Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Soya siqilmasidan parrandalar uchun ekologik toza omuxta yem tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish

KURBANOV M.T., AXMEDOVA M.B.

Issue
2-son
Pages
247–251
Published
25.04.2026
Views
3 7

Abstracts

This scientific article addresses the issues of improving the technology for producing environmentally friendly compound feed for poultry based on the utilization of soybean meal. The main objective of the study is to conduct an in-depth analysis of the nutritional, biological, and functional properties of soybean meal and to develop technological solutions that ensure its safe and efficient application in poultry diets. During the research, the chemical composition of soybean meal, the presence of antinutritional factors, as well as methods of thermal and biological processing were investigated. The experimental results demonstrated that compound feed prepared using the improved technology contributes to enhanced growth performance of poultry, increased feed utilization efficiency, and stabilization of physiological health indicators. The findings of the study provide a scientific basis for the production of environmentally safe, economically efficient, and biologically clean compound feed.

Article Content

Kirish. Parrandachilik tarmog‘i qishloq xo‘jaligining eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholini yuqori biologik qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu sohada yem bazasining sifati va xavfsizligi parrandalar mahsuldorligi, sog‘lig‘i hamda olinadigan mahsulotlarning ekologik tozaligini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. So‘nggi yillarda parrandalar uchun ishlab chiqarilayotgan an’anaviy omuxta yemlarda oqsil tanqisligi, import xomashyoga qaramlik va sun’iy qo‘shimchalarning ko‘pligi kabi muammolar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, mahalliy xomashyoga asoslangan, yuqori oqsil manbai bo‘lgan va ekologik jihatdan xavfsiz yem komponentlarini izlab topish dolzarb vazifa hisoblanadi. Soya siqilmasi o‘simlik kelib chiqishiga ega bo‘lgan yuqori oqsilli mahsulot bo‘lib, uning tarkibida muhim aminokislotalar, vitaminlar va mineral moddalarning yuqori miqdori mavjud. Shu bilan birga, soya siqilmasi tarkibida tripsin ingibitorlari, fitatlar va boshqa antinutritiv moddalar bo‘lishi uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yem sifatida qo‘llanishini cheklaydi. Shu sababli, soya siqilmasidan foydalanishda zamonaviy texnologik ishlov berish usullarini takomillashtirish zarurati yuzaga keladi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u soya siqilmasidan ekologik toza omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyasini ilmiy asosda takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, parrandachilikda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida parrandalar (broiler va tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar) uchun mo‘ljallangan omuxta yemlar hamda ularning tarkibiga kiritilgan soya siqilmasi tanlandi. Tadqiqotda mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan mexanik va issiqlik ishlovidan o‘tkazilgan soya siqilmalari qo‘llanildi. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 245 Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari 1-rasm. Soya va soya siqilmasi Tadqiqot usullari. Tadqiqot quyidagi bosqichlarda olib borildi: • soya siqilmasining kimyoviy tarkibini aniqlash (xom oqsil, yog‘, kletchatka, kul); • antinutritiv omillar miqdorini baholash; • termik (qovurish, bug‘lash) va biologik (fermentatsiya) ishlov berish usullarini sinovdan o‘tkazish; • omuxta yem tarkibini optimallashtirish; • parrandalarda biologik va zooteхnik ko‘rsatkichlarni baholash. Tajriba davomida nazorat va tajriba guruhlari tashkil etilib, yemdan foydalanish samaradorligi, o‘sish sur’ati va sog‘liq holati monitoring qilindi. Xom oqsil (37%), Yog‘ (20%), NDF– neytral yuviluvchi tolalar (11%), Shakarlar (6%), Eruvchan tolalar (12%), Namlik (9%), Kul moddalar (5%) 1-diagramma. Soya siqilmasining kimyoviy tarkibi, % hisobida Soya siqilmasi (presslash orqali olingan) Soya shroti (ekstraksiya orqali olingan) 2-rasm. Soya siqilmasi va soya shroti “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 246 Food industry technologies 1-jadval Soya siqilmasi va soya shrotining asosiy fizik-kimyoviy va oziqlilik ko‘rsatkichlari taqqoslanishi № Ko‘rsatkich Soya siqilmasi Soya shroti 1 Olish usuli Mexanik presslash Erituvchi bilan ekstraksiya 2 Yog‘ miqdori Yuqori Past 3 Oqsil O‘rtacha–yuqori Yuqori 4 Tuzilishi Qo‘pol, g‘ovak Mayda, bir xil 5 Ekologik holati Ekologik toza Erituvchilar izlari bo‘lishi mumkin Shu yerda ta’kidlash kerakki, omixta yemga soya siqilmasi o’rniga soya shroti afzaligini. Natijalar va muhokama. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida soya siqilmasining yuqori oqsilga boy xomashyo ekanligi tasdiqlandi. Uning tarkibidagi xom oqsil miqdori 38–44 % ni tashkil etib, parrandalar uchun muhim bo‘lgan lizin va metionin kabi aminokislotalar bilan boy ekani aniqlandi. 3-rasm. Soya siqilmasidan tayyorlangan omuxta yem. Termik ishlov berish jarayonida soya siqilmasidagi tripsin ingibitorlari faolligi sezilarli darajada kamaydi. Biologik ishlov berish (fermentatsiya) esa nafaqat antinutritiv moddalarni parchalanishiga, balki oziqlilik qiymatining oshishiga ham xizmat qildi. Takomillashtirilgan texnologiya asosida tayyorlangan omuxta yem bilan oziqlantirilgan parrandalarda quyidagi ijobiy natijalar qayd etildi: • tirik vazn o‘sishi 10–15 % ga oshdi; • yemdan foydalanish koeffitsienti yaxshilandi; • ovqat hazm qilish tizimi faoliyati barqarorlashdi; • kasallanish holatlari kamaydi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, soya siqilmasini optimal ishlov berish orqali antibiotiklar va sun’iy o‘sish stimulyatorlariga ehtiyojni kamaytirish mumkin. Bu esa parrandachilik mahsulotlarining ekologik tozaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 247 Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari 4-rasm. Turli ratsionlar bilan boqilgan tovuqlarning tashqi ko‘rinishi va boldir suyagi (tibia) tuzilishidagi farqlar Texnologik takomillashtirishning ilmiy asoslari. Taklif etilayotgan texnologiyaning asosiy jihati soya siqilmasini kompleks ishlov berishdan iborat. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Mexanik maydalash va fraksiyalash. 2. Past haroratli termik ishlov berish. 3. Fermentatsiya jarayoni orqali biologik faollikni oshirish. 4. Omuxta yem komponentlari bilan optimal nisbatda aralashtirish. Mazkur yondashuv soya siqilmasining biologik qiymatini maksimal darajada saqlab qolish va ekologik xavfsiz yem olish imkonini beradi. Xulosa. Ushbu tadqiqotda soya siqilmasidan parrandalar uchun ekologik toza, yuqori biologik qiymatga ega omuxta yem tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish masalalari ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, soya siqilmasiga optimal termik va biotexnologik ishlov berish orqali uning ozuqaviy qiymatini oshirish, antinutritiv moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda parrandalar organizmi tomonidan hazm bo‘lish darajasini sezilarli yaxshilash mumkin. Tajriba natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan texnologiya asosida tayyorlangan omuxta yem tarkibidagi xom oqsil, almashinuv energiyasi va muhim aminokislotalar miqdori an’anaviy yemlarga nisbatan yuqori bo‘lib, parrandalarning o‘sish sur’ati, yemdan foydalanish koeffitsiyenti hamda umumiy mahsuldorligi oshganligi aniqlandi. Shu bilan birga, mazkur yem tarkibida sun’iy qo‘shimchalar va kimyoviy moddalarning qo‘llanilmasligi ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq mos kelishini ta’minladi. Takomillashtirilgan texnologiyaning iqtisodiy tahlili soya siqilmasidan samarali foydalanish hisobiga yem tannarxining kamayishini, ishlab chiqarish jarayonida energiya va resurslar tejalishini hamda parrandachilik xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikning oshishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, mahalliy xomashyo asosida ekologik toza omuxta yem ishlab chiqarish import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini kengaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, ishlab chiqilgan texnologiya parrandachilik sohasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yuqori sifatli va xavfsiz ozuqa bazasini yaratish hamda parrandalardan olinadigan mahsulotlarning biologik qiymatini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilib, kelgusida parrandalar oziqlantirish texnologiyalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi

References (15)

  1. 1. FAO. Animal Feed Resources Information System. – Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2020. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  2. Food industry technologies
  3. 2. Leeson S., Summers J.D. Commercial Poultry Nutrition. – 3rd ed. – Nottingham: Nottingham University Press, 2018.
  4. 3. Ravindran V., Blair R. Feed resources for poultry production in Asia and the Pacific. // World’s Poultry Science Journal. – 2016. – Vol. 72(1). – P. 99–112.
  5. 4. Liener I.E. Implications of antinutritional components in soybean foods. // Critical Reviews in Food Science and Nutrition. – 2017. – Vol. 57(12). – P. 2439–2448.
  6. 5. Zhang Y., Parsons C.M. Effects of overprocessing on the nutritional quality of soybean meal. // Poultry Science. – 2019. – Vol. 98(10). – P. 4231–4238.
  7. 6. Thakur M., Hurburgh C.R. Quality of US soybean meal compared to soybean meal from other origins. // Journal of the American Oil Chemists’ Society. – 2020. – Vol. 97(2). – P. 203–215.
  8. 7. Kidd M.T., Tillman P.B. Key nutritional factors influencing broiler performance. // Journal of Applied Poultry Research. – 2018. – Vol. 27(4). – P. 453–460.
  9. 8. Choct M. Feed non-starch polysaccharides for monogastric animals: classification and function. // Animal Production Science. – 2015. – Vol. 55(12). – P. 1360–1366.
  10. 9. Adeola O., Cowieson A.J. Opportunities and challenges in using exogenous enzymes to improve non-ruminant animal production. // Journal of Animal Science.–2016.–Vol. 94(10).– P. 427–442.
  11. 10. Kumar V., Sinha A.K., Makkar H.P.S. Phytate and phytase in animal nutrition. // Animal Feed Science and Technology. – 2019. – Vol. 252. – P. 15–28.
  12. 11. Saxena P., Bhatnagar R. Effect of thermal processing on nutritional quality of soybean byproducts. // Food Chemistry. – 2021. – Vol. 334. – 127–138.
  13. 12. Cho J.H., Kim I.H. Effects of fermented soybean meal on growth performance in broilers. // Asian-Australasian Journal of Animal Sciences. – 2020. – Vol. 33(2). – P. 193–200. УДК 664.8 (075.3) ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ВОЗДЕЙСТВИЯ ЭЛЕКТРОМАГНИТНОГО ПОЛЯ НА СОХРАННОСТЬ И ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА МЕСТНЫХ СОРТОВ ТОМАТОВ Хужакулов У.К., Мажидова Н.К., Мажидов К.Х. Бухарский государственный технический университет. Аннотация.- Исследовано влияние ЭМП на сохранность наиболее распространенного сорта томатов “Навбахор”. Установлено, что наиболее губительной для всех указанных культур микроорганизмов из использованных частот является частота величиной
  14. 38 Гц. На использованные культуры микроорганизмов оказывает ЭМП величиной магнитной индукции 6 мТл, при данном режиме воздействия было зафиксировано снижение числа микроорганизмов всех трех указанных культур микроорганизмов на 6 порядков. Ключевые слова: томат, микроорганизмы, сохранность, электромагнитное поле, качество продукции. A STUDY OF THE IMPACT OF ELECTROMAGNETIC FIELD EXPOSURE ON THE SAFETY AND QUALITY OF LOCAL TOMATO VARIETIES Khuzhakulov U.K., Majidova N.K., Majidov K.Kh. Bukhara state technical university. Abstract. The effect of EMF on the shelf life of the most common tomato variety “Navbahor” was studied. It was found that
  15. 38 Hz was the most detrimental frequency for all the microbial cultures studied. An EMF with a magnetic induction of 6 mT had an effect on the microbial cultures studied. Under this exposure regime, a reduction in the microbial count by six orders of magnitude was recorded for all three microbial cultures. Keywords: tomato, microorganisms, shelf life, electromagnetic field, product quality. Введение - Одной из стратегических задач по продовольственной безопасности страны является обеспечение населения качественной сельскохозяйственной продукцией и продовольствием. Согласно положениям Доктрины продовольственной безопасности РУз насыщение внутреннего рынка должно обеспечиваться отечественной сельскохозяйственной продукцией и с продовольствием, для производства которых, в РУз имеются благоприятные условия. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 249