Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Plug osti tovonini yumshatadigan chuquryumshatkich qurilmasining murakkab sirtli ishchi organining dala tajriba tadqiqotlari natijalari

JO'RAYEV F.O'., UMEDOVA U.X., AXMEDOV Y.H., MARDONOVA S.M.

Nashr
1-son
Sahifalar
47–51
Nashr etildi
01.02.2025
Ko'rishlar
5 10

Annotatsiyalar

Ushbu maqolada murakkab sirtli ishchi organli chuquryumshatkich qurilmasining dala tajriba tadqiqotlarining natijalari keltirilgan. Nazariy va tajribaviy tadqiqotlarning natijalariga asoslangan holda chuquryumshatkich qurilmasini murakkab sirtli ishchi organining diametri 50 mm interval bilan 100 mm dan 250 mm gacha oraliqda o‘zgartirilib tajribaviy tadqiqotlar olib borildi. Bunda qolgan barcha parametrlari o‘zgarishsiz qoldi: murakkab sirtli ishchi organning uzunligi – 20 sm, chuquryumshatkich bilan murakkab sirtli ishchi organ orasidagi bo‘ylama masofa – 25 sm. Agregatning harakat tezligi 6,0-8,0 km/s etib qabul qilindi. Tayanch so‘zlar: murakkab sirtli ishchi organ, chuquryumshatkich, plug osti tovoni, tuproq, tadqiqot ishlari, ishchi organ. РЕЗУЛЬТАТЫ ПОЛЕВЫХ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ РАБОЧЕГО ОРГАНА СЛОЖНОЙ ПОВЕРХНОСТИ ГЛУБОКОСМУЩАЮЩЕГО УСТРОЙСТВА Джураев Ф.О., Умедова У.Х., Ахмедов Ю.Х., Мардонова С.М. «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства» Национальный исследовательский университет «Бухарский институт управления природными ресурсами».

Maqola Mazmuni

Kirish. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sharoitida yerlarga asosiy ishlov berish asosan bir xil chuqurliklarda amalga oshirilib kelinayotganligi sababli shudgor osti qatlamida “plug osti tovoni” hosil bo‘ladi. Ushbu “plug osti tovoni” o‘simliklarning ildiz tizimini rivojlanishida, suv va oziq moddalar bilan ta’minlanishida to‘sqinlik qilib, o‘simliklarning rivojlanishi va hosil to‘plashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hosildorlikni kamayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu muammo esa ilmiy asoslangan yangi texnika va texnologiyalarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga qo‘llash orqali o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi [1]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 45 Техника, технология и оборудование Ushbu muammoning yechimini topish maqsadida yangi ishchi organli ya’ni murakkab sirtli ishchi organ bilan jihozlangan chuquryumshatkich qurilmasi yaratildi. Ushbi qurilma tuproqning qattiq qatlamimi ya’ni “plug osti tovoni”ni murakkab sirtli ishchi organning aylanma harakati ta’sirida murakkab sirt bo‘lab sirpalanishi natijasida sifatli yumshatilishini ta’minlaydi. Ushbu qattiq qatlam, “plug osti tovoni” 3 – 5 MPa ga teng va undan yuqori qattiqlikka ega bo‘lgan dalalarda ishlashini hisobga olgan holda tayyorlangan. Chuquryumshatkich qurilmasi rama, unga o‘rnatilgan osish qurilmasi, tayanch g‘ildiraklar, chuquryumshatkich, chuquryumshatkichning iskanasi hamda unga zanjirlar bilan ulangan murakkab sirtli ishchi organlardan tashkil topgan. Murakkab sirtli ishchi organlar chuquryumshatkich ishlov bergan qatlamda sho‘r suvlar yaxshi shimilishi uchun g‘ovakliklar hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Tajribani o‘tkazishdan oldin qattiqlikni o‘lchash asbobi tarirovka qilindi va tarirovka koeffitsienti aniqlandi. Dala tuprog‘ining fizik-mexanik xossalari aniqlash natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Tajriba o‘tkazilgan dala tuprog‘ining namligi, qattiqligi va zichligi № Ko‘rsatkichlarning nomi Ko‘rsatkichlarning qiymati 1 Tuproqning qatlamlar bo‘yicha (sm) namligi, %: 0 – 10 10 – 20 20 – 30 30 – 40 40 – 50 50 – 60 14,7 15,5 17,6 18,2 18,9 19,3 2 Tuproqning qatlamlar bo‘yicha (sm) qattiqligi,MRa: 0 – 10 10 – 20 20 – 30 30 – 40 40 – 50 50 – 60 1,36 2,14 3,07 3,76 4,12 4,82 Tuproqning qatlamlar bo‘yicha (sm) zichligi, g/sm3 0 – 10 10 – 20 20 – 30 30 – 40 40 – 50 50 – 60 1,17 1,33 1,48 1,59 1,63 1,72 Tadqiqot usullari. Chuquryumshatkich qurilmasi ish sharoitlarini to‘liq baholash maqsadida dala tuprog‘ining fizik-mexanik xossalari ГОСТ 20915-11 «Испытания сельскохозяйственной техники. Методы определения условый испытаний» bo‘yicha o‘lchandi [5,6]. Tuprog‘ining fizik-mexanik xossalarini aniqlashda tadqiqotlar dalaning diogonali bo‘yicha 5 ta joyda o‘tkazildi.Tuproqning namligi unga ishlov berishda sarflanadigan energiya miqdori hamda bajarilayotgan ish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tajriba dalasida tuproqning namligi, qattiqligi va zichligini aniqlash uchun namunalar tuproqning 0-10, 10-20, 20-30, 30-40, 40-50 va 50-60 sm qatlamlaridan olindi. Tuproqning zichligi 50 sm3 hajmli silindrga oltita qatlamlardan 5 takroriylik bilan namunalar olindi. Silindr tuproqqa tik holatda botirilib, ortiqcha tuproq ehtiyotkorlik bilan ajratib olindi va silindr ichidagi tuproq massasi dalaning o‘zida elektron “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 46 Техника, технология ва жиҳозлар tarozida o‘lchandi. Tuproqning zichligi quruq tuproq massasini namuna uchun olingan asbob (silindr) hajmiga nisbati asosida aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Tuproqning namligini aniqlash uchun silindrdagi tuproq namunalari qog‘oz varaqqa to‘kib olinib, yaxshilab aralashtirildi va tuproqning namligini aniqlash uchun darhol aluminiy stakanlarga 20-30 g miqdorida namunalar solindi va uning qopqog‘i mahkam yopildi. Stakanlarning massasi ±0,01 g aniqlik bilan MN-390 markali elektron tarozi yordamida o‘lchandi va stakanlarning raqamlar dala daftariga yozildi. Keyin laboratoriyada stakanlarning qopqoqlari ochilib pechkaga qo‘yildi va 105°C – 107°C haroratda 8 soat mobaynida quritildi. Quritilgan tuproq namunalari solingan stakanlar 30 daqiqa sovutildi va massasi takror qayta o‘lchandi. Tuproqning qattiqligi o‘tkirlanish burchagi 22°30' va asosining yuzi 1 sm2 bo‘lgan konussimon uchlikdan iborat VISXOMda ishlab chiqilgan qattiqlik o‘lchash qurilmasini qo‘llagan holda aniqlandi [2,3]. Nazariy tadqiqotlarning natijalariga asoslangan holda tajribalarda chuquryumshatkich qurilmasini murakkab sirtli ishchi organining diametri 50 mm interval bilan 100 mm dan 250 mm gacha oraliqda o‘zgartirilib tajribaviy tadqiqotlar olib borildi. Bunda qolgan barcha parametrlari o‘zgarishsiz qoldi: murakkab sirtli ishchi organning uzunligi – 20 sm, chuquryumshatkich bilan murakkab sirtli ishchi organ orasidagi bo‘ylama masofa – 25 sm. Agregatning harakat tezligi 6,0 va 8,0 km/s etib qabul qilindi (1-rasm). 1-rasm. Murakkab sirtli ishchi organli chururyumshatkichning dala tajriba-sinovlari. Ish organi diametrini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida ishlov berish chuqurligi, uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi, ishlov berilgan qatlam tubida hosil bo‘lgan devorlari zichlangan egat balandligi hamda qurilmaning tortishga qarshiligi olindi [4]. 2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan hamda grafik bog‘lanishlardan ko‘rinib turibdiki, murakkab sirtli ishchi organning diametrini 100 mm dan 150 mm ga ortishi bilan agregatning har ikkala tezliklarida ishlov berish chuqurligi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 47 Техника, технология и оборудование 2-jadval. Murakkab sirtli ishchi organ diametrini uning ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish tajriba natijalari Murakkab sirtli ishchi organning diametri, mm № Ko‘rsatkichlarning nomi 100 150 200 250 Ko‘rsatkichlarning qiymati 1 Agregatning harakat tezligi, km/s 6 8 6 8 6 8 6 8 2 Ishlov berish chuqurligi, sm Mo‘r 63,5 61,8 55,1 54,4 54,2 53,1 52,6 51,1 ±σ 0,63 0,75 1,47 1,50 1,55 1,68 1,63 1,85 3 Ishlov berilgan qatlam tubida hosil bo‘lgan devorlari zichlangan egat balandligi, sm 5,68 4,65 3,23 2,32 2,56 1,03 1,98 0,94 4 Qurilmaning tortishga qarshiligi, kN 21,5 23,5 24,8 25,3 26,9 27,8 27,6 29,4 a) b) a, b – mos ravishda agregat tezligi 6 va 8 km/s bo‘lganda 1 – ishlov berish chuqurligi; 2 – ishlov berish chuqurligining o‘rtacha kvadratik chetlanishi 2-rasm. Ishlov berish chuqurligi (Hich) va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi (±σ) ni murakkab sirtli ishchi organ diametri (Dms) ga bog‘liq ravishda o‘zgarish grafiklari Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, quyosh nuri tushmasligi hamda tuproq orasiga havo kirmasligi natijasida o‘rta va quyi qatlamlarda yuqori qatlamga nisbatan namlik, qattiqlik va zichlik yuqori bo‘lgan. Eksperimental tadqiqotlarda O‘zDSt 3355:2018 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproqqa chuqur ishlov berish mashinalari va qurollari. Sinovlarning dasturi va usullari” va O‘zDSt 3193:2017 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli” bo‘yicha tuproqning uvalanish sifati, chuquryumshatkichning ish jarayonida hosil bo‘ladigan devorlari zichlangan egatning balandligi, ishlov berish chuqurligi hamda chuquryumshatkich qurilmasining umumiy tortishga qarshiligi aniqlandi. Xulosa. Murakkab sirtli ishchi organli chuquryumshatkich qurilmasi nazariy va dala tajribasinov natijalari bo‘yicha ma’lumotlar asoslanib murakkab sirtli ishchi organning diametri Dms=0,150,20 m, murakkab sirtli ishchi organning uzunligi Lms=0,20-0,25 m, zanjirning uzunligi Lzu=0,250,30 m, ishchi organning ishlov berish chuqurligi Hich=0,55-0,65 m, ishchi organlarning joylashuv oralig‘i Moj=0,5-0,7 m, ishchi organlarning ko‘ndalang joylashuv oralig‘i Mkj=0,7 m va agregatning ishlov berish tezligi V=6-8 km/s tashkil etib, ishchi organ ustunlarining old pastki qismida qamrov “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 48 Техника, технология ва жиҳозлар kengligi dt=0,09 m li nd=3 dona to‘lqinsimon yumshatkichlar o‘rnatilgan, ishchi organ ustunlarinig orqa tomoni pastki qismida murakkab sirtli ishchi organlar nms=3 dona zanjir orqali o‘rnatilgan bo‘lib, tuproqni yorib, qurilmaning ilgarilanma harakatlanish jarayonida murakkab sirtli ishchi organlar sirtida tuproq harakatlanishi hisobidan aylanma harakatni yuzaga keltirib “plug osti tovoni” ni yumshatadi

Adabiyotlar (8)

  1. 1. Juraev F.U. Technique and technology of application of energy-resurstejamkor chizelli softener. Monograph. - Tashkent: science publishing house, 2012.-165 p.
  2. 2. Juraev F.U., Umedova U.X., Shodiyev S.B., Fayziyev A.A., Savriddinov A.A. Deep tillage using bioselvent preparation before soil washing BIO Web of Conferences, 2024, 82, 01016.
  3. 3. Patent RUz No. UZ IAP 20220664. Deep tillage device/ Jurayev F.U, Umedova U.X, Urinov E.F, Murodullaeva SH.J //Official bulletin. -2022. No. IAP-5-11.
  4. 4. Juraev F.U., Umedova U.X., Shodiyev S.B., Fayziyev A.A., Savriddinov A.A. Deep tillage using bioselvent preparation before soil washing BIO Web of Conferences, 2024, 82, 01016.
  5. 5. Испытания сельскохозяйственной техники. Машины и орудия для глубокой обработки почвы. Программа и методы испытаний. Tst. 63.02.2001 // Издание официальное. – Ташкент: 2001. – 122 с.
  6. 6. Juraev, F.U., Ruzikulov, K.I., Savriddinov, A., Urinov, E.F. Unit for mineral fertilizer application before seeding the land BIO Web of Conferences, 2024, 103, 00032.
  7. 7. Juraev F.U., Umedova U.Kh., Karimov G.Kh., Akhmedov Y.Kh. The purpose and objectives of the research, as well as the results of preliminary experimental testing of a deep-loosening device with a complex surface working organ. The journal "Water and Land Resources" No. 3, 2024, No2024.
  8. 8. Испытания сельскохозяйственной техники. Методы расчета экономической эффективности испытываемой сельскохозяйственной техники. РД Уз 63.03- 98 // Издание официальное. – Ташкент, 1998. – 49 с. Jo‘rayev Fazliddin O‘rinovich - ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori t.f.d.,prof.,”Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti. Tel:(+99891) 440-90-70 E-mail: fjuraev66@mail.ru Umedova Umeda Xayrullayevna - tayanch doktoranti ”Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti. Tel:(+99897) 864-04-12 E-mail: umedaumedova766@gmail.com Axmedov Yunus Hamidovich – “Mexanika” kafedrasi dotsenti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti.Tel:(+99897) 303-47-53 Mardonova Sitora Mavlonbek qizi - “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi” yo‘nalishi 1-kurs magistri Tel:(+99891) 824-74-76 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 49