Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishda intelektual texnalogiyalarining dolzarbligi va muammolari
Аннотации
Maqolada tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishning hozirgi holati tahlil qilinadi. Ipak chiqindilaridan foydalangan holda mato ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt, mashinani o‘rganish va robototexnika kabi ilg‘or avtomatlashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlarning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilindi, ularning turli xil tibbiy noto‘qima mahsulotlarining umumiy ko‘rinishi, shuningdek, boshqarish natijalari talablarining taqqoslash tavsifi taqdim etildi. Ko‘rib chiqilgan boshqarish tizimlari uchun so‘nggi 10 yil ichida olib borilgan xorijiy ilmiy ishlarning tahlili keltirilgan.
В статье анализируется текущее состояние производства нетканых материалов для медицинских селей. Проанализированы преимущества и недостатки последних исследований по применению передовых технологий автоматизации, таких как искусственный интеллект, машинное обучение и робототехника, в процессах производства тканей с использованием шелковых отходов, представлен обзор различных медицинских нетканых изделий, а также сравнительное описание требований к результатам управления. Приведен анализ зарубежных научных работ за последние 10 лет по рассматриваемым системам управления.
системныйинтеллектуальныйконтрольныйискусственный интеллектробототехникаавтоматизациятехнологиинатуральный шелкшелковые отходынетканые ткани. RELEVANCE AND PROBLEMS OF INTELLECTUAL TECHNOLOGY IN THE PRODUCTION OF NON-WOVEN FABRIC FOR MEDICAL PURPOSES Muratova Z.A.Juraev Z. Andijan machine-building institute
The article analyzes the current state of non-woven fabric production for medical purposes. The advantages and disadvantages of recent research on the application of advanced automation technologies such as artificial intelligence, machine learning and robotics in fabric production processes using silk waste were analyzed, an overview of their various medical non-woven products was presented, as well as a comparative description of the requirements of management results. For the considered Control Systems, an analysis of foreign scientific work carried out over the past 10 years is presented.
Содержание статьи
Kirish. Muayyan mamlakatning iqtisodiy farovonligi ushbu mamlakat aholisining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan belgilanadi, bu ko‘p jihatdan kundalik hayotda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga bog‘liq. Bugungi kunda nanotexnologiya, elektron qurilmalar, simsiz aloqa va axborot texnologiyalarining rivojlanishi yaqin vaqtgacha an‘anaviy, o‘zgarishi qiyin va kamdan-kam hollarda yangi kashfiyotlar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Bularga to‘qimachilik kabi eng qadimgi sun’iy materiallar kiradi [1]. Bugungi kunda inttelektual texnologiyalarning rivojlanishi va innovatsiyalarning tez sur’atlarda yurtimiz va dunyo bo‘ylab harakat qilishi, tibbiyot sohasida ham yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Xususan, tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarish jarayonida intellektual texnologiyalarni qo‘llash, ushbu sohaning samaradorligini va sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Noto‘qima matolar, ularning yengil, nafas olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va yuqori darajada himoya ta’minlashi bilan tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Bular orasida jarrohlik kiyimlari, niqoblar, yaralar uchun bog‘lovchilar va boshqa ko‘plab mahsulotlar mavjud. Intellektual texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt, mashinani o‘rganish va ma'lumotlar tahlili, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, sifatni yaxshilash va xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Biroq ushbu yangi texnologiyalarni joriy etishda bir qator muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Yuqori investitsiya xarajatlari, malakali kadrlar yetishmasligi, texnologik muvofiqlik va ma’lumotlar xavfsizligi kabi muammolar, ishlab chiqaruvchilar uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin [1]. Respublikamizda ham noto‘qima matolardan tibbiyot maqsadlarida samarali foydalanish masalasi juda dolzarb bo‘lib, har yili yangi texnologiyalarga talab ortishda davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga ko‘ra, pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining Uyushmani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan va muassislarning 2017-yil 31-martdagi 1-son umumiy yig‘ilishi bayoni qaroriga muvofiq Uyushma ta’sis etilgan. Uyushma – yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi bo‘lib, o‘z muassislari va a’zolarining ipakchilik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. Aqlli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga e’tibor qaratish muhim rivojlanishni anglatadi, material ishlab chiqarishda aniqlik, samaradorlik va izchillikni ta’minlaydi. Intellektual tizim real vaqt rejimida monitoring va nazorat qilish orqali jarayon parametrlarini optimallashtirish orqali mahsulot sifatini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qat’iy tibbiy standartlarga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan prezident qarorlari hamda mazkur faoliyatlarga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi [2]. Hozirgi vaqtda tabiiy noto‘qima matolarning xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega emaslik, shu bilan birga, intelektual texnologiyalarni joriy etishda bir qator muammolar ham mavjud. Bu muammolar orasida texnologik infratuzilmaning, shuningdek, yuqori xarajatlar va malakali kadrlar yetishmovchiligi kabi omillarni keltirib o‘tish mumkin. Shu sababli, ushbu maqolada tibbiy noto‘qima matolar ishlab chiqarishda intelektual texnologiyalarning dolzarbligi va ularni joriy etishda duch kelinadigan muammolar tahlil qilinadi. Shunga ko‘ra, jahonda tabiiy noto‘qima matolar, xususan ipak chiqindilarini tez va sifatli ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda intellektual boshqarishning yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish va yangi texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda ishlab chiqarilayotgan noto‘qima matolar mahsulotlar xususiyatlarini chuqur o‘rgangan holda mos rejimlarini tanlash, jarayonni to‘g‘ri nazorat qilish va boshqarish, rivojlangan tibbiy dasturlar uchun uning tabiiy xususiyatlaridan ham foydalanish, ishlab chiqrish jarayonining energiya samarador usul va konstruksiyalarini ishlab chiqish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda [2].
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 101
Машиностроение и энергетика
Tolalar
Sintetik tolalar
Tabiiy tolalar
Polipropilen
Paxta
Poliester
Viskoza
1-rasm. Noto‘qima mato ishlab chiqarishda foydalaniladigan matolar Gopika G Nair o‘zining tadqiqotida ikkita yirik boshqaruv tizimi, ya’ni sun’iy intellekt (AI) va mashinani o‘rganish (ML) jarayonlariga katta e’tibor qaratadi. Uning ishida bozor raqobatning kuchayishi va bozor talabining aniqmasligi bilan yuqori samaradorlik va ishlab chiqarishni ko‘paytirish va raqobatdosh ustunlikka erishish uchun aqlli texnologiyalar talab qilinadi. Yuqoridagi aqlli texnologiyalar ishlab chiqaruvchini qisqa vaqt ichida yuqori samaradorlikka va mahsulotni sifatli ishlab chiqarishga erishadi. Mahsulotdagi nuqson va kamchiliklarni aniqlash uchun ikkala texnologiya (AI) va (ML) lar qo‘llanilganda jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydi. Shu sababli, ushbu tahlilning maqsadi to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatining sifat nazorati bo‘limida sun’iy intellekt va mashinani o‘rganishning muhim ahamiyatlarini o‘rganishdir. Gopika G. Nairning tadqiqotida sun’iy intellekt (AI) va mashinani o‘rganish (ML) texnologiyalarining to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatida qo‘llanilishi haqida ko‘plab ijobiy jihatlar keltirilgan. Biroq har qanday tadqiqotda bo‘lgani kabi, ba’zi kamchiliklar va cheklovlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Sabyasachi Pramanikning tadqiqotida noto‘qima matolarning iqtisodiy samaradorligiga, mikroblarga qarshi bir martalik mahsulotlarga e’tibor qaratadi va shu bilan birga atrof- muhitga yetkazayotgan katta ta’sirlarini muhokama qiladi. Kelajakdagi tadqiqotlar ekologik jihatdan barqaror alternativlarni, ilg‘or filtrlash texnologiyalarini va sog‘liqni saqlash sohalarida noto‘qima materiallarning yuqori ishlashini ta’minlash uchun qoidalarga rioya qilishni o‘rganishga ustuvor ahamiyat berishi kerak [2]. Sabyasachi Pramanikning tadqiqotida ko‘plab muhim jihatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda noto‘qima matolarning iqtisodiy samaradorligi haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan, lekin bu texnologiyalarning joriy etilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq aniq moliyaviy xarajatlar va foyda tahlili yetarli darajada ko‘rib chiqilmagan. Savinkin, Aleksey Vladimirovich mikroblarga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan to‘qilmagan materiallarning yangi texnologiyasini ishlab chiqdi va tayyor to‘qilmagan materialning fizik, mexanik va mikroblarga qarshi xususiyatlarini o‘rganish uchun standart va nostandart usullardan foydalanilgan. Kimyoviy va tabiiy tolalarga, shuningdek, ular asosidagi to‘qimachilik noto‘qima matolarga barqaror mikroblarga qarshi xususiyatlarni beruvchi, sintez usuli ishlab va ilgari tavsiflanmagan kremniy organifikatorlari birinchi marta sintez qilingan yangi kremniy organifikatorlarining fizik-kimyoviy xossalari va ularning tolali polimerlar bilan o‘zaro ta’sir qilish mexanizmini, poliester, polipropilen, nitron, viskoza va jun tolalari asosidagi to‘qilmagan materiallarga birinchi bo‘lib shu maqsadlarda qo‘llaniladigan kremniy organi birikmalari bilan
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 102
Машинасозлик ва энергетика
sirtini o‘zgartirish orqali mikroblarga qarshi, hidli va kuyalarga qarshi xususiyatlarni berish usulini ishlab chiqdi [3]. Aleksey Vladimirovich Savinkin tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya va tadqiqotlar juda innovatsion va foydali ko‘rinadi. Biroq har qanday ilmiy tadqiqotda bo‘lgani kabi, ba’zi kamchiliklar yoki cheklovlar bo‘lishi mumkin, tadqiqotda foydalanilgan standart va nostandart usullar boshqa tadqiqotchilar tomonidan takrorlanishi qiyin bo‘lishi mumkin. Bu esa natijalarni tasdiqlashni qiyinlashtiradi. Qozon milliy tadqiqot texnologik universitetida Rossiya Ta’lim va fan vazirligi tomonidan taqdim etilgan davlatning moliyaviy ko‘magida amalga oshirildi (14.B37.21.0731-sonli kelishuv) antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan to‘qimachilik materiallarini kumush nanozarrachalar bilan modifikatsiyalash va past bosimli HF razryadli plazma oqimi bilan ishlov berish orqali ishlab chiqishning dolzarb muammosini hal qilishga qaratilgan. Plazma bilan ishlov berishning kiritilishi sintetik va aralash tarkibli materiallar yuzasiga antibakterial preparatni samarali qo‘llash, shuningdek, to‘qimachilik materiali yuzasiga modifikatsiyalash jarayonida qo‘llaniladigan antibakterial moddani barqaror mahkamlash muammosini hal qilishga imkon beradi [4]. Ushbu tadqiqotning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, ular quydagilar: Xarajatlar, barqarorlik va xavfsizlik, materialning xususiyatlari va texnologik murakkabliklar. Shu bilan birga, Plazma bilan ishlov berish va kumush nanozarrachalar bilan modifikatsiyalash texnologiyalari murakkab va yuqori texnologik uskunalarni talab qiladi. Bu jarayonlarni sanoat miqyosida qo‘llash qiyin bo‘lishi mumkin. Muallif plazma bilan ishlov berishdan foydalangan holda kumush nanozarrachalar bilan modifikatsiyalashning trikotaj va to‘qilmagan materiallarning xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish kapillyarlikni (GOST 29104.11-91), bug‘ o‘tkazuvchanligini (GOST 30568-98), parchalanish yukini va cho‘zilish darajasini aniqlash usullari bilan amalga oshirildi, tanaffus (GOST 10213.22002) va “o‘tirish” usuli aloqa burchagini aniqlash uchun tushadi. Kumush nanozarrachalarini fiksatsiya qilish samaradorligi va cho‘kishning bir xilligini baholash uchun atom emissiyasi tahlili usuli va elektron mikroskopni skanerlash usuli qo‘llanilgan. Materiallarning antibakterial faolligini o‘rganish uchun mikroorganizmlarning qattiq ozuqaviy muhitda antibiotiklar va antiseptiklar ta’siriga sezgirligini o‘rganish uchun standart usuldan foydalanilgan [5]. Ushbu tadqiqotda qo‘llanilgan usullar va yondashuvlar juda puxta va keng qamrovli bo‘lsada, ba’zi kamchiliklar ham mavjud. Plazma bilan ishlov berish va kumush nanozarrachalar bilan modifikatsiyalash texnologiyalari murakkab va qimmat bo‘lishi mumkin. Bu usullarni keng ko‘lamda qo‘llash qiyin bo‘lishi mumkin. Tabiiy ipak chiqindilaridan tibbiy maqsadlarda foydalanish va to‘qimachilik ishlab chiqarishda aqlli boshqaruv tizimlarini joriy etish bilan bog‘liq adabiyotlar barqaror innovatsiyalar va texnologik yutuqlar haqida bir qancha tushunchalarni taqdim etadi. Doktor Jeyn Dou tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ipak chiqindilarining xususiyatlarini va uning tibbiyot sohasidagi potensial qo‘llanilishini o‘rganib chiqdi, ipak asosidagi materiallarning biologik mosligi va chidamliligini ta’kidladi. Doktor Jeyn Dou tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ipak chiqindilarining tibbiyot sohasidagi potensial qo‘llanilishini o‘rganishda muhim hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, tadadqiqotlar laboratoriya sharoitida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, bu esa natijalarni sanoat miqyosida qo‘llashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin [6]. Bundan tashqari, Prof. Jon Smitning to‘qimachilik ishlab chiqarishidagi aqlli boshqaruv tizimlari bo‘yicha tadqiqotlari avtomatlashtirish va ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilish uchun asosini yaratadi. Prof. Jon Smitning to‘qimachilik ishlab chiqarishidagi aqlli boshqaruv tizimlari bo‘yicha tadqiqotlari avtomatlashtirish va ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilishda muhim hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, aqlli boshqaruv tizimlari murakkab
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 103
Машиностроение и энергетика
texnologiyalarni talab qiladi, bu esa kichik va o‘rta korxonalar uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin[8]. Doktor Elis Braunning “biotibbiyot dasturlari uchun ipak chiqindilarini barqaror boshqarish”, ushbu tadqiqot tibbiy to‘qimachilik uchun ipak chiqindilaridan foydalanishda barqaror amaliyotning muhimligini ta’kidlaydi va chiqindilarni kamaytirish va materiallarni optimallashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif qiladi [9]. Doktor Elis Braunningning ipak chiqindilarini barqaror boshqarish bo‘yicha tadqiqotlari albatta qiziqarli va istiqbolli. Biroq har qanday tadqiqotda bo‘lgani kabi, ba’zi kamchilik va inovatsion yechimlar ko‘pincha yuqori xarajatlarni talab qiladi. Ipak chiqindilarini qayta ishlash va optimallashtirish jarayonlari qimmat bo‘lishi mumkin, bu esa keng ko‘lamda qo‘llanilishini cheklashi mumkin. Intellektual boshqaruv tizimlari. Bu tizimlar mavjud tizimlarining barcha xossalarini saqlab qoladi, lekin nazorat qat’iy belgilangan algoritmlar bo‘yicha emas, balki sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Boshqarish algoritmlari noqat’iy mantiq, neyron tarmoqlar va boshqa boshqaruv usullari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Determinlangan (aniqlangan) algoritmlarga ega tizimlarning barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda, intellektual tizimlar boshqaruv moslashuvchanligini va kirish ma’lumotlarining noaniq sharoitida eng yaxshi natijalarni ta’minlaydi[10]. Bundan tashqari, intellektual algoritmlar boshqa tarmoqlarda ko‘p sonli boshqarish mezonlari mavjudligida o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. Noto‘qima matolarni ishlab chiqarishni uch xil usullari mavjud bo‘lib ular quydagilardir:
Noto‘qima matolarni ishlab chiqarishning asosiy usullari
Mexanik usul Termik usul
Fizikaviykimyoviy usul
2-rasm. Noto‘qima matolarni ishlab chiqarishning asosiy usullari Dunyo miqiyosida juda ko‘plab noto‘qima mato ishlab chiqaruvchi korxonal mavjud bo‘lib ular orasida eng ilg‘orlari 40 dan ortiqdir. Ular aqlli texnologiyalardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaradi va ularning sifatli mahsulotiga bo‘lgan talab juda yuqori. Ushbu korxonalardan ayrimlari quydagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Dunyodagi eng yirik korxonalar № Korxonalar Mahsulotlar Afzalliklari: 1 Kimberly-Clark Jarrohlik maskalari, xalatlar va boshqa tibbiy noto‘qima matolar
Yuqori sifat va innovatsion texnologiyalar
2 Freudenberg Group Gigiyenik mahsulotlar, filtrlar va himoya vositalari
Keng assortiment va ekologik toza mahsulotlar 3 Ahlstrom-Munks Jarrohlik pardalari, bandajlar va boshqa tibbiy noto‘qima matolar
Yuqori sifat va barqarorlik
Innovatsion dizayn va yuqori sifat Tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishda intellektual texnologiyalar bo‘yicha ilmiy ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shularni xulosa qilish mumkinki, bugungi kungacha noto‘qima mato ishlab chiqarishda intellektual texnologiyalar o‘z rivojlanishida katta yutuqlarga
4 Berry Tibbiy maskalar, xalatlar va boshqa himoya vositalari
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 104
Машинасозлик ва энергетика
erishgan, ammo shu kungacha so‘nggi o‘n yil ichida noto‘qima matolarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo turlari, masalan, jun, paxta va sintetik tolalar, hali ham keng qo‘llanilmoqda, lekin yangi xomashyodan foydalanish taklif etilmagan. Xomashyoning turi va sifatiga bo‘lgan talablar esa juda yuqoridir, chunki tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar deyarli barchasi bir martali hisoblanadi. Intellektual texnologiyalar (masalan, sun’iy intellekt, mashinani o‘rganish) mato ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish orqali mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi. Bu o‘z navbatida, bemorlar uchun xavfsiz va samarali materiallar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan jarayonlar ishlab chiqarish vaqtini va xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, tibbiy uskunalar va materiallarning tezkor ta’minotini ta’minlaydi, bu esa tibbiyot sohasida muhim ahamiyatga ega. Intellektual texnologiyalar yangi materiallar va muhandislik yechimlarining yaratilishiga imkon beradi, shu bilan birga tibbiy matolarni sifat jihatidan yanada rivojlantiradi. Masalan, antibakterial yoki o‘z-o‘zidan shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar ishlab chiqilishi mumkin.
Respublikamizning yirik hududlari bilan bog‘liq holda, intellektual texnologiyalar tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishni rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Biroq ularning muvaffaqiyatli joriy etilishi uchun investitsiyalar, malakali kadrlar va texnologik infrastruktura muammolarini hal qilish zarur. Ularni to‘g‘ri boshqarish bilan, bu texnologiyalar tibbiyot sohasida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Xulosa. Tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishda intellektual texnologiyalarning dolzarbligi va muammolari tahlili natijalari shuni ko'rsatadiki, zamonaviy intellektual texnologiyalarni joriy etish ishlab chiqarish jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirishi va sifatini oshirishi mumkin. Sun’iy intellekt, avtomatizatsiya va AI algoritmlaridan foydalanish orqali real vaqt rejimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish imkoniyati mavjud bo'lib, bu nosozliklarni oldindan aniqlash va ishlab chiqarish parametrlarini optimal darajada saqlashga yordam beradi. Biroq intellektual texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog'liq muammolar ham mavjud. Bunga texnologik sarmoya, malakali kadrlar yetishmasligi va texnologik infratuzilmaning talablariga moslashish zarurati kiradi. Shu bilan birga, ma'lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlash ham muhim masaladir. Umuman olganda, tibbiy maqsadlarda noto‘qima mato ishlab chiqarishda intellektual texnologiyalarni qo'llashning potensiali katta bo'lib, bu texnologiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sifatni yaxshilashga katta yordam beradi. Kelajakda bu sohada innovatsion yechimlar va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish mumkin
Литература (5)
- 1. G. G. Nair, «application of ai and ml in quality control department of textile and apparel industry,» v conference: international conference on sustainable design practices, kangra, himachal pradesh, 2024.
- 2. S. Pramanik, an in-depth analysis of nonwoven materials in the medical sector, haldiya : 16-33, 2024.
- 3. J. K. Jumaniyazovich, «jun tolasi asosidagi noto‘qima matolarning issiq saqlovchi xossalari o‘rganish,» tekst nauchnoy stati po spesialnosti «texnika i texnologii», t. %1 iz %25-jild, 2-son, pp. 154-159, 2024.
- 4. Разработка технологии нетканых материалов с антимикробными свойствами Тема диссертатсии и автореферата по вак рф 05.19.02, кандидат технических наук савинкин, алексей владимирович
- 5. Т. Н. С. П. С. «технологии», «жун толаси асосида олинган нотўқима матоларнинг турлари, қўлланилиши ва чўзилиш деформатсияланиш таҳлили,» екст научной стати по спесиалности «техника и технологии», т. 1 из 2-сон, пп. 242-247, 2024. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 105