Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Jun, jun–akril va jun–poliester iplarning mexanik xossalarini qiyosiy tahlil qilish

RAJABOV A.I., KHAMRAYEVA S.A., NODIROVA M.N.

Issue
5-son
Pages
441–446
Published
09.10.2025
Views
4 7

Article Content

kirishga chidamlilikda sintetik tolalardan ortda qoladi. Shu bois junni akril va poliester kabi sintetik tolalar bilan aralashtirish, emulsiya usulida qayta ishlash va ularning mexanik xossalarini yaxshilash masalasi ilmiy hamda amaliy jihatdan dolzarbdir. Tadqiqotlarda 100% jun, shuningdek, 50% jun + 50% akril va 40% jun + 60% poliester aralash iplar sinovdan o‘tkazildi. Ip sifat ko‘rsatkichlari “Uster Tester-5” va “Statimat-C” kabi zamonaviy asboblarda aniqlandi, tolalarning tuzilishi esa elektron mikroskop yordamida o‘rganildi. Emulsiya tarkibiga lanolin, glitserin va antistatik vositalar qo‘llanilishi junning sintetik tolalar bilan birikishini yaxshilab, ipning mexanik va gigienik xususiyatlarini barqarorlashtirdi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, poliester bilan aralashtirilgan iplar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lsa, akril bilan aralashtirilgan iplar sifat barqarorligi jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ishlab chiqilgan texnologiya mahalliy jun xomashyosini samarali qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va O‘zbekiston yengil sanoati raqobatbardoshligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 1-jadval. Aralash tarkibli tolalarni keyingi o‘rinlarda belgilash mumkin № Aralashma tarkibi Belgilash 1 100% qorako‘l jun J100 2 50% jun + 50% akril JA50/50 3 40% jun + 60% poliester JP40/60 Qorako‘l jun tolasi o‘zining noyob qoplamasi, mikrotuki, tabiiy yorug‘ligi va yaxshi issiqlik saqlash xususiyati bilan ajralib turadi. Ammo u ayrim mexanik xossalar, jumladan, abrazivga chidamlilik va uzilishdagi mustahkamlikda sintetik tolalardan past bo‘lishi mumkin. Shu sababli, jun tolasini akril yoki poliester kabi sintetik tolalar bilan aralashtirish yuqori fizik-mexanik xossalarga ega ip olish imkonini beradi. Bunda jun tolasi tozalash va yumshatish orqali 1- jadvalda keltirilgan mexanik qayta ishlash jarayonida kam shikastlanadi, sintetik tola esa ipning mustahkamligi va elastikligini oshiradi. Shu yo‘l bilan 50%jun+50% akril va 40% jun+60% poliester tarkibli aralashmalar asosida turli maqsadda qo‘llaniladigan iplar ishlab chiqarish mumkin. Xomashyoni tayyorlash bosqichlarida birinchi o‘rinda tozalangan va yumshatilgan jun tolalarining o‘rtacha uzunligi aniqlanadi, shunga mos ravishda akril tolasi (PAN – poliakrilonitril va poliester tolasi (PET – polietilentereftalat bir xil kesimda, 38–51 mm uzunlikda qirqib tayyorlanadi va 1-jadvalda keltirilgan retsept bo‘yicha emulsiya tayyorlanib, har bir tolani qatlam-qatlam asosida emulsiya purkalanib 24 soat davomida dam beriladi 10% namlik saqlangan holda quritiladi. So‘ng “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 439 Технологии текстильной и легкой промышленности birinchi tarkibdagi 50% qorako‘l jun + 50% akril tolalar va ikkinchi tarkibdagi 40% qorako‘l jun + 60% poliester tolalar alohida-alohida aralashma tayyorlash - tozalash ajarayonidan o‘tkaziladi va aralashtirish mashinasida bir xil taqsimlanishi ta’minlanadi. Aralashma tolalari kardali tarash mashinasiga uzatiladi. Bu bosqichda tolalar taraladi, parallel holatga keltiriladi, chiqindilarning qoldiq qismi chiqarib tashlanadi, birlamchi pilta hosil bo‘ladi. Tolalarning aralashishi va bir xil bo‘lishi uchun qo‘shimcha tarash qo‘llaniladi. Yigirish jarayonida 4ta piltalar qo‘shilib, bir xil massali va bir yo‘nalishli tola oqimi hosil qilish va tolaning yo‘nalishdagi parallelligi kuchayishi uchun tenglashtirilgan piltalar pilta tayyorlash mashinasida yengil burilish bilan piltaga aylantiriladi. Pilta ipga aylanishga tayyor oraliq mahsulot hisoblanadi. Ip yigib olish uchun halqali yigirish mashinasi yoki pnvmomexanik yigirish mashinasi qo‘llanilishi mumkin. Halqali yigirish - ingichka, mustahkam va yumshoq iplar uchun, Rotor yigirish - tezkor, arzonroq va ko‘proq istemolchilarga mos iplar olinadi. 50%jun + 50%akril aralashmasida ipni qalinligi (teks) va burilish koeffitsiyenti (α) tabiiy tolaga yaqin tanlanadi. 40%jun+60% poliester aralashmali ipda poliester ulushi yuqori bo‘lgani uchun buralish kamroq, lekin mustahkamligi yuqori bo‘ladi va 50% jun+50% akril aralashmali ip xususiyatlari bo‘yicha yumshoqligi yuqori, chunki akril tolasi tabiati junga yaqin tola hisoblanadi, issiqlik saqlash qobiliyati yaxshi, rang qabul qilish yuqori (akril bo‘yalganda rang sochilmaydi), ip strukturasi hajmdor va havo o‘tkazuvchan bo‘ladi. Tolalarni aralahtirish jarayonida 40% jun+60% poliefir aralashma ip xususiyatlari bo‘yicha mustahkamligi va chidamliligi yuqori, poliester ulushi sababli, xo‘llash natijasida tez qurish qobiliyati bor, issiqlik saqlash jun hissasi orqali ta’minlanadi, uzoq muddatda o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Bu texnologiyada tozalangan, yumshatilgan qorako‘l jun tolasi sintetik tolalar bilan optimal foizda aralashtirilib, yuqori sifatli ip olish mumkin. Jun-akril aralashmasi yumshoq va issiqlik saqlovchi mahsulotlar uchun (pulover, sharf, bolalar kiyimlari) mos kelsa, jun– poliefir aralashmasi chidamli va forma saqlovchi mahsulotlar (kostyum, palto, ishchi kiyim) uchun tavsiya etiladi. Junakril va jun–poliester aralash tolali iplarni olish uchun ishlab chiqilgan. 1-rasm. Jun va poliefir tolalaridan tayyorlangan iplarning tavsifi Suratda keltirilgan namunalar (1- rasm) 10 nomerli jun va poliefir tolalarining turli tarkibli aralashmalaridan tayyorlangan iplarni ko‘rsatadi. Ushbu iplar sifat va mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro solishtirilgan hamda amaliy jihatdan afzalliklari aniqlangan. Sof jun ipi (J100) tabiiy tolalarning o‘ziga xos gigroskopik xususiyatlari bilan ajralib turadi, biroq mexanik jihatdan biroz pastroq natija qayd etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uning solishtirma uzilish kuchi 8,2 cN/tex, egiluvchanligi esa 18% ni tashkil etadi. Namlikka chidamliligi o‘rtacha bo‘lib, namlanib qurigandan keyin ip shaklida deformatsiya kuzatiladi. Bu hol sof jundan tayyorlangan iplarning barqarorligi pastroq ekanini ko‘rsatadi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 440 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Jun–akril (JA50/50) aralashmasi mexanik xususiyatlari bo‘yicha sof junga qaraganda sezilarli yaxshilangan. Solishtirma uzilish kuchi 9,5 cN/tex, egiluvchanligi 22% ni tashkil etib, iplarning elastikligi va mustahkamligi oshgan. Bundan tashqari, namlikka chidamliligi yaxshi baholangan va quritilgandan keyin ip shaklini saqlab qolgan. Bu esa akril tolalarining junga beradigan yengilligi va shakl barqarorligi bilan izohlanadi. Jun–poliester (JP40/60) aralashmasi esa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Solishtirma uzilish kuchi 10,1 cN/tex, egiluvchanlik 25% bo‘lib, iplarning mustahkamligi va elastikligi sezilarli darajada yuqori ekanligi namoyon bo‘ladi. Namlikka chidamliligi juda yaxshi, namlanib qurigandan keyin ham shakli to‘liq saqlangan. Bu poliester tolalarining barqaror va chidamli xususiyatlari bilan bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, 2- rasmda jun–poliester aralash iplar mexanik mustahkamligi, elastikligi va gigienik xossalari bo‘yicha eng maqbul variant hisoblanadi. Jun–akril iplar esa yumshoqlik va shakl barqarorligi bilan ajralib turadi, sof jun iplarida esa tabiiylik va gigroskopik xususiyatlar saqlanib qoladi. Shu bois har bir tarkib o‘ziga xos afzallik va qo‘llanilish sohalariga ega. “Amaliy natijalar shuni ko‘rsatadiki, jun va poliefir tolalaridan olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlari USTER-TESTER laboratoriyasida o‘tkazilgan sinov natijalari va grafik tasvirlarida yaqqol namoyon bo‘lgan.” 2-rasm.USTER-TESTER asbobida jun va poliefir tolalaridan yigirilgan iplarning test tahlillari Amaliy natijalar shuni ko‘rsatadiki, jun va akril (PAN) tolalaridan olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlari USTER-TESTER laboratoriyasida o‘tkazilgan sinov natijalari va grafik tasvirlarida yaqqol namoyon bo‘lgan 3-rasm. Jun–akril (JA50/50) aralash iplarning tavsifi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 441 Технологии текстильной и легкой промышленности Jun va akril tolalarining 50/50 nisbatida aralashtirilishi natijasida olingan iplar mexanik xossalari bo‘yicha sof jun iplariga qaraganda ancha ustun natijalarni ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu aralash iplarning solishtirma uzilish kuchi 9,5 cN/tex ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sof junda qayd etilgan 8,2 cN/tex dan yuqori bo‘lib, iplarning mustahkamligi va chidamliligi oshganini tasdiqlaydi. Egiluvchanlik darajasi ham sezilarli darajada yaxshilandi. Jun–akril aralashmasida bu ko‘rsatkich 22% bo‘lib, bu iplarning elastikligi va cho‘zilish qobiliyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Sof junda egiluvchanlik 18% bo‘lganini hisobga olsak, akril tolasi aralashganda iplarning elastikligi 4% ga ortgan. Bu esa tayyor mato mahsulotlarida kiyish qulayligini ta’minlaydi. Namlikka chidamlilik natijalari ham ijobiy bo‘ldi. Jun–akril iplar “yaxshi” darajada namlikni ko‘tara olishi qayd etildi. Eng muhim jihatlardan biri – iplar namlanib qurigandan keyin o‘z shaklini saqlab qoladi. Sof jun iplarida kuzatilgan deformatsiya holatlari bu aralashmada bartaraf etildi. Xulosa qilib aytganda 3- rasmda keltirilgan, jun va akril tolalarining 50/50 aralashmasidan olingan iplar mexanik barqarorligi, elastikligi va namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular sifat ko‘rsatkichlari jihatidan sof junga qaraganda ustun bo‘lib, yumshoqlik va shaklni saqlab qolish xususiyati tufayli trikotaj mahsulotlari, issiq kiyimlar va yumshoq to‘qimachilik buyumlari uchun eng maqbul xomashyo hisoblanadi. 4- rasm.USTER-TESTER asbobida jun va akril tolalaridan yigirilgan iplarning test tahlillari Xulosa. Sinovlarni o‘tkazishdan maqsad, jun tolali va aralash tarkibli iplarning fizikmexanik xossalari (mustahkamlik, uzayish, moslashuvchanlik), geometrik xossalar (ip diametri, chiziqli zichligi), sifat ko‘rsatkichlari (to‘qimadagi uzilishlar, notekslik), kompozitsion tarkibi (jun miqdori, sintetik qo‘shimchalar ulushi), namlik va gigroskopiklik, rang saqlanishi va yorug‘likka chidamliligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida Buxoro shahridagi “Sagdiana” MCHJ da olib borildi. Uning uchun, 50% paxta tolasi bilan 50% jun tolasi, 50% jun bilan 50% poliester, 50% jun bilan 50% akril tola aralashmasidan olingan 29,4 teksli iplarning fizik-mexanik xususiyatlari TTESI qoshidagi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 442 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 443