Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Milliy naqshlarning arxitekturada qo‘llanilishi va ularning qiyosiy tahlili
Аннотации
Mazkur ilmiy maqolada arxitekturadagi milliy naqshlarning shakllanish tarixi, ularning kompozitsion va badiiy-estetik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Shuningdek, o‘zbek milliy ornamentlarining jahon arxitekturasidagi boshqa naqshlar bilan taqqosiy tahlili amalga oshirilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari milliy naqshlarning zamonaviy arxitekturada qo‘llanilish istiqbollarini yoritadi.
The history of the formation of national patterns in this scientific architecture is analyzed in a comprehensive way in the article, from the point of view of text composition and artistic and aesthetic aspects. , a comparative analysis of Uzbek national ornaments with other patterns in world architecture is carried out, and common and different features are identified. The research sheds light on the prospects for the use of national patterns in modern architecture.
Содержание статьи
Milliy naqshlar har bir xalqning tarixiy xotirasi, estetik qarashlari va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muhim madaniy meros hisoblanadi. Arxitektura esa ana shu merosni moddiy shaklda namoyon etuvchi asosiy sohalardan biridir. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida milliy naqshlarning me’moriy inshootlarda qo‘llanilishi o‘ziga xos badiiy maktabni shakllantirgan. Ushbu maqolada milliy naqshlarning arxitekturadagi o‘rni, ularning turlari va turli davr hamda hududlardagi qo‘llanilishining qiyosiy tahlili yoritiladi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi davrda milliy madaniy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 379
Textile and light industry technologies
muhitga moslashtirish muhim ilmiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Arxitektura ushbu jarayonda nafaqat funksional, balki estetik va madaniy kommunikatsiya vositasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy naqshlar arxitektura bezagining muhim elementi bo‘lib, ular orqali xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi va estetik ideallari ifodalanadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida shakllangan naqshlar tizimi o‘zining murakkabligi va badiiy mukammalligi bilan ajralib turadi.Mazkur tadqiqotning maqsadi - arxitekturadagi milliy naqshlarning xususiyatlarini o‘rganish va ularni turli madaniyatlar misolida taqqosiy tahlil qilishdan iborat. Milliy naqshlar — bu ma’lum bir xalqning urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, tabiatga bo‘lgan munosabati hamda estetik didini ifodalovchi bezak elementlaridir. Ular geometrik, islimiy (o‘simliksimon) va ramziy shakllarda namoyon bo‘ladi. Naqshlar nafaqat bezak vazifasini bajaradi, balki chuqur falsafiy ma’noga ham ega bo‘lib, inson va tabiat uyg‘unligini ifodalaydi.
Naqsh san’ati ham milliy qadriyatning bir turi bo‘lib, ushbu san’atni o‘rganishda eng zarur tadbir - O‘zbekiston dekorativ-amaliy san’atidagi badiiy ijodiyotning ana shu turi rivojlanishining tarixiy bosqichlari va qonuniyatlari bilan tanishishdir.
Hunarmand ustalar kishini lol qoldiradigan ajoyib naqsh kompozitsiyalarini yaratib, ana shu naqshlarda o‘zlarining fikr va orzu-umidlarini ifodalab, ularni “odamga o‘xshab gapirishga” majbur qilganlar. Qadimgi O‘rta Osiyo madaniyatining vakillari Ibn Sino, Beruniy, Nosir Xisrav, Sulton Ali Mashhadiy, Mirzo Ulug‘bek, Nizomiy, Alisher Navoiy, Jomiy, Umar Хayyom va boshqalar qadimgi amaliy san’at sohiblarining asarlarini, mahoratlarini xalq naqshlarini arxitektura konstruksiyasiga uyg‘un bog‘lay olganini madh etganlar.
Naqshda qandaydir element o‘zining ma’naviy va kompozitsion ahamiyati bilan alohida o‘rin tutsa, uning rangi maxsus ajralib turishi mumkin, bunday holda naqsh kompozitsiyasining kolorit yaxlitligi buzilmaydi. Bunday element ikkinchi darajali, qo‘shimcha bo‘lgan hollarda esa uni ajratadigan rang kompozitsiyadagi asosiy narsaning idrok etilishiga monelik qiladi, uning uyg‘unligini buzadi, undan chiqib ketadi. Tusi qarama-qarshi ranglarni qo‘shilishi eng uyg‘un bo‘ladi. Ammo bunday uyg‘unlik har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Ayrim hollarda tusi qarama-qarshi ranglarning birikishi haddan tashqari keskinlikni vujudga keltiradi . Olti qirrali kursilarga ham o‘zining mazmuniga, ko‘rinishiniga va tuzilishiga ko‘ra-o‘simliksimon (islimiy), geometrik, gulli girix va ramziy turlarga bo‘lib qo‘llanilib kelinadi.
1-jadval. Arxitekturada milliy naqshlarning qo‘llanilishi 1
binolarning tashqi ko‘rinishida koshin, ganch va yog‘och o‘ymakorligi orqali naqshlar ishlatiladi. Bu binoga estetik joziba bag‘ishlaydi 2
Fasad bezaklarida
shift, devor va ustunlarda naqshlar qo‘llanilib, muhitga milliy ruh beradi 3 Konstruktiv elementlarda
Ichki interyerda
shift, devor va ustunlarda naqshlar qo‘llanilib, muhitga milliy ruh beradi
1-rasm. O‘simliksimon naqshlar
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 380
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
O‘simliksimon naqshlar - tabiatdagi o‘simlik dunyosidagi daraxt, gullarning bandlari, butalari, barglari, kurtak va g‘uncha kabi qismlarini naqqosh tomonidan o‘zlashtirilib, badiiylashtirilib olingan shakllarini ma’lum qonuniyatlar asosida ritmik takrorlanishidan hosil qilinadi.
Geometrik naqshlar-yog‘ochdan yasaladigan buyumlarning tuzilishiga qarab keng qo‘llanilib kelinadi. U girih turkumidagi naqshlarni o‘z ichiga oladi. Girih-chigal, tugun ma’nosini anglatib, murakkab handasiy naqsh turi hisoblanadi. Girihlar geometrik shakllar: uchburchak, to‘rtburchak, oltiburchak, aylana va yoy hamda ko‘pburchak kabilarni o‘z tarkibiga olib, tuzilishi jihatidan to‘g‘ri chiziq, egri chiziq hamda aralash chiziqlardan tashkil topgan guruhlarga bo‘linadi. Girihlar ham uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir rapport o‘z tuzilishiga ega bo‘ladi. Gulli girih-girih orasiga islimiy naqsh bilan to‘ldirilgan murakkab naqsh turi.
2-rasm.Geometrik naqshlardan namuna Ramziy naqsh- shartli bezak; biror g‘oya, tushuncha, hodisa va shakllarni ifodalaydi, eslatadi. Bu naqsh davlat ramzlari, yulduz, bug‘doy va boshqa biror shartli shakllarni tasvirlaydi. Qadimdan naqqoshlik san’atida yog‘ochdan yasalgan buyumlarga qadama naqsh ishlash, naqsh qoplash san’ati chinakam gullab yashnaganligini ko‘rsatuvchi ajoyib misollar bor. Xalq ustalari bu sohada bir talay ishlar qilishgan va zo‘r san’at yaratishib kelishgan. Ana shunday benihoya ulkan san’at asarlaridagi naqshlar qanday mazmunga ega, qayerlarda qo‘llaniladi va ularning chizilish texnologiyasi, o‘ziga xos qonuniyatlari nimalardan iborat. Yuqorida tanishib chiqqan fikrlarni davomi sifatida endi olti qirrali kursilarga qo‘llaniladigan naqsh turlarining mazmuni, nomlanishi bilan tanishib chiqamiz. Naqqoshlar tomonidan yaratilgan naqsh kompozitsiyalardagi har bir tasvirni sinchiklab ko‘zdan kechirganimizda, uning zamirida ramziy ma’nolar yashiringanligi yaqqol ko‘rinadi. Ular oddiy yoki g‘oyat murakkab naqsh namunalarida ham eng yaxshi ezgu tilaklarni aks ettiradilar. Xususan, naqshlardagi unsurlarda va ularda qo‘llaniladigan ranglarda o‘zlariga xos ma’nolar mujassamlashgan. Masalan, gulsafsar-osoyishtalik va umr uzoqlik timsoli, to‘lqinsimon gul poyasi boylik va farovonlik timsoli, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik hamda tabiatning bahor chog‘ida uyg‘onishini anglatadi. Ushbu ma’no va mazmunlar mujassamlashtirilib bunyod etilgan naqsh kompozitsiyalar naqqoshlarning ona tabiatga chuqur muhabbatlarini ifoda etib, ularning jo‘shqin hayot bilan doim hamnafas ekanligini bildiradi. Shuningdek, naqshlar bilan bezash xalq tasavvurida tilsim, sehr-jodu, aqidalar, urf-odatlar va pand-nasihatlar bilan ham qorishib ketganligini ko‘ramiz. Har bir naqshning o‘z nomi va mazmuni bo‘ladi. Shunday ekan naqshlar naqshlanadigan buyumning shakli hamda qanday maqsadda ishlatilishiga qarab tanlanaladi. Masalan: turunj, islimiy, madohil, hoshiya, yaq raftor, lo‘la hoshiya, islimiy guldona, hashti tufsar ruta, anorgul, morpech, islimiy guldona, islimiy madohil lamti, tufsor, sarkig‘on tufsori holat, xonasi bo‘rtma, xashti davra, chorsar, davri sitora, shomdona yolpig‘ich, zanjira, yakka zanjira, ganch islimiy, islimiy parrok, oftoba, erkin islimiy, bodom, islimiy, gulli aylana islimiy, bargil islimiy, bargli raftor, mehrob, islimiy, patlis, gulli islimiy, 5-raxli girih, 5 – 10 raxli girih, shoxbarg, islimiy qo‘sh bargli islimiy lunabbatli girih, munabbati gul va boshqalar kiradi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 381
Textile and light industry technologies
3-rasm. Ramziy naqsh turlari Morpech – (tojikcha mor – ilon, pech o‘ralgan) ilon izi shaklidan iborat bo‘lgan islimiy hoshiya naqsh. Morpech ganchkorlikda takcha, namoyon izora chetlariga hamda naqqoshlikda esa eshik, namoyon izora stol, stul va boshqa narsalarning chetiga ishlanadi. Olti qirrali kursilarga qo‘llaniladigan naqshlardan biri ruta naqsh kompozitsiyasidir. Ruta – (ruscha – bordyur) ikki tomoniga ulanuvchi naqsh taqsimi, hoshiya naqsh. Chizilayotgan naqsh nusxasining xarakteriga qarab ketma-ket, to‘ntarma usullarda ulanishi mumkin. Naqqosh ruta naqsh kompozitsiyasini chizayotganda to‘ntarib takrorlaydi va axta yordamida aylantirib to‘liq kompozitsiyasini hosil qiladi. Ruta kompozitsiyasida bir yoki ikki ba’zan uch chiqish nuqtasi o‘rtada bo‘ladi (bo‘sh joylarni to‘ldirishda xizmat qiladi). Ketma-ket ulanuvchi rutalar bir ikki uch yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Namoyon - forscha so‘z bo‘lib ko‘rinishi: manzara demakdir. Ruscha panno. Namoyon eng mukammallangan yetuk naqsh kompozitsiyasi. Namoyon voqelikning umumlashgan tasviriy obrazini o‘zida aks etadi. Namoyon murakkab naqsh kompozitsiya turiga kirib uning o‘simliksimon geometrik, gulli girih, ramziy va boshqa turlari mavjud. Har bir naqqoshlik maktabida namoyon naqsh kompozitsiyalari turlicha shaklda va o‘ziga xos uslubda ishlanadi. O‘zbek naqqoshlari manzarani aks ettirishga ahamiyat beradilar, asosiy e’tiborni dinamikaga qaratadilar, gul, barg elementlar ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Umuman, aytganda namoyon naqsh kompozitsiyalari Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari zamonaviy binolarida keng qo‘laniladi. U ko‘proq devorning yuza qismiga ulanadi, chetlariga bo‘rtma naqshlar o‘yiladi.
4-rasm. Namoyon naqshidan namuna
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 382
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
Azaldan olti qirrali kursilarga ishlanadigan naqsh turlaridan yana biri munabbat naqsh kompozitsiyalaridir. Munabbat - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib o‘stirmoq degan ma’noni anglatadi. Asosi to‘g‘ri to‘rtburchakdan tashkil topib to‘rt tomonga takrorlanadigan naqsh taqsimi. Katta yuzalarni bezashda munabbat naqsh kompozitsiyalaridan keng foydaliniladi.
O‘simliksimon, geometrik, ramziy va boshqa turlari bor. Bulardan munabbati mehrob, munabbati bofta, munabbati islimiy, munabbati girix va boshqalarni sanab o‘tishimiz mumkin. Olti qirrali kursilarning bezatilishida turunj naqsh kompozitsiyalari ham alohida o‘rin egallaydi. Turunj – arabcha limon degan ma’noni bildiradi. Ruscha medalion. Turunj naqsh kompozitsiyalarining ko‘rinishi oval shaklida bo‘lgani uchun u shu nom bilan yuritiladi. Turunj naqsh kompozitsiyasi hech qanday naqshga ulanmay, muallaq turadigan naqsh kompozitsiyasi bo‘lib, uning shakli asrlar davomida rivojlanib boyigan.
Hozir uning doira 5 – 10 raxzi yulduz: oval, romb, ellips shakllari mavjud. Ana shu tanishib chiqqan barcha naqsh kompozitsiyalarini shu bino ichki qismini bezatishida keng qo‘llaniladi. Milliy naqshlar arxitekturaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular xalqning tarixiy va madaniy merosini aks ettiradi. O‘zbek milliy naqshlari o‘zining murakkabligi va estetik mukammalligi bilan ajralib turadi. Taqqosiy tahlil natijalari turli madaniyatlar orasida umumiyliklar mavjudligini, biroq har birining o‘ziga xos jihatlari saqlanib qolganligini ko‘rsatadi. Zamonaviy arxitekturada milliy naqshlardan oqilona foydalanish madaniy merosni asrash va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bo‘lajak yosh avlodni kasb-hunarga yo‘llash ta’lim-tarbiya jarayonini har tomonlama rivojlantirishni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan hozirgi kun talabi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda oliy ta’lim tizimi mutaxassislari oldiga o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘ymoqda. Ana shunday vazifalarni hal qilishning bir bo‘lagi sifatida oliy ta’limda mutaxassislik fanlari doirasida xalq amaliy bezak san’ati an’analarini ham o‘rgatishga qaratilmog‘i kerak deb hisoblaymiz. Madaniy me’ros va yuksak badiiylik milliy an’anani rivojlantirishga, undan foydalanish, undagi ijodiy amaliyot uslublarini joriy etish, tabiiy material bilan ishlash, kishilarda, ayniqsa, yoshlarda xalq amaliy san’atining qiziqarli o‘ziga xos turlariga daxldor etish maqsadga muvofiqdir, shu sabali ana shu amaliy san’atning turlarini yosh avlodga o‘rgatishni tashkil qilish, ularni estetik ruhda tarbiyalash go‘zallikni seza bilishga, san’at asarlarini o‘rganishga, ulardan bahra olishga, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirishga, amaliy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, kasb tanlash ko‘nikma va dunyoqarashini shakllantirishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega
Литература (8)
- 1. Qodirov T. — Markaziy Osiyo arxitekturasi tarixi
- 2. Burxonov A. — O‘zbek milliy naqshlari
- 3. Grabar O. — Islamic Art and Architecture
- 4. Ching F.D.K. — Architecture: Form, Space, and Order
- 5. Necipoğlu G. — The Topkapi Scroll4. Булатов С.С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. Т. «Меҳнат». -1991.
- 6. Булатова В.А. Ноткин И.И. Архитектурные памятники Хива. Изд. Т. «Узбекистан». - 1965.
- 7. Манковская А.Л, и Булатова В.А. Памятники зодчество Хорезма. Т. Изд. лит. Искусство имени Г.Гуляма. - 1978.
- 8. Холматов Б.Қ. Композиция. – Т: Иқтисод – молия, 2007. 9. Ғуломов К. М. Амалий санъат - Т: Иқтисод – молия, 2007. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 383