Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Pnevmomexanik yigirish mashinasida sifatli ip ishlab chiqarish tasnifi
Abstracts
Mazkur ilmiy maqolada pnevmomexanik (rotorli) yigirish mashinalarida sifatli ip ishlab chiqarish jarayoni kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ip sifatiga ta’sir etuvchi xomashyo xususiyatlari, texnologik parametrlar va fizik-mexanik ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Ip sifatini baholash uchun chiziqli zichlik, mustahkamlik, notekislik, tuklilik va nuqsonlar soni matematik ifodalar asosida aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Rotor aylanish tezligi, buram miqdori va havo oqimi bosimining ip strukturasi va sifatiga ta’siri diagrammalar asosida yoritildi. Tadqiqot natijasida pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqariladigan iplarni sifat darajasiga ko‘ra tasniflashning ilmiy asoslangan tizimi taklif etildi. Ushbu yondashuv yigirish jarayonini optimallashtirish, nuqsonlarni kamaytirish va yuqori sifatli ip ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
pnevmomexanik yigirishrotorli yigiriship sifatiip tasnifitexnologik parametrlarmatematik modelto‘qimachilik texnologiyasi CLASSIFICATION OF HIGH-QUALITY YARN PRODUCTION ON A PNEUMOMECHANICAL SPINNING MACHINE ¹Jumaniyazov K.²Salimov Sh.H.²Nazarov R.A. ¹Research institute of fiber crops²Bukhara state technical university
This scientific article provides a comprehensive analysis of the process of producing high-quality yarn on pneumatic (rotor) spinning machines. During the study, the properties of raw materials, technological parameters, and physical and mechanical indicators affecting the quality of yarn were studied. To assess the quality of yarn, linear density, strength, unevenness, hairiness, and the number of defects were determined based on mathematical expressions, and their interrelationships were analyzed. The influence of rotor rotation speed, twist rate, and air flow pressure on the structure and quality of yarn was illustrated using diagrams. As a result of the study, a scientifically based system for classifying yarns produced on pneumatic spinning machines according to their quality level was proposed. This approach serves to optimize the spinning process, reduce defects, and increase the efficiency of highquality yarn production.
Article Content
Kirish. Jahon to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi va bozor raqobatining kuchayishi yuqori sifatli ip mahsulotlariga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Ip sifati nafaqat tayyor mato va trikotaj mahsulotlarining mexanik xossalari, balki ularning tashqi ko‘rinishi, xizmat muddati va iste’molchilarga bo‘lgan talab darajasini ham belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli yigirish jarayonini ilmiy asosda takomillashtirish, ip sifatiga ta’sir etuvchi omillarni chuqur tahlil qilish zamonaviy to‘qimachilik texnologiyasining dolzarb vazifalaridan biridir. Zamonaviy yigirish texnologiyalari orasida pnevmomexanik (rotorli) yigirish mashinalari yuqori unumdorligi, texnologik barqarorligi va iqtisodiy samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiya qisqa va o‘rta uzunlikdagi tolalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish hamda energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, pnevmomexanik yigirish jarayonida ip strukturasi halqali yigirishga nisbatan murakkabroq bo‘lib, ip sifati ko‘plab texnologik va xomashyo omillarining o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Pnevmomexanik yigirish mashinasida ip sifati rotor aylanish tezligi, buram miqdori, havo oqimi bosimi, tolalarning uzunligi, nozikligi va tozalanganlik darajasi kabi omillarga bevosita bog‘liq. Ushbu parametrlarning noto‘g‘ri tanlanishi ipda notekislik, mustahkamlikning pasayishi, tuklilikning ortishi va nuqsonlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli ip sifatini baholash faqat tajribaviy usullar bilan emas, balki matematik modellar, statistik tahlil va texnologik tasniflash orqali amalga oshirilishi lozim.Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, pnevmomexanik yigirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda ko‘proq texnologik parametrlarning alohida ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, ip sifatini kompleks tasniflash masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Ayniqsa, ip sifat ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga olgan holda ularni qo‘llanish sohalari bo‘yicha guruhlash va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 299
Textile and light industry technologies
Mazkur ilmiy maqolaning asosiy maqsadi pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqariladigan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilish, ularni ilmiy asoslangan mezonlar asosida tasniflash va texnologik parametrlarning ip sifatiga ta’sirini matematik hamda grafik usullar yordamida baholashdan iborat. Tadqiqot natijalari yigirish jarayonini optimallashtirish, nuqsonlarni kamaytirish va ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan yuqori sifatli ip ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.Shu sababli pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqariladigan ip sifatini ilmiy asosda baholash, matematik modellashtirish va tasniflash ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb masala hisoblanadi. Pnevmomexanik yigirish jarayoni tolalarni ochish, ajratish va rotor ichida havo oqimi yordamida yig‘ib burash tamoyiliga asoslanadi. Jarayon quyidagi asosiy bosqichlardan iborat. Texnologik parametrlarning ip sifatiga ta’siri. Rotor aylanish tezligi ipning zichligi va mustahkamligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tezlik oshishi bilan ip ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, biroq haddan tashqari yuqori tezlik tolalarning notekis joylashuviga sabab bo‘lib, ip sifati yomonlashadi. 1-jadval. Ip sifatiga ta’sir etuvchi texnologik parametrlar Rotor aylanish tezligi (ayl/min)
Tuklilik ko‘rsatkichi 45000 700 15.2 12.8 6.5 55000 780 12.4 14.6 5.2 60000 820 11.8 15.1 4.9 70000 880 14.9 13.2 6.1
Buram miqdori (buram/m)
Ip notekisligi CV %
Ip mustahkamlik (cN/tex)
Sifatli ip ishlab chiqarishning ilmiy tasnifi. Ilmiy-tajribaviy natijalarga asoslanib pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqariladigan iplar quyidagi mezonlar asosida tasniflanadi. 2-jadval. Ishlab chiqariladigan iplarning guruhlanishi
Ip guruhi CV, % Mustahkamlik Qo‘llanish sohasi Yuqori sifatli ≤ 12 Yuqori Trikotaj O‘rta sifatli 12–16 O‘rta To‘qima matolar Texnik iplar ≥ 16 Past Texnik mahsulotlar
Mazkur tasnif ishlab chiqarish jarayonini moslashuvchan boshqarish va sifat nazoratini takomillashtirish imkonini beradi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, pnevmomexanik yigirishda ip sifati ko‘p omilli tizim bo‘lib, texnologik parametrlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishi yuqori sifatli mahsulot olishning asosiy sharti hisoblanadi. Matematik modellar va grafik tahlillar ip sifatini bashorat qilish imkonini beradi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
1-rasm Rotor qurulmasi Pnevmomexanik yigirish jarayonining fizik-texnologik asoslari. Pnevmomexanik yigirish texnologiyasi tolalarni individual holatga keltirib, ularni havo oqimi yordamida yuqori tezlikda
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 300
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
aylanuvchi rotor ichiga uzatish va markazdan qochma kuch ta’sirida yig‘ib, buram berish tamoyiliga asoslanadi. Rotor ichida hosil bo‘ladigan aerodinamik muhit tolalarning joylashuvi va ip strukturasi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Rotor ichidagi tolalar harakati quyidagi ifoda bilan tavsiflanadi: Fc = m 2 r Bu yerda: Fc – markazdan qochma kuch (N); m – tolalar massasi (kg); – burchak tezlik (rad/s); r–rotor radiusi (m) Mazkur kuch tolalarning rotor devoriga bir tekis taqsimlanishini ta’minlab, ipning strukturaviy barqarorligini shakllantiradi. Ip sifatini baholashning matematik modellari. Pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqariladigan ip sifati bir qator miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Ipning chiziqli zichligi va notekisligi bilan bir qatorda uning mexanik mustahkamligi ham asosiy mezon hisoblanadi. Ipning uzilish kuchi bilan buram miqdori orasidagi bog‘liqlik quyidagi empirik ifoda orqali aniqlanadi. F = k⋅Zα bu yerda: F – uzilish kuchi (N), k – buram miqdori (buram/m), Za – tajribaviy koeffitsiyentlar. Ushbu bog‘liqlik shuni ko‘rsatadiki, buram miqdorining optimal qiymatidan oshib ketishi ip mustahkamligining pasayishiga olib keladi. Tadqiqot obyekti va materiallari. Tadqiqot obyekti sifatida zamonaviy pnevmomexanik (rotorli) yigirish mashinasida ishlab chiqarilgan paxta tolali iplar tanlab olindi. Tajribalar o‘rta uzunlikdagi paxta tolalaridan (o‘rtacha uzunligi 28–30 mm, mikroneri 4.2–4.5) foydalanilgan holda olib borildi. Xomashyo yigirishdan oldin standart texnologik tayyorlash bosqichlaridan (ochish, tozalash va karderlash) o‘tkazildi. Tajriba uchun 20–40 tex diapazondagi iplar ishlab chiqarilib, har bir texnologik rejim uchun kamida 10 ta namuna tayyorlandi. Bu natijalarning ishonchliligini ta’minlash imkonini berdi. Tajriba o‘tkazish sharoitlari. Tajriba jarayonida quyidagi asosiy texnologik parametrlar o‘zgartirildi: − rotor aylanish tezligi: 45 000 – 70 000 ayl/min − buram miqdori: 650 – 900 buram/m − havo oqimi bosimi: 3.5 – 5.0 kPa Barcha tajribalar to‘qimachilik sanoatida qabul qilingan standart muhit sharoitlarida (harorat 20 ± 2 °C, nisbiy namlik 65 ± 5 %) amalga oshirildi. Ip sifat ko‘rsatkichlari quyidagi usullar asosida aniqlanadi: • Chiziqli zichlik – gravimetrik usul bilan • Uzilish kuchi va cho‘zilish – dinamometr yordamida • Notekislik (U%, CV%) – statistik tahlil asosida • Tuklilik – optik sensorli usul bilan Rotor aylanish tezligining ip sifatiga ta’siri. Tadqiqot natijalari rotor aylanish tezligining ip mustahkamligi va notekisligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Rotor tezligi 55 000–60 000 ayl/min oralig‘ida ipning uzilish kuchi maksimal qiymatga erishdi. Ushbu qiymatdan yuqori tezliklarda tolalarning rotor ichida notekis joylashuvi natijasida ip mustahkamligi pasayishi kuzatildi. Bu holat markazdan qochma kuchning haddan tashqari oshishi bilan izohlanadi, natijada tolalar orasidagi bog‘lanish mustahkamligi kamayadi. Buram miqdori va ip strukturasi o‘rtasidagi bog‘liqlik. Buram miqdori ipning strukturaviy yaxlitligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Tajriba natijalari buram miqdori 750– 820 buram/m oralig‘ida ipning optimal mexanik xossalari shakllanishini ko‘rsatdi. Buramning ortishi bilan ip qattiqlashib, cho‘zilish qobiliyati kamaydi. Bu natijalar ilgari chop etilgan ilmiy tadqiqotlar bilan mos keladi va pnevmomexanik yigirish uchun optimal buram oralig‘ini aniqlash imkonini beradi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 301
Textile and light industry technologies
1-rasm. Rotor tezligi va ip mustahkamligi 2-rasm. Rotor tezligi va ip notekisligi Havo oqimi bosimining tuklilikka ta’siri. Havo oqimi bosimi ip tukliligining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bosim 4.0–4.5 kPa bo‘lganda tuklilik minimal qiymatga ega bo‘ldi. Past bosim tolalarning yetarli yo‘naltirilmasligiga, yuqori bosim esa tolalarning uzilishiga olib keldi. Ip sifatining kompleks bahosi. Olingan natijalar asosida pnevmomexanik yigirish mashinasida ishlab chiqarilgan iplar sifat darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratildi: yuqori sifatli, o‘rta sifatli va texnik iplar. Kompleks baholash texnologik parametrlarni moslashtirish orqali mahsulot sifatini boshqarish imkonini beradi. Natijalarni ilmiy muhokama qilish. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, pnevmomexanik yigirish jarayonida ip sifati ko‘p omilli tizim bo‘lib, parametrlarning optimal kombinatsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda taklif etilgan yondashuv pnevmomexanik yigirish texnologiyasini ilmiy asosda optimallashtirishga xizmat qiladi. Xulosa. Mazkur ilmiy tadqiqot pnevmomexanik (rotorli) yigirish mashinalarida sifatli ip ishlab chiqarish jarayonini kompleks yondashuv asosida o‘rganishga bag‘ishlandi. Tadqiqot natijalari pnevmomexanik yigirish texnologiyasida ip sifati ko‘plab texnologik parametrlarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanishini tasdiqladi. Xususan, rotor aylanish tezligi, buram miqdori va havo oqimi intensivligi ipning mustahkamligi, notekisligi va tuklilik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. O‘tkazilgan laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatdiki, rotor tezligining 55 000–60 000 ayl/min oralig‘ida bo‘lishi ipning optimal mustahkamligini ta’minlab, notekislik ko‘rsatkichini minimal darajada ushlab turishga imkon beradi. Rotor tezligining haddan tashqari oshirilishi esa tolalarning uzilishi, ip strukturasining buzilishi va tuklilikning ortishiga olib kelishi aniqlandi. Bu holat pnevmomexanik yigirish jarayonida texnologik parametrlarni qat’iy nazorat qilish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida ip sifat ko‘rsatkichlarini tasniflashga ilmiy yondashuv ishlab chiqildi. Taklif etilgan tasniflash iplarning qo‘llanish sohalari bo‘yicha to‘g‘ri tanlanishiga, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishga va mahsulot sifatini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Olingan natijalar pnevmomexanik yigirish mashinalarini ekspluatatsiya qilishda, texnologik rejimlarni tanlashda hamda sanoat sharoitida yuqori sifatli ip ishlab chiqarishda amaliy ahamiyatga ega
References (3)
- 1. Q.Gʻ. Gʻofurov, S.L.Matismoilov, M.Sh.Xoliyarov. Yigiruv korxonalari jixozlari. Darslik. T.: Shark 2007 y -171 bet.
- 2. Gʻofurov Q.Gʻ., Matismailov S.L. Xorijiy firmalarning yigirish texnologiyasi va jixozlari. Toshkent, 2002.
- 3. Gʻofurov J.Q., Jumaniyazov Q.J., Gʻofurov J. Pnevmomexanik yigirish kamerasi diametrining ip strukturasi va xossalariga taʼsiri, Toʻqimachilik muammolari. -Toshkent, 2006 y., №3., 50 b. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 302