Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Detallarni korroziya bardoshliligini oshirish uchun zamonaviy yechim va uni qo‘llash jarayoni

SHARIPOV J.O., BEGMURODOV A.F.

Issue
2-son
Pages
190–194
Published
25.04.2026
Views
2 5

Abstracts

Article Content

kirishish natijasida yuzaga keladi. 2. Elektrokimyoviy korroziya – elektrolit muhitda elektr toki ta’sirida sodir bo‘ladi. 3. Mexanik-korroziyaviy yeyilish – ishqalanish va korroziya birgalikda ta’sir qilganda yuz beradi. Bu jarayonlar detalning mustahkamligini pasaytiradi va uning ishdan chiqishiga olib keladi. Korroziyaga qarshi zamonaviy yechimlar: xromlash – detallarni korroziyadan himoyalashning eng keng tarqalgan usullaridan biridir. Afzalliklari: korroziyaga yuqori chidamlilik, sirt qattiqligining oshishi, yeyilishga bardoshlilik, estetik ko‘rinish. Qo‘llash jarayoni: detal sirtini tayyorlash (tozalash, yog‘sizlantirish, silliqlash), elektrolit eritmaga tushirish, elektr toki berish orqali qoplama hosil qilish, quritish va yakuniy ishlov berish. Nanokompozit qoplamalar metall asosga nanozarrachalar qo‘shish orqali olinadi. Afzalliklari: yuqori mexanik mustahkamlik, kuchli korroziyaga chidamlilik, issiqlikka bardoshlilik, uzoq xizmat muddati. Bu usul zamonaviy sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Termik ishlov berish va azotlash, termik ishlov berish metallarning ichki tuzilishini yaxshilaydi. Issiqlik bilan ishlov berish – qattiqlik va mustahkamlikni oshiradi, azotlash – sirt qatlamini azot bilan boyitib, mustahkam va korroziyaga chidamli qatlam hosil qiladi. Azotlash – bu qizdirilgan azotni tegishli muhitda detal va qotishmalarning yuza qatlamini diffuziya bilan to‘yintirish jarayoni. Azotlash ko‘pincha 500-600 0C (past haroratda azotlash) -fazada, issiqqa chidamli po‘latlarni, qotishmalarni va qiyin suyuqlanuvchi metallarni (Ti, Mo, Nb, V va boshqalar) azotlash-600-1200 0C (yuqori haroratda azotlash)da amalga oshiriladi. Azotlash jarayonida kesuvchi asbob yuzasida 60-80 mkm gacha qattiq nitrid faza hosil bo‘ladi, bu esa keyingi ishlov berilishlarni yuqori yuklanishlar ta’sirida plastik deformatsiyalanishini kamaytiradi va ishlash muddatini oshiradi. Azotlangan po‘latlar yuqori yuza mustahkamligiga ega, ular 400-450 0C gacha qizdirilganda o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi; yuqori yeyilishga bardoshlik va parchalanib ko‘chish xususiyati past. Quyidagi 1-jadvalda gaz aralashmasi harorati va tarkibining vakuumli yoy razryadi sharoitida hosil bo‘lgan azotlangan qatlamning qalinligiga ta’sirini o‘rganish natijalari ko‘rsatilgan. 1-jadval. Gaz aralashmasi harorati va tarkibining azotlangan qatlam qalinligi va mikro qattiqligiga ta’siri Ar li gazaralashmasidagi N2 konsentratsiyasi Azotlanish harorati oS Mikro qattiqlik, kN/mm2 Samarali qalinlik, mkm Umumiy qalinlik, mkm 10 20 40 80 100 10,0 10,0 10,3 10,6 10,2 10-15 30-40 25-30 80 68 200-250 180-210 150-200 250-300 80-90 10 20 40 10,8 11,2 11,1 175 90-100 85 450 400-450 400-450 “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 189 Mechanical engineering and energy Azotlangan qatlamning xususiyatlarini o‘rganishda, odatda, qatlamning samarali va umumiy qalinligi ajratiladi. Ushbu tadqiqotda azotlangan qatlamning samarali qalinligi namuna yuzasidan N=9,8 kN/mm2 ga mos keladigan qattiqlik maydonigacha bo‘lgan masofa sifatida, umumiy qalinligi sifatida esa, namuna (N=8,8 kN/mm2) sanoat detalining dastlabki qattiqligiga mos keluvchi qattiqlikkacha bo‘lgan masofa maydoni qabul qilindi. Argonli gaz aralashmasidagi azot foiz miqdorining ko‘payishi azotlangan qatlam yuza qattiqligining biroz oshishiga olib kelishi aniqlandi, lekin hosil bo‘lgan qatlamlarning qalinligi(samarali va umumiy) pasayadi. Bu quyidagicha tushuntirilishi mumkin. Gaz aralashmasida azot miqdori 80% dan kam bo‘lsa, azotning tezkesar po‘lat ichiga intensiv diffuziyasi sodir bo‘ladi, chunki aralashmada azotning bunday konsentratsiyasi nitrid fazasining doimiy qatlami yuzasida hosil bo‘lmaydi. Azotlanish harorati 480oS, azotlanish vaqti 24 soat. 1-rasm. Azotlanish vaqti va haroratning bir biriga bog'liqlik grafigi Hozirgi vaqtda, fizikaviy usulda moddalarni cho‘ktirish natijasida olingan olovbardosh metallarning nitridlari asosida turli xil yeyilishga chidamli qoplamali asboblardan keng qo‘llaniladi. Bu kabi qoplamalar juda yuqori mikroqattiqlikka ega, ishqalanish koeffitsiyenti past va ishlov berilayotgan materialga nisbatan inertdir. Biroq qoplama qoplangan kesuvchi asboblardan yuqori tezlikda foydalanish shuni ko‘rsatadiki, bunday kesuvchi asboblarning turli xildagi kesish operatsiyalari uchun samaradorligi bir xil emas. Yeyilishga chidamli qoplamalarning muvaffaqiyatli joriy etilishiga to‘sqinlik qilayotgan amaliyot shundan iboratki, yuza osti va qoplamaning fizikmexanikaviy xususiyatlari o‘rtasida katta farq bo‘lganligi tufayli, katta yuklanish tushishi oqibatida yuza ostining plastik deformatsiyalanishi paytida kesuvchi asboblar ishchi yuzalarining yeyilishi tezlashishi kuzatiladi. Bu kamchiliklarni, masalan yeyilishga chidamli qoplamani qoplashdan oldin kimyoviy-termik ishlov berish orqali olish mumkin bo‘lgan o‘tish qatlamini hosil qilish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin; xususan ionli-azotlash jarayoni juda keng qo‘llaniladi. Bunday jarayon kompleks ishlov berish deb ataladi. Uni qo‘llash CHVD-qoplamali asboblarga nisbatan yuqori tezlikdagi kesuvchi asboblarning barqarorligini bir necha marta oshiradi, yeyilishning umumiy qonuniyatiga asosan, detal va kesuvchi asbobning boshlang‘ich ishlash davrida sirpanib yemirilishi, boshlang‘ich yemirilish deb atalib, jadal yeyilishi ro‘y beradi. Boshlang‘ich yeyilish davrida asbobning kesuvchi tig‘ida ishlovchanlik (prirabotka) sodir bo‘ladi, alohida notekisliklari parchalanib ko‘chib tushadi va har xil shtrixlari, kesuvchi tig‘larning charxlashdan qolgan izlari tozalanib silliq holga keladi. Bu davrda ishlangan yuzalarning g‘adir-budurligi asta-sekin kamayib boradi [2]. Metall yuzalariga ishlov berishning galvanik usuli bugungi kunda turli sohalarda faol qo‘llaniladi. Shu tarzda, dekorativ yoki himoya galvanik qoplamaning eng nozik qatlami qismlarga Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 190 Mashinasozlik va energetika va butun mahsulotlarga qo‘llanilishi mumkin. Galvanika - elektrokimyoning bir tarmog‘i, metallarning ma’lum bir sirtda cho‘ktirish jarayonlarini o‘rganadi [3]. Metalllarga chiroylilik, chidamlilik, yeyilishga bardoshli va mahsulot uchun zarur bo‘lgan boshqa xususiyatlarni berish uchun ularni nikellash, xromlash, kumushlash va radiy bilan qoplash shunday amalga oshiriladi. Galvanika jarayonining afzalliklarini tushunish uchun galvanik vannalardan foydalanishning texnologik xususiyatlari, har bir sirt turi uchun elektrolitlarni tanlash va yotqizilgan metallning qalinligini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘rganish kerak.Ishlov berish qiyin bo‘lgan materiallarni CVD usulida qoplama qoplangan, moylash-sovutish suyuqligisiz 75-90 m/min kesish tezligida qattiq qotishmali kesuvchi asboblarning yeyilishi ham, asosan, asbobning cho‘qqisida kuzatiladi. Ammo bu holda, oldingi yuza bo‘ylab kesuvchi asbob tig‘ida yoriqlar paydo bo‘lishi, qatlamlar va adgezion yeyilishlar sodir bo‘lishi odatiy holdir. Xromli qoplama. Yeyilishga bardosh qoplamalarni qo‘llash uchun quyidagi tarkibdagi vannadan foydalaniladi, g/l: xrom angidrid-260, sulfat kislota-2,5. Ishlash tartibi: harorat 55-60 0C; kuchlanish 50-80 A/dm2. Qoplama qalinligi 2050 mikron. Qattiqlik 500-600 MPa. Qoplamalar mashinasozlik sanoatida kislotali, korroziy muhitda ishlaydigan detallarni himoya qilish uchun ishlatiladi. 2-rasm. Eliktrokimyoviy usul (galvanika vannalari). Detallarni yеyilish va korroziyaga bardoshliligini oshirishning samara beradigan eng qulay usullaridan biri qoplama qoplash jarayoni deb aytish mumkin, bunda qoplamaning xususiyati va qanday qoplama ekanligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu jarayonda biz detallarni yеyilish va karroziyaga bardoshliligini oshirish uchun xrom metall bilan qoplama qoplash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Xrom metall bilan qoplama qoplash texnologiyasi - bu detallar yuzasiga elektrolit vannasi orqali xrom qatlamini cho‘ktirish jarayoni deyish mumkin. Xrom metall qoplama yuqori qattiqlik, silliqlik, korroziyaga bardoshlilik va yеyilishga chidamli qatlam hosil qiladi. Mashinasozlik, aviatsiya, gidravlika, avtomobilsozlik, energetika va asbobsozlikda keng qo‘llaniladi. Xrom metall bilan qoplama qoplashning maqsadi yеyilishni kamaytirish, korroziyaga bardoshlilikni oshirish, sirtning dekorativ ko‘rinishini yaxshilash, qattiqlikni oshirish, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish termik turg‘unlikni oshirish uchun xizmat qiladi [4]. Detalga yotqizilgan xrom qattiqligi NV 800 - 1000, yеyilish va zanglashga qarshiligi katta bo‘ladi. Xrom bilan tiklangan detallarning xizmat muddati ish sharoitlariga qarab 4 - 10 marta oshadi. Xromli qoplamalarni xom va toblangan po‘latlarga yotqizish mumkin [5]. Xulosa qilib aytganda qoplamalarning har birini alohida qo‘llaganda unchalik katta natijaga erishib bo‘lmaydi, chunki kesuvchi asboblar katta yuklanish ta’sirida ishlaganda qoplama osti (tag qo‘yma) plastik deformatsiyalanish hisobiga qoplamada yorilish kuzatiladi va qoplama ko‘chish jarayoni boshlanadi. Shularni inobatga olib kompleks ishlov berish kesuvchi asboblarda yeyilishga bardoshlilikni oshiradi va dastgohlarning ish unumdorligi ko‘payishiga olib keladi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 191 Mechanical engineering and energy Olib borilgan ilmiy izlanishlar quyidagi xulosalarni qilishga imkon beradi: 1. Tayyorlanmalarni ishlov berishda detal yeyilishining kontaktli jarayonlari, issiqlik holati va jadalligiga ta’sir etish qonuniyatlari bo‘ylama yo‘nalishda bunday jarayonlarga qoplamalar ko‘rsatadigan ta’sir kabi bo‘ladi, bu bo‘ylama yo‘nish sharoitlari uchun ko‘p qatlamli qoplamalarni shakllantirish tamoyilini barcha xil detal va asbobsozlik materiallari qo‘llash imkoniyatini beradi. 2. Detalga to‘gri tanlangan qoplama qoplash usuli, kimyoviy elementlari, jarayon parametrlari uning turg‘unligini oshiradi. 3. Ko‘p qatlamli yeyilishga chidamli qoplamalarni qo‘llash tayyorlanmalarga ishlov berish operatsiyalarida kesuvchi asbobning ishlash qobiliyatini ancha oshirishga imkon beradi

References (9)

  1. 1. I.Nosirov, Materialshunoslik. Toshkent “O‘qituvchi”-2004 yil
  2. 2. E.O.Umarov, Materialshunoslik. Toshkent “Cho‘lpon”-2014 y.
  3. 3. K. B. Usmonov. Toshkent “O‘qituvchi”-2004 y.
  4. 4. T.U. Holiqberdiev, Mashinasolik texnologiyasi asoslari. Toshkent-2011 yil
  5. 5.Маслов А.Р., Фёдоров С.В., Высокоеффективные технологии и оборудование современного машиностроительного производства. Москва-2015 г.
  6. 6. А.С.Верещака, Работоспособность режущего инструмента с износостойкими покрытиями. Москва, «Машиностроение» -2001 г.
  7. 7. А.С.Верещака, Работоспособность режущего инструмента с износостойкими покрытиями. Москва, «Машиностроение» -2001 г.
  8. 8. S.N. Grigoriev, Yu. A. Melnik, A.S. Metel, M.A. Volosova, Focused beams of fast neutral atoms in glow discharge plasma editors-pick, J. Appl. Phys. 121 (2017) 223-302
  9. 9. S.N. Grigoriev, T.V. Tarasova, Possibilities of the technology of additive production for making complex-shape parts and depositing functional coatings from metallic powders, Metal Sci Heat Treatment 57 (2016) 579-584 IPAK QURTI URUG‘CHILIGIDA KAPALAK CHIQARISHNI SINXRONLASHTIRUVCHI LED FOTOPERIOD MOSLAMASINING ELEKTROTEXNIK ASOSLARI Mirzamaxmudov U.A., Sharibayev N.Yu., Murodov R.S. Namangan davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada ipak qurti (Bombyx mori) urug‘chiligida kapalak chiqarish jarayonini sinxronlashtirish uchun mo‘ljallangan LED fotoperiod moslamasining elektrotexnik asoslari tadqiq etilgan. LED yoritgichlarning elektr va fotometrik parametrlari tahlil qilinib, PWM hamda 0–10V dimming usullarining qiyosiy baholashi keltirilgan. Kamerada yoritishni bir tekis taqsimlash modeli va energiyatejamkorlik yechimlari ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: LED fotoperiod, ipak qurti, kapalak sinxronligi, sirkad ritm, PWM dimming, lyuksmetriya, bir tekislik, energiya samaradorligi, fotometrik parametrlar, elektr xavfsizligi. ELECTROTECHNICAL FUNDAMENTALS OF LED PHOTOPERIOD DEVICE FOR SYNCHRONIZING MOTH EMERGENCE IN SERICULTURE Mirzamakhmudov U.A., Sharibayev N.Yu., Murodov R.S. Namangan state technical university. Annotation. The article investigates electrotechnical fundamentals of an LED photoperiod device for synchronizing moth emergence in sericulture. Electrical and photometric LED parameters are analyzed, a comparative assessment of PWM and 0–10V dimming is presented. A computational model for uniform light distribution and energysaving solutions have been developed. Keywords: LED photoperiod, sericulture, moth synchronization, circadian rhythm, PWM dimming, luxmetry, uniformity, energy efficiency, photometric parameters, electrical safety. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 192