Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Og‘ir geksan fraksiyalarining gaz xromatomass-spektral tahlili

ABDULLOYEV H.R., PANOYEV N.SH., SAFAROV J.A.

Выпуск
5-son
Страницы
109–114
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
7 11

Аннотации

В статье представлены результаты газохромато-масс-спектрального (ГХ-МС) анализа тяжёлых гексановых фракций, образующихся в цехе по производству полиэтилена предприятия ООО СП «UzKorGasChemical». Целью исследования являлось определение компонентного состава остатка тяжёлого гексана и оценка потенциала его переработки. Полученные данные могут быть использованы для разработки технологических решений по переработке тяжёлых гексановых фракций и получению из них высокоценных продуктов.

Содержание статьи

Kirish. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha “Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi yoʻnalishida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masalasi belgilab qoʻyilgan. Yurtimizda xalq xoʻjaligi tarmog‘ida yoqilg‘iga boʻlgan talab oshib borayotgan bir davrda respublikamizdagi mavjud “Gaz-kimyo komplekslari hamda neft va gazni qayta ishlash zavodlaridan” chiqayotgan qoldiqlarni zamonaviy texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlab, iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori boʻlgan xalqaro standartlar talabiga javob beradigan yoqilg‘i mahsulolotlar ishlab chiqarish eng muhim omillardan biri boʻlib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda neft va gaz sanoati tarmoqlarida mavjud qoldiqlarning hosil boʻlishini oldini olish bilan bir qatorda ularning tarkibini oʻrganish muhim muammolardan biridir. Qoldiq og‘ir geksan asosida avtomobil yoqilg‘isi uchun oktan sonini oshiruvchi qoʻshimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishish oʻrtasidagi oʻzaro bog‘liqlikni hisobga olish kerak. “Uz-Kor Gas Chemical” QK MChJ qoʻshma korxonasining asosiy polietilen ishlab chiqarish sexida geksan suspenziya sifatida qoʻllaniladi. Jarayondan chiqarilgan geksanning katta qismi qayta “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 106 Кимё ва кимёвий технологиялар tozalanadi va qolgan geksanning og‘ir qismi va polimer qoldiqlari bilan jarayondan chiqariladi. Bugungi kunda korxonaning asosiy polipropilen sexidan qoldiq sifatida chiqadigan og‘ir geksan hosil boʻlishi va uni oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida hali hanuzgacha qoldiq og‘ir geksanning markazlashtirilgan yig‘imi tashkil qilinmagan. Qoldiq og‘ir geksanning tarkibiy qisimlari va xossalari dunyo olimlari tamonidan sifat va miqdoriy tarkibi oʻrganilib kelinmoqda. Tadqiqot obyekti va usullari. Tadqiqot obyekti sifatida Uz-Kor Gas Chemical QK, MCHJ chiqindisi og‘ir geksan namunalari olingan. Tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zamonaviy fizikkimyoviy tahlil usullaridan, shuningdek neft va neft mahsulotlarini tahlil qilishning davlat (GOST) va jahon (ASTM) standartlariga mos usullaridan foydalanilgan. «Neftgaztadqiqot» AJ labaratoriyasida ARNC-9 neft mahsulotlarini fraksiyalarga ajratish qurilmasida GOST-2177-99 talabi boʻyicha og‘ir geksan qoldig‘i 3 – bosqichli temperaturada qaynash temperaturasidan 1800C gacha, 1800C dan 2200C gacha, 2200C dan 2470C gacha haydalganda og‘ir geksan qoldig‘i 99 % gacha fraksiyaga ajraldi va olingan namunalarning tarkibiy komponentlarini alohida ajratib olish usullarini ishlab chiqish uchun, zamonaviy tadqiqot usullaridan biri gaz xromato-mass-spektral tahlil usulidan foydalanildi. Yoqilg‘i distilliyatlarining sifat va miqdoriy tarkibi Agilent 5975C inert MSD/7890A GC (Agilent Technologies) gaz xromatomass-spektrometr qurilmasi yordamida tahlil qilindi (1-rasm). Choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning sifat va miqdoriy tarkibi Agilent HP-INNOWax (30m×250𝜇m×0.25𝜇m) kvars kapillyar kolonkada: 60℃ (10 min), - 4℃/min dan 220℃ (10 min), - 1℃/min dan 240℃ (20 min) harorat rejimida amalga oshirildi. Kiritilgan namunaning hajmi 0,2 ml (geksandagi eritma), tashuvchi faza vadarod, uning oqim tezligi 1 ml/min. Injektor harorati 250℃. EI-MS spektrlari m/z 10-550 a.y.m. oralig‘ida amalga oshirildi. Komponentlar mass spektrlarining xususiyatlari W9N11.L, W8N05ST.L va NIST08 elektron kutubxonalari ma’lumotlari bilan taqqoslash asosida aniqlandi [3-6]. Olingan natijalar va tahlillar: Choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning gaz xromato-mass-spektr koʻrinishi 2-rasmda keltirilgan. Og‘ir geksan qoldig‘i qaynash 1-rasm. ARNS-1E neft mahsulotlarini fraksiyalarga ajratish labaratoriya qurilmasi 2-rasm. Fraksiyalanish boshlanishidan 1800С gacha boʻlgan uglevodorodlar gaz xromato-mass-spektri “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 107 Химия и химические технологии temperaturasidan 1800C gacha Choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning uglevоdоrod tarkibini aniqlash uchun qurilma mass spektrlarining aniqlik darjasi 90 % va undan yuqorilari tanlab olindi [3-6]. Fraksiyalanish boshlanishidan 1800C gacha boʻlgan oraliqda asosan quyi molekulyar massadagi C6 dan C10 boʻlgan paraffin uglevodorodlar aralashmasi ajratib olindi. Fraksiyalanish jarayonida eng katta miqdorlarda asosan Geksan, Izooktan, 3-Metilgeptan, Dekan, va Dodekan ajralib chiqishini aniqlandi (1-jadval) [3-6]. Choʻkma usuli orqali tozalanganning gaz xromato-mass-spektr koʻrinishi 2-rasmda keltirilgan [3-6]. 1-jadval. Fraksiyalanish boshlanishidan 1800 С gacha boʻlgan uglevodorodlar tarkibi № Uglevodorodlarning nomenklaturasi Jami miqdori 1 Geksan 0.930 14.51 91 15,945 2 Metilsiklopentan 0.952 4.97 94 5,287 3 Geksagidrobenzen 0.962 2.31 97 2,381 4 3-Metilgeptan 0.997 9.12 97 9,402 5 Izooktan 1.014 19.00 95 20 6 1-Siklopentilpropan 1.098 0.69 97 0,711 7 5-Metilnonan 1.255 5.00 94 5,319 8 3-Metilnonan 1.289 2.11 93 2,268 9 n-Dekan 1.401 21.90 96 22,812 10 1-Geksil-2-metilsiklopropan 1.525 0.51 94 0,542 11 Metilundekan 2.367 0.71 95 0,747 12 3-Metil-Undekan 2.553 0.33 95 0,347 13 Dodekan 3.002 14.66 94 15,595 14 n-Tetradekan 8.859 0.62 96 0,645 Pik vaqti Miqdori, % Pik miqdori Choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning gaz xromato-mass-spektr koʻrinishi 3-rasmda keltirilgan. Og‘ir geksan qoldig‘i 1800C dan 2200C gacha choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning uglevodorod tarkibini aniqlash uchun qurilma mass spektrlarining aniqlik darajasi 90% va undan yuqorilari tanlab olindi [5-9]. 3-rasm. Fraksiyalanish darajasi 1800Сdan 2200 Сgacha boʻlgan uglevodorodlar gaz xromatomass-spektri “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 108 Кимё ва кимёвий технологиялар Og‘ir geksan qoldig‘i 2200C dan 2470C gacha Choʻkma usuli orqali tozalangan qoldiq og‘ir geksanning uglevоdоrod tarkibini aniqlash uchun qurilma mass spektrlarining aniqlik darjasi 90 % va undan yuqorilari tanlab olindi [7-8]. Fraksiyalanishning 1800C dan 2200C gacha gacha boʻlgan oraliqda asosan quyi molekulyar massadagi C10 va undan yuqori uglerod soniga ega boʻlgan toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlar aralashmasi ajratib olindi. Fraksiyalanish jarayonida eng katta miqdorlarda asosan Dekan, Pentadekan va Dodekan ajralib chiqishini aniqlandi [8-9] (2-jadval). 2-jadval Qoldiq mahsulotdan 1800С dan 2200С gacha olingan namunaning xromatografiyasi Ja’mi miqdori 1 Oktan 1.025 3.73 95 3.926 2 Siklopentan 1.104 0.08 94 0.085 3 Geptan 1.149 0.05 90 0.055 4 Nonan 1.205 0.11 94 0.117 5 3-metilnonan 1.300 1.99 95 2.094 6 Dekan 1.401 18.59 96 19.364 7 1- Deken 1.542 0.51 94 0.542 8 Sis – 3 - Deken 1.654 0.13 96 0.135 9 Siklopentan 1.716 0.28 90 0.311 10 Undekan 1.929 0.16 95 0.168 11 3,6-Dimetildekan 2.036 0.14 97 0.144 12 5-metilundekan 2.390 2.99 95 3.147 13 Undekan 2.575 1.46 94 1.553 14 Dodekan 3.215 43.70 96 45.520 15 2-dodeken 3.580 0.48 98 0.489 16 Tridekan 7.354 0.32 90 0.355 17 Pentadekan 9.094 17.05 97 17.577 18 Eykozan 21.987 2.56 96 2.666 № Uglevodorodlarning nomenklaturasi Pik vaqti Miqdori % Pik miqdori 4-rasm. Fraksiyalanish darajasi 2200Сdan 2470С gacha boʻlgan uglevodorodlar gaz xromato-mass-spektr “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 109 Химия и химические технологии Fraksiyalanishning 2200С dan 2470С gacha boʻlgan oraliqda asosan quyi molekulyar massadagi C10 va undan yuqori uglerod soniga ega boʻlgan toʻyingan uglevodorodlar aralashmasi ajratib olindi. Fraksiyalanish jarayonida eng katta miqdorlarda asosan Oktan, 3-metilnonan, Dekan, 5-metilundekan, Undekan, Dodekan, Pentadekan va Eykozan ajralib chiqishi aniqlandi (3-jadval) [6-7]. 3-jadval Qoldiq mahsulotning 2200С dan 2470С gacha olingan namunaning xromatografiyasi Ja’mi miqdori 1 Geksan 0.941 0.01 94 0.010 2 Oktan 1.025 0.03 93 0.032 3 Nonan 1.256 0.15 90 0.166 4 3-metilnonan 1.295 0.11 95 0.115 5 Dekan 1.396 4.83 96 5.031 6 1 - Deken 1.525 0.04 97 0.041 7 Siklopentan 1.705 0.04 92 0.043 8 3,6-Dimetildekan 2.025 0.06 94 0.063 9 5-Etildekan 2.233 0.08 91 0.087 10 Dekan 2.300 0.24 90 0.266 11 Undekan 2.379 1.99 95 2.094 12 Undekan 2.581 1.04 95 1.094 13 Dodekan 2.232 35.22 96 36.687 14 2-dodeken 3.547 0.19 98 0.193 15 2-dodeken 3.586 0.18 98 0.183 16 3-dodeken 3.979 0.04 97 0.041 17 Tridekan 6.714 1.87 91 2.054 18 Tridekan 7.376 0.73 94 0.776 19 pentadekan 9.510 36.41 97 37.53 20 3-tetradeken 10.330 0.14 99 0.141 21 Eykozan 22.588 12.25 96 12.760 22 Nonakozan 39.698 2.10 95 2.210 23 10-metilnonadekan 43.269 0.50 91 0.549 24 Dotriakontan 44.314 0.08 91 0.087 Fraksiyalanishning 2200С dan 2470С gacha boʻlgan oraliqda asosan quyi molekulyar massadagi C10 va undan yuqori uglerod soniga ega boʻlgan toʻyingan uglevodorodlar aralashmasi ajratib olindi. Fraksiyalanish jarayonida eng katta miqdorlarda asosan Dekan, Undekan, Dodekan, Tridekan, pentadekan, Eykozan hamda Nonakozan ajralib chiqishini aniqlandi (3-jadval) [4-5]. Oʻtkazilgan gaz xromato-mass-spektral tahlil “Uz-Kor Gas Chemical” QK MChJ korxonasining polietilen ishlab chiqarish sexidan chiqadigan og‘ir geksan fraksiyalari murakkab uglevodorod aralashmasidan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tarkibida C6 dan C30 gacha boʻlgan uglevodorodlar aniqlangan boʻlib, asosiy komponentlar geksan, izooktan, dekan, dodekan va pentadekan hisoblanadi. Olingan natijalar og‘ir geksan fraksiyalarini qayta ishlash va ulardan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar, masalan, yoqilg‘i komponentlari yoki neft-kimyo xom ashyosi sifatida foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Ushbu chiqindini qayta ishlash nafaqat iqtisodiy foyda keltirishi, balki korxona ekologik koʻrsatkichlarini ham yaxshilashi mumkin [3-4]. Og‘ir geksan fraksiyalarini qayta ishlash uchun optimal texnologiyalarni (masalan, kreking, izomerlanish, alkillanish) aniqlash maqsadida qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish. Qayta ishlash jarayonlarining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan, kapital xarajatlari, operatsion xarajatlar va potentsial daromadlarni baholash [2-3]. № Uglevodorodlarning nomenklaturasi Pik vaqti Miqdori % Pik miqdori “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 110 Кимё ва кимёвий технологиялар “Uz-KorGasChemical” QK MChJ da og‘ir geksan fraksiyalarini qayta ishlash texnologiyasini joriy etishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish. Og‘ir geksan fraksiyalarini yoqilg‘i komponentlari sifatida ishlatishning ekologik jihatlarini oʻrganish va atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. Olingan natijalarni Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz va neft-kimyo sanoatini rivojlantirish strategiyasiga kiritish [1]. Foydalanilgan adabyotlar 1. Abdulloyev H.R., Panoyev N.Sh. UzKorGasChemical” QK, MCHJ chiqindisi og‘ir geksanning gaz xromato-mass-spektral tahlili. «Проблемы, инновационные предложения и решения в области химии и технологии нефти и газа» Сборник материалов международной научно – технической конференции. Бухара-2023.104 -108 b. 2. Abdulloyev H.R. Og‘ir geksanning fraksion tahlili. “Neft, gaz va gazkondensatni qazib olish va tayyorlash jarayonidagi texnologik muammolarning innovatsion yechimlari” Respublika miqiyosidagi ilmiy-texnik anjuman toʻplami. Buxoro. 2024. 426 -428 b. 3. Сафаров Ж.А., Хайитов Р.Р. Исследование физико-химических свойств и химического состава отработанных моторных масел // Universum: технические науки, 2021. – № (6-4 (87)). – С. 14-19. 4. Сафаров Ж.А., Хайитов, Р.Р., Муродов, М.Н., Жумаева, М.Т. (2019). Комплексная переработка отработанных моторных масел с получением ценных продуктов. Теория и практика современной науки, 2019 - № 4. С. 201-206. 5. Sаfarov.J.A., Rustamovich, H. L., Temirov.A.H. (2021, January). Restoring the quality of used engine oils. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 29-33). 6. Sаfarov.J.A., Choice of refining method and complex processing of used oils to obtain valuable products. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 75. 7. Abdulloyev H.R., Panoyev N.Sh. Chiqindi og‘ir geksan fraksiyalarining gaz xromato-massspektral tahlili. “Neft va gaz sanoatining dolzarbmuammolariva istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar toʻplami. Buxoro.2024. I qism. 341- 346 b 8. Behruz Toʻymurodovich Salomatov, Nodir Shavkatovich Panoyev, Jasur Alijon oʻg‘li Safarov, Hasan Rahmatovich Abdulloyev. Ishlatilgan moylarni tozalashning zamonaviy usullari. Science and education. Scientific journal Volume 5. ISSUE 4 april 2024. 211-117 b 9. Абдуллоев Х.Р., Паноев Н.Ш., Сафаров Ж.А. Физико-химический анализ остаточного тяжёлого гексана – отхода СП ООО «Uz-Kor Gas Chemical».// Universum: технические науки, 2024. – № (7(124)). – С. 5-8. КАТАЛИТИК РИФОРМИНГ ЖАРАЁНИ РЕГЕНЕРАТОР ҚУРИЛМАСИДА ЭНЕРГИЯ ТЕЖАМКОРЛИККА ЭРИШИШ 1Ахмедова О.Б., 2Мустафоев Б.Ж., 3Қаюмов А.Ш. 1Бухоро давлат техника университети, 2Бухоро нефтни қайта ишлаш заводи, 3И. Каримов номидаги Тошкент давлат техника университет. Аннотация. Мақолада каталитик риформинг жараёни катализатор регенерациясида энергия тежамкорликка эришиш мақсадида, узлуксиз регенерация қилиш технологиясининг параметрларини ўзгартириш ҳисобига регенерация циклини қисқартириш усули бўйича илмий тадқиқот олиб борилди. Янги авлод CR-157 маркали катализатор узлуксиз регенерация қилиш технологиясининг оптимал диапазонини танлаш ҳисобига регенерация циклини қисқартиришга, катализатор ишлаш даврини узайтиришга эришилди. Риформинг маҳсулотларининг унумдорлигига таъсир этмаган ҳолда, регенерация жараёни учун сарф бўладиган харажатларни камайтириб, энергия ва иқтисодий маблағнинг тежалишига эришиш аниқланди. Калит сўзлар: каталитик риформинг, катализатор, оптимал диапазон, CR-157 маркали катализатор, регенерация, октан сони, риформат, нафтен углеводород, дегидротциклизация, оғир нафта, эндотермик, платина ва промотор, кокс қатлами. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 111