Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Diglitsidilkarbamid va dimetilolkarbamid asosida burg‘ulash eritmalari olish usullarini tadqiq qilish

ESHQURBONOV F.B., ABDURAIMOV J.B.

Nashr
2-son
Sahifalar
76–80
Nashr etildi
01.04.2025
Ko'rishlar
4 6

Annotatsiyalar

Burg‘ulash qorishmalari burg‘ulash texnologiyasining ajralmas elementi bo‘lib, yuqori texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, muammosiz ishlashni va burg‘ulash narxining pasayishini ta’minlaydigan bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Burg‘ulash suyuqliklari nafaqat quduqdan sinish mahsulotlarini olib tashlaydi va toshni sindirish vositasini sovutadi, geologik asoratlarni bartaraf etishni ta’minlaydi, shuningdek burg‘ulash ishlarining sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi.

Maqola Mazmuni

Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi № PF-60 son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi № PF-4947 son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018-yil 25-oktabrdagi № PQ-3983 son “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida, shuningdek mazkur sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur maqola tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [1]. Burg‘ulash qorishmalari burg‘ulash texnologiyasining ajralmas elementi bo‘lib, yuqori texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, muammosiz ishlashni va burg‘ulash narxining pasayishini ta’minlaydigan bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Burg‘ulash suyuqliklari nafaqat quduqdan sinish mahsulotlarini olib tashlaydi va toshni sindirish vositasini sovutadi, geologik asoratlarni bartaraf etishni ta’minlaydi, shuningdek burg‘ulash ishlarining sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: 2017-2025-yillarda O‘zbekiston xalqining asosiy maqsadi yer osti boyliklarini qidirishni kengaytirish, ularni yanada mustahkamlash, mineral- xom ashyo bazasining unumdorligini oshirish, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanish samaradorligini oshirishdan iborat. Burg‘ulash qorishmalari burg‘ulash texnologiyasining ajralmas elementi bo‘lib, yuqori texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, muammosiz ishlashni va burg‘ulash narxining pasayishini ta’minlaydigan bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Burg‘ulash suyuqliklari nafaqat quduqdan sinish mahsulotlarini olib tashlaydi va toshni sindirish vositasini sovutadi, geologik asoratlarni bartaraf etishni ta’minlaydi, shuningdek burg‘ulash ishlarining sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi. Tarkibi, berilgan geologik sharoitlarga mos kelmaydigan burg‘ulash suyuqliklaridan foydalanish odatda turli sharoitlarda baxtsiz hodisalarga olib keladi [2]. So‘nggi yillarda yuqori sifatli xomashyodan tayyorlangan va turli kimyoviy reagentlar bilan ishlov berilgan murakkab burg‘ulash suyuqliklarining butun majmuasi ishlab chiqildi va barqaror tuzilishga ega yuqori sifatli yuvish suyuqliklar olinib kelmoqda. Bu gillarning kimyoviy tarkibi tufayli kuchli tuzilmani yaratish qobiliyati, shuningdek reaktivlarni qo‘shish orqali eritmalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tartibga solish qobiliyati ularni yuvish suyuqliklarining asosiy turiga aylantirdi. Olib borilgan izlanishlar va natijalar: Ishlab chiqarishda tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun zamonaviy xorijiy burg‘ulash texnikasi va texnologiyalari, jumladan NQ va HQ komplekslari, ushbu komplekslar uchun gel eritmasi, drispak polimer (DRISPAK-polianion tsellyuloza) va poliakrilamid (PHPA-Partially Hydrolyzed Poliakrilam) qo‘llaniladi. Ushbu reagentlarga qo‘shimcha ravishda foydalanish uchun yuqori sifatli bentonit kukuni (QUIK-GEL) mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Bunday burg‘ulash suyuqliklari past loy va polimer gel suyuqliklarini o‘z ichiga oladi. Burg‘ulash suyuqliklariga poliakrilamid (PAA) reaktivi, suyuq shisha, sodali suv va boshqalar kiradi. Asosan past loy burg‘ulash suyuqligini o‘z ichiga olgan bentonit kukuni. Bentonit zavodida ishlab chiqarilgan PBMB-A tipidagi bentonit kukunidan tayyorlanadi. Past loyli burg‘ulash suyuqligi butun dunyoda geologik qidiruv sohasida geologik qidiruv ishlarida keng qo‘llaniladi, uning tarkibida 2-4% bentonit kukuni mavjud. Nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida burg‘ilash eritmalari uchun stabilizatorlar ishlab chiqarishning texnologik sxemasi yaratildi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 75 Химия и химические технологии Akrilamid va malein kislotasining polimerlanish jarayoni oksidlovchi-qaytaruvchi initsiatorlar sistemasida amalga oshiriladi. Akrilamidning dastlabki eritmasi va uning malein kislotasi bilan aralashmasi konsentratsiyasi massasi bo‘yicha 10% ni, initsiator sarfi esa akrilamidning og‘irligi bo‘yicha 0,1% ni tashkil qiladi. Akrilamid va malein kislotadan xom ashyo olish texnologik sxemasida eritmalarni tayyorlash uchun suv, eritma, initsiatorlar va boshqa kerakli reaktivlarni tayyorlash bosqichini o‘z ichiga oladi. Qurilmaning barcha qismlari birinchisidan keyingisiga oqadigan tarzda joylashtirilgan. Sxema suv bilan ta’minlash, filtratsiyalangan akrilamid eritmasini reaktorga chiqarish va gidrolizlangan polimerni kollektorga yetkazib berish uchun nasoslar bilan jihozlangan. Nazorat qilish va o‘lchov qurulmalari (harorat, bosim va xom ashyo miqdori va polimer konsentratsiyasini o‘lchash) bilan jihozlangan. Texnologik sxemada tarkibida mis bo‘lmagan qurilmalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, chunki mis polimerlanishning ingibitori ekanligi ma’lum. Burg‘ilash eritmalariga mahalliy xomashyo sifatida bir qator olimlar [3,4] ning ilmiy ishlarida sintez qilingan organik birikmalar olingan, dimetilolkarbamidning melamin bilan modifikatsiyalash yo‘li bilan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar, tarkibida azot, oltingugurt, fosfor, kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlarni sintez qilingan, ular asosida ba’zi d-metallarning kompleks birikmalarini sorbsiya usulida o‘rganilgan. Ushbu sintez jarayonida foydalanilgan dastlabki moddalardan burg‘ilash eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati mavjud. 1-rasm. Dimetilolkarbamid va urotropin asosida burg‘ilash eritmalari olish texnologik sxemasi. 1) Dimetilolkarbamid uchun idish; 2) urotropin uchun idish; 3) suv ulchagich; 4) initsiatorlar uchun idish; 5) kaustik soda uchun idish; 6) polimerlash reaktori; 7) aralashtirgich; 8) teskari muzlatgich; 9) vakuum nasos; 10) dozator; 11) azot uchun idish. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 76 Кимё ва кимёвий технологиялар 1-jadval. Asosiy gilning bo‘kish darajasi va koeffitsienti Eritma К1 К5 τ1 τ 5 Suv 57 62,3 17,6 3,86 5% NaCl 27,13 27.6 8.2 1,67 15% NaCl 8,73 8,3 2,43 0,486 0,5% СаСl2 19,6 20 5,84 1,19 1% gipan 71,2 85,2 22 5,29 Polimer stabilizatorlarining gidrofob va barqarorlashtiruvchi xususiyatlari, gidroliz qiluvchi reagentning tabiatiga xam bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, MKAA1 (gidrolizlovchi reagent Na2CO3) va MKAA2 (gidrolizlovchi reagent NaOH) ta’sirida gil namunasining bo‘kish koeffitsienti mos ravishda 40 va 33 ni tashkil etadi. Binobarin, MKAA2 stabilizatoridan tayyorlangan burg‘ilash eritmalarining tuzga chidamliligi natriy karbonat eritmasi 84 yordamida gidroliz qilib olingan stabilizatorga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlandi. Olingan natijalarni tahlil qilganimizda bo‘kish tezligi, elektrolit bilan polimer tabiatiga va ularning konsentratsiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Gilli burg‘ilash eritmalariga turli xil elektrolit va polimer moddalarning kichik konsentratsiyalarini kiritish orqali uning sifatini va texnologik xususiyatlarini sezilarli darajada oshirishga erishildi. Elektrolit va polimer eritmalaridan foydalanish burg‘ilash eritmalarining reologik va filtratsion xossalarini individual ravishda oshirishiga sabab bo‘ladi. Olingan laboratoriya natijalariga ko‘ra, KMS va biz tomanidan sintez qilib olingan sopolimerning (C2-7) birgalikdagi ta’siridan foydalanish orqali ingibirlovchi va burg‘ilash jarayonida muhim hisoblangan boshqada xususiyatlarni yaxshilashiga va reagentlar sarfini kamaytirishga erishildi [5]. Xulosa. Burg‘ilash eritmasi retsepturalarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar hududdagi gaz konlarining o‘ziga xos kon-geologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Ushbu xususiyatlarning mohiyati, quduq devorlari barqarorligini oshirish bo‘lib, tuz va vodorod sulfid ta’siridan quduq devorlarining cho‘kishi va qulashi ko‘zatilishi mumkin bo‘lgan murakkab burg‘ilash sharoitida gil eritmalarining zarur bo‘lgan filtratsiya, reologik va tarkibiy-mexanik xususiyatlarini saqlab turish hisoblanadi. Yo‘nalish, konduktor, va ekspluatatsion kolonnani burg‘ilash uchun gilli burg‘ilash eritmalari retsepturalari ishlab chiqilgan. Bunday hollarda burg‘ilashning asosiy muammolari va burg‘ilash eritmalarining texnologik xususiyatlari tahlil qilinishi zarur. Diglitsidil(tio) karbamid va dimetilol(tio) karbamidning polietilenpoliamin, melamin, gidrolizlangan poliakrilonitril va ortofosfat kislota bilan polikondensatlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibi hamda xossalariga, dastlabki moddalar nisbatining ta’siri, reaksiya tezligi va polimer unumining ishlatiladigan erituvchi tabiatiga bog‘liqligi, shuningdek, kompleks birikmalar hosil qiluvchi burg‘ilash eritmalari olish texnologik jarayoni ko‘rsatgichlari ko‘rib chiqildi

Adabiyotlar (6)

  1. 1. LEX.uz Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2022-yil 28-yanvardagi № PF-60 son, 2017-yil 7-fevraldagi № PF-4947 son, 2018-yil 25-oktabrdagi № PQ-3983 son farmon va qarorlari.
  2. 2. Эшкурбонов Ф.Б. Изучение термической устойчивости синтезированного комплексообразующего ионита и кинетики сорбции некоторых металлов. // Кимё ва кимё технологияси. - Ташкент, - 2013. - №4. - С.56-58. (02.00.00, №3);
  3. 3. Тураев Х.Х., Касимов Ш.А., Эргашева Н.Н., Эшqурбонов Ф.Б. Исследование сорбции некоторых металлов на синтезированных комплексообразующих ионитах. // Узбекский химический журнал. - Ташкент. -2013. - №4. - С.36-39. (02.00.00, №6); “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025
  4. Химия и химические технологии
  5. 4. Джалилов А.Т., Ширинов Ш.Д., Эшкурбонов Ф.Б. Янги кўпфункцияли гидрогеллар синтези ва уларнинг айрим металлар сорбциясида qўлланилишини ўрганиш. // Доклады Академии наук Республики Узбекистан. - Тошкент, - 2014. - №3. - С. 63-67. (02.00.00, №8);
  6. 5. Eshqurbonov F.B., & Abduraimov J. B. (2024). Etilen va propilen oksidlari asosida yangi burg‘ulash loy modifikatorlarining texnologiyalarini ishlab chiqish. Sanoatda RaqamliTexnologiyalar, 2(02).Retrievedfromhttps://ojs.qmii.uz/index.php/sr/article/view/797 UDC 666.914 PROSPECTS FOR USING WASTE GENERATED AT FERGANAAZOT JSC AS A FILLER IN THE PRODUCTION OF GYPSUM DRY CONSTRUCTION MIXTURES Zokirov X.T., Abdullaev O.G., Toshmatov Y.R. Namangan state technical university. Abstract. This article presents the physical, mechanical, and chemical analysis of the waste produced by “Ferganaazot” JSC, which can be used as a filler in the composition of decorative plastering mixtures used in construction. Information on the fillers in the mixture and the standards for gypsum-based mortars is provided. The use of carbonate waste as a filler in dry construction mixtures, their physical-mechanical properties, and the prospects of using plasticizers at various concentrations are studied. The study also examines the technical, technological, and sanitary-ecological properties of the mixture preparation stages, in accordance with the requirements outlined in the relevant regulatory documents. Keywords: gypsum, dry building mixes, waste sludge, decorative, carbonate compounds. “FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA HOSIL BO‘LADIGAN CHIQINDILARDAN GIPS ARALASHMALARINI ISHLAB CHIQARISHDA TO‘LDIRUVCHI SIFATIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. Zokirov X.T., Abdullaev O.G., Toshmatov Y.R. Namangan davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada qurilishda ishlatiladigan gipsli dekorativ pardozlash aralashmalari tarkibida to‘ldiruvchi sifatida qo’llash mumkin bo’lgan “Farg‘onaazot” AJ da hosil bo‘lgan chiqindining fizik, mexanik, kimyoviy tahlili keltirilgan. Aralashma tarkibidagi to‘ldiruvchilar va gips asosidagi qorishmalarning standartlari haqida ma’lumotlar berilgan. Quruq qurilish aralashmalari tarkibida karbonatli chiqindilarni to‘ldiruvchi sifatida ishlatish, ularning fizik-mexanik xossalari, hamda plastifikatorlarning turli konsentrasiyalarda qo‘llash istiqbollari o‘rganilgan. Aralashmani tayyorlash bosqichlarida belgilangan normativ hujjatlarda keltirilgan talablarga mos ravishda texnik, texnologik hamda sanitar-ekologik xossalarga ega bo’lishi ham o‘rganildi. Kalit so‘zlar: gips, quruq qurilish aralashmalari, chiqindi loy, dekorativ, karbonat birikmalari. ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОТХОДОВ, ОБРАЗУЮЩИХСЯ В АО «ФЕРГАНА АЗОТ», В КАЧЕСТВЕ НАПОЛНИТЕЛЯ ПРИ ПРОИЗВОДСТВЕ ГИПСОВЫХ СУХИХ СТРОИТЕЛЬНЫХ СМЕСЕЙ Зокиров Х.Т., Абдуллаев О.Ғ., Тошматов Й.Р. Наманганского государственного технического университета. Аннотaция. В этой статье приведен физический, механический и химический анализ отходов, образующихся на «Фаргонаазот» АО, которые могут быть использованы в качестве наполнителя в декоративных штукатурных смесях, применяемых в строительстве. Представлена информatsiя о наполнителях в составе смеси и стандартах для гипсовых смесей. Изучено использование углеродных отходов в качестве наполнителя в сухих строительных смесях, их физико-механические свойства, а также перспективы применения пластификаторов в различных концентрatsiях. Также исследованы технические, технологические и санитарно-экологические свойства на различных этапах приготовления смеси в соответствии с требованиями, указанными в нормативных документах. Ключевые слова: гипс, сухие строительные смеси, шламы, декоративные, карбонатные составы. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 78