Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Болаларнинг ўсиб улғайиш давридаги морфологик ўзгаришларининг кийим шаклига таъсири

САИДОВА А.C.

Nashr
3-son
Sahifalar
232–242
Nashr etildi
02.06.2025
Ko'rishlar
4 4

Annotatsiyalar

Maqola Mazmuni

Paxta tozalash korxonalarida asosiy mahsulot tola bo‘lib, yigiruv uchun muhim omil hisoblanadi. Paxta to‘qimachilik klasterlariga qarashli bo‘lgan paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosiga beriladigan zarba kuchlari hamda paxtani ishqalanishda hosil bo‘ladigan kuchlari sababli tolalarning shikastlanishi paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonidagi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha mamlakatimizda juda katta ishlar olib borilmoqda va tadqiqotchilar tamonidan ilmiy ishlar qilinmoqda. Ammo bu qilinayotgan ishlar yetarli darajada emas [1]. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada tolani jindan oldingi va jindan keyingi tola sifatining o‘zgarishi tadqiq qilindi. Tadqiqotda 4DP 130 rusumli arrali jindan oldingi hamda arrali jinda tola chiqish sifat ko‘rsatkichlarining bir qator xususiyatlari keltirilgan. Tolaning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha laboratoriya tahlil natijalari bugungi kunda zamonaviy uskunalar yordamida aniqlanmoqda. Uster firmasi tomonidan paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlovchi HVI (high volume instrument) tizimi jadallik bilan rivojlanib bormoqda [2]. Ushbu tizimning joriy etilishi paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda va tezkor aniqlash imkoniyatlarini beradi. HVI tizimi dastlab paxta tozalash korxonalarida va sifatni aniqlash markazlarida foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda to‘qimachilik sanoati korxonalarida ham keng qo‘llanilgan. HVI tizimi yordamida tolaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: Micronare -(mic)- paxta tolasi namunasining havo o‘tkazuvchanligiga qarab tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligini aniqlaydi. Paxta tolasining I va II navlari uchun ruxsat etilgan ko‘rsatkichi 3,5-4,9 hisoblanadi. 52% o‘zbek paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichi shu intervalga kiradi. Yuqori o‘rtacha uzunlik – Upper Half Mean Length (UHM) – tekshirilayotgan namuna massasining yarmini tashkil etiluvchi eng uzun tolalarning o‘rtacha uzunligi bo‘lib dyumda o‘lchanadi [3]. Shtapel uzunlik – tolaning uzunligidir. Uzunlik bo‘yicha birxillik indeksi – tolalarning o‘rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanadi. Birxillik indeksi 80 foizdan yuqori bo‘lishi kerak. O‘zbek paxtasining birxillik indeksi 83,3 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, HVI tizimida kalta tolalar indeksi, nur qaytarish koeffitsiyenti, sarg‘ishlik darajasi, tresh kod, solishtirma uzilish kuchi, uzilishdagi uzayish kabi tahlillar o‘tkaziladi. O‘zbek paxtasining mikroneyr bo‘yicha kamchiliklaridan biri, qabul qilingan 3,5-4,9 intervalda bo‘lsa-da, lekin tola mikroneyrining o‘rtacha qiymati 4,6-4,7 bo‘lgan seleksion navlar yaratilmoqda va tadbiq etilmoqda. Chet el seleksionerlari oldida sug‘oriladigan maydonlar uchun mikroneyr ko‘rsatkichining eng optimal o‘rtacha qiymati 4,3 qilib hamda o‘rta tolali paxtaning uzunligi 3-4 tipga mansub bo‘lgan navlarni yaratish vazifasi qo‘yilgan [4]. O‘lchash uchun O‘zDST 614 ga binoan tanlab olingan namunalar 6,75% dan 8,25% gacha namlikning massaviy nisbatigacha ega bo‘lishi kerak. HVI tizimi bo‘yicha namunalarni talabdagi namlik darajasiga yetkazib, o‘lchashdan avval ularni shu maqsadda qo‘llaniladigan namlikni me’yoriga yetkazuvchi tezkor uskunada, yoki yuqorida ko‘rsatilga standart iqlim sharoitlarida 24 soat mobaynida saqlash kerak [5]. HVI 1000 tizimida o‘lchashlarni olib borish uchun namuna massasi (10+ -1,5) gr bo‘lishi kerak. Agar mikroneyr ko‘rsatkichi 2,0 dan past yoki 7,0 dan yuqori bo‘lsa monitorda “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 235 Технологии текстильной и легкой промышленности Nedopustimiy mikroneyr (no‘maqul mikroneyr) yozuvi paydo bo‘ladi. Bunday holatda o‘lchash amali qaytadan bajariladi. Paxta xomashyosining tolalarini HVI tizimida tolaning uzunligi, uzunlik bo‘yicha bir xillik, pishiqlik, uzalishdagi uzayish, tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligi, rangi hamda ifloslanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Tajribalarni “Namangan To‘qimachi cluster” MCHJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida Andijon-36 seleksion navida olingan natijalar bo‘yicha quyidagi jadvallar shakllantirildi [6, 7]. 1-jadval. Arrali jindan oldin olingan namunalar № Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area CG Rd +b 1 4,6 32,6 1,21 84,1 <3,5 7,0 29 0,9 31-1 76,8 8,5 2 4,6 34,1 1,20 87,0 <3,5 6,2 22 0,7 31-2 75,9 8,5 3 4,5 34,1 1,19 85,4 <3,5 6,0 27 0,9 31-1 77,1 8,5 4 4,6 30,7 1,18 85,8 <3,5 5,8 26 0,9 31-3 77,0 8,7 5 4,7 29,3 1,18 84,5 5,0 7,0 28 0,8 41-3 75,9 8,8 6 4,5 31,6 1,17 84,4 4,1 6,4 34 1,2 31-1 73,8 8,7 7 4,5 33,9 1,20 85,2 <3,5 5,9 12 0,4 31-1 76,9 8,4 8 4,6 34,4 1,19 86,4 4,0 5,8 8 0,3 31-1 77,0 8,3 9 4,5 30,9 1,18 86,1 4,4 6,0 23 0,7 31-4 75,9 8,6 1-jadvaldan bizga ma’lum bo‘ldiki, 4DP -130 rusumli arrali jindan oldingi olingan namunalar bo‘yicha mikroneyr ko‘rsatkichi (Mic) eng yuqori ko‘rsatkich olingan natijalar ichida beshinchi marotaba o‘tkazilgan tahlil natijasida yuzaga keldi - 4.7, eng past ko‘rsatkichi esa uchinchi marta o‘tkazilgan tahlil natijasida 4.5 bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin [8 ,9]. 1-rasm. Arrali jindan oldingi olingan natijalarning grafik ko‘rsatkichlari Solishtirma uzilish kuchi (Str) olingan 9 ta namunani ichida 8-marotaba olingan natija eng yuqorisi 34.4 (HVI Calibration cotton) gc/teks, eng pastki ko‘rsatkich beshinchi marta o‘tkazilgan tajribada 29.3 gc/teksga teng bo‘ldi, yuqori o‘rtacha uzunlik (Len) eng kam sifat ko‘rsatkichi oltinchi marta o‘tkazilgan tajribada eng past ko‘rsatkich 1.17 dyum va eng yuqori ko‘rsatkich esa birinchi o‘tkazilgan tajribada 1.21 dyum ekanligi aniqlandi. Uzunlik bo‘yicha birxillik indeksi (Unf) eng past ko‘rsatkichi 84.1 foiz bo‘lib bu natija birinchi tajribada aniqlandi, eng yuqori ko‘rsatkich esa 87 foizligi ikkinchi o‘tkazilgan tajribada keltirilgan. Kalta tolalar indeksi (SFI) eng yuqorisi beshinchi marta o‘tkazilgan tahlil natijasida 5 foiz, eng pasti esa birinchi va to‘rtinchi tajribalar natijasida bir xil ko‘rsatkich ekanligi, ya’ni 3.5 foizdan bo‘lganini aniqladik. Uzilishdagi uzayishi (Elg) eng yuqori ko‘rsatkichi birinchi va “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 236 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари beshinchi tajribalarda bir xil ko‘rsatkich 7.0 foiz, eng past ko‘rsatkichi to‘rtinchi va sakkizinchi tajriba natijasida 5.8 foiz bo‘lganligi tajribalar natijasida keltirilgan [10, 11]. Iflos aralashmalar soni (Cnt) birinchi tajriba natijasida eng kam ko‘rsatkichi sakkiztaligi aniqlandi, eng yuqori ko‘rsatkichi o‘ttiz to‘rt ekanligini oltinchi tajriba natijasida aniqlashga erishdik [12]. 2-jadval. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash O‘rtacha kvadratli farq, ko‘pi bilan 1 Mikroneyr ko‘rsatkichi (Mic) 4,6 0,07 1,55 2 Solishtirma uzunlik kuchi (Str) 32,4 1,85 5,72 3 Yuqori o‘rtacha uzunlik (Len) 1,19 0,01 1,07 4 Uzunlik bo‘yicha birxillik indeksi (Unf) 85,4 0,98 1,15 5 Kalta tolalar undeksi (SFI) 3,5 0,96 27,52 6 Uzilishdagi uzayishi (Elg) 6,2 0,47 7,61 7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 23 8,32 35,82 8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 0,8 0,27 36,31 9 Rang bo‘yicha kod (CG) 31-2 10 Nur qaytarish koeffitsiyenti (Rd) 76,3 1,06 1,39 Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko‘pi bilan № Ko‘rsatkich o‘lchov birligi O‘lchov Iflos aralashmalar maydoni (Area) yuqori ko‘rsatkichi 1.2 % oltinchi marta o‘tkazilgan tajribada keltirilgan bo‘lib, quyi ko‘rsatkichi esa 8-tajriba natijasida 0.3 % ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 2-rasm. Arrali jindan oldingi olingan natijalarning grafik ko‘rsatkichlari Rang bo‘yicha kod (CG) eng yuqori ko‘rsatkichi 41-3 ga teng ekanligini beshinchi tajribada isbotlandi. Quyi ko‘rsatkich esa birinchi,uchinchi,oltinchi,yettinchi va sakkizinchi tajribalarda bir xil natija 31-1ga teng ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Nur qaytarish koeffitsiyenti (Rd) sinalayotgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug‘lik miqdori eng yuqorisi uchinchi tajribada keltirilgan bo‘lib ko‘rsatkich miqdori 77.1 ni tashkil etdi. Eng pasti esa 73.8 bo‘lganini kuzatdik hamda sarg‘ishlik darajasi (+b) quyi ko‘rsatkichi sakkizinchi marotaba o‘tkazilgan tajriba davomida 8.3 bo‘lganligini, yuqori ko‘rsatkich 8.8 natija bo‘lganini beshinchi tajribada keltirilgan. Yuqoridagi 1.1-jadvalda keltirilganlarni barchasini hisoblab o‘rtacha qiymatni oldik va quyidagi 1.2-jadval hosil bo‘ldi [13]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 237 Технологии текстильной и легкой промышленности Yuqoridagi 1.2-jadvalda 4DP 130 arrali jindan oldingi paxtaning tolalarini qo‘lda chigitidan ajratib HVI tizimida 9 marta tekshirib ko‘rilgan natijalarning (1.1-jadval) o‘rtacha qiymatini oldik. Yuqoridagi tekshirilgan Andijon 36 seleksion navdagi paxtani 4DP 130 arrali jinda chigitdan ajratib olingan toladan olingan namunani ham HVI tizimida sifat ko‘rsatkichlari aniqlandi. Bunda ham tolani chigitdan qo‘l yordamida ajratib olib 9 marotaba tekshirildi hamda quyidagi 3-jadval shakllantirildi [14]. 3-jadval Chigitdan ajratib olingan toladan olingan namunaning HVI tizimida sifat ko‘rsatkishlari № Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area CG Rd +b 1 4,5 32,0 1,13 85,6 4,5 6,7 22 0,2 31-1 77,7 8,8 2 4,5 32,2 1,13 84,6 6,4 6,1 11 0,1 31-1 77,6 8,6 3 4,6 32,6 1,17 84,6 6,8 6,5 16 0,2 31-4 74,5 9,2 4 4,5 31,7 1,16 84,1 5,4 6,0 16 0,2 31-3 75,1 9,2 5 4,4 32,2 1,14 85,5 6,0 6,1 15 0,1 31-4 75,4 9,0 6 4,5 28,3 1,13 85,1 6,6 6,3 16 0,2 31-4 75,2 8,8 7 4,5 33,9 1,15 83,9 6,8 6,8 18 0,2 31-4 76,1 8,6 8 4,5 28,8 1,12 84,1 7,7 5,9 8 0,1 21-4 78,1 9,1 9 4,5 34,4 1,16 84,5 5,3 6,9 9 0,1 21-4 77,9 9,1 Yuqoridagi 4DP-130 rusumli arrali jindan chiqqan tolaning sifat ko‘rsatkichlarini ham HVI tizimida tekshirishlar natijasida mikroneyr ko‘rsatkichi (Mic) tolaning ingichkaligi va pishib yetilganlik tavsifi eng yuqorisi uchinchi marotaba o‘tkazilgan tajriba natijasida ya’ni 4.6, eng past ko‘rsatkichi esa beshinchi marotaba o‘tkazilgan tajriba natijasida 4.4 bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Solishtirma uzunlik kuchi (Str) paxta tolasining pishiqlik darajasi eng yuqori ko‘rsatkich to‘qqizinchi marotaba o‘tkazilgan tajriba natijasida 34,4 gc/teks, eng past ko‘rsatkich esa 28.8 gc/teks bo‘laginini 8- tajriba natijasida ko‘rdik. 3-rasm. Arrali jindan chiqqan toladan olingan natijalarning grafik ko‘rsatkichlari Yuqori o‘rtacha uzunlik (Len) 1.12 dyumga teng ekanligini 8-tajribada aniqladik. 3tajribada esa eng yuqori natija1.17 dyumgacha bo‘lgani aniqlandi. Uzunlik bo‘yicha birxillik indeksi (Unf) 85.6 foiz eng yuqori ko‘rsatkichdan 83.9 foiz quyi ko‘rsatkich ekanligi aniqlandi. Kalta tolalar indeksi (SFI) eng yuqorisi 7.7 mm, eng pasti esa 4.5 mm ekanligini aniqladik. Instrumental tizimdagi dinamometrda tolaning foizlarda ifodalanadigan uzilishdagi uzayish (Elg) “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 238 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари quyi ko‘rsatkich 5.9 foiz, yuqori ko‘rsatkich 7.9 foizgacha, iflos aralashmalar soni (Cnt) 8 tadan 30 tagacha bo‘lganini, iflos aralashmalar maydoni (Area) 0.1 % dan 0.2 % gacha bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin [15]. Rang bo‘yicha kod (CG) 21-4 quyi ko‘rsatkich bo‘lsa yuqori ko‘rsatkich 31-4 ekanligi aniqlandi. Nur qaytarish koeffitsiyenti (Rd) sinalayotgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug‘lik miqdori eng yuqorisi 78.1 eng pasti esa 74.5 bo‘lganini kuzatdik hamda sarg‘ishlik darajasi (+b) eng quyi darajasi 8.6 dan yuqori darajasi 9.2 ga teng bo‘lganini ko‘rdik. 3-jadvalni tahlil qildik va 9 marotaba o‘tkazgan namunalarimizning o‘rtachasini hisoblab 4jadvalni shakllantirdik. 4-jadval HVI tizimida aniqlangan 4DP-130 arrali jindan chiqqan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari O‘rtacha kvadratli farq, ko‘pi bilan 1 Mikroneyr ko‘rsatkichi (Mic) 4,5 0,05 1,11 2 Solishtirma uzunlik kuchi (Str) 31,8 2,04 6,43 3 Yuqori o‘rtacha uzunlik (Len) 1,14 0,02 1,52 4 Uzunlik bo‘yicha birxillik indeksi (Unf) 84,7 0,61 0,73 5 Kalta tolalar indeksi (SFI) 6,2 0,97 15,74 6 Uzilishdagi uzayishi (Elg) 6,4 0,37 5,82 7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 15 4,48 30,75 8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 0,2 0,05 33,88 9 Rang bo‘yicha kod (CG) 31-3 9 Nur qaytarish koeffitsiyenti (Rd) 76,4 1,42 1,86 10 Sarg‘ishlik darajasi (+b) 8,9 0,24 2,68 2-jadvalda paxtani 4DP-130 arrali jindan oldingi tolani sifat ko‘rsatkichlarni HVI tizimida aniqlab olingan natijalarning o‘rtacha qiymati keltirilgan. So‘ngra 4-jadvalda 4DP-130 arrali jindan keyin chiqqan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari HVI tizimida aniqlangan. Bu 2-jadval hamda 4jadvaldan bizga 4DP-130 arrali jindan oldingi jarayonida paxtaning tolasiga qanchalik darajada sifatiga ta’sir qilishini aniqladik va bu asosda 1- va 2- rasmlardagi grafiklar yasaldi. Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko‘pi bilan № Ko‘rsatkich o‘lchov birligi O‘lchov 4-rasm. Arrali jindan chiqqan toladan olingan natijalarning umumiy grafigi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 239 Технологии текстильной и легкой промышленности Xulosa.Yuqoridagi tahlil natijalari asosida HVI 900 tizimida jinlashdan oldingi tolaning sifat ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda arrali jindan keyin chiqqan tolaning O‘zDST talablariga mos kelganligi va jahon standartlari talablari bo‘yicha o‘zaro solishtirma farqi olingan natijalar asosida jadvallar va grafiklar asosida shakllantirildi. Paxta tolasidan olingan natijalar bo‘yicha davlat standartlariga solishtirishimiz natijasida bir qator o‘zgarish jarayonlari sodir bo‘lganini ko‘rdik. Tolaning mikroneyr ko‘rsatkichi O‘zDST620-Paxta tolasi. Chiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usullaridagi ko‘rsatkichlar bilan to‘liq mos kelganligi va sifat darajasi yuqori ekanligini biz o‘tkazgan tahlil natijasida aniqlandi. Qolgan tahlil natijalari ham O‘zDST 619,O‘zDST 625 kabi davlat standartlari talabiga mos ekanligini aniqladik

Adabiyotlar (16)

  1. 1. H.T.Axmedxodjayev, A.M.Salimov, T.O.To‘ychiyev. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi.Vodiy media. Namangan, 2020.
  2. 2. A.Salimov. Paxtaga dastlabki ishlov berish.T.Bilim, 2005.
  3. 3. Improving Fiber Quality Output by Improving the Roll Box of the Gin Saw S Akramjon, I Sardorbek, K Shukhratjon - Engineering, 2023
  4. 4. Analysis of the influence of damaged seeds on the abrasion of working surfaces. A Sarimsakov, S Isroilov, K Shukhratjon - Finland International Scientific Journal of Education …, 2023.
  5. 5. Sh. Komilov, M Joraeva. A. Sarimsakov, R. Muradov.(2023). Analysis of the quality indicators of the seed separate from the fiber after spinning. Research Focus, Uzbekistan, 2 (4).
  6. 6. Influence of the Ginning Process on the Quality of Raw Cotton. M Nodirbek, K Shukhratjon, A Khamit - Engineering, 2021.
  7. 7. Modeling of the Process of Interaction of the Saw Cylinder with the Raw Material in the Process of Ginning. A Sarimsakov, R Muradov, B Mardonov - TEST Engineering and Managemant (Scopus) May 2020.
  8. 8. Movement Differential Equation of Seed Roller Which Has Been Installed Stake Accelerator on the Roll Box of Gin Machine. Engineering, 10, 521-529. S. Akramjon, M. Rustam, U. Akmal, K. Dilmurat
  9. 9. Саримсаков А.У., Қосимжонов С.Н. "Аррали жин ишчи камерасидаги хомашё валигининг ҳолати." Research Focus 1.2 (2022): 13-16.
  10. 10. Rokhmonov, Durbek, and Akramjon Sarimsakov. "Theoretical study of the process of separation of hairless seeds from seed fibre." Conferencea (2022): 14-18
  11. 11. Eraliyev, Doniyor, Abror Abdullayev, and Akramjon Usmanovich Sarimsakov. "Product Quality’s Analysis by Improving Cotton Cleaning Technology." (2022).
  12. 12. Rokhmonov, Durbek, and Akramjon Sarimsakov. "Theoretical Study of the Movement Process of Destroyed Seeds and Fiber in the New Construction Saw Gin Working Camera.
  13. 13. Ortikova, Kamola, Akmal Umarov, and Maftuna Inamova. "Increasing The Efficiency of Saw Ginning Technology." The American J. of Engineering and Technology 5.10 (2023): 12-27.
  14. 14. Rahimov Fayzullo, et al. "Increase the efficiency of the stamping device by installing a router in the working chamber." AIP Conference Proceedings. Vol. 2789. No.
  15. 1. AIP Publishing, 2023.
  16. 15. Rustam, Muradov, Isakhanov Khamidullo, and Khosimov Khusanboy. "Methods for Reducing Seed Damage in the Technological Process of Cotton Processing." Engineering 14.03 (2022): 119-130. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 240