Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Yarim dag‘al qo‘y jun tolasini maxsus qurulma asosida shatish usullari
Аннотации
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar jadal rivojlantirilmoqda. Shunga qaramay, qorako‘lchilik sanoatini rivojlantirish uchun biz tadqiqotchilar yangi texnologiyalarni yaratishimiz va eskilarini esa modernizatsiyalashtirishimiz kerak.
Стремительно развиваются усилия по развитию экономики страны и обеспечению занятости населения. Тем не менее, чтобы развивать Каракулеводческую промышленность, мы, исследователи, должны создавать новые технологии, а старые модернизировать.
Efforts to develop the country's economy and ensure employment are developing rapidly. Nevertheless, in order to develop the Karakul industry, we, the researchers, must create new technologies and modernize the old ones.
Содержание статьи
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 227
Технологии текстильной и легкой промышленности
Kuz va bahor mavsumlarida qirqib olinadigan mahalliy qo‘y junlari ilmiy maqolaning obyekti sifatida tanlab olingan. Dag‘al qo‘y junini titish-tozalash, yuvish hamda undan texnik jihatdan sifatli bo‘lgan noto‘qima materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash lozim. Respublikamizda tabiiy jun tolasini fizik-mexanik usulda qayta ishlash va qimmatbaho mahsulot olish yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Shuningdek, dunyo miqyosida jun tolasini tayyorlashning asosiy qismi Avstraliya, AQSH, Xitoy, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Chunki u davlatlardagi qo‘ytiplarining juni juda ham mayin va qayta ishlashga 95-98% yaroqli hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, yuqorida qayd etilgan davlatlarda “merinos” zotli qo‘ylardan jun yetishtiriladi va qayta ishlanadi. Jundan sifatli tola olishda tarkibidagi mayda va yirik ifloslikdan samarali tozalash orqali qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Shu jihatdan qo‘shni davlatlarda mahalliy yarim dag‘al junni qayta ishlash va turli xildagi iplar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda jun va qorako‘lchilik tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini oshirish va xalqaro standartlarga javob beradigan texnologiyalar asosida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mamlakatimizda 2024-2030-yillar mobaynida jun tolasidan olinadigan mahsulot hajmini oshirish, raqobatbardosh hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, samaradorligi yuqori bo‘lgan jihozlarni o‘rnatish, mavjudlarini esa modernizatsiya qilish, uskunalarini takomillashtirish, asosiysi resurstejamkor texnologiyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan Qoraqolpog‘iston viloyatida juda yirik tarmoqli “Junni qayta ishlash” korxonasi ishga tushdi. Respublikamizda jun sanoatining iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun qator imkoniyatlar va omillar mavjud bo‘lib, mahalliy jun tolasini qayta ishlash orqali import va eksport o‘rnini bosa oladigan sifatli tola va uning asosida sifarli ip ishlab chiqish, yuqori samarali texnika hamda texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli choratadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Respublikamizda tabiiy jun tolasini fizik-mexanik usulda qayta ishlash va sifatli ip olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jundan sifatli tola olishda tarkibidagi mayda va yirik ifloslikdan samarali tozalash orqali qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarishga erishish mumkin. Xitoyning “Yángmáo jiāgōng” korxonasi jun tolasini qayta ishlash va jun tarkibidagi yengil aralashmalarni tozalashga ixtisoslashgan. Belorussiyaning “ASO-100” rusumli uskunasi jun tolasini yirik ifloslikdan tozalaydi. Germaniyada junni dastlabki ishlash uskunalari «Sharpante» korxonalarida ishlab chiqaradi. Rossiyaning 2BT, 2BT-150-Sh, AV-8V, TP-90-Sh1 rusumli titishtozalash uskunalari jun tolasini samarali titadi va tozalaydi. 2BT rusumli titish uskunasida ham titish va savash jarayonlari amalga oshiriladi. Jun tolasi dastlabgi bosqichda tozalanib hamda yuvilgandan so‘ng yana saralanadi va tarkibida o‘ta murakkab jarayonda ajraluvchi mayda va yirik xas-cho‘plar va yem-xashak qoldiqlari qolib ketadi. O‘simlik aralashmalari O-122-ShM4 rusumli tozalash mashinasida tozalanadi. Xitoyning Young ZKA-722 junni tozalash uskunasi va boshqa uskuna, Zhengzhou-2 IMPRUVED Machinery korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Jun tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini oshirish va xalqaro standartlarga javob beradigan texnologiyalar asosida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi kunda biz yosh tadqiqotchilar tomonidan ixtiro qilinayotgan junni yumshatish qurilmasi ishlab chiqarishga tadbiq qilingan va ish faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Ushbu uskunadan foydalanish jun tolasining sifatini saqlab qolgan holda junni tozalash va titish samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Tolaga yopishgan iflosliklar qattiq bo‘laklardan iborat bo‘lib, uning maksimal hajmi 9-10 sm gacha yetadi. Jun tolasiga (9-10 sm gacha) yopishgan iflos aralashmalarni samarali maydalash va ajratish bilan qoziqli barabanlarning kuchli ta’siri tufayli
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 228
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
tolaga sezilarli darajada zarar yetkazadi, bu esa jun tolasi umumiy uzunligining qisqarishi, tola sifatining yomonlashishi va vazn yo‘qolishining oshishiga olib keladi. Biz ixtiro qilgan qurulmamizda bartaraf qilingan holda maxsus suyuqlik orqali jun tolasining sifatini saqlab, uning massa yo‘qolishini kamaytirgan holda ifloslangan junni tozalash va yumshatish samaradorligini oshirishdan iborat. Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Jun tolasini qayta ishlash va undan turli xildagi iplar olish, junni dastlabki titish-tozalash, yuvish va yakuniy pardozlash texnologiyalari bo‘yicha xorijda A. Patrucco, S.Fantucci Sepehr Moradi, A.Kremensas, S.Vaitkus, A.Kairyte,, S.F.Sadova, Y.G.Saribekova, O.a.Semeshko, A.V.Ermoleva, V.I.Sidorsov, H. EL-Sayed, S. Mowaft, A.S. Basuoni-Heliyon, C. Canal, R. Molina, E. Bertran, D. Bosia, L. Savio, F. Thiebat va boshqa olimlar shug‘ullanishgan. Junni qayta ishlash texnologiyasi, yigirish texnologiyasi, jun asosidagi yuqori darajadagi sifatli ip olish borasida ilmiy tadqiqotlar S.A.Hamroyeva, F.F.Kazakov, M.G‘iyosova, Q.Jumaniyozov, Sh.Xakimov, M.Abdukarimova, I.A.Nabieva, A.L.Xamraev, J.A.Qayumov, M.A.Nazarova va boshqalar tomonidan bajarilgan. Jun tolasini fizik-mexanik usulda qayta ishlash, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, jun asosida noto‘qima matoning turlarini yaratish, ularning fizik kimyoviy xossalarini yaxshilash texnologiyalarining nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha yetarlicha tadqiqotlar o‘rganilmagan. “Jun tolasining tavsiflari, iflosliklardan tozalash tadqiqotlari va jundan sifatli ip olish texnologiyalari bu respublikamizda boqiladigan qo‘y zotlari ulardan olinadigan jun va jun mahsulotlarining texnik ko‘rsatkichlari, junni iflosliklardan tozalash texnikalarining qisqacha analitik sharhi bayon qilingan holda, quyidagi 1-jadvalda qo‘y zotlari va ulardan olinadigan junning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari keltirilgan. 1-jadval. Jun tolasining sifat ko‘rsatkichlari
Qo‘y turi Jun turi Og‘irligi kg
Uzunligi sm Rangi Ishlatilish sohasi
Yarim mayin dag‘al
Oq, qora, jigarrang, kulrang
1,4-2,4 kg 10-15 sm
Ip gazlama yigirish uchun
Qorako‘l
Noto‘qima matolar va kigiz uchun
Oq, qora, jigarrang, sariq, kulrang
Jaydari Yarim dag‘al
2,0-2,5 kg 7-16 sm
Hisori jun Dag‘al 0,8-1,2 kg 6-8 sm Turli xil Noto‘qima matolar uchun
Jun tolasini dastlabki ishlash jarayonida birinchi keltirilgan jun ranglari (runo) bo‘yicha saralanadi. Saralash jarayoni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni tiplarga ajratish lozim. Junni dastlabki ishlash jarayonini reglament asosida tashkil qilish sifatli jun tolasini tayyorlash bilan bog‘liqdir. “Jun tolasini mayda, yirik iflosliklardan mexanik va kimyoviy usulda takomillashtirilgan tozalash uskunasini ishlab chiqish. Barchamizga ma’lumki, mahalliy yarim dag‘al jun tolasi, asosan, 2 xil usulda tozalanadi: mexanik va kimyoviy. Ayni damda mamlakatimizdagi jun tolasini qayta ishlash korxonalarida, asosan, “2BT rusum”idagi titishtozalash uskunasi orqali tozalanadi. Biz tavsiya etayotgan va ixtiro qilgan qurulmamiz undan tubdan farq qilib iqtisodiy jihatdan hamda sifat ko‘rsatgichlari tomondan ham juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hisoblanadi. (1-rasm). (Junni yumshatgich qurulmasi JYQ-1) titish-tozalash va yumsharish uskunasining ishlash prinsipi quyidagicha: yarim dag‘al jun hamda yuvilmagan jun
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 229
Технологии текстильной и легкой промышленности
tolasini bir xil qalinlikda ta’minlash tasmasi 1 ga tashlaydi. Tasma 0,055-0,130 m/s tezliklarda harakatlanadi. Ta’minlash valigi 2 (yuqorigi-riflali, pastki-silliq) diametri Ø-115 mm bo‘lib, jun tolasini mahkam siqadi va titish-tozalash kamerasiga uzatadi. Ta’minlash valiklarining siqilishini bir juft prujina 3 bilan hosil qiladi va uning siqish kuchi 1,5 5 kN ga teng. Yuqoridagi valik jun bo‘laklarini siljishi va rostlanishini ta’minlab, pastki valikka nisbatan tezroq aylanadi. 4 Birinchi baraban 10 -11,5 m/s tezlikda, ikkinchi baraban 5 esa 12,3 m/s tezlikda aylanadi. Ta’minlash valigi siqilgan jun bo‘lakchalarini birinchi qoziqli barabanga uzatadi. Qoziqli baraban jun bo‘laklarini kolosnikli panjara ustidan olib o‘tib, ikkinchi barabanga uzatadi. Ikkinchi baraban jun tolasini titib, iflos aralashmalardan tozalaydi. Jun tutamidan ajralgan ifloslik kolosnikli panjara tirqishlaridan ifloslik bunkeri 8 ga tushadi, so‘ngra transportyor yordamida uskuna ostidan chiqarib yuboriladi. Baraban qoziqlari jun bo‘laklari 6 ga urilishi titish jarayonini tezlashtiradi. Jun tolasini titish va tozalashdan so‘ng barabanning markazdan qochma kuchi tezligini yo‘naltirgich 4 va 5 oralig‘idagi qismidan so‘ndiradi va uchib chiqish trayektoriyasini o‘zgartiradi.
1-rasm. (Junni yumshatish qurulmasi) JYQ-1 markali yumshatish agregati sxemasi
Birinchi barabandan ikkinchisiga o‘tishda jun tutamining ayrim qismlari qo‘zg‘almas qoziq 12 da ushlanib qoladi, qoziq bilan ikkinchi baraban ta’siri natijasida jun qo‘shimcha titiladi JYQ-1 titish-tozalash va yumshatish uskunasining kinematik sxemasi asosida ish unumdorligi aniqlanadi. Korxonalarda ishlatilayotgan JYQ-1 titish-tozalash va yumshatish uskunasining ta’minlash mexanizmi ayrim kamchiliklar uskunaning ish unumdorligiga, tola sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va iqtisodiy samaradorlikning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi va ba’zi bir kamchiliklar bartaraf qilinib uning ishlash prinsipi yanada yaxshilandi. Tadqiqotlar natijasida ta’minlash mexanizmining bir nechta turlari o‘rganildi. Ta’minlash mexanizmining o‘rnatish usullari, afzalligi va kamchiligi o‘rganilib, yakunida qiya holatdagi bunker tanlab olindi. Ta’minlovchi mexanizmiga diametri ikki baravarga teng qo‘shimcha valiklar uskunaga nisbatan 45° gradus qiyalikda o‘rnatildi, diametri ikki marta kattalashganini evaziga tolaning oqimi tezligi samarali tarzda oshgan. Tadqiqotlarni o‘tkazish uchun titish tozalash va yumshatish uskunasining ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi. Jun tolasini tozalash va yumsharish uskunalarining asosiy parametrlarini asoslash tajribalarni o‘tkazish metodik uslublari va tajriba natijalari bayon qilinar ekan, titish jarayoni jun tolalarini begona aralashma va iflosliklardan bo‘laklarga ajratish, yumshatish va tozalash maqsadida amalga oshiriladi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 230
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
2-rasm. Takomillashtirilgan qiya valikli junni yumshatish mexanizm sxemasi
Titish samaradorligi junni yumshatish darajasi, birlashib qolgan junlar massasining kamayishi va junni iflosliklardan tozalash darajasi bilan baholanadi. Jun tolasining titilish darajasi titilmagan jun tutamlarining vazni bilan ham baholanadi, misol: jun tolasining og‘irligi past bo‘lsa, tolali material shunchalik titiladi. Jun tolasini titilganlik darajasini aniqlashning yana bir usuli mavjud bo‘lib, maxsus JYQ-1 uskunadan chiqqan jun bo‘laklari ikkiga: titilgan jun va yaxshi titilmagan jun tolalariga ajratiladi. Solishtirish va taqqoslash yordamida titilganlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. “WOOL TEXTILE” MCHJ korxonasida o‘tkazilgan tajribada qorako‘l zotli qo‘y, hisori zotli qo‘y va jaydari qo‘y junlari tarkibidagi begona aralashmalar miqdori orgonoleptik usulda namunaga solishtirish orqali o‘rganildi va tahlil qilindi. 2-jadval. Mahalliy qo‘y juni tarkibidagi ifloslik aralashmalar miqdori
Jun tarkibidagi o‘rtacha ifloslik, %
Jun turi
Namlik O‘simlik aralashmalari
Tola
Yog‘ ter
Mineral aralashmalar
Qorako‘l zotli qo‘y juni 3,6 4,8-13,1 10,5-13 58-69 10,1 Hisori zotli qo‘y juni 3,6-4,9 5,6-14,8 10,2-12,7 52-71 6,8 Jaydari qo‘y juni 3,8 4,7 9,9-10,9 50-71 7,9
Mahalliy dag‘al jun tarkibidagi ifloslikning miqdori olimlar tomonidan o‘rganilgan va begona aralashmalar ulushi 30-45% bo‘lishi aniqlangan. Tajriba vaqtida xomashyo bunker qiyaligi uskunaga nisbatan 20°, 25°, 35°, 45° va 60° gradus qiyaliklarda o‘rnatilib sinovdan o‘tkazildi. Xomashyo bunkeri 20° va 25° gradus qilib o‘rnatilganda tansportyordan tushgan tola harakati past, tola yig‘ilib qolish, tola uzatish me’yori buzilishi kabi muammolar kuzatildi. Xomashyo bunker qiyaligi 45° va 60° gradus qiyalikda o‘rnatilgan vaqtda tola harakatining tezligi sababli tiqilib qolishi, yеngil iflosliklarni ajralmay ishchi kameraga o‘tib ketish holati kuzatildi. Bunker asosi 35° gradus qiyalikda o‘rnatilgan vaqtda transportyordan kelayotgan tola harakati me’yorlashdi, tola tiqilishi, uzatishdagi uzilish, yеngil iflosliklarni ajralmasdan ishchi kameraga o‘tib ketish muammolari bartaraf qilindi va shu holatda titish uskunasiga o‘rnatildi. Mavjud uskuna valigining diametri 100 mm, tishlar soni 12 ta, valikka joylashishi 90° gradus, aylanish tezligi esa 25-30 r/min. Tajribada JYQ-1 uskunasini ta’minlovchi valigining aylanishlar soni katta, diametri kichkina, tolani olib ketish yuzasi kamligi sababli jun tolasining o‘ralib qolish kabi jiddiy kamchiliklar uchradi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 231
Технологии текстильной и легкой промышленности
3-jadval. Titish-tozalash jarayonida jun tolasi tarkibidan ajratiladigan ifloslik aralashmalarning ulushi
Umumiy ifloslik aralashmalar miqdori, %
Mahalliy qo‘y juni
Jun tarkibidagi ifloslik miqdori,%
Titish jarayonida jun tolasini tozalash miqdori,%
Titish jarayonidan keyingi jun tolasi tarkibidagi ifloslik miqdori,%
Taklif etilayotgan uskuna
Taklif etilayotgan uskuna
Mavjud uskuna
Mavjud uskuna
Bahorgi 32,0 11,2 17,9 20,3 14,1
Kuzgi 27,0 13,7 20,2 13,1 6,8
Aralash 30.1 12.2 18.4 15.6 10.1
O‘tkazilgan tajribalar natijasida titish-tozalash uskunasining ishchi kamerasi, qoziqchali barabanlar, kolosnikli panjara va ular orasidagi bo‘shliqlar o‘rganildi, kamchiliklari tahlil qilindi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida ikki barabanli titish-tozalash va yumshatish uskunasini takomillashtirish ustida tadqiqot olib borildi.
3-rasm. Takomillashtirilgan qoziqchali barabanning qisman ko‘rinishi
Qoziqchali baraban tola tutamini mexanik usulda kolosnikli panjara ustida olib o‘tishi, tolaga zarb bilan urilishi natijasida mayda bo‘lakchalarga ajratadi va iflosliklardan tozalaydi. Titishtozalash va yumshatish uskunasi ikki barabanli bo‘lib, uskunaga gorizontal tarzida yonma-yon qilib, val va qistirmalar yordamida o‘rnatilgan. 1-baraban uzunligi 3000 mm, tishlar joylashuvi 6 qator va umumiy soni 36 ta qoziqchalar shaxmat ko‘rinishida barabanga nisbatan 90° gradus burchak ostida o‘rnatilgan. 2-baraban uzunligi 3000 mm, tishlar joylashuvi 6 qator va umumiy soni 42 ta qoziqchalar shaxmat ko‘rinishida barabanga nisbatan 90° gradus burchak ostida o‘rnatilgan. Qoziqchalar diametri 20 mm, uzunligi 70 mm ga teng. Taklif etilayotgan takomillashtirilgan qoziqchali barabanning umumiy ko‘rinishi 3-rasmda keltirilgan, ishchi kamerasi kengligi 500530 mm, qoziqchali baraban diametri 450 mm. Titish va tozalash samaradorligini oshirish uchun qoziqchali baraban qoziqchalari konussimon shaklda keltirilgan. Mahalliy jun tolasini yuvish uchun turli yumshatuvchi moddalar va (ciba sapamine OC) eritmalaridan foydalanildi. Yuvish sifati tola uzunligini saqlanib qolishi va ho‘llanuvchanligining ortishi bilan baholanadi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 232
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Bunda jun tolasidan 1000 grammdan 12 ta namuna olindi. Kiruvchi faktorlar sifatida X1 – ta’minlovchi valik tezligi, r/min., X2 – xomashyo bunkerining qiyalik burchagi, gradus, X3 – xomashyo bunkerining tebranish amplitudasi, mm, olindi. Ularning kodlari va o‘zgarish oraliqlari 4-jadvalda keltirilgan. Bu sifat ko‘rsatkichiga kiruvchi faktorlar ta’sirini tajriba asosida ko‘p omilli regressiya modeli olindi va tahlil qilindi. 4-jadval. Asosiy omillar va ularning kodlari va o‘zgarish oraliqlari
O‘zgarish sathi Intervallar -1.2 0 1.3 Ta’minlash valigining tezligi, r/min. X1 12 20 20 5
Omillar
Kodlangan Omil qiymatlari
Xomashyo bunkerining qiyalik burchagi, gradus X2 20 30 40 9
Xomashyo bunkerining tebranish amplitudasi, mm X3 0,9 0,8 0,7 0,3
Tajriba natijasida chiquvchi faktor junni yumshatish samaradorligining quyidagi umumiy ko‘rinishdagi ikkinchi darajali regression modelini olishimiz mumkin. Kiruvchi omillarning titishtozalash va yumshatish uskunasining optimal ishlashi uchun quyidagi qiymatlarni aniqlashimiz mumkin: ta’minlovchi valiklar tezligi, X1=12r/min.; xomashyo bunkerining qiyalik burchagi, X2=30°; xomashyo bunkerining tebranish amplitudasi, X3=0,9 mm bo‘lganda titish-tozalash uskunasiga uzliksiz tola uzatish me’yori yaxshilandi. Olingan yumshatilgan jun tolalarining uch xil namunasi 8.3-8.1-9.8 mm uzunlikda olinib, uzulishga chidamliligi 7-8 kun davomida (Break Strength Testing) asbobida sinov natijalari olib borildi.
4-rasm. (Break Strength Testing 2022) jun tolasi yakka ip uzulish kuchini o‘lchash uskunasi
Umumiy xulosa qilib shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki: 1. Jun tolasini titish-tozalash jarayonida qo‘llanilayotgan uskunalar bir qator kamchiliklarga ega bo‘lib, natijada junning tabiiy xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, titish tozalash uskunasining ta’minlash mexanizmi takomillashmaganligi sababli tozalash samaradorligi past va junni mexanik shikastlanishining ortishi aniqlangan. 2. To‘qimachilik tolalari va matolarining sifat ko‘rsatkichlari fizik-mexanik, gigiyenik xususiyatlari bilan baholanadi. Jahon olimlari tomonidan dag‘al jun tolasini turli silikonli birikmalar, sirt aktiv moddalar, yog‘ emulsiyalari, yog‘ kislotalarning kondensatsiya mahsulotlari bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali mayinlashtirish borasida tadqiqot ishlari olib borilgan. 3. Jun mahsulotlariga ho‘l usulda ishlov berishda ayrim moddalarninng toladan chiqib ketishi natijasida tola yana dag‘allashib qolish holatlari kuzatilgan. Bundan tashqari turli oksidlovchilarni qo‘llash orqali jun tolasining kutikulasini parchalash va jun tolasi yumshashi bilan tangachasimon qatlamga zarar yеtishi oqibatida tolaning fizik-mexanik xossalari yomonlashishiga olib kelishi kuzatiladi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 233
Технологии текстильной и легкой промышленности
4. Jun tolasi tarkibidagi iflosliklarni tozalash uskunalari ish unumdorligi va ish samaradorligini oshirish uchun yangi ishchi organlar hamda mashinalarni ishlab chiqish asosida jun tolasidan noto‘qima mato olish texnologiyasini takomillashtirish, parametrlarini asoslash bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar yеtarlicha olib borilmagan. 5. Korxonalarda ishlatilayotgan titish-tozalash uskunasining ta’minlash mexanizmi ishchi qismlari asoslanmagan, bu esa uskunaning ish unumdorligiga, tola sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va iqtisodiy samaradorlikning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi va ta’minlash mexanizmlarining o‘rnatilish usullaridan afzalligi va kamchiligi o‘rganilib, qiya holati va bunkerli usuli tanlab olindi. Chunki ta’minlovchi valiklar uskunaga nisbatan 55° gradus qiyalikda o‘rnatilib, diametri ikki marta kattalashishi hisobiga tola oqimining tezlashishi va samaradorligi oshadi. Adabiyotlar 1. S.X. Fayziev, Paxta xomashyosini quritish barabaniga o‘tkazish tizimini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash: monografiya (Buxoro, 2022). 2. Iroda Mavlonova va boshqalar, Jurnal. Fizik: Konf. Ser. 2388 012125 (2022) 3. A. Abrorov, F. Qurbonov, M. Teshaev, M. Quvoncheva, “Fizika” jurnali: Konferensiya. Seriya 2373 022021 (2022) 4. M Mirsaidov va boshqalar, IOP Conf. Ser.: Mater. Sci. Eng. 883 012100 (2020) 5. Ismoil Safarov va boshqalar, E3S Web of Conferences 264 01027 (2021) 6. LN Nutfullaeva, Fizika jurnali: Konferentsiya seriyasi. 2094 042094 (2021) 7. S.M.Elmonov, jun uchun Trepalnaya mashinasi, foydali model uchun patent. Fap 01555 12. Salohiddin Mardonov va boshqalar, Jurnal. Fizik: Konf. Ser. 2094 042070 (2021) 8. S.E Mardonov va boshqalar, Jurnal. Fizik: Konf. Ser. 2388 012168 (2022) 9. A. Dzuraev, S. Sayitqulov, B. Bozorov, S. Fatullaeva, Zamonaviy innovatsiyalar, tizimlar va. texnologiyalar 1(4), 47-54 (2021) ПАХТАНИ МАЙДА ИФЛОСЛИКЛАРДАН ТОЗАЛАШДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛГАН ҚОЗИҚЛИ БАРАБАНЛАРДА ПАХТА МАССАСИ ОҚИМИНИНГ НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛИ Пардаев Б.Ч., Абидова А.Р., Росулов Р.Х., Каримова Г.Т. Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти. Аннотация. Мақолада пахта хом ашёсини тозалаш самарадорлигини оширишга эришиш учун тозалагичларга узатилаётган пахта хом ашёсини титиш ва силкитиш жараёнини бажариш, пахта таркибидаги ифлос аралашмаларнинг жадал тўкилишининг назарий асослари келтирилган. Натижада қозиқчали барабанлардан ўтувчи пахта оқимининг ишқаланиш коэффициенти ҳар бир зонада ошиши, бу эса ускунанинг тозалаш самарадорлигининг ошишига олиб келади. Калит сўзлар: қозиқли барабан, тозалаш самараси, ифлосликларнинг ажралиши, пахта массаси, қозиқли барабандаги ҳаракати. ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОТОКА МАССЫ ХЛОПКА В УСОВЕРШЕНСТВОВАННЫХ ВОРСОВЫХ БАРАБАНАХ ПРИ ОЧИСТКЕ ХЛОПКА ОТ МЕЛКИХ ПРИМЕСЕЙ Пардаев Б.Ч., Абидова А.Р., Росулов Р.Х., Каримова Г.Т. Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности. Аннотация. Для достижения максимальной прочности на разрыв хлопчатобумажной ткани, хлопчатобумажные ткани подвергаются процессу измельчения и встряхивания, что приводит к образованию грязных примесей в хлопчатобумажных тканях, в результате чего происходит их разрушение. В каждой из зон с коэффициентом полезного действия выше, чем в любой другой зоне с коэффициентом полезного действия выше, чем в той же зоне с коэффициентом полезного действия ниже. Ключевые слова: ворсовой барабан, очищающий эффект, отделение загрязнений, хлопковая масса, движение в ворсовом барабане.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 234