Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
SH., Qurbonov A.B. 5LP rusumli linterga tajriba arra oraliq qistirmalarini tayyorlash va tajribalarning metodik uslublari
Abstracts
Maqolada chigitni linterlash jarayoni va linterlash uskunalarini takomillashtirish, 5LP linterini ish unumdorligini oshirish va energiyani tejash maqsadida tajribalarni o‘tkazish uchun tayyorlangan tajriba arra oraliq qistirmalarini tayyorlash va tajribalarni o‘tkazish metodik uslublari bayon qilingan. Tajribalarni o‘tkazish uchun uchta variantdagi tashqi diametrlari kattalashtirilgan arra oraliq qistirmalari tayyorlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
linterlashtajribaarraunumdorlikqistirmasilindr. PREPARATION OF EXPERIMENTAL INTERMEDIATE INSERTS FOR A 5LP-TYPE LINTER SAW AND METHODOLOGY OF CONDUCTING EXPERIMENTS 1Nazirov R.R.2Abdurahmonov O.SH.2Qurbonov A.B. ¹Research Institute of Fiber Crops²Termez state university of engineering and agrotechnologies
The article describes the methodological methods for preparing experimental saw spacers and conducting experiments to improve the seed linting process and linting equipment, increase the productivity of the 5LP linter, and save energy. Data on the manufacture of saw spacers with increased external diameters in three variants for conducting experiments are presented.
References (14)
- 1. Мухаммедова М.О. Анализ предложенных решений исследователями от травм голеностопного сустава// Развитие науки и технологий научно – технический журнал.2025 г.-С.272-275.
- 2. Мухаммедова М.О. Конструктивный анализ ортопедической обуви и ортезов для стоп с поражением голеностопного сустава // Развитие науки и технологий научно – технический журнал.2025 г.-С.259-267.
- 3. Кофлин М.Дж., Салтцман К.Л., Андерсон Р.Б. Хирургия стопы и голеностопного сустава. – 10-е изд. – Филадельфия: Elsevier, 2019. – 2100 с.
- 4. Ким Дж.Х., Ли Х., Пак С. Распределение подошвенного давления у пациентов с нестабильностью голеностопного сустава и его значение для проектирования ортопедической обуви // Gait & Posture. – 2020. – Т. 82. – С. 233–239.
- 5. Ли И., Ван Х., Чэнь С. Биомеханические характеристики ортопедических подошв: сравнительный анализ ЭВА, резины и композитов на основе ПВХ // Journal of Biomechanics. – 2021. – Т. 117. – С. 110249.
- 6. Лопес Ф., Родригес А., Гарсия М. Износостойкость и долговечность полимерных подошв ортопедической обуви при циклических нагрузках // Polymer Degradation and Stability. – 2022. – Т. 199. – С. 109900.
- 7. Шакур Н., Блок Дж.А. Биомеханика ходьбы и её связь с ортопедической обувью у пациентов с повреждениями суставов // Clinical Biomechanics. – 2018. – Т. 55. – С. 20–26.
- 8. Чжан Л., Чэнь П., Сюй К. Новые полимерные композиты для лечебной обуви: оптимизация материалов и клиническая валидация // Composites Science and Technology. – 2023. – Т. 237. – С. 110079. Мухаммедова Мадина Олимовна – доцент кафедры «Инженерия лёгкой промышленности и дизайн» Бухарского государственного технического университета. Тел.: +998-90-512-50-70 E-mail: mukhammedova_92@mail.ru UDK 677.21.051.2. 5LP RUSUMLI LINTERGA TAJRIBA ARRA ORALIQ QISTIRMALARINI TAYYORLASH VA TAJRIBALARNING METODIK USLUBLARI 1Nazirov R.R., 2Abdurahmonov O.SH., 2Qurbonov A.B. 1“Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti”, 2“Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti”. Annotatsiya. Maqolada chigitni linterlash jarayoni va linterlash uskunalarini takomillashtirish, 5LP linterini ish unumdorligini oshirish va energiyani tejash maqsadida tajribalarni o‘tkazish uchun tayyorlangan tajriba arra oraliq qistirmalarini tayyorlash va tajribalarni o‘tkazish metodik uslublari bayon qilingan. Tajribalarni o‘tkazish uchun uchta variantdagi tashqi diametrlari kattalashtirilgan arra oraliq qistirmalari tayyorlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: linterlash, tajriba, arra, unumdorlik, qistirma, silindr. PREPARATION OF EXPERIMENTAL INTERMEDIATE INSERTS FOR A 5LP-TYPE LINTER SAW AND METHODOLOGY OF CONDUCTING EXPERIMENTS 1Nazirov R.R., 2Abdurahmonov O.SH., 2Qurbonov A.B. ¹Research Institute of Fiber Crops, ²Termez state university of engineering and agrotechnologies. Abstract. The article describes the methodological methods for preparing experimental saw spacers and conducting experiments to improve the seed linting process and linting equipment, increase the productivity of the 5LP linter, and save energy. Data on the manufacture of saw spacers with increased external diameters in three variants for conducting experiments are presented. Keywords: lintering, experiment, saw, productivity, gasket, cylinder. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
- Textile and light industry technologies Kirish. Hozirgi vaqtda paxta tozalash korxonalarining jinlangan chigitni linterlash sexlarida keng qo‘llanilib kelinayotgan 5LP rusumli linterlarida ishchi kamera ko‘ndalang kesimining kattalashtirilishi linterning ish unumdorligini bor-yo‘g‘i 5-8 % ga oshirish imkonini berdi. Kamera hajmining kattalashishi esa ishchi kameradan linterlangan chigitlarning o‘z vaqtida tashqariga chiqishini jadallashtirmagan. Natijada kameradagi chigitli valik massasining va zichligining ortishi yuzaga kelgan. Bu o‘z navbatida chigitli valikdan arrali silindrga tushayotgan yuklamani ortishiga olib keldi
- [1]. Ortiqcha yuklamani yengish, chigitli valikka kerakli tezlikni berish va linterlash jarayonini tiqilmasdan amalga oshirish uchun arrali silindrga 18,5 kVt li elektr dvigateli o‘rnatilgan. Izlanuvchi E.K. Nuraliyev [2] nazariy tadqiqotlar natijasida linter uchun hajmiy jihatidan kattalashtirilgan KL-7 rusumli ishchi kamerani taklif etadi. Kamerada tashqi diametri 240 mm ga ega bo‘lgan aralashtirgich qo‘llaniladi. Tadqiqot ishlarining yakunida taklif etilgan ishchi kamera unda qo‘llanilgan aralashtirgich chigitli valikni yaxshi aralashtirish hiobiga linterning chigit va momiq bo‘yicha ish unumdorligiga ijobiy ta’sir etganligi aniqlangan. Linter uskunasini takomillashtirish bo‘yicha “Paxta sanoat ilmiy markazi” tomonidan yangiliklar qilishga harakatlar bo‘lgan [3, 4]. Lekin asosiy masala linterning ish unumdorligini sezilarli ravishda oshishiga yetishadigan natijalarga erishilmagan. Tadqiqotning metodik uslublari. Tadqiqot jarayonida nazariy va amaliy mashina va mexanizmlar nazariyasi, texnologik mashinalarni ish jarayonlarini matematik modellashtirish, matematik statistika va hisoblash matematikasi usullari bo‘yicha metodik qo‘llanmalardan foydalaniladi. Mulohaza va natijalar. O‘tkazilgan analitik tahlillar natijasida amaldagi 5LP linterini arrali silindridagi arralar oraliq qistirmalarini nisbatan katta diametrdagi qistirmalarga almashtirish (qistirmalarni eni o‘zgarishsiz qoladi) linterning ishchi kamerasidagi jarayonlarga ijobiy ta’sir etishi, ishchi kameradagi chigit zichligining nisbatan kamayishi, yaxshi aralashishi hisobiga ish unumdorligining oshishi mumkinligi to‘g‘risida ishchi gipoteza ishlab chiqildi [5, 6]. Taklif etilayotgan ishchi gipotezani amalga oshirilishi natijasida quyidagilar kutilmoqda: Arra valini linterga va undagi arra disklarini valga nisbatan aniq mahkamlash, shuningdek, har bir kolosnikli panjara seksiyasini arralar oralig‘i bo‘ylab tekislash ta’minlanadi, shuning hisobiga bir arraning kolosnikli panjara tirqishidagi nominal holatidan og‘ishi amaldagi 5LP rusumli linterga qaraganda ancha kam bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, katta diametrli arralar oraliq qistirmalari bilan siqilgan arralarni deformatsiyasi butunlay bartaraf qilinishi va natijada arralarni valga yig‘ishdan avval bolg‘a bilan urib to‘g‘rilash istisno qilinishi mumkin. Ishlab chiqiladigan takomillashtirilgan linterning ishchi kamerasida chigit qatlamining qalinligi amaldagi 5LP rusumli linterga qaraganda o‘rtacha 1,4-1,5marta kamayishi mumkin. Ushbu omil tufayli, shuningdek, kameraning pastki qismida aylanadigan arrali barabanidagi katta diametrdagi arra oraliq qistirmalarini chigit qatlamiga tayanch bo‘lishi tufayli chigit qatlamlarining mutlaq va nisbiy tezligi oshishi, ularni kamerada yaxshiroq aralashishi, massa almashishi tezlashishi natijasida ishlab chiqiladigan linterning unumdorligi amaldagi 5LP rusumli linterga nisbatan 1,3-1,4 marta oshishi kutilmoqda. Hisob-kitoblar va o‘lchovlar shuni ko‘rsatdiki, amaldagi 5LP linterdagi arra silindrni aylantiruvchi elektr dvigatelning energiya sarfining 85% gachasi arrali silindrni chigit qatlamiga ishqalanishiga va 15% gachasi arrali silindrni kolosnikli panjaralarga ishqalanish uchun sarflanadi. Ishlab chiqilayotgan takomillashtirilgan linterda arrali silindrni chigit qatlamiga kirishi sezilarli ravishda kamaytirilishi mumkin, amaldagi 5LP rusumli linterda arrali silindni chigit qatlamiga kirishi 28 mm ni tashkil etadi, shuning uchun boshqa barcha shartlar teng bo‘lsa, takomillashtirilgan linterda arralarning yon yuzalarini ishqalanishi uchun energiya sarfi sezilarli darajada, ya’ni 10-15 % ga kamayishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan ishchi gipotezani amalga oshirish uchun 5LP linterining arrali barabaniga tajriba qistirmalarining chizmasi ishlab chiqildi (1-rasm). Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari 1-rasm. Tajriba arra oraliq qistirmalarining sxematik chizmasi 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, tajribalarni o‘tkazish uchun uchta diametrdagi: 180 mm, 200 mm va 220 mm ga teng bo‘lgan arra oraliq qistirmalari tanlab olindi. Qistirmalarni tayyorlanish jarayonini soddalashtirish va tannarxini kamaytirish maqsadida ularni qattiq DSP materialidan tayyorlandi. Demak, har bir variant tajribalari uchun 161 donadan, uchta variant uchun esa 483 dona arra oraliq qistirmalari tayyorlandi. Tayyorlangan qistirmalarni ko‘rinishlaridan lavhalar 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Tayyorlangan har xil diametrdagi qistirmalarni ko‘rinishlaridan lavhalar “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
- Textile and light industry technologies Tayyorlangan tajriba arra oraliq qistirmalarini har bir variantini 5LP linterining arrali barabanini yig‘ish sexida navbatma-navbat yig‘ib, yig‘ilgan arrali barabanni tanlab olingan linter mashinasiga qo‘yilib, tajribalarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Tajribalarni o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi paxta tozalash korxonasi tanlab olindi. Tayyorlangan tajriba arra oraliq qistirmalarini bitta tanlab olingan linterga navbatma-navbat o‘rnatilib, 5LP linterining amaldagi 160 mm li arra oraliq qistirmasiga nisbatan qiyosiy tajribalarini o‘tkaziladi. Buning uchun avvalo tanlab olingan linterni sozlanib bir xil ish sharoiti o‘rnatiladi. Amaldagi va tajriba arra oraliq qistirmalarini o‘rnatilganida hamma variantlarda bir xil yangi 320 mm diametrli arrali disklar ishlatilishi ta’minlanadi. Linterga bir xil tukdorlikdagi jinlangan chigit beriladi, linterning chigit ta’minoti va chigit tarog‘ining holati hamma variantlar uchun bir xilda sozlanadi. Ayni vaqtda tayyorlangan tajriba arra oraliq qistirmalari paxta tozalash korxonasiga keltirildi. Tajribalarni o‘tkazish uchun linter mashinasi tanlab olindi. Tajribalarni o‘tkazish metodik uslublari ishlab chiqildi. 3-rasm. Tayyorlangan har xil diametrdagi qistirmalarni og‘irligini o‘lchash jarayonidan lavhalar Xulosa. Tanlab olingan ishchi gipotezani amalga oshirish uchun kerakli ehtiyot qismlari variantlari tanlab olindi, tajriba arra oraliq qistirmalari tayyorlandi. Paxta tozalash korxonasida tadqiqotlarni o‘tkazish uchun 5LP linteri tanlab olindi. Tajribalarni o‘tkazishning metodik uslublari ishlab chiqildi. Tashqi diametrlari kattalashtirilgan arra oraliq qistirmalarining qo‘llanilishi linterning ishchi kamerasida chigit qatlamining qalinligi amaldagi 5LP rusumli linterga qaraganda o‘rtacha 1,4-1,5 marta kamayishi, shuningdek, kameraning pastki qismida aylanadigan arrali barabanidagi katta diametrdagi arra oraliq qistirmalarini chigit qatlamiga tayanch bo‘lishi tufayli chigit qatlamlarining mutlaq va nisbiy tezligi oshishi, ularni kamerada yaxshiroq aralashishi, massa almashishi tezlashishi natijasida ishlab chiqiladigan linterning unumdorligi amaldagi 5LP rusumli linterga nisbatan 1,3-1,4 marta oshishi kutilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar:
- 1. Сулаймонов Р.Ш., Каримов У.К., Маруфханов Б.Х. Изучение технологий и оборудования зарубежного производства по джинированию хлопка-сырса, линтерованию семян, очистки волокна и линта, эксплуатируемого на отечественных хлопкозаводах с выдачей рекомендатсий. Отчет по НИР. АО “Пахтасаноат илмий маркази”. Ташкент, 2016.- 28 с.
- 2. Nuraliev E.K. Povыshenie effektivnosti linterovaniya xlopkovыx semyan putem sovershenstvovaniya rabochey kamerы lintera. Diss. kand.tex.nauk, TITLP, Tashkent, 1990.- 138 s. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 316