Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Boʻyoq sezgir quyosh elementlari uchun geteroleptik mis(I) kompleks birikmalarining sintezi va tadqiqoti
Аннотации
Ushbu ishda mis(I) ionining ikki xil ligandli ikki xil geteroleptik kompleks birikmalarining fotofozokaviy hamda fotokimyoviy xossalari oʻrganilgan. Buning uchun fosfin hosilali ligand hamda katta sterik ta’sirga ega bipiridin hosilasi ishlatilgan. Oʻrganilgan komplekslar qutbliligi turlicha boʻlgan erituvchilarda oʻrganilganda oʻziga xos xossalarni namoyon qildi. Fosfin ligandli komplekslar kelajakda boʻyoq sezgir quyosh elementlarida (BSQE) sensibilizator sifatida ishlatilishi mumkin.
В данной работе изучены фотофизические и фотохимические свойства двух гетеролептических комплексов иона меди(I) с двумя различными лигандами. Для этого были использованы лиганд производного фосфина и производное бипиридина с большим стерическим эффектом. Изученные комплексы показали уникальные свойства при исследовании в растворителях различной полярности. Комплексы лигандов фосфина могут быть использованы в качестве сенсибилизаторов в сенсибилизированных красителем солнечных элементах (СКСЭ) в будущем.
This work studied the photophysical and photochemical properties of two heteroleptic complexes of copper(I) ion with two different ligands. A phosphine derivative ligand and a bipyridine derivative with a large steric effect were used for this. The studied complexes showed unique properties when studied in solvents of different polarity. Phosphine ligand complexes can be used as sensitizers in dye-sensitized solar cells (DSSC) in the future.
Литература (38)
- 1. Рюле Т. Трансформаторные масла - композиционные решения и тренды // BASF. We create.chemistry. Доклад, ноябрь 2016. - 35 с.
- 2. Kramer D.C., Lok В.К., Krиg R.R. The Evolution of Base Oil Technology. Turblne Lubrication in the 21st Century. USA, West Conshohocken: American Society for Testing and Materials, 2001. - 150 р.
- 3. ООО «РН-Смазочные материалы». Смазочные материалы для энергетической отрасли. Рекламный проспект. - 2018. - 7 с.
- 4. Мухин А.А., Поляков С.Ю., Скрябина А.Е. и др. Проблема физико-химической стабильности минерального турбинного маслаТП-22С в условиях эксплуатatsiи газоперекачивающих агрегатов//Нефтепереработка и нефтехимия. - 2014. - №2. - С. 31-34.
- 5. Новое поколение смазочных масел для теплонапряженных газотурбинных двигателей, используемых в качестве приводов ГПА/ А.А. Мухин, С.Ю. Поляков, А.Е. Скрябина, А.З. Шайхутдинов, М.Е.Сидорочев, В Сасин //Газовая ромышленность. - 2015. -№
- 6. С. 42-47.
- 6. Спиркин В.Г., Технико-экономическиеи экологические проблемы производстваи применения турбинных масел в нефтегазовой промышленностии энергетике (ЧастьI)/ В.Г. Спиркин, И.Р. Татур, М.А. Силин, В.П. Тонконогов //Защита окружающей среды в нефтегазовом комплексе. - 2011. - № 8. - С. 4- 12.
- 7. Фукс Г.И. Коллоидная химия нефти и нефтепродуктов. – М.: Техника. – 2001. – 96 с.
- 8. Капустин В.М. Нефтяные и алтернативные топлива с присадками и добавками / В.М. Капустин. –М.: Колос, 2008. – 232 с.
- 9. Цветков О.Н. Поли--олефиновые масла: Химия. Технология, применение. – М.: Техника. 2006. – 190 с. UDK:546,561 BOʻYOQ SEZGIR QUYOSH ELEMENTLARI UCHUN GETEROLEPTIK MIS(I) KOMPLEKS BIRIKMALARINING SINTEZI VA TADQIQOTI Tаshpulаtov X.Sh., Hamdamova D.R. Shаrof Rаshidov nomidаgi Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti. Annotatsiya. Ushbu ishda mis(I) ionining ikki xil ligandli ikki xil geteroleptik kompleks birikmalarining fotofozokaviy hamda fotokimyoviy xossalari oʻrganilgan. Buning uchun fosfin hosilali ligand hamda katta sterik ta’sirga ega bipiridin hosilasi ishlatilgan. Oʻrganilgan komplekslar qutbliligi turlicha boʻlgan erituvchilarda oʻrganilganda oʻziga xos xossalarni namoyon qildi. Fosfin ligandli komplekslar kelajakda boʻyoq sezgir quyosh elementlarida (BSQE) sensibilizator sifatida ishlatilishi mumkin. Kalit soʻzlar: geteroleptik, fosfin hosilasi, yutilish, nurlanish, erituvchi ta’siri, BQSE. СИНТЕЗ И ХАРАКТЕРИСТИКА ГЕТЕРОЛЕПТИЧЕСКИХ КОМПЛЕКСОВ МЕДИ(I) ДЛЯ СЕНСИБИЛИЗИРОВАННЫХ КРАСИТЕЛЯМИ СОЛНЕЧНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ Ташпулатов Х.Ш., Хамдамова Д.Р. Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова. Аннотaция. В данной работе изучены фотофизические и фотохимические свойства двух гетеролептических комплексов иона меди(I) с двумя различными лигандами. Для этого были использованы лиганд производного фосфина и производное бипиридина с большим стерическим эффектом. Изученные комплексы показали уникальные свойства при исследовании в растворителях различной полярности. Комплексы лигандов фосфина могут быть использованы в качестве сенсибилизаторов в сенсибилизированных красителем солнечных элементах (СКСЭ) в будущем. Ключевые слова: гетеролептический, производное фосфина, поглощение, испускание, эффект растворителя, СКСЭ “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025
- Химия и химические технологии SYNTHESIS AND CHARACTERIZATION OF HETEROLEPTIC COPPER(I) COMPLEXES FOR DYE SENSITIZED SOLAR CELLS Tashpulatov Kh.Sh., Hamdamova D.R. Samarkand state university named after Sharof Rashidov. Abstract. This work studied the photophysical and photochemical properties of two heteroleptic complexes of copper(I) ion with two different ligands. A phosphine derivative ligand and a bipyridine derivative with a large steric effect were used for this. The studied complexes showed unique properties when studied in solvents of different polarity. Phosphine ligand complexes can be used as sensitizers in dye-sensitized solar cells (DSSC) in the future. Keywords: heteroleptic, phosphine derivative, absorption, emission, solvent effect, DSSC. Kirish. Koʻp yillar davomida oʻtish metallari kompleks birikmalari noorganik kimyoning eng qizgʻin tadqiqot yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Keying chorak asrda eng koʻp oʻrganilayotgan yoʻnalishlardan biri fotovoltaikdir. Quyosh elementlari barqaror energiya uchun juda muhimdir, chunki ular quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirib, foydali qazilmalarga bogʻliqlikni kamaytirishga va issiqxona gazlari ajralishini kamaytirishga yordam beradi. Umuman olganda, quyosh elementlari ekologik toza va barqaror kelajakni rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Zaryad oʻtkazuvchi boʻyoqlardan foydalanish birinchi marta Brayan O‘Regan va Maykl Gretzel 1991 yilda boshlangan va bu yangi bir tadqiqotlar yoʻnalishi – boʻyoq sezgir quyosh elementlariga (BSQE) asos solinishiga sabab boʻldi
- [1]. Quyosh elementlarida boʻyoqlarni sensibilizatsiya qiluvchi nurni elektr energiyasiga aylantirishning umumiy mexanizmlari quyidagilar: (a) quyosh nurlarining boʻyoq molekulasiga yutilishidan u qoʻzgʻalgan holatga oʻtaid; (b) qoʻzgalgan holat yarimoʻtkazgichga elektronni kiritishi mumkin, bu esa zaryadning ajralishiga olib keladi; (c) oksidlangan sensibilizator tashqi elektron donor tomonidan regerenatsiyalandi. Ru(II) polipiridin komplekslari, ayniqsa, BSQE sifatida eng eng koʻp oʻrganilgan oʻtish metall komplekslari qatoriga kiradi. Ularning bunday keng oʻrganilayotganligi bir qancha e’tiborga molik afzalliklardan kelib chiqadi. Jumladan, tayyorlashning qulayligi: bu komplekslarni nisbatan soddaligi bilan sintez qilish mumkin, bu esa tadqiqotchilarga ishlatiladigan ligandlarni sozlash orqali o‘z xususiyatlarini samarali tarzda moslashtirish imkonini beradi
- [2]. Qaytar elektrokimyoviy xususiyat: bu xususiyat ularni elektrokimyoviy sensibilizatsiya qilish va energiya konvertatsiyasidagi turli qurilmalar uchun mos qiladi
- [3]. ELektromagnit nurlar spektrining ko‘rinadigan sohasida yorug‘likning yutilishi: Ru(II) polipiridinlari koʻrinadigan yorug‘lik diapazonida kuchli yutilishni namoyish etadi, bu ularni quyosh energiyasini toʻplashi uchun mos keladi
- [4]. Uzoq muddatli elektron qoʻzgʻalgan holatlar: ular nisbatan uzoq muddatli qoʻzgʻalgan holatlarga ega boʻlib, yorugʻlikni toʻplash va energiya uzatish mexanizmlarida samaradorligini sezilarli darajada oshiradi
- [5]. Kuchli lyuminessent xossa: bu xususiyat nafaqat quyosh energiyasidan foydalanishda yordam beradi, balki ularni bio va sensor texnologiyalarda ham foydali qiladi
- [6]. Umuman olganda, Ru (II) polipiridin komplekslarining oʻziga xos xususiyatlari ularni fotokimyoviy tizimlarda turli xil qurilmalar uchun ideal qilishi mumkin. Bunday “ajoyib” xususiyatlarga qaramasdan ruteniy komplekslarining keng qoʻllanilishiga toʻsiqlar ham bor. Bular ruteniyning qimmatrligi, yer qobigʻida juda kam tarqalganligi hamda zaharliligidir. Bu yerda Ru(II) polipiridinlaridan boshqa komplekslarga ham tegishli bolishi mumkin. Shuning uchun ruteniy komplekslari oʻrniga qator 3d metallari sinab koʻrish usidan tadqiqotlar olib borilmoqda
- [7]. Mis(I) fenantrolinlari ham ushbu muammoning mumkin boʻlgan yechimi sifatida koʻrilmoqda
- [8]. Muhim jihati mis(I) fenantrolinlari uzoq muddatli triplet metalldan ligandga zaryad oʻtkazish (metal-to-ligand charge transfer) MLCT qoʻzgʻalgan holat xususiyatini namoyish etadi. Har bir metall uchun ikkita keng oʻrganilgan komplekslarni: mis(I) bis(dimetilfenantrolin) – Cu(dmp)2+ hamda ruteniy(II) tris(bipiridin) – Ru(bpy)32+ solishtiramiz (1rasm). “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар 1-rasm. Cu(dmp)2+ (D2d) hamda Ru(bpy)32+ (Oh) komeplakslarining geometrik tuzilishi. Ru(II) kompleksi 650 nm da 850 ns qoʻzgʻalgan holat yashash muddatiga ega, shu bilan birga CuII) kompleksi 750 nm da 90 ns qoʻzgʻalgan holat yashash muddatini namoyon qiladi. Ru(bpy)32+ kompleksinining molyar nur yutish keffitsienti (ε=1,5·104 M-1cm-1) Cu(dmp)2+ kompleksinikiga (ε=0,8·104 M-1cm-1) qaraganda yuqori. Dunyo boʻylab aniqlangan mis resurslari qariyb 2,6 trillion kilogrammga baholanadi (Ru nikiga qaraganda 5000 marta koʻproq)
- [9]. Bundan tashqari, arzonroq va kamroq zaharli boʻlgan mis(I) komplekslari molekulyar tuzilishdan kelib chiqadigan fotofizik va fotokimyoviy xususiyatlarni nozik sozlash imkonini beradi
- [10]. Ushbu tadqiqotning maqsadi geteroleptik fosfin hosilasi ligandli mis(I) komplekslarini fotofizikaviy hamda fotokimyoviy xossalarini statsionar spektral usullar bilan oʻrganish hisoblanadi. Het1 Het2 2-rasm. Mis(I) ning geteroleptik komplekslari tuzilishi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025
- Химия и химические технологии Ushbu tadqiqotda 2 ta geteroleptik mis(I) komplekslari tanlab olindi: (oksibis(2,1fenilen))bis(difenilfosfin))bis(N,N-bis(4-metoksifenil)anilin)mis(I) geksaftorofosfat, (oksibis(2,1fenilen))bis(difenilfosfin))N-(4-((E)-2-(4'-((E)-4-(bis(4-metoksifenil)amino)stiril)-6,6'-dimetil-[2,2'- bipiridin]-4-il)vinil)fenil)-3-metoksi-N-(4-metoksifenil)anilinmis(I) geksaftorofosfat (1-rasm). Erituvchilar sifatida qutbliligi eng kattadan eng kichik boʻlgan diapazondagilar hamda erituvchilar aralashmasi tanlab olindi Komplekslarning elektron yutilish spektrlari UV-2600 spektrofotometrida qayd qilindi (Shimadzu, Yapniya). Kyuvtalar sifatida standart 1 cm qalinlikdagi kvats kyuvetalar ishlatildi. Moddalarning infraqizil spektrlarini olish uchun IRAffinity 1S FT IQ spektrofotometri ishlatildi (Shimadzu, Yaponiya). Statsionar lyuminessent tahlil RF-6000 spektrofluorimetrida bajarildi (Shimadzu, Yaponiya). Natija va muhokama. Toʻrtta toza erituvchi va hamda bitta yuqori qutblilikdan past qutblilik darajasigacha boʻlgan erituvchi aralashmasidagi komplekslarning fotofizik xossalari tekshirildi. Ushbu erituvchilar tarkibiga asetonitril, atseton, tetragidrofuran va toluol, shuningdek, Tol70THF30 erituvchi aralashmasi ham oʻz ichiga oladi. Sof erituvchilar uchun dielektrik singdiruvchanlik va sindirish ko‘rsatkichlari adabiyotlardan olingan boʻlib, ularning natijalari 1jadvalda taqdim keltirilgan. Aralash erituvchi uchun dielektrik singdiruvchanlik va sindirish ko‘rsatkichlerini hisoblab toppish uchun erituvchilar aralashmalaridagi hajmiy ulushlaridan foydalanilgan formulalar qoʻllanildi ε(Tol70THF30) = fTolεTol + fTHFεTHF (1 n2(Tol70THF30) = fToln2Tol + fTHFn2THF (2 Tadqiqotlarda kerakli erituvchi qutbliligiga erishish uchun fTol = 0,7 va fTHF = 0,3 qiymatlar olindi. Erituvchilarning qutblilik koʻrsatkichlari Lippert va Mataga tomonidan aniqlangan Δf qutblanish funksiyasi yordamida baholandi [11]. 1-jadval. Erituvchilar hamda erituvchilar aralashmasining fizik xossalari. Erituvchi Sindirish koʻrsatkichi, n Erituvchining qutblilik funksiyasi Atsetonitril 1,344 37,5 0,305 Atseton 1,359 20,7 0,284 Tetragidrofuran 1,407 7,58 0,21 Toluol 1,497 2,38 0,013 Tol70THF30 1,47 3,94 0,113 Turli erituvchilarda HET1 va HET2 komplekslari uchun statsionar (normalashgan) elektron yutilish hamda xona haroratidagi statsionar (normalashgan) nurlanish spektrlari 2 va 3 rasmlarda koʻrish mumkin. Ushbu komplekslar 396 nm dan 445 nm gacha boʻlgan yutilish maksimalarini koʻrsatib, juda intensiv oʻtishlarga ega. Natijada, bu eritmalarning ranglari toʻq sariqdan toʻq qizilgacha oʻzgaradi. Bu diapazondagi molyar nur yutish koeffitsienti taxminan 8 ·
- 104 M-1 cm-1 atrofida boʻladi (spin ta’qiqlangan). E’tiborlisi, intensiv koʻrinadigan nur yutish fosfin ligandini oʻz ichiga olgan mis(I) komplekslari uchun xos boʻlib, ularning yutilishi 400 nm dan yuqori va spektr oxirida ikkinchi bir polosa sifatida namoyon boʻladi. Komplekslarning elektron yutilish spektrlarini ikki guruhga boʻlish mumkin: kuchli qutbli erituvchilarda (asetonitril va aseton) va kamroq qutbli erituvchilarda (tetragidrofuran, toluol va Tol70THF30) komplekslar. Birinchi holda, komplekslarning yutilish polosasi eritmadagi tegishli ligandlarning yutilish polosasi bilan deyarli ustma-ust tushadi. Bu komplekslarning qutbli erituvchilarda parchalanishi, ya’ni barqaror emasligini tasdiqlaydi. Boshqa tomondan, tetragidrofuran va toluol kabi qutbsiz erituvchilarda yutilish polosasi qizil rangga sohaga siljiydi. Dielektrik singdiruvchanligi, ε “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар Het2 1.0 Het1 1.0 Absorbsiya (sh.b.) ACN Acet THF Tol Tol70THF30 Absorbsiya (sh.b.) 0.8 0.8 ACN Acet THF Tol Tol70THF30 0.6 0.6 0.4 0.4 0.2 0.2 300 350 400 450 500 550 600 0.0 300 350 400 450 500 550 600 650 0.0 3-rasm. Het1 va Het2 komplekslarning turli erituvchilardagi (normallashgan) elektron yutilish spektrlari. HET1 va HET2 komplekslarida donor guruhidan bipiridin qismigacha zaryad oʻtkazish sifatida eng past qoʻzgʻalgan singlet holatlar paydo boʻladi. Shunday qilib, ligand bilan solishtirganda yutilishning qizil siljishi metallning ta’siri va asosan bipiridindagi LUMO ning barqarorlashishi bilan izohlanadi. To'lqin uzunligi (nm) To'lqin uzunligi (nm) Het2 1.0 1.0 Het1 ACN Acet Tol Tol70THF30 ACN Acet THF Tol 0.8 0.8 Intensivlik (sh.b.) Intensivlik (sh.b.) 0.6 0.6 0.4 0.4 0.2 0.2 400 450 500 550 600 650 700 750 0.0 400 450 500 550 600 650 700 750 800 0.0 To'lqin uzunligi (nm) To'lqin uzunligi (nm) 4-rasm. Het1 va Het2 komplekslarning turli erituvchilardagi (normallashgan) nurlanish spektrlari. Komplekslar maksimal nurlanish toʻlqin uzunligi va kvant unumi jihatidan oʻziga xos xusuiyatlarni namoyish etadi. Ya’ni fosfin hosilasi boʻlgan ligandlar boʻlgan sharoitda luminessensiya bipiridin yoki fenentrolin hosilali ligandlar tutgan komplekslarga qaraganda juda kuchli. Bu esa sterik jihatdan katta hamda qattiq fosfin hosilasi ligandining ta’siri bilan bogʻliq. Ya’ni bukilmaydigan fosfin hosilali ligand Cu+ oksidlanib Cu2+ ga oʻtishida geometrik jihatdan tetraedrikdan tekis kvadratga oʻtib nurlanishsiz deaktivatsiya jarayoniga xalaqit beradi. Xulosa. Mis(I) ning turli ligandlar bilan geteroleptik komplekslari fotokimyoviy hamda fotofizik xossalari turli erituvchilarda oʻrganildi. Fosfin tutgan ligandlar molekula tuzilishining qattiq boʻlishini hamda yuqori lyuminessent kvant unumiga ega ekanligini koʻrsatdi. Shuning uchun bunday komplekslar kelajakda boʻyoq sezgir quyosh elementlarida ishlatilish istiqbollari mavjud. Adabiyotlar roʻyxati
- 1. O‘regan, B., & Grätzel, M. (1991). A low-cost, high-efficiency solar cell based on dye-sensitized colloidal TiO2 films. nature, 353(6346), 737-740.
- 2. Yam, V. W. W., Lee, V. W. M., Ke, F., & Siu, K. W. M. (1997). Synthesis, photophysics, and electrochemistry of ruthenium (II) polypyridine complexes with crown ether pendants. Inorganic chemistry, 36(10), 2124-2129. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025
- Химия и химические технологии
- 3. Maza, W. A., & Morris, A. J. (2014). Photophysical characterization of a Ruthenium (II) Tris (2, 2′-bipyridine)-doped zirconium UiO-67 metal–organic framework. The Journal of Physical Chemistry C, 118(17), 8803-8817.
- 4. Liu, F., Wu, J., Liu, J., & Xue, D. (2010).
- 1 Large-Scale Fabrication of Functional Thin Films with Nanoarchitecture. Nanostructured Thin Films and Coatings: Functional Properties, 2, 1.
- 5. Vlček Jr, A. (2000). The life and times of excited states of organometallic and coordination compounds. Coordination Chemistry Reviews, 200, 933-978.
- 6. Shum, J., Leung, P. K. K., & Lo, K. K. W. (2019). Luminescent ruthenium (II) polypyridine complexes for a wide variety of biomolecular and cellular applications. Inorganic Chemistry, 58(4), 2231-2247.
- 7. Wenger, O. S. (2019). Is iron the new ruthenium?. Chemistry–A European Journal, 25(24), 6043-6052.
- 8. Housecroft, C. E., & Constable, E. C. (2015). The emergence of copper (I)-based dye sensitized solar cells. Chemical Society Reviews, 44(23), 8386-8398.
- 9. Zink, D. M., Bergmann, L., Ambrosek, D., Wallesch, M., Volz, D., & Mydlak, M. (2014). Singlet harvesting copper-based emitters: a modular approach towards next-generation OLED technology. Translational Materials Research, 1(1), 015003.
- 10. Tashpulatov Kh.Sh., Nasimov A.M., Rebarz M. (2015). Molecular design of copper(I) complexes for dye sensitized solar cells application – a minireview. Bulletin of Samarkand State University, 1(89) 117-121.
- 11. Lakowicz, J. R. (Ed.). (2006). Principles of fluorescence spectroscopy. Boston, MA: springer US. Tashpo‘latov Xurshid Shukurovich - Shаrof Rаshidov nomidаgi Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti, kimyo fаnlаri nomzodi, dotsent. Tel: +99897-928-90-82 Hamdamova Dinora Rajab qizi - Shаrof Rаshidov nomidаgi Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti, doktorant Tel:+99897-286-38-69 E-mаil: hamdamovadinara096@gmail.com DIGLITSIDILKARBAMID VA DIMETILOLKARBAMID ASOSIDA BURG‘ULASH ERITMALARI OLISH USULLARINI TADQIQ QILISH Eshqurbonov F.B., Abduraimov J.B. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti. Annotatsiya. Burg‘ulash qorishmalari burg‘ulash texnologiyasining ajralmas elementi bo‘lib, yuqori texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, muammosiz ishlashni va burg‘ulash narxining pasayishini ta’minlaydigan bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Burg‘ulash suyuqliklari nafaqat quduqdan sinish mahsulotlarini olib tashlaydi va toshni sindirish vositasini sovutadi, geologik asoratlarni bartaraf etishni ta’minlaydi, shuningdek burg‘ulash ishlarining sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi. Kalit so‘zlar: poliakrilamid, malein kislota, bentonit kukuni, reaktor, dimetilolkarbamid, initsiator, teskari muzlatgich. ИССЛЕДОВАНИЕ СПОСОБОВ ПОЛУЧЕНИЯ БУРОВЫХ РАСТВОРОВ НА ОСНОВЕ ДИГЛИЦИДИЛКАРБАМИДА И ДИМЕТИЛОЛКАРБАМИДА Эшкурбонов Ф.Б., Абдураимов Ж.Б. Термезский государственный университет инженерии и агротехнологий Аннотaция. буровые смеси являются неотъемлемым элементом технологии бурения и выполняют ряд важных функций, обеспечивающих высокие технические и экономические показатели, бесперебойную работу и снижение стоимости бурения. Буровые жидкости не только удаляют продукты разрушения скважины и охлаждают средство разрушения камня, обеспечивают устранение геологических осложнений, но и способствуют улучшению качества буровых работ. Ключевые слова: полиакриламид, малеиновая кислота, бентонитовый порошок, реактор, диметилолкарбамид, инициатор, обратный холодильник. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 74