Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Harakat energiyasidan quvvatlanuvchi aqlli isituvchi kombinezon
Annotatsiyalar
Mazkur maqolada mexanik harakatlardan elektr energiyasi olish texnologiyalarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari hamda istiqbollari tahlil qilinadi. Bugungi kunda energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib borishi, ekologik muammolar va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ehtiyoj kuchayishi natijasida muqobil energiya texnologiyalariga qiziqish oshmoqda. Shunday innovatsion yo‘nalishlardan biri mexanik harakat energiyasini foydali elektr quvvatiga aylantirishdir. Inson yurishi, transport vositalari harakati, sanoat vibratsiyasi, shamol tebranishlari va boshqa dinamik jarayonlardan foydalanib elektr energiyasi hosil qilish mumkin. Maqolada piezoelektrik, elektromagnit induksiya, triboelektrik hamda gidravlik mexanizmlar asosida ishlovchi energiya yig‘ish tizimlari ilmiy jihatdan yoritilgan.
This article analyzes the theoretical foundations, practical applications, and future prospects of technologies for generating electrical energy from mechanical motion. Today, the growing demand for energy resources, environmental challenges, and the increasing need for renewable energy sources have intensified interest in alternative energy technologies. One of such innovative directions is the conversion of mechanical motion energy into useful electrical power. Electrical energy can be generated by utilizing human movement, vehicle motion, industrial vibrations, wind oscillations, and other dynamic processes. The article scientifically examines energy harvesting systems based on piezoelectric, electromagnetic induction, triboelectric, and hydraulic mechanisms.
Maqola Mazmuni
Hozirgi kunda sovuq iqlim sharoitida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar, sanoat ishchilari hamda ochiq hududlarda ishlovchi mutaxassislar uchun issiqlikni saqlash muammosi dolzarb hisoblanadi. An’anaviy isituvchi kiyimlar, asosan, tashqi elektr manbalariga yoki og‘ir akkumulyatorlarga bog‘liq bo‘lib, bu esa ularning harakatchanligini cheklaydi va foydalanish samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, energiya manbalarining tez zaryadsizlanishi uzoq muddatli operatsiyalarda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. Mavjud muammolarning yana biri – kiyimlarda energiya ta’minoti tizimining yetarlicha avtonom emasligi hamda issiqlik taqsimotining bir tekis emasligidir. Bundan tashqari, ayrim isituvchi elementlarning inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli ham mavjud bo‘lib, bu gigiyenik va ergonomik talablarni yanada kuchaytirishni talab etadi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida inson harakati energiyasidan foydalanishga asoslangan innovatsion yondashuv taklif etiladi. Ushbu yechim Piezo elementasosida ishlovchi piezoelektr elementlar yordamida mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirishga asoslanadi. Hosil bo‘lgan energiya maxsus yig‘uvchi tizim orqali akkumulyatsiya qilinib, kiyim tarkibidagi isitish elementlariga uzatiladi [1]. Isitish tizimi sifatida uglerod element texnologiyasidan foydalanish issiqlikning bir tekis taqsimlanishini, energiya tejamkorligini va xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuningdek, tizimning avtonom ishlash xususiyati tashqi energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va foydalanuvchining harakat erkinligini oshiradi. Natijada, taklif etilayotgan yechim energiya tejamkor, ekologik xavfsiz va inson salomatligiga mos keluvchi zamonaviy aqlli kiyimni yaratish imkonini beradi hamda amaliy jihatdan yuqori samaradorlikka ega innovatsion texnologiya sifatida baholanadi. Inson harakati natijasida hosil bo‘ladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish va undan maxsus kiyim tarkibidagi isitish tizimini quvvatlantirishga qaratilgan innovatsion texnologiyani ishlab chiqishni nazarda tutadi. Loyihalanayotgan kiyim asosini Piezo element tashkil
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 384
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
etib, bunda piezoelektr elementlar inson yurishi, bukilishi va boshqa harakatlari jarayonida deformatsiyaga uchrab, elektr energiya hosil qiladi. Hosil bo‘lgan energiya maxsus to‘g‘rilovchi va yig‘uvchi modul orqali akkumulyatsiya qilinadi hamda kiyim tarkibiga integratsiyalashgan isitish elementlariga uzatiladi. Isitish tizimi sifatida Uglerod elementtexnologiyasidan foydalaniladi, bu esa issiqlikning bir tekis taqsimlanishini va energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Konstruktsiyada piezoelektr elementlar inson tanasining eng faol harakatlanuvchi qismlariga, xususan, tizza, oyoq tagi, tirsak va bel sohalariga joylashtiriladi, bu esa energiya generatsiyasining samaradorligini oshiradi. Tizim avtonom ishlashi bilan ajralib turadi, ya’ni tashqi elektr manbalariga ehtiyojni kamaytiradi [2]. Mazkur innovatsion yechim sovuq iqlim sharoitida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar, sanoat ishchilari va qutqaruvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning issiqlik komfortini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va sog‘liqni saqlashga xizmat qiladi.
1-rasm. Loyihalanayotgan maxsus kiyimning ko’rishi. Taklif etilayotgan piezoelektr energiya asosida ishlovchi avtonom isitish tizimli aqlli maxsus kiyimning joriy etilishi muhim ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Maxsus kiyimning iqtisodiy samaradorligi, avvalo, tashqi energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali energiya xarajatlarini qisqartirish bilan izohlanadi. Inson harakati natijasida hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanish Piezo elementasosida amalga oshirilgani sababli qo‘shimcha yoqilg‘i yoki elektr ta’minoti talab etilmaydi, 1-rasm. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonini tikuv sexlarida tashkil etish orqali mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyati mavjud. Bu esa mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishga joriy etishda iqtisodiy jihatdan samarali modelni shakllantiradi. Natijada, ishlab chiqarish xarajatlarining optimallashtirilishi mahsulot narxining raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Ijtimoiy jihatdan, mazkur kiyim sovuq iqlim sharoitida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar, sanoat ishchilari va qutqaruvchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratadi. Isitish tizimida Uglerod elementtexnologiyasidan foydalanilishi issiqlikning bir tekis taqsimlanishini ta’minlab, inson organizmining issiqlik balansini saqlashga xizmat qiladi. Bu esa kasallanish darajasini kamaytirish, mehnatga layoqatni oshirish va ish unumdorligini yaxshilashga olib keladi [3]. Mazkur tadqiqot natijasida inson harakati energiyasidan foydalanishga asoslangan, Piezo elementtexnologiyasi bilan jihozlangan avtonom isitish tizimiga ega aqlli maxsus kiyim (kombinezon)ning samarali konstruktsiyasi ishlab chiqiladi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 385
Textile and light industry technologies
Tadqiqot yakunida piezoelektr elementlar yordamida mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish va uni isitish tizimida qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Natijada tashqi energiya manbalariga bog‘liq bo‘lmagan, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz isitish tizimi yaratiladi. Shuningdek, Uglerod elementelementlari asosida kiyim ichida bir xil va barqaror issiqlik taqsimotiga erishiladi. Bu esa sovuq iqlim sharoitida ishlovchi insonlar uchun qulay termik muhit yaratadi va ularning ish unumdorligini oshiradi. Eksperimental tadqiqotlar natijasida tizimning energiya samaradorligi, avtonom ishlash darajasi va issiqlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kutilishicha, ishlab chiqilgan kombinezon inson harakati davomida yetarli miqdorda energiya ishlab chiqarib, isitish tizimini qisman yoki to‘liq ta’minlay oladi. Bundan tashqari, loyihalanayotgan kiyimning amaliy natijasi sifatida sanoat, harbiy va ekstremal sharoitlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion maxsus kiyim namunasi yaratiladi hamda uni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha texnik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maxsus kiyim tiizimining muhim jihati uning avtonom ishlash xususiyati hisoblanadi. Piezo elementlari orqali hosil bo‘lgan energiya yig‘uvchi modulda to‘planib, to'gridan-to'g'ri isuvchi uzellarini isitish qobilyati haq qanday ochiq havoda uzluksiz ishlovchi ishchilarga tashqi energiya manbalariga ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiradi. Kiyimning konstruktiv yechimi uni gigiyenik va eksplutatsion xossalarini yanada yuqori darajada saqlanish imkonini beradi. Bu esa kiyimni uzoq muddatli foydalanishda, ayniqsa elektr ta’minoti cheklangan sharoitlarda samarali qo‘llash imkonini yana 6 oyga uzaytiradi. Isitish tizimi sifatida uglerod elementlari (karbon tola) texnologiyasidan foydalaniladi. Ushbu elementlar past kuchlanishda ishlaydi va issiqlikni bir tekis taqsimlashi juda yengil va tannarx jihatdan juda arzon mahsulotdir. Konstruktsiyada ko‘p qatlamli himoya tizimi qo‘llanilib, elektr izolyatsiya va termoregulyatsiya orqali inson tanasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirning oldi olinadi. Eksplutatsion jihatdan kiyimni yuvishlar soni va gigyenik jihatini ta'minlash uchun kiyimning ichki qismi yechib olish yuvish imkoniyati bilan ajralib turadi. Bunda kiyim hech qanday qiyinchiliklarsiz tolalikni ta'minlashi eng asosiysi issiqlikni juda yaxshi saqlashi bilan ajralib turadi. Ilmiy g'oya inson salomatligi nuqtai nazaridan, tizim haroratni fiziologik me’yorlarda (35– 42 °C) ushlab turishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu tananing issiqlik balansini saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, materiallarning gigiyenik va havo o‘tkazuvchan xususiyatlari teri uchun qulay muhit yaratadi. Mazkur g'oya yechim sovuq iqlim sharoitida faoliyat yurituvchi harbiylar (qo'riqlash xizmati, patrul xizmati va hk) va sanoat ishchilari (agro sanoat ishchilari, muzxona ishchilari, quruvchilar, nazorat xodimlari) uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sovuq havoda komfort termik holatini yaxshilash ularning ish samaradorligini oshirish, svuq iqlimda ko'plab hastaliklarni oldini olish sog‘liqni muhofaza qilish hamda o'zining energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi [4]. Hozirgi kunda barcha sohalarda innovatsion yechimga ega kiyimlar qo'llash iqtisodiy hamda ijtimoiy samadorlikni ta'minlamoqda. Ochiq havoda sovuq iqlim sharoitida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar MDH davlatlari orasida to‘rtinchi va dunyoning 140 mamlakati orasida 54 o‘rinni egallagan (qo'riqlash xizmati, patrul xizmati va hk), sanoat (agro sanoat ishchilari, muzxona ishchilari, quruvchilar, nazorat xodimlari, gaz sanoati ishchilari) ishchilari hamda ochiq hududlarda ishlovchi ko'plab soha mutaxassislar uchun issiqlikni saqlash muammosi dolzarb hisoblanadi[3]. Iqlimiy jihatdan keskin kontenental ob havo qishda quruq-sovuq bo'lishi kuztiladi. Ochiq havoda ayniqsa chegarlar (cho'llar) bu ob-havo ancha pastligi bilan ajralib turadi. An’anaviy maxsus kiyimlar (dushlak) yoki isituvchi kiyimlar asosan, tashqi elektr manbalariga yoki og‘ir akkumulyatorlarga bog‘liq bo‘lib, bu esa ularning harakatchanligini cheklaydi va foydalanish samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, energiya manbalarining tez zaryadsizlanishi uzoq muddatli operatsiyalarda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi [5].
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 386
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
Mavjud muammolarning yana biri – kiyimlarda energiya ta’minoti tizimining yetarlicha avtonom emasligi hamda issiqlik taqsimotining bir tekis emasligidir. Bundan tashqari, ayrim isituvchi elementlarning inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli ham mavjud bo‘lib, bu gigiyenik va ergonomik talablarni yanada kuchaytirishni talab etadi. Ochiq sovuq iqlimda mehnat faoliyatini olib boruvchi ishchilar muammolarni bartaraf etish maqsadida inson harakati energiyasidan foydalanishga asoslangan innovatsion yondashuv taklif etiladi. Ushbu yechim Piezoelektrik effekt asosida ishlovchi piezoelektr elementlar yordamida mexanik harakatlardan (yurish, egilish, o'tirish va hk) hosil bo'ladigan energiyani elektr energiyaga aylantirishga asoslanadi. Hosil bo‘lgan energiya maxsus yig‘uvchi tizim orqali akkumulyatsiya qilinib, kiyim tarkibidagi isitish elementlariga to'g'ridan-to'g'ri uzatiladi va ularni isishini taminlaydi. Isitish tizimi sifatida uglerod elementli (karbon tola) texnologiyasidan foydalanish issiqlikning bir tekis taqsimlanishini hamda past elektr quvvatida ham ishlashi, energiya tejamkorligini va xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuningdek, tizimning avtonom ishlash xususiyati tashqi energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va foydalanuvchining harakat erkinligini oshiradi
Adabiyotlar (5)
- 1. Хамрокул, М. (2024). Анализ тканей, используемых в пошиве специальной одежды. research and education, 3(8), 45-52.
- 2. Nguyen-Vinh, H., Bakar, I., Msekh, M. A., Song, J. H., Muthu, J., Zi, G., ... & Rabczuk, T. (2012). Extended finite element method for dynamic fracture of piezo-electric materials. Engineering Fracture Mechanics, 92, 19-31.
- 3. Neubauer, M., Oleskiewicz, R., Popp, K., & Krzyzynski, T. (2006). Optimization of damping and absorbing performance of shunted piezo elements utilizing negative capacitance. Journal of sound and vibration, 298(1-2), 84-107.
- 4. Sayidova, M. Maxsus Kiyimlar Tikishda Foydalaniladigan Gazlamalar Tahlili. Green Economy and Development, 2(8), 664623.
- 5. Kuiper, S., & Schitter, G. (2010). Active damping of a piezoelectric tube scanner using self- sensing piezo actuation. Mechatronics, 20(6), 656-665. TURLI NAVLARDAGI PAXTALARNI TOZALASHDAGI MAVJUD TEXNOLOGIYALAR TAHLILI Do‘stova F.X. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Аnnotatsiya. Maqolada paxta tozalash mashinalari tola tozalagichlarining turlari, turli xil tolalarga mos tozalash mashinalarining ishlash jarayonlari tahlili toʼgʼrisida maʼlumotlar keltirilgan Tayanch iboralar: tola tozalagich, arrali jin, arralararo qistirma, kolosnikli panjara, tola ajratish moslamasi, chigitli paxta, qo’zgalmas qistirma, jin arrali silindri ANALYSIS OF EXISTING TECHNOLOGIES FOR CLEANING VARIOUS VARIETIES OF COTTON Dustova F.Kh. Tashkent institute of textile and light industry Annotation. The article presents information on the types of fiber cleaners for cotton ginning machines, and provides an analysis of the working processes of cleaning machines suitable for various types of fibers. Keywords: fiber cleaner, saw gin, inter-saw spacer, grate, fiber separator, seed cotton, fixed spacer, saw gin cylinder. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 387