Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Innovatsion qurilish materiallari
Аннотации
Mazkur maqolada zamonaviy qurilish bozorida qо‘llanilayotgan innovatsion qurilish va issiqlik izolyatsion materiallarining turlari, ularning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari tahlil qilingan. Polistirolbeton, kо‘pikseolit, kо‘pikshisha, lyon tolasidan tayyorlangan plitalar, suyuq issiqlik izolyatsiyasi hamda texnogen chiqindilar asosida olinayotgan materiallarning afzalliklari va qо‘llanilish sohalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari energiya tejamkor, ekologik toza va iqtisodiy samarali qurilish materiallaridan foydalanish istiqbolli ekanini kо‘rsatadi.
This article analyzes the types of innovative building and thermal insulation materials used in the modern construction market, their physical, mechanical and operational properties. The advantages and areas of application of polystyrene concrete, foam zeolite, foam glass, flax fiber sheets, liquid thermal insulation, and materials obtained from industrial waste are highlighted. The results of the study show that the use of energy-efficient, environmentally friendly and cost-effective building materials is promising.
innovative building materials and technologiesenergy-efficient buildingsthermal conductivityenergy efficiency. Sо‘nggi о‘n yillikda qurilish sohasida innovatsion materiallar va texnologiyalarni joriy etish jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu jarayon qurilish ishlarining sifatini oshirishenergiya sarfini kamaytirish va binolarning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan. Ayniqsaissiqlik izolyatsion materiallarga bо‘lgan talab ortib bormoqdachunki ular binolarning ekspluatatsion samar
Содержание статьи
kirishiga tо‘sqinlik qiladi. Shu yо‘l orqali energiya tejalishiga erishiladi. Ushbu issiqlik izolyatsion material tarkibiga kalibrlangan keramik va silikonli havo solingan mikrosferalar kiradi. Materialning polimerlanishi jarayonida ular kerakli vaakumni hosil qilishadi. Mikrosferalarning issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti – 0,00083 Vt/(m0C) dan ortiqdir. Suyuq issiqlik izolyatsiyaning asosini akrilli bog‘lovchi, katalizatorlar, fiksatorlar va qо‘shimchalar tashkil etadi. Lak-bо‘yoq materiallari amalda turli arxitekturaviy о‘lchamga ega (beton, metall, plastik, yog‘och) sirtlar bilan yaxshi yopishuvchanlik xususiyati mavjud. Elastik qoplam yangi qurilishlarda issiqlik himoyalash texnologiyasini qо‘llash imkonini beradi, shuningdek, termik kengayish ta’siriga beriladigan sirtlarda ham. Bunda uy devorlarida qurilish konstruksiyalarini chо‘kishi natijasida hech qanday yoriqlar paydo bо‘lmaydi. Bundan tashqari, binolarni bunday usulda isitish poydevorga yuk tushishini kamaytiradi. U ta’mirlanishga beriluvchan bо‘lib, ta’mirlash ishlari ham boshqa turdagi issiqlik izolyatsiyasi materiallarga nisbatan arzon va kam xarajatli hisoblanadi. Shuningdek, bino ichki tomon konstruksiyalarini bunday material bilan qoplanganda xonaning foydali maydoni qisqarmaydi. Uning xizmat muddati 15 yildan kam emas. Qо‘llanilish sohasi: bino fasadi, tomni isitish, devor muzlashining oldini olish, beton pollar, quvurlar, turli xil sig‘imlarni isitish, kondensat paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik. Bugungi kunda yangi turdagi issiqlik izolyatsion materiallarni ishlab chiqaruvchilar yuqori xarakteristikaga ega mahsulotlarni qо‘llashning oddiy usullariga keng e’tibor qaratishmoqda. Aynan shu g‘oya о‘ramli va о‘zi yopishuvchan gidroizolyatsiyali material yaratilishiga asos bо‘ldi. U bitum-polimer tarkibni armaturali shishatо‘rga shimdirish asosida ishlab chiqarilmoqda va bu uning ekspluatatsion xossalarini yaxshilaydi. Bunday asosdagi material yetarlicha egiluvchan bо‘lganli sababli uni о‘rnatish ishlari ancha osondir. Bitum-polimer qatlamning yuqori qismi issiqlik izolyatsiya materiallarini xar xil buzilishlardan saqlaydi. Uning pastki qismi esa turli asoslarga yaxshi yopishadi. Qо‘llanilish sohasi: pо‘latli, yog‘ochli, betonli gorizontal yoki vertikal sirtlar, metall, yumshoq tombosma, basseynlar, poydevorlar va boshqalar. Harorat diapazoni -50 dan to +600C gacha. Bir qator konstruktiv materiallar (gipskarton, shishamagniyli list va boshqalar) qatoriga ekstruzion kо‘pikpolistirolli yangi mahsulot qо‘shildi. Uning yordamida turli konstruksiyalarni, jumladan, devorlar, pardevorlar, pollar, shiftlarni tiklash mumkin. Ekstruzion kо‘pikpolistirol plitalar boshqa konstruksion materiallardan farqi shundaki, ushbu yangi mahsulot о‘zining yuqori issiqlik va ovoz izolyatsion xossalarga ega. Ushbu yangi konstruktiv material bilan ishlash qulay. Kо‘pikpolistirol plitalari maydalanmaydi, nam tortmaydi, ularda zamburug‘ va mog‘orlash holatlari kuzatilmaydi, nam ta’sirida esa ushbu konstruksiyalar deformatsiyalanmaydi. Plitalar sirtiga
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 414
Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
kesimlar qilish oson va ular yordamida turli buklangan konstruksiyalar barpo etish mumkin. Shuningdek, ekstruzion kо‘pikpolistirolni turli maqsadlarga mо‘ljallangan obyektlar va turli namlik yuqori bо‘lgan joylarda ishlatish mumkin. Namlik yuqori bо‘lgan xonalar va tashqi fasad ishlarida foydalanish maqsadida ishlab chiqaruvchilar armaturali shishatolali va polimersement qо‘shimchali ekstruzion kо‘pikpolistiroldan maxsus plitalarni yaratishdi, bu esa ularni suvshimuvchanlik darajasini pasaytiradi. Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni kо‘rsatadiki, innovatsion qurilish materiallari zamonaviy qurilish sohasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ular energiya tejamkorlikni ta’minlash, ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish, binolarning xizmat muddatini uzaytirish va ekologik xavfsizlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Polistirolbeton, kо‘pikseolit, lyon tolasi asosidagi materiallar hamda texnogen chiqindilardan olinayotgan qurilish mahsulotlari kelajak qurilishida ustuvor yо‘nalish sifatida qaralishi mumkin. Adabiyotlar 1. “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoni. 2. “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5239-sonli Qарори. 3. “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-sonli Qarori. 4. «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni. 5. Абрамян С.Г., Матвийчук Т.А. К вопросу об энергетической эффективности зданий и сооружений // Инженерный вестник Дона, 2017, № 1. 6. Беляев В.С. Энергоэффективность и теплозащита зданий. М.:ИздательствоАСВ,2016.400 c. 7. Wahlstrom M.H. Doing good but not that well? A dilemma for energy conserving homeowners. Energy Economics. (2016); Volume: 60; pp. 197-205. DOI: 10.1016/j.eneco.2016.09.025. 8. Гранева А.В. “Применение эффективных теплоизоляционнных материалов в ограждающих конструкциях зданий и сооружений, на основе перлита, изготовленных методом самоуплотняющих масс”, Инженерный вестник Дона №2 (2022). 9. Drozdzol K. Thermal and Mechanical Studies of Perlite Concrete Casing for Chimneys in Residential Buildings. Materials. 2021; 14(8):2011. URL: doi.org/10.3390/ma14082011 10. Легкие бетоны. Межгосударственные стандарты ГОСТ 25820-14, Москва 2015, ГОСТ 25820-21, Москва 2022. 11. Кятов Н.Х. Исследование влияния толщины цементно-песчаного раствора на сопротивление теплопередаче кирпичной стены // Изв. Северо-Кавк. госуд. гуман.- технол. академии, 2011, №1(2), с. 124-127. 12. Ахундов А.А., Гудков Ю.В., Иваницкий В.В. Пенобетон – эффективный стеновой и теплоизоляционный материал // Строительные материалы, 1997, № 1. 13. Xikmatov N.I. “Qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar” Monografiya,
Buxoro, “Durdona” nashriyoti 2022. 14. Xikmatov N.I. “Perlit betonning tarkibi, xossalari va ishlab chiqarishning innovatsion
texnologiyalari” Monografiya, “Globe edit” 2025. 15. Jamol Urinov, Navfal Hikmatov, Akmal Sharipov Durability of non-autoclaved cell concrete at
non-multiple repetitive load /// AGRITECH-V-2021, , IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 839 (2021) 052042 IOP Publishing doi:10.1088/17551315/839/5/052042, s. 1 – 7 16. https://ivdon.ru/ru/magazine/archive/n2y2022/7479
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 415