Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Maishiy qattiq chiqindilar asosidagi xomashyolardan ekologik toza va iqtisodiy samaradorligi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish

AXMEDOVA M.B.

Выпуск
2-son
Страницы
453–457
Опубликовано
25.04.2026
Просмотры
6 8

Аннотации

Mazkur maqolada maishiy qattiq chiqindilar (MQCh)ni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash asosida ekologik xavfsiz va iqtisodiy samarador mahsulotlar ishlab chiqarishning ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida MQCh tarkibi, ularni saralash va qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarning ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, MQChni kompleks qayta ishlash chiqindi hajmini sezilarli darajada kamaytirish, tabiiy resurslardan foydalanish bosimini pasaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Содержание статьи

Kirish. Aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va iste’mol madaniyatining o‘zgarishi natijasida maishiy qattiq chiqindilar miqdori yil sayin ortib bormoqda. An’anaviy chiqindi poligonlari ekologik xavf manbai bo‘lib, tuproq, suv va atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli MQChni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash orqali ekologik muammolarni kamaytirish va iqtisodiy foyda olish dolzarb ilmiy-amaliy masalaga aylangan. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda chiqindilarni qayta ishlash ulushi 50–70 % gacha yetgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ancha past. O‘z navbatida, MQCh tarkibida qog‘oz, plastmassa, shisha, metall va organik fraksiyalar mavjud bo‘lib, ular yuqori qayta ishlash potensialiga ega. Mazkur maqolaning maqsadi – MQCh asosida ekologik toza va iqtisodiy samarador mahsulotlar ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini ochib berish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi: ▪ MQCh tarkibini morfologik tahlil qilish; ▪ chiqindilarni mexanik va fizik-kimyoviy saralash usullarini o‘rganish; ▪ ikkilamchi xomashyodan mahsulot olish texnologiyalarini tahlil qilish; ▪ ekologik samaradorlikni baholashda hayotiy sikl (LCA) usulidan foydalanish; ▪ iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda xarajat–foyda (Cost–Benefit Analysis) usulini qo‘llash. Tahlillar ochiq statistik ma’lumotlar, ilmiy manbalar va sanoat korxonalarining amaliy ko‘rsatkichlari asosida olib borildi. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 451 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi Natijalar. Qattiq maishiy chiqindilar — bu aholi yashash joylarida, maishiy faoliyat, savdo, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalar natijasida hosil bo‘ladigan, qattiq holatdagi chiqindilar majmuasidir. Ular kundalik hayot mahsuli bo‘lib, doimiy ravishda hosil bo‘ladi va to‘g‘ri boshqarilmasa ekologik hamda sanitariya muammolarini keltirib chiqaradi. 1-rasm. Maishiy qattiq chiqindilar va tarkibi Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, MQChning o‘rtacha tarkibi quyidagicha: organik chiqindilar – 45–55 %; qog‘oz va karton – 15–20 %; plastmassa – 10–15 %; shisha va metall – 8–12 %; boshqa fraksiyalar – 5–8 %. Mazkur tarkib chiqindilarni kompleks qayta ishlash orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. MQCH Tabiiy va qayta tiklanadigan materiallar Chiqindi materiallar O’simliklarda n olinadigan materiallar Zichlangan tuproq Hayvon juni QX chiqindilari Qurilish chiqindilari Sanoat chiqindilari 2-rasm. Chiqindi hosil bo‘lish manbalari MQCh asosida quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish samarali hisoblanadi: “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 452 Ecology and environmental protection • qayta ishlangan plastmassadan qurilish va maishiy buyumlar; • qog‘oz chiqindilaridan qadoqlash materiallari; • shisha va metall chiqindilaridan sanoat xomashyosi; • organik chiqindilardan kompost va bioo‘g‘itlar. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. Hisob-kitoblarga ko‘ra: • chiqindilarni qayta ishlash poligon xarajatlarini 30–40 % ga kamaytiradi; • ikkilamchi xomashyodan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi birlamchi xomashyoga nisbatan 20–35 % past bo‘ladi; • investitsiyalarning o‘zini oqlash muddati 3–5 yilni tashkil etadi. 1-Jadval bo‘yicha umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki qayta ishlash orqali 1 tonna chiqindidan o‘rtacha 800–1700 ming so‘m sof foyda olish mumkin. Eng yuqori iqtisodiy samaradorlik plastmassa va metall chiqindilarida kuzatiladi. Organik chiqindilar ekologik jihatdan eng foydali yo‘nalish hisoblanadi. Qayta ishlash poligon xarajatlarini 30–40 % ga kamaytiradi. 1-jadval. Qattiq maishiy chiqindilardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi Qayta ishlash tannarxi (1 t, ming so‘m) Bozor qiymati (1 t, ming so‘m) Iqtisodiy samara (ming so‘m) № Chiqindi turi Qayta ishlash yo‘nalishi Olinadigan mahsulot Izoh Tez realizatsiya qilinadi 1 Qog‘oz va karton Mexanik qayta ishlash Qadoqlash kartoni 1 200 2 000 +800 2 Plastmassa (PET) Eritish va granulatsiya Plastik granulalar 2 500 4 200 +1 700 Yuqori talab mavjud Import o‘rnini bosadi 3 Polietilen paketlar Qayta eritish Texnik plyonka 2 200 3 600 +1 400 4 Shisha chiqindilari Qayta eritish Shisha idishlar 1 800 2 700 +900 Energiya tejaladi 5 Metall (temir) Qayta eritish Metall zagotovkalar 2 000 3 500 +1 500 Doimiy bozor Qishloq xo‘jaligida talab yuqori 6 Organik chiqindilar Biologik qayta ishlash Kompost o‘g‘it 900 1 800 +900 7 To‘qimachilik chiqindilari Mexanik maydalash Texnik tolalar 1 600 2 500 +900 Qurilishda qo‘llanadi 8 Yog‘och chiqindilari Presslash Briket yoqilg‘i 1 400 2 800 +1 400 Energiya manbai Yo‘l qurilishida ishlatiladi 9 Qurilish chiqindilari Maydalash Ikkinchi darajali agregat 1 000 1 900 +900 Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 453 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi 3-rasm. Ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishlari Xulosa. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida maishiy qattiq chiqindilarni ikkilamchi xomashyo sifatida kompleks qayta ishlash ekologik xavfsizlikni ta’minlash bilan birga yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot davomida maishiy chiqindilarning tarkibiy tuzilmasi, ularni saralash va qayta ishlash texnologiyalari hamda qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarning ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, chiqindilarni manbada saralash va zamonaviy mexanik, biologik hamda fizik-kimyoviy qayta ishlash texnologiyalarini qo‘llash orqali poligonlarga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini 30–50 % gacha qisqartirish mumkin. Bu esa yer resurslaridan foydalanish bosimini kamaytirish, atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdorini pasaytirish hamda tuproq va suv resurslarining ifloslanishini oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, iqtisodiy tahlillar maishiy qattiq chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarning tannarxi birlamchi xomashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga nisbatan o‘rtacha 20–35 % ga past bo‘lishini ko‘rsatdi. Qog‘oz, plastmassa, metall, shisha va organik chiqindilarni qayta ishlash yuqori iqtisodiy samara berishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari maishiy qattiq chiqindilarni qayta ishlash yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, davlat–xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish mazkur yo‘nalishning samaradorligini yanada oshiradi. Mazkur ilmiy ish natijalari maishiy qattiq chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqishda, ekologik xavfsiz ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishda hamda ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarda foydalanish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega

Литература (14)

  1. 1. Турдиев Б.Х. Қаттиқ маиший чиқиндиларни бошқариш ва қайта ишлаш асослари. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2021. – 256 б.
  2. 2. Абдурахмонов А.А., Юлдашев Ш.М. Экология ва чиқиндиларни қайта ишлаш технологиялари. – Тошкент: O‘zbekiston, 2020. – 312 б.
  3. 3. Хаитов Р.А.,Ахмедова М.Б.,Гулямов И.Г.Производство экологически чистых строительных материалов с использованием вторичного сырья. Бухара.2025 yil
  4. 4. Мирзаев Ф.М. Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва чиқиндиларни бошқариш. – Самарқанд: Zarafshon, 2019. – 228 б. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026
  5. Ecology and environmental protection
  6. 5. Tchobanoglous G., Kreith F. Handbook of Solid Waste Management. – New York: McGrawHill, 2018. – 950 p.
  7. 6. Pichtel J. Waste Management Practices: Municipal, Hazardous, and Industrial. – Boca Raton: CRC Press, 2019. – 670 p.
  8. 7. Williams P.T. Waste Treatment and Disposal. – 2nd ed. – Chichester: John Wiley & Sons, 2017. – 380 p.
  9. 8. Kaza S., Yao L., Bhada-Tata P., Van Woerden F. What a Waste 2.0: A Global Snapshot of Solid Waste Management to 2050. – Washington, DC: World Bank, 2018. – 272 p.
  10. 9. European Commission. Waste Framework Directive 2008/98/EC. – Brussels, 2020.
  11. 10. UNEP. Global Waste Management Outlook. – United Nations Environment Programme, Nairobi, 2019. – 346 p.
  12. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2022.
  13. 12. ISO 14001:2015. Environmental management systems – Requirements with guidance for use. – Geneva: ISO, 2015.
  14. 13. Hoornweg D., Bhada-Tata P. What a Waste: A Global Review of Solid Waste Management. – World Bank Urban Development Series, 2016. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 455