ta’sir ko‘rsatadi [4].
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 163
Mechanical engineering and energy
Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. Shunday qilib, umuman olganda, yoy oqimining elektrod-bug‘latgichga ta’siri hosil bo‘lgan sirt energiyasi qiymatlariga teskari proporsional ekanligi ko‘rsatildi. Buni yoy oqimi oshgani sayin, hosil qilingan qoplamaning qalinligi juda tez oshib borishi bilan izohlash mumkin. Qoplama qalinligining bu oshishi uning ishidagi dislokatsiya zichligining oshishiga olib keladi. Biroq, qoplama qalinligi vaqt o‘tishi bilan notekis ravishda oshadi. Dastlab, qoplama qatlami orolchalar ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Shu bilan birga zarrachalarning taglikdan qaytish jadalligi nisbatan past bo‘ladi. Keyin orolchalar o‘zaro birlasha boshlaydi. Qoplangan sirtning ulushi oshadi va qoplamani purkash va cho‘ktirish jarayonlarining bir tekislik ehtimoli ham ortadi. Bu shuni anglatadiki, qoplama qalinligining eng yuqori o‘sish sur’atini dastlabki 1,5-2 daqiqada kuzatish mumkin. Keyinchalik, qalinlikning o‘sish sur’ati sekinlashadi. Qoplamaning maksimal mustahkamligiga 5–10 mkm qalinlikdagi qatlam hosil qilishda erishiladi. Shundan keyin mustahkamlik pasayadi. Bu qalinligi oshishi bilan qoplamaning morfologik xususiyatlarining yomonlashishi bilan bog‘liq. Yoy oqimi oshgani sayin qoplama qalinligi oshadi. Biroq, 120 A dan yuuqori toklarda tomchi fazasi hajmining keskin oshishi kuzatiladi, bu qoplamaning taglik bilan yopishish kuchini sezilarli darajada pasaytiradi. Natijada, qoplama tuzilishi yomonlashadi. 30-40 A dan past yoy oqimlarida razryad kuchsizlanadi, bu esa plazma ionlanish koeffitsiyentining pasayishiga olib keladi. Keyin reaksiya gazi va katoddan neytral zarrachalar plyonkaga “joylashadi”. Bu ta’sir qoplamada nuqsonlar paydo bo‘lishiga va mikroqattiqlikning pasayishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 90-110 A yoy oqimi eng samarali hisoblanadi. Tutashish zonasidagi ishqalanish kuchlarini hisobga olgan holda, detallar va uzellarning kontaktli o‘zaro ta’siri sanoatning turli sohalarida bajaruvchi mexanizmlarning ishlash muddatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda quruq ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallar va uzellarni loyihalash imkonini beruvchi bir qator fundamental nazariy va eksperimental qonuniyatlar ishlab chiqilgan. Bu tribologiya va tribotexnikaning ishqalanishga chidamli antifriksion materiallarni yaratishning ilmiy asoslari va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqish, mustahkamlash va qoplamalar hosil qilishning yangi texnologiyalarini joriy etish; tribologik tadqiqotlarda universal ishqalanish mashinalarini yaratish va ulardan oqilona foydalanish yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Siquvchi yuklama ta’siri ostida qattiq jismlar bir-biriga tutashganda, ularning haqiqiy teginish nuqtalarida mustahkam birikmalar hosil bo‘ladi. Bunda hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi tutashish maydoni va kesim kuchlanishining ko‘paytmasi sifatida hisoblanadi. Kesim kuchlanishi qiymatini kamida bitta jismning yuzasini tegib turgan jismlarga qaraganda pastroq qattiqlikka ega yumshoq metall qatlami bilan qoplash orqali sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, jismlar orasidagi teginish maydoni ularning qattiqligiga teskari proporsionaldir. Shuning uchun, qoplama qattiqligi qanchalik past va tegib turgan jismlarning qattiqligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishqalanish kuchi shunchalik past bo‘ladi. Tajribalar bu taxminning to‘g‘riligini tasdiqladi va jismlar orasidagi ishqalanish kuchini va ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirishning bir usulini aniqladi. Biroq, ishqalanish koeffitsiyentlarining absolyut qiymatlari qoplama qalinligiga va yuklamaga (yuk ortishi bilan ishqalanish koeffitsiyenti oshadi) bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Ishqalanish uzellarining antifriksion xususiyatlari detallarning sirt qatlamining xossalari bilan belgilanadi. Shuning uchun, katod materiallarini tanlashning iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiq yondashuvi shundaki, ularning mexanik mustahkamligi konstruksion materialning xossalari bilan belgilanadi, sirtning maxsus xossalari esa unda maksimal ruxsat etilgan yeyilish qiymatiga yaqin qalinlikdagi yupqa qoplama qatlamlarini hosil qilish orqali ta’minlanadi. Ishqalanishga chidamli antifriksion ko‘p qatlamli qoplamalarni hosil qilish nafaqat uzellarning puxtaligi va umrboqiyligini oshiradi, balki kamyob va qimmatbaho materiallarga xarajatlarni pasaytiradi, jihozlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish sarflarini kamaytiradi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 164
Mashinasozlik va energetika
Xulosalar. Tadqiqotlarda o‘tkazilgan tajriba natijalari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ishqalanish birikmalarida o‘rganilgan qoplamalarning yaxshi ishqalanishga qarshi xossalarini namoyish etadi. Zanglamaydigan po‘lat, mis va aluminiydan yasalgan ishqalanish birikmalarida eng yaxshi ishqalanishga qarshi xossalar mos ravishda 12X18H10T+(Fe-Al), 12X18H10T+Cu va 12X18H10T+(Zn-Al) qoplamalarida namoyon bo‘ladi. Azot muhitida ishlab chiqarilgan 12X18H10T qoplamasining nanoqattiqligi qattiqlashtiruvchi va abraziv qoplamalar sifatida ishlatiladigan ko‘pchilik materiallarnikidan yuqori ekanligi aniqlandi. Argon muhitida ishlab chiqarilgan 12X18H10T qoplamasining nanoqattiqligi sof titannikiga yaqin. Barcha hosil qilinadigan qoplamalar uchun optimal taglik harorati 400°C ekanligi aniqlandi. Taglik haroratining oshishi bilan qoplama materialining zarachalar tuzilishini maydalash qattiqlik va sirt tarangligining ma’lum bir o‘rtacha nanozarracha o‘lchamigacha oshishi bilan kuzatiladi. Qoplamada o‘rtacha zarracha o‘lchamining yanada kamayishshi bilan qattiqlikning pasayishi zarracha chegaralari bo‘ylab sirpanish tufayli sodir bo‘ladi. Bug‘latgich yoy oqimining oshishi bilan qoplamaning sirt energiyasi kamayishi aniqlangan, bu uning qalinligining tez o‘sishi bilan izohlanadi, bu esa hosil bo‘ladigan qoplamada dislokatsiyalar zichligining oshishiga olib keladi. Azotning 𝑃= 10−3 mm simob ustuni bosimida olingan qoplamalar bir tekis taqsimlangan mayda zich tuzilishga, tomchi fazasi, g‘ovaklar, qatlamlanishlarning minimal miqdoriga va sirt tarangligi va mikroqattiqlikning eng yuqori qiymatlariga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Tadqiq qilingan barcha qoplamalar sanoatda keng qo‘llaniladigan ko‘pgina po‘latlardan mikroqattiqlik jihatidan kam emasligi va eng yaxshi natijaga azotli muhitda qo‘llaniladigan 12X18H10T+Ti qoplamasi uchun erishilganligi ko‘rsatildi. Zanglamaydigan po‘lat bilan ishqalanish birikmalarida eng yaxshi antifriksion xususiyatlariga 12X18H10T+(Fe-Al) qoplamasi, mis qoplamasi 12X18H10T+Cu va aluminiy qoplamasi 12X18H10T+(Zn-Al) ega ekanligi aniqlandi, ularning ishqalanish koeffitsiyentlari mos ravishda 0,076; 0,192; 0,325 ga teng. Adabiyotlar 1. D.X. Bafoyev. Po‘lat va cho‘yandan tayyorlangan detallarning sirtlarini plazmali toblash usulida mustahkamlash. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti, Ilmiy-texnikaviy jurnal. Buxoro, 2024. №6, 144-150 b. 2. Д.Х. Бафоев. Применение плазменной наплавки для повышения долговечности деталей машин. Educational Research in Universal Sciences. Scientific Journal. 2023/11. 582-586 s. 3. Азаренков, Н. А. Инженерия вакуумно-плазменных покрытий / Н. А. Азаренков, О. В. Соболь, А. Д. Погребняк, В. М. Береснев. – Харьков: Изд-во ХНУ им. Карамзина, 2011. – 344 с. – ИСБН 978-966-623-607-1. 4. Арзамасов, Б. Н. Ионная химико-термическая обработка сплавов / Б.Н. Арзамасов, А. Г. Братухин, Ю. С. Елисеев, Т. А. Панайоти. – Москва: Изд-во МГТУ им. Н.Э. Баумана. – 1998. – 400 с. – ИСБН 5-7038-1358-1. Bafoyev Dusmurod Xolmurodovich – Buxoro davlat texnika universiteti, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Tel.:(+99890)745-10-40. Email: bafayev07111967@mail.ru
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 165