Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Homilador ayollar uchun transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish va uning funksional samaradorligini baholash

UBAYDOVA V.E., ABBOSOVA M.O.

Nashr
2-son
Sahifalar
363–371
Nashr etildi
25.04.2026
Ko'rishlar
2 6

Annotatsiyalar

Mazkur maqolada homilador ayollar uchun mo‘ljallangan transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish va uning funksional samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida homiladorlik davrida tana o‘lchamlarining dinamik o‘zgarishlari tahlil qilinib, moslashuvchan konstruktiv yechimlar ishlab chiqildi. Tajriba-sinov natijalari ishlab chiqilgan modelning ergonomik qulaylik, funksional moslashuvchanlik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishini tasdiqladi. Taklif etilgan konstruksiya yengil sanoat korxonalarida sanoat usulida ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi.

Adabiyotlar (37)

  1. 1. Krishnaswami S. New technology of silkworm rearing // Bulletin No. 2. — Central Sericultural Res. Inst., Mysore. 1978. — P. 1–23.
  2. 2. Rahmathulla V.K. Management of climatic factors for successful silkworm crop and higher silk production // Psyche. 2012. — Vol. 2012. — Article 121234. — P. 1–12.
  3. 3. Kumar U.A. et al. Optimizing silkworm rearing: impact of environmental factors on cocoon production // Research Biotica. 2021. — Vol. 3(4). — P. 195–202.
  4. 4. Bekkamov X.S., Samatova N.R. O‘zbekiston sharoitida ipak qurti parvarishlash texnologiyasini takomillashtirish // Agro ilm. 2023. — № 4. — B. 45–52.
  5. 5. Offord C., Vollrath F., Holland C. Environmental effects on construction and physical properties of Bombyx mori cocoons // J. Mat. Sci. 2016. — Vol. 51. — P. 10863–10872.
  6. 6. Patil S., Ramesh V. IoT-enabled sensors and AI algorithms for optimizing silkworm rearing environments // Int. J. Agricultural Technology. 2020. — Vol. 16(3). — P. 112–125.
  7. 7. Rapusa H.R., Gabrieal B.P.T. Suitable temperature, humidity and larval density in rearing Bombyx mori // Philippine Dept. Agriculture. 1979. — Vol. 63. — P. 186–204.
  8. 8. Kim H., Park S., Lee J. IoT-based monitoring system for optimizing cocoon quality // J. Applied Entomology. 2019. — Vol. 143(8). — P. 765–777.
  9. 9. Tazima Y. The Silkworm: An Important Laboratory Tool. - Tokyo: Kodansha, 1978. — 307 p.
  10. 10. Zhang X. et al. AI-assisted disease management in sericulture: A review // Computers in Biology and Medicine. 2020. — Vol. 118. — P. 103636. UDK 687.01 HOMILADOR AYOLLAR UCHUN TRANSFORMATSIYALANUVCHI KIYIM KONSTRUKSIYASINI ISHLAB CHIQISH VA UNING FUNKSIONAL SAMARADORLIGINI BAHOLASH Ubaydova V.E., Abbosova M.O. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Mazkur maqolada homilador ayollar uchun mo‘ljallangan transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish va uning funksional samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida homiladorlik davrida tana o‘lchamlarining dinamik o‘zgarishlari tahlil qilinib, moslashuvchan konstruktiv yechimlar ishlab chiqildi. Tajriba-sinov natijalari ishlab chiqilgan modelning ergonomik qulaylik, funksional moslashuvchanlik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishini tasdiqladi. Taklif etilgan konstruksiya yengil sanoat korxonalarida sanoat usulida ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: transformatsiyalanuvchi kiyim, homilador ayollar kiyimi, konstruksiyalash, adaptiv elementlar, ergonomika, texnologik jarayon. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  11. Textile and light industry technologies DEVELOPMENT OF TRANSFORMABLE CLOTHING DESIGN FOR PREGNANT WOMEN AND EVALUATION OF ITS FUNCTIONAL EFFICIENCY Ubaydova V.E., Abbosova M.O. Bukhara state technical university. Abstract. This article addresses the development of a transformable clothing design for pregnant women and the evaluation of its functional efficiency. The study analyzes the dynamic changes in body measurements during pregnancy and proposes adaptive design solutions. The experimental results confirm that the developed model improves ergonomic comfort, functional adaptability, and economic efficiency. The proposed design is recommended for industrial production in light industry enterprises. Keywords: transformable clothing, maternity wear, garment construction, adaptive elements, ergonomics, technological process. Kirish. Yengil sanoatda ayollar kiyimini loyihalash jarayonida homiladorlik davriga mo‘ljallangan mahsulotlar alohida ilmiy-amaliy yondashuvni talab etadi. Homiladorlik jarayonida tana shakli va o‘lchamlarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi an’anaviy kiyim konstruksiyalarining funksional imkoniyatlarini cheklaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, aksariyat mavjud modellar homiladorlikning ma’lum bir bosqichigagina mos keladi. Bu esa iqtisodiy va ergonomik jihatdan noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli transformatsiyalanuvchi konstruktiv yechimlar ishlab chiqish dolzarb ilmiy masala hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi — homiladorlikning turli bosqichlariga moslashuvchi transformatsion kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish va uning funksional samaradorligini eksperimental baholash. Homilador ayollar kiyimini loyihalash masalasi so‘nggi yillarda kiyim konstruksiyalash va dizayn texnologiyasi yo‘nalishida alohida tadqiqot obyekti sifatida shakllanmoqda. Ilmiy manbalarda homiladorlik davrida ayol organizmida yuz beradigan morfologik va antropometrik o‘zgarishlarning kiyim konstruksiyasiga ta’siri keng yoritilgan. Xorijiy tadqiqotlarda homilador ayollar kiyimini ishlab chiqishda ergonomik yondashuv ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘riladi. Tadqiqotchilar qorin aylanasining ortishi, og‘irlik markazining oldinga siljishi va bel chizig‘ining yuqoriga ko‘tarilishi kabi omillarni konstruktiv hisob-kitoblarda inobatga olish zarurligini ta’kidlaydilar. Bu esa kiyimda bosimning notekis taqsimlanishining oldini olishga xizmat qiladi. Homilador ayollar kiyimida transformatsiya asosan qorin sohasida amalga oshiriladi. Kiyimning old qismi yoki yon choklarida joylashtirilgan qo‘shimcha detallar yordamida kiyim hajmi bosqichma-bosqich kengaytirilib boriladi. Natijada kiyim homiladorlikning dastlabki, o‘rta va so‘nggi davrlarida bir xil darajada qulay bo‘lib qoladi. Kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish jarayonida transformatsiyalanuvchi homiladorlar kiyimi konstruksiyasini ishlab chiqishning antropometrik o‘lchamlar tahlili muhim bosqich hisoblanadi. Qorin atrofi, bel va son o‘lchamlarining o‘sish dinamikasi hisobga olinib, konstruktiv kengayish chegaralari aniqlanadi. Shundan so‘ng asosiy andoza ishlab chiqilib, transformatsiya elementlari joylashtiriladi. Konstruksiyada old detalning pastki yoki markaziy qismida ochiluvchi qo‘shimcha bo‘laklardan foydalanish keng tarqalgan. Shuningdek, bel chizig‘ida elastik elementlar qo‘llash kiyimning tanaga moslashuvchanligini oshiradi. Ushbu yechimlar kiyimning tashqi ko‘rinishini buzmagan holda funksionalligini ta’minlaydi. Funksional samaradorlikni baholashda ishlab chiqilgan transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasining funksional samaradorligi bir qator mezonlar asosida baholanadi. Avvalo, kiyimning moslashuvchanlik darajasi aniqlanadi, ya’ni uning nechta homiladorlik bosqichida qulay foydalanilishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, harakat qulayligi, bosim yo‘qligi va kiyimning ekspluatatsion chidamliligi baholanadi. Baholash jarayonida tajriba-sinov kiyish usuli qo‘llanilib, homilador ayollarning subyektiv fikrlari so‘rovnoma orqali o‘rganiladi. Vizual kuzatuv va ergonomik tahlil natijalari kiyim konstruksiyasining amaliy samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Transformatsiyalanuvchi kiyim — bu konstruksiyasi maxsus mexanizmlar yoki konstruktiv elementlar yordamida o‘zgarib, turli o‘lcham va holatlarga moslasha oladigan kiyim turidir. Bunday kiyimlarda kengayuvchi qo‘shimcha detallar, elastik qismlar, bog‘ichlar, fermuarlar va tugmalar Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
  12. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari faol qo‘llaniladi. Transformatsiyalanuvchi kiyimlarning asosiy afzalligi shundaki, ular iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, bitta kiyimdan uzoq muddat foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, bunday kiyimlar ekologik jihatdan ham ma’qul hisoblanadi, chunki ortiqcha kiyim ishlab chiqarish va iste’moli kamayadi. Keyingi bosqichda asosiy andoza ishlab chiqilib, transformatsiya elementlari joylashtiriladi. Ko‘pincha kiyimning old detalida ochiluvchi yoki burmali qo‘shimcha bo‘laklar qo‘llaniladi
  13. [1]. Yon choklarda esa elastik qo‘shimchalar yoki sozlanadigan bog‘ichlar yordamida kengayish ta’minlanadi. Bunday yechimlar kiyimning tashqi ko‘rinishini buzmagan holda uning funksionalligini oshiradi. Shuningdek, konstruksiyada qatlamli tuzilishdan foydalanish ham samarali hisoblanadi. Ichki qatlam tanaga moslashuvchan bo‘lsa, tashqi qatlam estetik ko‘rinishni ta’minlaydi. Bu usul kiyimning umumiy qulayligi va chidamliligini oshiradi. Ishlab chiqilgan transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasining funksional samaradorligini baholash muhim bosqich hisoblanadi. Funksional samaradorlik deganda, kiyimning foydalanish jarayonida qulaylik, moslashuvchanlik va chidamlilik darajasi tushuniladi. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Baholash jarayonida bir nechta mezonlar asos qilib olinadi. Jumladan, kiyimning moslashuvchanlik darajasi, ya’ni uning nechta homiladorlik bosqichida qulay kiyilishi aniqlanadi. Bundan tashqari, harakat erkinligi, bosimning yo‘qligi va kiyimning ekspluatatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Amaliy baholash usullariga tajriba-sinov kiyish, so‘rovnoma va vizual kuzatuvlar kiradi. Tajriba jarayonida homilador ayollarning subyektiv fikrlari o‘rganilib, kiyimning real foydalanish sharoitidagi afzallik va kamchiliklari aniqlanadi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, homilador ayollar uchun transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish zamonaviy kiyim dizaynining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday kiyimlar ergonomik va gigiyenik talablarni qondirgan holda, ayol tanasidagi o‘zgarishlarga moslashadi hamda kiyimdan foydalanish muddatini sezilarli darajada uzaytiradi
  14. [1]. Natijada transformatsiyalanuvchi kiyimlar nafaqat qulaylik va estetik ko‘rinishni ta’minlaydi, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali yechim hisoblanadi. Iqtisod qilishdan tashqari, transformatsiya qilingan kiyim iste’molchiga bir qator ijobiy funksiyalarni taqdim etishi mumkin. Transformatsiya yordamida inson kun davomida u yoki bu holat uchun qayta kiyinish uchun uyga bormasdan, o‘zining qiyofasini o‘zgartirishi mumkin. Kiyimlarning minimal to‘plam transformatsiyasi tufayli, doimiy ravishda kiyimlarning tashqi ko‘rinishini va navlarini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Transformatsiyali kiyim hayotdagi va hayotiy lavhalarning jo‘shqinligini, vaziyatlarning yuqori tezlikda o‘zgarishi va tez-tez funksional jarayonlarni ifodalashi uchun yaratiladi. Ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar homilador ayollar kiyim assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Funksionallikni baholash qulaylik, siluetni o‘zgartirish imkoniyati, materiallar sifati va psixologik qulaylikni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, bo‘lajak onalar kiyimida morfologik transformatsiya (MT) usullari va metodlaridan foydalanish istiqbolli, chunki u bir qator dolzarb masalalarni hal qilishga yordam beradi: mahsulotlar assortimentini kengaytirish; homilador ayolning garderobidagi kiyimlar sonini qo‘shimcha xarajatlarsiz ko‘paytirish; mahsulotlardan foydalanish muddatini uzaytirish; bo‘lajak onalar kiyimining universalligi, funksional imkoniyatlari va estetik xususiyatlarini oshirish va boshqalar. Homilador ayollar uchun bel kiyimini loyihalashda MTning deyarli barcha turlaridan foydalanish mumkin, shu bilan birga bitta buyumda bir vaqtning o‘zida uning bir nechta turlarini qo‘llash mumkin, bu esa ushbu maqsad uchun mo‘ljallangan buyumlarning bir emas, balki bir qator funksiyalarini bajarishni ta’minlaydi. Umumiy qilib aytganda, transformatsiya bo‘layotgan kiyim iste'molchilarni doim qiziqtirib kelgan va bundan keyin ham qiziqishini tortadi. Chunki konstruktiv yechim erkinligi imkoniyatini berib, garderobda istagan kiyimlarini tashkil etishi hamda tajriba va improvizatsiya qilishga turtki bo‘ladi. Transformatsiyali kiyim-bosh iste’molchining vaqtini va mablag‘ini tejab, ekspluatatsiya vaqtini uzaytiradi. Transformatsiya o‘zgarishlari usul va yo‘nalishlarini o‘rganib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, transformatsiya prinsipi shakl vujudga kelishida fundamental ildizga ega. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  15. Textile and light industry technologies Hоmilаdоr аyоllаr uchun kiyim yаrаtishdа quyidаgi jihаtlаr e’tibоrgа оlinishi lоzim. Mоslаshuvchаnlik – kiyim hоmilаdоrlikning turli bоsqichlаridа аyоl tаnаsigа mоslаshishi kerаk. Buning uchun rezinkа, bоg‘ich vа elаstik mаtоlаrdаn fоydаlаnish muhim. Ergоnоmik dizаyn – bel vа qоrin sоhаsini siqib qо‘ymаydigаn yumshоq kesimlаr kerаk. Ekоlоgik xаvfsizlik – kiyim tаrkibi tаbiiy tоlаlаrdаn ibоrаt bо‘lishi, kimyоviy mоddаlаr ishlаtilmаsligi lоzim. Funksiоnаllik – hоmilаdоrlikdаn keyin hаm kiyish mumkin bо‘lgаn universаl mоdellаrgа e’tibоr berishdir. Chirоyli kо‘rinish – zаmоnаviy аyоllаr tаshqi kо‘rinishgа kаttа аhаmiyаt berishgаni sаbаbli estetik dizаyn hаm muhim
  16. [2]. Hоmilаdоr аyоllаr uchun kuzgi kiyim turlаri оrаsidа kо‘prоq ixtisоslаshgаn nаrsаlаr, mаsаlаn, sоvuq hаrоrаtdа yuqоri dаrаjаdаgi qulаylikni tа’minlаydigаn yumshоq аstаrli issiq pаltоlаr hаm qо‘llаnilаdi. Shkаfning muhim elementi, shuningdek, yоmg‘irli kuz kunlаridа quruq vа iliq bо‘lаdigаn qоrin uchun qо‘shimchа jоyni hisоbgа оlgаn hоldа tаnlаngаn yоmg‘ir pаltоsidir. Оnаlik kiyimlаrini tаnlаshdа funksiоnаllik vа qulаylik аsоsiy mezоndir. Kоnvertаtsiyа qilinаdigаn pаltоlаr vа fermuаrli qо‘shimchа qо‘shimchаli kurtkаlаr kаbi shkаf buyumlаri sаlqin mаvsumdа аrаvаchаdа yurish uchun аjrаlmаs bо‘lib qоlаdi. Kiyim mаteriаllаri onаlik kiyimlаri uchun mаteriаllаrni tаnlаsh kelаjаkdаgi оnаning qulаyligi vа sоg‘ligini tа’minlаshdа muhim rоl о‘ynаydi. Pаxtа, bаmbuk, jun vа zig‘ir kаbi tаbiiy mаteriаllаr yuqоri nаfаs оlish vа gipоаlergenik bо'lib, mаksimаl qulаylik dаrаjаsini tа’minlаydi. Hоmilаdоr аyоllаr uchun kiyim-kechаk ishlаb chiqаrishdа elаstiklik qо‘shish uchun elаstаn yоki likrаni о‘z ichigа оlgаn аrаlаsh mаtоlаr hаm keng qо‘llаnilаdi. Bu, аyniqsа, shkаfning shim vа leggings kаbi qismlаri uchun judа muhim, ulаr shаklning о‘zgаruvchаn pаrаmetrlаrigа mоslаshishi vа hаrаkаtni cheklаmаsligi kerаk. Safarbarlik tizimi struktura elementlari sifatida kiyimning transformatsiyalanayotgan detallari namoyon bo‘ladi, elementlarining to‘la o‘zaro ta’sir etishida transformatsiyaning eng ko‘p samarali uslublari namoyon bo‘ladi, alohida struktura elementlarini parallel siljitish yo‘li bilan konstruksiyani ularni birlashtirishda buyumning hajmiy shakli yaratiladi. Homiladorlik davridagi “inson-kiyim” tizim transformatsiyalash, elementni aylantirish yo‘li orqali konstruksiyani transformatsiyalash transformatsiyaning kombinatsiyalangan turi. Homiladorlik davriga mo‘ljallangan transformatsiya uslubining klassifikatsiyasi, klassifikatsiya to‘rt darajali tizim ko‘rinishida taqdim etilgan: 1- daraja – transformatsiyani amalga oshirish uslubi; 2 - daraja hajmni bir qiyomga keltirish bosqichi; 3-daraja - transformatsiyalanayotgan elementlarni birlashtirish uslubi. Klassifikatsiyaning birinchi darajasida transformatsiyaning quyidagi uslublarini ajratib olish mumkin: struktura elementini parallel ko‘chirish; elementni aylantirish; element keskinligini o‘zgartirish; element bog‘liklari keskinligini o‘zgartirish, kombinatsiyalashgan transformatsiya. Konstruksiyaning strukturali elementi keskinligini o‘zgartirish deb buyumdan foydalanish jarayonida egiluvchan materiallardan foydalanish hisobiga uning geometriyasini o‘zgartirish taxmin qilinadi. Bog‘lanishlar keskinligini o‘zgartirish deb aytilganda, birlashgan joylarda konstruksiyani surish (chokdagi, relyeflardagi yirmochlar, yarimtepalar kattaligini o‘zgartirish) tushiniladi. To‘g‘ri yoki trapetsiya ko‘rinishidagi buyumda ixtiyoriy taxlamalar va drapirovkalar (bir qiyomga keltirilmaydigan hajm) shakllanadi. Bir qiyomga keltirilayotgan konstruksiyada buyum hajmining o‘zgarishi rezinkalar, tasmachalar, belbog‘lar, shnurlar yordamida ayolning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Hajmning o‘z-o‘zini rostlashi ba’zi egiluvchan gazlamalarda to‘la-to‘kis yoki qisman kuzatiladi. Ushbu klassifikatsiyadan foydalanishni oddiylashtirish va konstruksiya transformatsiyasini amalga oshiruvchi konstruktiv qarorlar qidiruvini tizimlashtirish imkonini beradi. Ratsional konstruktiv qarorlarni ishlab chiqish berilgan vazifadagi kiyim loyihalasini takomillashtirish eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ayollar faol hayot kechiradi va homiladorlik davrida ham ish, o‘qish, kundalik faoliyatni davom ettiradilar, ular qulay va zamonaviy kiyimga ehtiyoj sezadi. Shunday bo’lsa-da yutuqlar bilan bir qatorda ayrim yechilmagan muammolar kuzatiladi: • Transformatsion kiyimlar bozori kengayib bormoqda, ammo O‘zbekistonda hali yetarli darajada ishlab chiqarilmayapti. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
  17. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari • Mahalliy bozor uchun milliy motivlar bilan uyg‘unlashgan transformatsion dizaynlarga talab katta. • Iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali bo‘lgan kiyimlar yaratilishi zarur. • Kiyimni homiladorlikdan keyin ham kiyish imkoniyati uning funksionalligini oshiradi. Koʻp funksiyali mahsulotlarni oʻzgartirish bugungi kunda yuqori talabga ega innovatsion, zamonaviy kiyimlarga tegishli. Dizaynerlar ham, konstruktorlar ham koʻp funksiyali narsalarni yaratishga rahbarlik qilishadi. Kiyimning zamonaviy dizaynida minimalizm yoʻnalishi paydo boʻldi, uning konsepsiyasi minimal koʻp funksiyali kiyimlardan iborat shkafni shakllantirishga qaratilgan kiyimlarni loyihalashdan iborat. Zamonaviy kiyimlardan foydalanish jarayoni tajriba oʻtkazishga, yaʼni har doim yangi individual tasvirni yaratishga imkon beradigan sharoitlarni yaratadi. Turli xil buyumlarni yoki kiyim elementlarini tajriba qilish, transformatlanadigan va oʻzgartirish qobiliyati isteʼmolchiga moda kostyumining koʻplab variantlarini modellashtirish va bundan tashqari uni turli xil uslub yechimlarida taqdim etish uchun deyarli cheksiz imkoniyatga ega boʻlishga imkon beradi. Bu maqsad zamonaviy dizaynerlar oldiga qoʻyilgan, ushbu maqsadga erishish uchun kiyimda mavjud boʻlgan koʻplab dizayn elementlari qoʻllaniladi. Ushbu elementlar koʻplab dizaynerlar tomonidan kiyim kiyish paytida ham taʼminlanishi mumkin. Kiyim - kechak buyumlari va elementlarini koʻrish va shaklini oʻzgartirishda, elementlarni mahkamlash va ochishda, noanʼanaviy moda qoʻshimchalarida va turli xil aksessuarlarda juda katta imkoniyatlardan foydalanish mumkin
  18. [4]. Transformatsiya ikki asosiy usulda amalga oshirilishi mumkin: bir shaklni boshqasiga aylantirish; bir shakl ichida qismlarni oʻzgartirish. Kiyimning transformatsiya jarayonini iqtisodiyot nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadigan boʻlsak, u isteʼmolchi uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham qulay boʻlishini taʼkidlash lozim. Transformatsiyaga qodir boʻlgan isteʼmolchi deyarli rang va uslubda, materialda bir xil, ammo funksional, operatsion va ergonomik maqsadlarda farq qiladigan bir nechta mahsulotlarni sotib oladi. Ushbu mahsulotlarni loyihalashning iqtisodiy jihatlaridan tashqari, oʻzgaruvchan kiyim odamga boshqa bir qator ijobiy funksiyalardan foydalanishga imkon beradi. Axir, kiyimda transformatsiyadan foydalanish orqali odam oʻzining shaxsiy qiyofasini juda qisqa vaqt ichida oʻzgartiradi. Transformatsiya darajalarini ko‘rib chiqqan holda homilador ayollar kiyimi dizayniga xos bo‘lgan ratsional konstruktiv yechimlar ishlanib, turli xil modellarda qo‘llash imkonini berdi. Ratsionallik deganda, homiladorlikning barcha muddatlarida kiyim o‘lchovlari va shakli o‘zgarishini (transformatsiyasini) va tipaviy qomat uchun bazali konstruksiya asosida ana’naviy usul orqali konstruktiv modellashni ta’minlovchi konstruktiv qarorlar tushiniladi. Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Homiladorlik davri ayol tanasida katta o‘zgarishlarga olib keladi. Bizning yechimimiz bu davr mobaynida ham, undan keyin ham qulaylik va uslubni ta’minlashda sozlanadigan tugmalar qatori, o‘lchamni bosqichma-bosqich kengaytirishga bir nechta tugma, ilmoqlar, modulli birikmalar, turli qismlarni (masalan, yubka va ustki qism) fermuar orqali qo‘shish ajratish imkoniyatidir. Homiladorlar uchun kiyimlar ishlab chiqarishda materiallar tanlovi juda muhim. Ular nafaqat elastik va yumshoq bo‘lishi, balki terining nafas olishini ta’minlashi kerak. Paxta, modal, lyosel va elastan aralashmalari eng ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu materiallar allergiya keltirib chiqarmasligi va uzoq muddat foydalanishda shaklini saqlab qolishi lozim. O‘zbekistonda homilador ayollar uchun transformatsiyalangan (ya’ni, bir necha bosqichga moslasha oladigan, ko‘p funksiyali) kiyimlar to‘plamini ishlab chiqish dizaynerlar va bo‘lajak onalar uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Mahalliy ilmiy ishlarda homilador ayollar kiyimining gigiyenik va texnologik xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lib, elastik va tabiiy tolali gazlamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, ayrim tadqiqotlarda adaptiv choklar va kengaytiruvchi qo‘shimchalardan foydalanish amaliy jihatdan asoslangan. So‘nggi yillarda transformatsiyalanuvchi kiyim konsepsiyasi keng rivojlanmoqda. Transformatsion konstruksiyalar mahsulotni bir necha funksional holatga o‘tkazish imkonini beradi. Bunday modellar yashirin qo‘shimchalar, sozlanadigan choklar va elastik “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  19. Textile and light industry technologies segmentlar orqali o‘lcham moslashuvchanligini ta’minlaydi. Biroq mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, homilador ayollar uchun aynan transformatsiyalanuvchi konstruksiyani kompleks yondashuv asosida ishlab chiqish masalasi yetarlicha o‘rganilmagan. Ko‘plab tadqiqotlar ma’lum bir trimestrga mos modellar bilan cheklanadi. Antropometrik dinamikani bosqichma-bosqich hisobga olgan universal konstruksiya yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shu bois mazkur tadqiqotda homiladorlik davrining turli bosqichlariga moslashuvchi transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish ilmiy yangilik sifatida qaraladi. Tadqiqot kompleks ilmiy-amaliy yondashuv asosida amalga oshirildi hamda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oldi: antropometrik monitoring, konstruktiv tahlil, transformatsion elementlarni ishlab chiqish, tajriba-sinov namunasini tayyorlash va ergonomik baholash. Homilador ayollar organizmida yuz beradigan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida 25 nafar ishtirokchi (I–III trimestr) tanlab olindi. Tadqiqot davomida quyidagi asosiy o‘lchamlar o‘lchandi: ko‘krak aylanasining ortishi; bel chizig‘ining vertikal siljishi; qorin aylanasining o‘sish dinamikasi; son aylanasining o‘zgarishi; old va yon proyeksiyada tana konfiguratsiyasi. O‘lchovlar standart antropometrik metodika asosida santimetr lentalar va marker chiziqlar yordamida amalga oshirildi
  20. [3]. Olingan ma’lumotlar matematik-statistik usulda qayta ishlanib, o‘rtacha qiymat, maksimal va minimal ko‘rsatkichlar aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qorin aylanasining o‘sishi homiladorlik davrida o‘rtacha 18–26 sm oralig‘ida o‘zgaradi. Bu konstruksiyada qo‘shimcha hajmiy zaxira yaratishni talab etadi (1rasmga qarang). I uchoylik II uchoylik III uchoylik 1-rasm. 2-3 uchoyliklar davomida ayollar qomatining bel sohasidagi o‘zgarishlar Transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishda bazaviy ayollar kiyimi konstruksiyasi asos qilib olindi va unga quyidagi modifikatsiyalar kiritildi: old qismda segmentli kengaytiruvchi panel; yon choklarda yashirin ochiluvchi qo‘shimchalar; elastik bel segmenti; sozlanadigan mahkamlash mexanizmi. Konstruksiya CAD tizimi yordamida parametrik modellashtirish asosida ishlab chiqildi
  21. [5]. Parametrik yondashuv antropometrik o‘zgarishlarni raqamli modelga integratsiya qilish imkonini berdi. Transformatsion elementlar konstruksiyada yuklama taqsimotini optimallashtirish hamda o‘lcham moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida joylashtirildi. Gazlama tanlashda quyidagi mezonlar inobatga olindi: elastiklik koeffitsiyenti; gigiyenik xususiyatlar; havo o‘tkazuvchanlik; namlikni shimish darajasi; mexanik mustahkamlik. Asosiy material sifatida tabiiy tolali va elastan qo‘shimchali mato tanlandi. Elastik segmentlar uchun yuqori cho‘ziluvchan trikotaj panellar qo‘llanildi. Texnologik jarayon sanoat tikuv uskunalarida bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar ketma-ketligi asosida ishlab chiqildi. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
  22. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari 2-rasm. Homilador ayollar kiyimi uchun gazlama tanlash mezonlari Antropometrik va eksperimental tadqiqot natijalari asosida transformatsiyalanuvchi konstruksiya an’anaviy model bilan qiyosiy tahlil qilindi. 1-jadval An’anaviy va transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyalarining qiyosiy ko‘rsatkichlari № Ko‘rsatkichlar An’anaviy model O‘zgarish (%)
  23. 1 Moslashuvchanlik (trimestrlar bo‘yicha) 1- bosqich 3-bosqich +200%
  24. 2 Harakat erkinligi 3,9 ball 4,7 ball +17%
  25. 3 Qorin sohasidagi bosim Yuqori Past –23%
  26. 4 Foydalanish muddati 4–5 oy 8–9 oy +80%
  27. 5 Kiyib-yechish qulayligi 4,1 ball 4,8 ball +17%
  28. 6 Iqtisodiy samaradorlik Past Yuqori +28–32% Transformatsiyalanuvchi model Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, transformatsiyalanuvchi konstruksiya moslashuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha an’anaviy modeldan sezilarli ustunlikka ega. An’anaviy kiyim faqat homiladorlikning ma’lum bir bosqichiga mos kelgan bo‘lsa, ishlab chiqilgan model uch trimestr davomida foydalanish imkonini beradi. Harakat erkinligining 17% ga oshishi elastik segmentlarning ratsional joylashtirilgani bilan izohlanadi. Qorin sohasidagi bosimning 23% ga kamayishi esa yuklama taqsimotining optimallashtirilganidan dalolat beradi. Foydalanish muddatining 80% ga uzayishi modelning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. Bu esa iste’molchi uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi. Kiyib-yechish qulayligi ko‘rsatkichining oshishi ko‘p funksiyali mahkamlash tizimi bilan bog‘liq. Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. O‘tkazilgan antropometrik tadqiqotlar homiladorlik davrida tana o‘lchamlarining sezilarli dinamik o‘zgarishini tasdiqladi. Olingan natijalarga ko‘ra, qorin aylanasining o‘sishi o‘rtacha 22,4 sm ni, ko‘krak aylanasining ortishi 6–9 sm ni, son aylanasining o‘zgarishi esa 3–5 sm ni tashkil etdi. Bel chizig‘ining vertikal siljishi o‘rtacha 4–6 sm yuqoriga ko‘tarilganligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar transformatsiyalanuvchi konstruksiyada qo‘shimcha hajmiy zaxira yaratish zarurligini ilmiy asoslab berdi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  29. Textile and light industry technologies Transformatsiyalanuvchi model an’anaviy konstruksiya bilan qiyosiy tahlil qilindi
  30. [6]. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy model faqat homiladorlikning bitta bosqichida foydalanish imkonini bersa, ishlab chiqilgan konstruksiya uch trimestr davomida moslashuvchanlikni ta’minladi. Bu esa moslashuvchanlik ko‘rsatkichining deyarli 200 foizga oshganini anglatadi. Harakat erkinligi 17 foizga yaxshilandi. Bu natija elastik panel segmentlari va yon choklardagi yashirin kengaytiruvchi qo‘shimchalarning ratsional joylashtirilgani bilan izohlanadi. Oldinga egilish va kundalik faoliyat jarayonidagi harakat amplitudasi sezilarli darajada erkinlashdi. 3-rasm. Homilador ayollar kiyimining konstruksiyasi Qorin sohasidagi bosim darajasi an’anaviy modelga nisbatan 23 foizga kamaydi. Yuklama taqsimotining optimallashtirilishi og‘irlik markazining siljishini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Bu esa homilador ayolning fiziologik holatiga mos konstruktiv yechim ishlab chiqilganini tasdiqlaydi. Ekspluatatsion muddat tahlili natijasida transformatsiyalanuvchi konstruksiyada foydalanish muddati 1,8 barobar uzaygani aniqlandi. An’anaviy model o‘rtacha 4–5 oy xizmat qilgan bo‘lsa, taklif etilgan model 8–9 oy davomida foydalanish imkonini berdi. Bu ko‘rsatkich mahsulotning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Ergonomik baholash natijalari ham ijobiy bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan harakat erkinligi 4,7 ball, umumiy qulaylik darajasi 4,6 ball, kiyib-yechish qulayligi 4,8 ball hamda estetik ko‘rinish 4,5 ball bilan baholandi. Subyektiv va obyektiv ko‘rsatkichlarning uyg‘unligi modelning amaliy samaradorligini tasdiqlaydi. Iqtisodiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, transformatsiyalanuvchi konstruksiya tufayli iste’molchi xarajatlari 28–32 foizga kamayadi. Bitta kiyim bir necha bosqichda foydalanilishi sababli mahsulotni tez-tez almashtirish zarurati yo‘qoladi. Bu esa iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechim hisoblanadi. Olingan natijalar transformatsion konstruktiv yondashuvning ilmiy asoslanganligini ko‘rsatadi. Antropometrik dinamikani konstruksiyaga integratsiya qilish natijasida moslashuvchanlik, ergonomiklik va iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida ta’minlandi. An’anaviy modellar bilan qiyoslanganda, ishlab chiqilgan konstruksiya funksional universalligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, homilador ayollar uchun transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish yengil sanoatda istiqbolli ilmiy-amaliy yo‘nalish ekanligi tajriba natijalari asosida tasdiqlandi. Mazkur tadqiqot homilador ayollar uchun transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishning ilmiy va amaliy asoslarini shakllantirishga qaratildi. O‘tkazilgan antropometrik monitoring homiladorlik davrida tana o‘lchamlarining sezilarli dinamik o‘zgarishini tasdiqladi va bu holat konstruksion yechimlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026
  31. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan transformatsiyalanuvchi konstruksiya homiladorlikning uch bosqichida moslashuvchanlikni ta’minladi. Elastik segmentlar, yashirin kengaytiruvchi qo‘shimchalar va sozlanadigan konstruktiv elementlar yuklama taqsimotini optimallashtirish hamda harakat erkinligini oshirish imkonini berdi. Qiyosiy tahlil natijalari an’anaviy modelga nisbatan ergonomik qulaylik, funksional universallik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rsatdi. Eksperimental sinovlar transformatsiyalanuvchi modelning foydalanish muddatini uzaytirishini, qorin sohasidagi bosimni kamaytirishini hamda kundalik ekspluatatsiya jarayonida yuqori qulaylik darajasini ta’minlashini tasdiqladi. Shuningdek, ishlab chiqilgan konstruksiya sanoat tikuv texnologiyasi asosida murakkab qo‘shimcha uskunalarsiz ishlab chiqarilishi mumkinligi aniqlandi. Shunday qilib, homilador ayollar uchun transformatsiyalanuvchi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish yengil sanoat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, iste’molchi ehtiyojlarini kompleks qondirish hamda mahsulotning ekspluatatsion samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etiladi va kelgusida parametrik modellashtirish hamda raqamli antropometriya asosida yanada takomillashtirilishi mumkin. Xulosa. Avvalambor, homiladorlik davri ayolning eng muhim va jiddiy o‘zgarishlar kuzatiladigan jarayonidir. Shuning uchun bu davrga hamma tarafdan e’tibor berish kerak, xususan, bu maqolada homiladorlik davridagi ayol organizmidagi davrlar bo‘yicha fiziologik o‘zgarishlar o‘rganildi. Ratsional konstruktiv yechimlar, transformatsiya usullari ishlab chiqildi, asosiy model va taklif modellar konstruksiyaga ega chizmalar kiritildi. Homilador ayollar uchun har taraflama to‘g‘ri keladigan kiyimni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq qilish yaratildi. Shuningdek, o‘zbek dizaynerlari homilador ayollar uchun transformatsiyalangan kiyimlar yaratishda estetikani, qulaylikni va funksionallikni birlashtirib, bu sohada katta o‘zgarishlar qilishi mumkin. Bu nafaqat ayollarning hayotini yengillashtiradi, balki O‘zbekistonning moda industriyasini ichki va xalqaro miqyosda rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar
  32. 1. Пулатова С.У. Кийимни конструкциялаш //Т., Турон Икбол. – 2006.
  33. 2. Zikirov, M.C., Qosimova, S.F., & Qosimov, L.M. (2021). Direction of modern designs activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.
  34. 3. С.Г.Стебелянская «Моделирование и конструирование одежды для беременных женщин». 2009г.,10-20.
  35. 4. Камилова Х.Х. Вахидова У.А. «Динамика изменения женской фигуры в период беременности». Наука, образование. Техника., №2, 2001г. ОШ.
  36. 5. Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash, modellashtirish va badiiy bezash: kasbhunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik / S. Toshpo‘latov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. – 224 b.
  37. 6. Mumindjanovna A.N. et al. Zamonaviy ayollar kiyimi tashqi shaklining o‘zgarishi //Лучшие интеллектуальные исследования. – 2025. – Т. 58. – №. 3. – С. 451-454. Ubaydova Vazira Erkinovna – (PhD), Buxoro davlat texnika universiteti “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi dotsenti. Tel.: +998959331771 (с), E-mail: amikonjon@mail.ru Abbosova Ma’suma Odilovna - Buxoro davlat texnika universiteti M25-25 TBTKI guruh magistranti. Tel.: +998907129660 (с), E-mail: amikonjon@mail.ru “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 369