Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Autizm bo‘lgan talabalarning til o‘rganishdagi xususiyatlari
Аннотации
Ushbu maqola autizm spektri (ASB) bo‘lgan talabalarga ingliz tilini o‘rganish jarayonining metodik va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Ishda, avvalo, autizm spektri buzilishi tushunchasi, uning psixologik va pedagogik xususiyatlari, o‘quv jarayonida ta’siri hamda bu guruhdagi talabalar bilan ishlashdagi muammolar keng yoritilgan.
This article deals with finding information about how to improve students’ with Autism Spectrum Disorder (ASD).The research begins by defining the concepts of ASD,examining its psychological and pedagogical charateristics,and analyzing its impacy on the learning process
Содержание статьи
kirishish kabi sohalarda muammolarga duch kelishadi. 2. Muloqotdagi buzilishlar. Autizmli shaxslar og‘zaki (so‘z bilan) va og‘zaki bo‘lmagan (imoishora, tana tili) muloqotda muayyan darajadagi cheklovlarga ega bo‘ladi. Ba’zilar umuman gapirmasligi, boshqalari esa muloqotni o‘ziga xos tarzda amalga oshirishi mumkin. 3. Takrorlanuvchi va cheklangan xatti-harakatlar. Bunday shaxslar muayyan harakatlarni (masalan, qo‘lni silkitish, buyumlarni aylantirish) doimiy ravishda takrorlashi mumkin. Ular qat’iy tartib va odatdagi holatlarning o‘zgarishiga sezgir bo‘lishadi. Shuningdek, tor doiradagi mavzularga chuqur va barqaror qiziqish namoyon bo‘lishi mumkin. 4. Sensor sezuvchanlikdagi o‘zgarishlar. ASBga ega odamlar tovush, yorug‘lik, hid, teginish kabi sezgi stimullariga o‘ta sezgir yoki mutlaqo befarq bo‘lishi mumkin. Bu holat ularning atrofmuhit bilan o‘zaro aloqasiga ta’sir qiladi. ASBga ega shaxslarning rivojlanishidagi individual farqlar: ASB har bir shaxsda turlicha namoyon bo‘ladi. Ba’zi talabalar akademik sohada yuqori salohiyatga ega bo‘lishi mumkin, boshqalari esa mustaqil hayot kechirishda doimiy yordamga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida individual va moslashtirilgan yondashuv zarur bo‘ladi. Diqqat, muloqot va ijtimoiy aloqadagi muammolar. Autizm spektr buzilishiga (ASB) ega talabalar ta’lim jarayonida diqqatni jamlash, muloqot qilish va ijtimoiy aloqada bo‘lishda sezilarli darajada muammolarga duch keladilar. Bu muammolar ularning o‘quv faoliyatiga, guruh bilan ishlashiga va o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatiga bevosita ta’sir qiladi. 1. Diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar. ASBli talabalar ko‘pincha uzoq vaqt davomida bir vazifaga e’tibor qaratishda qiynaladilar. Ular atrofdagi shovqin, yorug‘lik yoki boshqa sensor ta’sirlarga oson chalg‘iydi. Shuningdek, ko‘rsatmalarni izchil bajarish va topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajara olishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu holat ta’lim jarayonida ko‘proq vizual, qisqa va aniq yo‘riqnoma berishni talab etadi. 2. Muloqotdagi cheklovlar. ASBga ega shaxslarning og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan muloqotdagi imkoniyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilari nutq orqali fikr bildirishda qiynaladi, boshqalari esa g‘ayrioddiy talaffuz, echolaliya (eshitilgan so‘zlarni takrorlash) yoki
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 392
Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
noaniq iboralar bilan muloqotda bo‘ladi. Ba’zi holatlarda ular butunlay so‘zsiz muloqotga tayanadi (masalan, imo-ishoralar, piktogrammalar, rasmlar orqali). 3. Ijtimoiy aloqadagi noaniqliklar. ASBli talabalar boshqalar bilan emotsional aloqani o‘rnatishda, o‘z his-tuyg‘ularini anglash va ifodalashda qiynaladilar. Ular o‘z tengdoshlari bilan do‘stlik rishtalarini barpo etishda, guruh ishlarida ishtirok etishda yoki o‘qituvchining tanbeh yoki maqtovini to‘g‘ri talqin qilishda muammolarga duch keladi. Ko‘pincha, ular ijtimoiy normalarni tushunmaydi yoki ularga moslashishda qiynaladi. O‘rganishdagi kognitiv farqliliklar. Autizm spektr buzilishiga (ASB) ega talabalar umumiy rivojlanish sur’atidan sezilarli darajada farq qiladigan kognitiv (bilish) xususiyatlarga ega bo‘lishadi. Ularning fikrlash, axborotni qayta ishlash va eslab qolish jarayonlari tipik rivojlanayotgan tengdoshlaridan tubdan farq qilishi mumkin. Bu farqliliklar ularning ingliz tilini o‘rganish jarayonida ham alohida yondashuvni talab qiladi. 1. Axborotni qabul qilish va qayta ishlashdagi o‘ziga xoslik. ASBga ega talabalar uchun ma’lumotni tushunish, uni umumlashtirish yoki yangi holatlarga tatbiq etishda muammolar yuzaga keladi. Ular ko‘pincha so‘zma-so‘z fikrlaydilar, metafora, idiom va kinoyalarni tushunish qiyin kechadi. Ingliz tilidagi ko‘p ma’noli so‘zlar, frazeologik birikmalar yoki grammatik istisnolar ularni chalg‘itishi mumkin. 2. Vizual va konkret (aniq) fikrlashga moyillik. Autizmli talabalar ko‘proq vizual va aniq misollar asosida o‘rganishni afzal ko‘radilar. Ular uchun mavhum tushunchalarni tushunish murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, ular grammatik tushunchalarni qoida orqali emas, balki misol asosida yaxshiroq tushunishadi. Shu bois ingliz tilidagi mavzularni rasm, sxema, grafik yoki real hayotdan olingan holatlar orqali tushuntirish samarali hisoblanadi. 3. Qiziqish doirasining torligi va selektiv e’tibor. ASBga ega talabalar ko‘pincha tor, lekin chuqur qiziqish doirasiga ega bo‘lishadi. Ular faqat o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bilan shug‘ullanishga intilishadi, bu esa boshqa mavzularga nisbatan sustlikka olib keladi. Masalan, agar talaba faqat texnologiyaga qiziqsa, til o‘rganish materiallari ham shu mavzu atrofida tashkil qilinsa, o‘quv samaradorligi ortadi. Bu xususiyat, o‘qituvchining didaktik materiallarni moslashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Autizm spektr buzilishi (ASB) tushunchasi va uning o‘quv jarayoniga ta’siri. Autizm spektr buzilishi (ASB) – bu asab tizimi rivojlanishining genetik va biologik omillarga asoslangan murakkab holati bo‘lib, u shaxsning ijtimoiy o‘zaro ta’sir, muloqot qilish, tasavvur va xulq-atvor sohalarida cheklovlarga olib keladi. ASB "spektr" deb atalishining sababi – u har bir shaxsda turli darajada va turlicha shaklda namoyon bo‘lishidir. Boshqacha aytganda, bu buzilishning simptomlari, og‘irlik darajasi va namoyon bo‘lish shakllari har bir individga xosdir. ASBga ega bolalar va talabalar kognitiv, emotsional va ijtimoiy sohalarda tipik rivojlanayotgan tengdoshlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu farqlar, ayniqsa, ta’lim jarayonida chuqur aks etadi va o‘quv metodikasida moslashuvchan, differensial yondashuvni talab qiladi. O‘quv jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: A. Axborotni idrok etish va tahlil qilishdagi murakkabliklar: ASBga ega talabalar, odatda, axborotni turlicha qabul qilishadi: ba’zilar juda tafsilotlarga e’tibor beradi, boshqalari esa mavhum tushunchalarni tushunishda qiynaladi. Bu ularning ingliz tilini o‘rganishda grammatik qoidalar, ifodaviy uslublar va tilshunoslik tushunchalarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. B. Ijtimoiy va muloqot ko‘nikmalarining past darajasi: Ta’limda ko‘pincha talabalar o‘zaro fikr almashadilar, juftlik yoki guruhda ishlaydilar. ASBli talabalar uchun bu faoliyatlar qiyinchilik tug‘diradi, chunki ular ijtimoiy signallarni anglash, norasmiy til vositalarini tushunish yoki emotsional holatlarni talqin qilishda sust bo‘lishadi. Natijada, ular passiv yoki chetlashgan holatda qolib ketishlari mumkin. C. Moslashmagan o‘quv muhiti va metodik uslublar: An’anaviy o‘qitish uslublari – frontal darslar, tezkor topshiriqlar, o‘zgaruvchan vazifalar – ASBga ega talabalar uchun noqulay bo‘lishi
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 393
Exact and socioeconomic sciences
mumkin. Ular aniq tuzilmalangan, takrorlanuvchi va vizual qo‘llab-quvvatlangan dars uslublarida yaxshiroq natijalarga erishadilar. D. Stress va emotsional barqarorlik masalalari: ASBli shaxslar tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga (masalan, jadvaldagi o‘zgarish, yangi o‘qituvchi, sinfdagi shovqin) nisbatan o‘ta sezgir bo‘lishadi. Bu holatlar ularda stress, xavotir yoki o‘zini chetga tortish holatlarini yuzaga keltiradi, bu esa o‘quv faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Shunday qilib, ASBga ega talabalarga ingliz tilini o‘rgatishda ularning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda, moslashtirilgan, ko‘makchi va tolerant ta’lim muhitini shakllantirish zarur bo‘ladi. Har bir talabaga individual yondashuv. Autizm spektr buzilishiga (ASB) ega talabalarni o‘qitish jarayonida samarali natijaga erishish uchun o‘qituvchidan standart metodikalardan tashqari, talabaning individualligiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bunday talabalar kognitiv (bilish), emotsional va ijtimoiy rivojlanish darajasi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Kimdir ingliz tilining grammatik qoidalarini tezda o‘zlashtirishi mumkin, boshqasi esa talaffuz yoki so‘z boyligini rivojlantirishda sustlik qilishi mumkin. Shuning uchun individual yondashuv faqat metod emas, balki asosiy pedagogik prinsip sifatida qaralishi kerak. 1. O‘rganish sur’atini hisobga olish. ASBli talabalar har xil o‘rganish tezligiga ega: ayrimlar ma’lumotni tez o‘zlashtiradi, boshqalar esa ko‘proq vaqt va takrorlashni talab qiladi. O‘qituvchi har bir talabaning o‘zlashtirish sur’atini aniqlab, shu asosda darsdagi vazifalarni differensial ravishda taqdim etishi kerak. Masalan, yangi so‘zlarni yod olishda ba’zi talabalar uchun vizual kartochkalar, boshqalar uchun esa audio materiallar samaraliroq bo‘ladi. Bunday yondashuv o‘quvchining o‘zini ishonchli va qo‘llab-quvvatlangan his qilishiga yordam beradi. 2. Bilish uslublari va qiziqishlarni inobatga olish. ASBga ega shaxslar, odatda, vizual yoki kinestetik (harakat orqali) o‘rganishga moyil bo‘lishadi. Shuningdek, ular tor, lekin chuqur qiziqishlarga ega bo‘lishi mumkin (masalan: geografik xaritalar, hayvonlar, texnologiya, ranglar va boshqalar). O‘qituvchi ushbu qiziqishlardan foydalangan holda ingliz tilidagi dars materiallarini moslashtirsa, o‘rganishga bo‘lgan motivatsiya ortadi. Masalan, agar talaba poyezdlarga qiziqsa, dars davomida transportga oid inglizcha so‘zlar, matnlar yoki dialoglardan foydalanish samarali bo‘ladi. 3. Muloqot darajasiga mos o‘qitish. ASBli talabalar muloqotda turlicha imkoniyatlarga ega: kimdir suhbata kirishadi, kimdir qisqa jumlalar bilan cheklanadi, ayrimlari esa umuman so‘zlashmaydi. Har bir talabaning muloqotdagi darajasini hisobga olib, til o‘rgatish metodikasi tanlanishi lozim. Masalan, verbal bo‘lmagan talabalar bilan piktogrammalar, rasmli lug‘atlar yoki imo-ishora tizimlari orqali ishlash mumkin. Verbally faol talabalar esa suhbat, rolli o‘yinlar va munozaralarga jalb qilinadi. Bu usullar talabaning tabiiy muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 4. Ijtimoiy-emotsional holatni inobatga olish. ASBli talabalar ko‘pincha ijtimoiy aloqalarda noqulaylik his qilishadi va bu holat ularda xavotir, stress yoki o‘zini yakkalanib qolgan his qilishga olib keladi. Shuning uchun o‘qituvchi darsda tinch, barqaror va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishi zarur. Talabaga tinch sharoitda ishlash imkonini berish, o‘ziga mos joy ajratish yoki individual topshiriqlar berish orqali stress darajasi kamaytiriladi. Bundan tashqari, ijobiy mustahkamlash (rag‘bat, maqtov, kichik sovrinlar) orqali talabaning darsga bo‘lgan ishtiyoqi kuchaytiriladi. 5. Baholash va natijalarni individual mezonlar asosida aniqlash. ASBga ega talabalar odatiy baholash mezonlariga mos kelmasligi mumkin. Ular ayrim bilimlarni og‘zaki emas, balki yozma, vizual yoki amaliy tarzda ko‘rsatishga qodir bo‘lishadi. Shu sababli, baholashda ham moslashtirilgan yondashuv zarur: test o‘rniga rasm chizish, hikoya tuzish, video topshiriqlar yoki jadvallar orqali o‘zlashtirish darajasini aniqlash mumkin. Bunday baholash shakli nafaqat natijani, balki o‘quvchining o‘sishini, harakatini va ishtirokini inobatga oladi. Individual yondashuv — bu ASBga ega har bir talabaning o‘ziga xosligini hurmat qilish va unga mos o‘qitish strategiyasini
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 394
Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 395