Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Turli rusumli pnevmomexanik yigirish mashinalarida olingan ip sifat ko’rsatkichlarini tahlili

MIRZABOYEV J.B.

Nashr
6-son
Sahifalar
271–276
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
3 10

Annotatsiyalar

Annotatsiya o'zbek tilida mavjud emas.

Maqola Mazmuni

Kirish. Jahon to‘qimachilik sanoatida pnevmomexanik yigirish mashinalarini qo‘llash еtakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. «Dunyoning rivojlangan davlatlari to‘qimachilik sanoati tomonidan 68 % paxta tolasi, 22 % kimyoviy tola, 11 % jun tolasi, 1,6 % lub tolalar va 1,5 % boshqalar turdagi tolalarni ishlab chiqarilayotganligini hisobga olsak» [1], pnevmomexanik usulda sifatli ip ishlab chiqaradigan pnevmomexanik yigirish mashinalarini takomillashtirish, dunyo miqyosida to‘qimachilik va engil sanoat sohasida ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini kamaytirish maqsadida iplarni yigirish jarayonida mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf qilish usullari va vositalarini amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Jahonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida yigirish mashinalarining ishchi tezliklarini oshirish yo‘li bilan ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, korxonalarida sifatli, jahon talablariga javob bera oladigan yigirilgan iplarni ishlab chiqarish va ularni tayyor buyumlargacha etkazish, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish masalalarini kompleks hal etish to‘qimachilik sanoatni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish, paxta xom ashyosini еtishtirish va qayta ishlash samaradorligi va rentabelligini oshirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [2]. Respublikamizda pnevmomexanik yigirish mashinalari ip shakllantirish-pishitish qurilmasining aylanishlar chastotasini oshirmagan holda ip shakllantirish tezliklarini oshirish va pirovard natijada elektr energiyasi sarfini kamaytirish, diskter barabanchasi garnitursi sifatini yaxshilash, ipning buram koeffitsientini kamaytirish, shuningdek, ishchi tezliklarni oshirilishi yangi usullar bilan ip olishda ip shakllantirish-pishitish qurilmasi dinamikasi masalalarini, xususan mashinani yurgizish va to‘xtatish vaqtida ipga buram berish masalalari yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Raqobatbardoshlik darajasini ko‘tarishga esa faqatgina ishlab chiqarishning ilg‘or texnologik jarayonlariga mos ravishda yangi zamonaviy texnologik jihozlarni qo‘llash orqali erishish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan [2,3,4]. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ip shakllantirish usullarini klassifikatsiyasi, nazariyasi va texnologiyasiga oid ayrim savollarni aniqlashtirish, hamda ip hosil qilishning yangi usullari va ip shakllantirish pishitish ish organlari konstruksiyalariga oid yig‘ilgan ma’lumotlarni tizimlashtirish va texnologik jihatdan modernizatsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining o‘zgaruvchan kon’yunkturasi sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishni barcha jabhalarida raqobatbardoshlik masalasi yuqori o‘rinda turibdi. Raqobatbardoshlik darajasini ko‘tarishga esa faqatgina ishlab chiqarishning ilg‘or texnologik jarayonlariga mos ravishda yangi zamonaviy texnologik jihozlarni qo‘llash orqali erishish mumkin [5]. Paxta tolasidan yuqori sifatli gazlamalar ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli ip ishlab chiqarish lozim. Chunki to‘qimachilik, trikotaj va boshqa еngil sanoat mahsulotlarining sifati yigirilgan ipning sifatiga chambarchas bog‘liqdir. Yuqori sifatli ip olishning birdan-bir yo‘li bu yigirish sanoatida texnikaviy nazoratni yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liqdir. Ayniqsa hozirgi Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni jahon talablariga javob bera oladigan qilib ishlab chiqarishga katta ahamiyat berish kerak [6]. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 270 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Pnevmomexanik yigirish mashinalar kamerali, rotorli va kondensorli turlarga ajratiladi. Kamerali yigirish mashinalari tabiiy va kimyoviy tolalardan keng assortimentdagi iplarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Rotorli yigirish mashinalari esa past navli paxta tolasi va chiqindi tolalardan yo‘g‘on iplar yigirishda ishlatilmoqda. Kondensorli yigirish mashinalari asosan chiqindi tolalardan, ayniqsa zig‘ir tolalari chiqindilaridan foydalanib chirmoviqli iplar olishda foydalanilmoqda. Hozirda to‘qimachilik korxonalari Chexiyaning OERLIKON firmasining BD-330, BD-360, BD-380, Shveysariyaning Rieter firmasining R1, R20, R40, R66, Germaniyaning Schlafhorst firmasining Autocoro 288, 312, S 360, 480 kabi mahsuldorligi yuqori bo‘lgan pnevmomexanik yigirish mashinalari bilan jihozlangan. Ushbu mashinalarning barchasi ilgari ishlab chiqarilgan namunalarga nisbatan bir qator konstruktiv va texnologik o‘zgarishlari bilan farq qiladi [7]. “Rieter” firmasining RU-14, R-40, R-66, BT-905, BT-923 pnevmomexanik yigirish mashinalarida yigirish kameralari 80000 dan 150000 min-1 gacha, “Orlikon-Shlafhorst” firmasining Autocoro-S360 va Autocoro-480 mashinalarida yigirish kameralari 150000 min-1, “Orlikon-Chex” firmasining BD-330, BD-340, BD-350, BD-380, BD-416 mashinalari esa 25000 dan 120000 min-1 gacha tezlikda ishlatilmoqda. Ushbu pnevmomexanik yigirish mashinalarining texnologik parametrlari kompyuter dasturlari yordamida boshqariladi [8]. Zamonaviy pnevmomexanik yigirish mashinalari yigirish kameralarining aylanishlar chastotasining yuqoriligi bilan, to‘la avtomatlashganligi bilan, universalliligi, ya’ni, turli turdagi va uzunlikdagi tolalarni qayta ishlash imkoniyati mavjudligi hamda ishlab chiqariladigan iplarning chiziqli zichliklar diapazoninig kengligi bilan ajralib turadi [9]. Shu bilan bir qatorda J.Mirzaboyev [10], M.Saidmurodov [11], L.Xinjin [12] va boshqa ilmiy izlanuvchilar tomonidan nazariy va amaliy tadqiqot ishlarida pnevmomexanik yigirish usullari bo‘yicha olib borilgan ishlari bayon qilingan. Pnevmomexanik yigirish mashinalarini takomillashtirish natijasida yigirish kamerasining tezliklari va undagi kameralar sonini oshirishga erishildi. Jumladan “Rieter” firmasining R–60 pnevmomexanik yigirish mashinasiga 540 tagacha yigirish kamerasi o‘rnatilishi mumkin [13]. Saurer Schlafhorst firmasining Autocoro 8 rusumli pnevmomexanik yigirish mashinasi diametri 23 mmli yigirish kamerasi bilan jihozlanib, kameraning aylanishlar soni 200000 min-1 ga teng. Mashinaga 480 ta yigirish kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular individual harakatga keltiriladi. O‘rash tizimini takomillashtirilib, yigirish mashinasining unumdorligini 20% ga oshirilgan [14]. Urchuqsiz yigirish yo‘nalishida asosan Chexoslovakiya(1), MDH(2), Yaponiya(3), Fransiya(4), Amerika(5) olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida yigirish mashinalari ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (2-rasm). Sintetik charmdan tayyorlangan poyabzal ustki qismini shakllantirish rejimlarini turlicha tanlash mumkin, bunda qanday materiallar ishlatilishi, ularning qayishqoqligi va astarning namligi hisobga olinadi. Bunday yondashuv jarayonlarni poyabzal korxonalarining texnik imkoniyatlari va konveyer ishlab chiqarish xususiyatlariga moslashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda korxonalarda zamonaviy, yuqori unumdorlikga ega bo‘lgan, energiya tejamkor jihozlarni qo‘llash, hamda xomashyodan samarali foydalanish, еtuk mutaxasislar tajribasi asosida amalga oshirilmoqda. Ip yigirish mashinalarini ishlab chiqaradigan Rieter, Truetzchler, Marzoli firmalari kundan-kunga bir biridan zamonaviy turli imkonyatlarga ega mashinalar ishlab chiqarishmoqda. 1-rasm. Pnevmomexanik yigirish mashinasining yigirish qismi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 271 Технологии текстильной и легкой промышленности 2-rasm. Urchuqsiz yigirish usullari. Bugungi kunga kelib yurtimizdagi xususiy va qo‘shma korxonalarning asosiy maqsadi jaxon bozorida raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish va еtkazib berishdir. Respublikamizda to‘qimachilik sanoatining asosiy xom-ashyosi paxta tolasi bo‘lib boshqa tabiiy tolalarga qaraganda yigiriluvchanlik xossasi yuqori hisoblanadi. Hozirgi kunda paxta tolasining faqatgina 60% ni tayyor mahsulot sifatida ishlab chiqarilmoqda. Prezdentimizning 2019-yildan 2022 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida еtishtirilayotgan paxta tolasini 100% qayta ishlab, sifatli tayyor maxsulot sifatida ishlab chiqarish belgilangan. Ip yigirish korxonalarida yigirilgan iplarning sifatiga juda katta e’tibor beriladi, chunki ip qanchalik sifatli, notekisligi kam, ravon bo‘lsa, undan olinadigan maxsulot ham sifatli xaridorgir bo‘ladi. Jarayon parametrlari. “Namangan to‘qimachi” MCHJ, yigirish korxonasida tajribalar o‘tkazildi. Tajriba ishlarida Rieter CZ 320, Schlafhorst 288 mashinalardan foydalanib 20 teksli ip ishlab chiqarildi. Tajribada ipni xossa ko‘rsatkichlari tekshirildi hamda Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% sinfiga taqqoslandi (1-jadval). 1-jadval Tajribada olingan ip namunalarining sifat ko‘rsatkichlari jadvali Pnevmomexanik yigirish mashinalari markalari № Ip namunalarining sifat ko‘rsatkichlari Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% 1 Chiziqli zichlik, teks 29,4 29,4 29,4 2 Buramlar soni, bur/metr 850 850 - 3 CV% 12,8 13,07 14,78 4 Uzayish % 6,31 5,76 5 Nisbiy pishiqligi, sN/teks 12,17 11,64 10,61 6 U % 10,27 10,48 5,73 7 Ingichka joylar soni, Thin places (-50%) 16 31 16 Qalin joylar soni, Thick places (+50%) 25 65 76 8 Nepslar soni, Nep (+200%) 556 822 276 Material va uslublar. Namangan shaharida joylashgan “Namangan to‘qimachi” MChJ korxonasidagi texnologik jarayonlar ketma-ketligi. Titish tozalash: 1. Titish: T560 (Shveytsariya) mashinasi 2. Metal separator: YASIMIN MAKINA (Turkiya) 3. AXI FLO: Rieter T580 (Shveytsariya) 4. MPM bunker: Rieter T585 (Shveytsariya) 5. LVSA: Trutzschler 375 (Germaniya) 6. CVT4: Trutzschler 097 (Germaniya) 7. DX: Jintan SFA (Xito) Tarash: 8. Saurer Jintan: JSC 326 (Xitoy) 9. Trutzschler: DK 903 (Germaniya) Rieter CZ 320 Schlafhorst 288 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 272 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Piltalash: 10. Tayoda Hara: DYH 600C (Yaponiya) 11. Cherry Hara: DX-500C (Yaponiya) 12. Trutzschler: TD 03 (Germaniya) Yigirish: 13. Rieter CZ 320 14. Schlafhorst 288 Olingan ip namunalarining sifat ko‘rsatkichlari korxona laboratoriyasida Technolab jihozlarida tekshirildi. Natijalar va muhokamalar. Ushbu jadvalda “Namangan to‘qimach” MChJ yigirish korxonasida olib borilgan tajribalarda Schlafhorst 288 hamda Rieter CZ 320 mashinalarida o‘tkazdik. Tajribada bir xil 29,4 teksli ip yigirib oldik va yigirib olgan iplarimizni fizik-mexanik hossalarini Uster tenzeropid 3 labaratoriya jihozida tekshirib oldik. Olgan natijalarni Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% sinifi bilan solishtirish yo‘li orqali tahlil qilib o‘rganib chiqdik. Natijalarni tahlil qilganimizda, korxonalarda olingan iplarning Chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti, CV% Rieter CZ 320 mashinasidan oligan ip ko‘rsatkichi 12,8, Schlafhorst 288 mashinasidan oligan ip ko‘rsatkich esa 13,07 ni tashkil etdi. Jadvaldagi natijalarni tahlil qilishni osonlashtirish maqsadida quyida gistogrammalar tuzilgan. 14,78 14,5 variatsiya koeffitsiyenti, CV% 13,5 12,8 13,07 12,5 11,5 Rieter CZ 320 Schlafhorst 288 Uster 2018 3-rasm. Turli rusumli pnevmomehanik yigirish mashinalarida yigirilgan iplarning chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti. 1- Rieter CZ 320, 2-Schlafhorst 288; 3-Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% 12,5 12,17 Nisbiy pishiqligi, sN/teks 11,64 11,5 10,61 10,5 9,5 Rieter CZ 320 Schlafhorst 288 Uster 2018 4-rasm. Turli rusumli pnevmomexanik yigirish mashinalarida yigirilgan iplarning nisbiy pishiqligi. 1- Rieter CZ 320, 2-Schlafhorst 288; 3-Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 273 Технологии текстильной и легкой промышленности Nepslar soni Rieter CZ 320 Schlafhorst 288 Uster 2018 5-rasm. Turli rusumli pnevmomexanik yigirish mashinalarida yigirilgan iplarning nepslar soni. 1- Rieter CZ 320, 2-Schlafhorst 288; 3-Uster statistics 2018 ko‘rsatkichlari 50% Xulosa. Tajribada olingan ip namunalarining sifat ko‘rsatkichlari yuqoridagi gistogrammalarda ko‘ringan. Rasmlada Rieter CZ 320, Schlafhorst 288 yigirish mashinalaridan olingan iplarning xossalari va Uster statistics 2018 50%lik sinf ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan. Olingan gistogramma hamda jadval natijalaridan ko‘rinadiki Rieter CZ 320 pnevmomehanik yigirish mashinasida olingan natijalar yaxshiligi ko‘rindi

Adabiyotlar (12)

  1. 1. International cotton advisory committee. Washington, From the Secretariat of the ICAC. https://icac.org/, email secretariat@icac.org. October 7, 2019.
  2. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentabrdagi «Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-4453-son Qarori
  3. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.12.2017 yildagi PF-5285-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida” gi farmoni.
  4. 4. А. Пирматов, С.Л. Матисмаилов, Қ.Ғ. Ғофуров, Қ.Жуманиязов, Ш.Ф. Махкамова “Йигириш технологияси”. Тошкент. 2017 й
  5. 5. G’afurov K.G., Matismailov S.L «Xorijiy firmalarning yigirish texnologiyasi va jihozlari», Toshkent, 2002-y.
  6. 6. G’afurov Q.G’, Fayzullayev Sh.R., G’afurov J.Q «Texnika va texnologiya yangiliklari» Leksiyalar kursi – 5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishidagi talabalar uchun. 2016-y.
  7. 7. Wulfhorst Burhard Развитие нетрадиционных способов прядения // Реф. сбор. Текстильной промышленности – Москва, 1990. - №4, с. 11.
  8. 8. G’afurov K.G., Matismailov S.L «Xorijiy firmalarning yigirish texnologiyasi va jihozlari», Toshkent, 2002-y.
  9. 9. Система кольцевого прядения // Реф. сбор. Текстиль. промыш. – Москва, 1992. -№8. - С. 10.
  10. 10. Мирзабоев Ж, Мирзабаев Б. Пневмомеханик йигириш машинасида йигирилган иплар хоссаларининг таҳлили. NamMTI ilmiy-texnika jurnali. VOL 6 – Maxsus son (1) 2021. 394-398
  11. 11. Сайидмурадов М., Абдувахидов М., Мурадов А. Пневмомеханик йигиришда иккита сохта эшимли ип эшиш жараёни динамикаси тадқиқи. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent 2020, 10, 29-32
  12. 12. Xinjin L, Wenlong L, Hong Zh and Xuzhong Su. Research on pneumatic compact spun yarn quality. The Journal of The Textile Institute, http://dx.doi.org/10.1080/00405000.2014.925198 13. www.riеter. com 14. www.saurer. Cоm Mirzaboyev Jamoliddin Bahriddinovich-Namangan davlat texnika universiteti “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, PhD tel;+99893-494-05-99 Email:jamoliddin8321@gmail.com “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 274