Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Gilos danagini chaqishga sarf bo‘ladigan kuchni tadqiq qilish

SHARIPOV N.Z.

Выпуск
2-son
Страницы
6–9
Опубликовано
01.04.2025
Просмотры
5 7

Аннотации

В данной статье на основе теоретического анализа описан физико-химический состав масла семян вишни. На основе изученных физических свойств проведен теоретический анализ способов и сил, участвующих в процессе дробления семян вишни, а также предложен способ дробления, основанный на новом способе измельчения. На основе экспериментов изучены силы, применяемые для обрушивания семян сортов вишни. Подробно освещены способы выбора материала для обрушивания семян вишни.

Содержание статьи

Kirish. Gilos mevasi (Cerasus) po‘stloqdan, etdan va danakdan iborat. Mag‘iz danak massasining 15% gachani tashkil qiladi. O‘zakda 0,8% amigdalin mavjud. Gilos moyi sariq rangli, yoqimli bodom hidi va ta’miga ega. Gilos moyi nafaqat ozuqaviy maqsadlar, balki kosmetika va formasevtika sohalari uchun ham keng ishlatiladi. Oʻzbekistonda gilos ning «Lyubskaya 15», «Shpanka chyornaya», mahaleb gilos si yoki kamxastak (Cerasus mahaleb), qizilmevali gilos yoki chiya (toshchiya) (S. erythrocarpa Neski.) mahalliylashgan navlari bog‘larda, yovvoyi turlari adir va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi [1]. Dunyoda gilos mevasi o‘rtacha 4 mln tonna yetishtiriladi. gilos yetishtirish bo‘yicha jahonda Turkiya davlati yetakchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari AQSH, Xitoy, O‘rta Osiyo davlatlarida va boshqa issiq o‘lkalarda ham bu meva ko‘p yetishtiriladi [2]. O‘zbeksiton Respublikasida ham gilos yetishtirish va uni qayta ishlab eksport qilish bo‘yicha dunyoga yetakchi davlatlar qatori bo‘lib yilida o‘rtacha 95 ming tonna mahsulot yetishtiradi [3]. Material va usullar. O‘tkazilgan nazariy tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, gilos moyining xususiyati bodom moyi xusuyatlarini o‘xshash, Gilos moyi ham farmasevtika va parfyumeriyada foydalanish mumkin. Gilos moyining kislotalar soni 2,5 bu ko‘rsatgichi bo‘yicha olxo‘riga nisbatan ancha past hisoblanadi. Bundan tashqari meva danaklarini qanchalik past temperaturada quritish xomashyodan olinadigan moyning kislotalar sonini past bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 4 Техника, технология ва жиҳозлар Yod soni bo‘yicha eng yuqori moylardan hisoblanadi. Sovunlanishlar soni meva moylari bilan bir xil hisoblanadi. Gilos moyi fizik-kimyoviy xususiyatlari boshqa mevalar danaklaridan olingan moylar bilan deyarli bir xildir. Gilos danagini chaqishga ketadigan kuchni aniqlash uchun 2024-yilda yetishtirilgan «Lyubskaya 15» va «Shpanka chyornaya» navlari danaklarining fizik xossalari tadqiq qilish uchun tanlab olingan. Ma’lumki danaklar asosan valli dastgohlarda chaqiladi. Bu usulda vallarning orasidagi masofaning bir o‘zgarmasligi o‘lchami vallar orasidagi masofadan kichik urug‘lar chaqilmay o‘tib ketishi hamla o‘lchami katta urug‘larning mag‘zlari ham ezilishiga olib keladi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi usulda chaqish, ya’ni kesish usuli taklif qilingan. Kesishda materialning bir qismi ikkinchisidan chegara qatlamini sindirish natijasida ajratiladi. Materialning kesish moslamasi bilan aloqa qilish zonasida elastik va plastik deformatsiya sodir bo‘ladi, ularning kattaligi materialning tuzilishiga, deformatsiya tezligiga va fizik-mexanik xususiyatlarga bog‘liq. Asbobning qo‘llaniladigan kuchi ta’sirida materialda avval elastik, keyin esa plastik deformatsiya hosil bo‘ladi va eng katta kuchlanish chizig‘i bo‘ylab, bu kuch materialning mustahkamlik chegarasiga teng bo‘lganda kesiladi. Kesish ishi elastik va plastik deformatsiyani yaratishga, shuningdek, asbobning kesilayotgan materialga ishqalanishini bartaraf etishga sarflanadi Materialning pichoqqa nisbatan normal bo‘ylab kesish zonasiga harakat qilgandan ko‘ra kesish chetiga φ o‘tkir burchak ostida harakatlanayotganda ikkinchi holat har doim samaraliroq bo‘ladi [4]. 1-rasm. Pichoq va materialning bir-biriga nisbatan harakati a – normal bo‘yicha harakat qilish; b – kesish tig‘iga burchak ostida harakat qilish Bunda pichoqning qiyalik burchagi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi [5]: 𝑐𝑜𝑠𝜑= 𝑅+ 𝑐/2 𝑅+ 𝑑𝑜‘𝑟/2 = 𝑑+ 𝑐 𝑑+ 𝑑𝑜‘𝑟 (1) Bunda: 𝑅−barabanning radiusi, mm; 𝑑−barabanning diametri, mm; c-pichoq va val orasidagi bo‘shliq, mm; 𝑑𝑜‘𝑟−Gilos danagining o‘lchami, mm. Shunday qilib, < 𝜑= 𝑎𝑟𝑐𝑐𝑜𝑠𝑑+ 𝑐 𝑑+ 𝑑𝑜‘𝑟 Baraban va pichoq orasidagi masofa 20 mm ga teng. Gilos danagining 2/3 qismi valga tayyorlangan chuqur ichida joylashadi. Qurilmada gilos danagini bir xilda taqsimlanishini inobatga olsak, chaqish zonasi quyidagicha topiladi: 𝐾𝑎= 2 ∙𝑛∙𝐷 360 𝑎𝑟𝑐𝑐𝑜𝑠𝑑+ 𝑐 𝑑+ 𝑑𝑜‘𝑟 , (2) (2) ifodadan ko‘rinib turibdiki, chaqish zonasi baraban aylanish chastotasi, valning diametri, urug‘ning diametri, pichoq va val orasidagi masofaga bog‘liq. Tayyorlangan qurilmada chaqish zonasidan gilos danagini o‘tish vaqti quyidagicha aniqlanadi: 𝑇= 𝐾𝑎 , (3) 𝜗𝑏 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 5 Техника, технология и оборудование O‘tkazilgan nazariy tahlillardan ma’lumki, chaqish jarayonida asosiy ishchi (kesuvchi, chaquvchi) organining tuzilishi va materiali katta ahamiyatga ega. Chaqish qurilmalarida qo‘llaniladigan pichoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi: mexanik kuchga va issiqlikka chidamli bo‘lishi kerak, materiali kamyob bo‘lmasligi, korroziyaga bardoshli, chaqiladigan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi, narxi arzon bo‘lishi kerak va h.k. Ma’lumki, yuqori mustahkamlikka ega po‘latlardan tayyorlangan pichoqlar yuqoridagi talablarga javob beradi [5]. Shuni inobatga olib, mahalliy sharoitda yetishtirilgan gilos danaklarini chaqishga sarflanadigan kuchning miqdoriga qarab po‘lat markasini tanlaymiz. Munozara. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga [6] ko‘ra namlikning yuqori bo‘lishi urug‘larning deformatsiyalanishi yuqoriligini ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatiga, chaqish sifatining pasayishi va chaqish uchun energiya sarfini ortib ketishiga sabab bo‘ladi. Gilos danagi fizik xossalarini tadqiq qilishda mevasining massasini o‘lchab, undagi danakning ulushini aniqlandi, olingan natijalar quyidagi jadvalga keltirildi. 1-jadval. Gilos mevasi va danagining massasi Gilos mevasi navlari 100 ta mevasining massasi, gr 100 ta nam danak massasi, gr «Lyubskaya 15» 303,10 29,74 «Shpanka chyornaya» 503,64 35,66 Gilos moyi ishlab chiqarishda urug‘larni chaqish va chaqilmalarni ajratish jarayoni muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Danaklarni chaqish jarayoniga ta’sir etadigan asosiy omillardan biri xomashyoning namligi hisoblanadi. Namlikning yuqori bo‘lishi danakni deformatsiyalanishini orttiradi bu o‘z navbatida chaqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nazariy tadqiqotlar natijasida meva danaklarini chaqish uchun ular namligi 10-12 % oraliqda bo‘lishi zarur. Shuni inobatga olib gilos danagining namligi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra gilos danagining namligi «Lyubskaya 15» navining boshlang‘ich namligi 35-40 %, «Shpanka chyornaya» navining boshlang‘ich namligi 33-36% ekanligi aniqlandi. Gilos danagini chaqish uchun danakning o‘lchami muhim katta, gilos danagining shakli sharsimon bo‘lgani uchun uning diemetrini aniqlanadi. Shunga ko‘ra «Lyubskaya 15» navli gilos danagining diametrining o‘lchami 2,5-5 mm, «Shpanka chyornaya» navining diametrining o‘lchami 3,5-6,5 mm ni tashkil etadi [7]. Chaqishga sarflanadilan kuchni aniqlash maqsadida namligi 10-12 % bo‘lgan namuna uchun olingan ikki navdagi gilos danagini har birini chaqish uchun sarf bo‘ladigan kuchlar miqdorini o‘lchash qurilmasi WP 300 Universal Material Tester, 20 kN qurilmasida sarflanadigan kuch miqdori tajriba yordamida aniqlandi (2-rasm). 2-rasm. Sinishga ketadigan kuchni sinash sxemasi 1 va 2 qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas qattiq plitalar Ushbu qurilmaga Gilos danagini sindirish uchun 1 va 2 plitalar orasida xomashyo qo‘yilib, 8-qo‘l g‘ildiragini burab siqiladi. Urug‘ singandan so‘ng burash to‘xtatiladi va 9 kuch o‘lchagich yordamida ketgan kuch miqdori qayd etiladi. Ushbu qurilmada xomashyoni sinish qiymatini aniqlash uchun mahsulotni quyidagi sxema asosida qo‘yish kerak. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 6 Техника, технология ва жиҳозлар O‘tkazilgan tajribalarda Gilos danagini bir donasi chaqish uchun o‘rtacha 270-400 N kuch sarflandi. Gilos danagini chaqish uchun qurilmani uzunligi bo‘ylab chiziqli kuchni topish quyidagicha amalga oshiriladi [8]. To‘plangan kuchni topish formulasidan Gilos danaginini chaqishga ketadigan taqsimlangan kuchni topamiz (3-rasm): 𝑄 = 𝑞 ∙ 𝑙 (4) bunda: Q-Gilos danagini chaqishga ketadigan kuch, N, 𝑞 -taqsimlangan chiziqli kuchlar, N, 𝑙 -qurilmaning ishchi qismini uzunligi, m. Olingan ma’lumotlar asosida St25 va St45 po‘latlardan yasalgan pichoqlarni tanlash tavsiya etiladi [9]. Tajriba qurilmasida chaqilgan gilos danagining chaqilmasini ajratish natijalari quyidagi jadvalga keltirildi. 2-jadval. Gilos danagi mag‘zining ulushi Gilos mevasi navlari Quritilgan 100 ta danakning massasi, gr 3-rasm. Gilos danagini chaqish uchun qurilmani uzunligi bo‘ylab chiziqli kuchni hisoblash sxemasi 100 dona mag‘zning massasi, gr Quritilgan danakning umumiy massasiga nisbatan mag‘zning ulushi,% «Lyubskaya 15» 22,6 8,30 37 «Shpanka chyornaya» 31,2 7,9 25 Xulosa. Olingan nazariy va ilmiy tadqiqotlar natijalarini gilos danagini qayta ishlash texnologiyasiga tavsiya etiladi. «Lyubskaya 15» navli 100 gilos danagini mag‘zi 8,3 gr ni tashkil etdi. Gilos mevasinng shu navida quritilgan mag‘z umumiy meva massasini 3 % ni tashkil etmoqda. Ushbu danakning po‘stlog‘ining qalinligi 0,8-1,2 mm gacha teng ekanligi aniqlandi. «Shpanka chyornaya» navli 100 ta gilos mevasi mag‘zining massasi 7,9 gr ga teng bo‘ldi. «Shpanka chyornaya» navli gilos mevaning umumiy massasiga nisbatan mag‘zning ulush 1,5-2,5 % ni tashkil etdi. Ushbu danakning po‘stlog‘ining qalinligi 1-1,5 mm gacha tengligi o‘lchandi. Olingan ushbu ma’lumotlar asosida gilos moyini ishlab chiqarish texnologik tizimida xomashyoni qayta ishlash texnolgik parametrlari tanlash imkoni mavjud. Shu bilan bir qatorda gilos danagini po‘stlog‘idan ajratib presslash olinadigan moyning sifati va mahsuldorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi

Литература (5)

  1. 2. USDA. Fresh Peaches and Cherries: World Markets and Trade; United States Department of reaches-shanghai
  2. 4. N.Z. Sharipov. Mahalliy soya urug‘larini po‘stlog‘idan ajratish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini yaratish. Dissertasiya-Buxoro 2023 y.
  3. 5. N.Z. Sharipov. Analysis of the process of preparing oilseeds for oil production. academicia An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 10, Issue 11, November 2020. p. 2075-2079.
  4. 6. N.Z. Sharipov, K.KH. Gafurov, M.S. Mizomov. Soya seeds from the peel seperating of local growing. International Journal For Innovative Engineering and Management Research. Volume 10 , February issue 2021. p. 337-339
  5. 7. Sharipov N. Z., Kuldosheva F. S., Jumaev J. Research of the Effect of Factors on the Process of Separation of Shadow Seeds from the Peel //Eurasian Research Bulletin. – 2022. – T. 7. – S. 86. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 7